Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshlayman: Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining buynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni afv et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O’zing xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil! Baqara surasi, 286-oyat
Asosiy mavzular
Bosh sahifa
Qur'oni karim
Hadisi sharif
Aqoid ilmlari
Namoznoma
Yangiliklar
Muborak Oy
Fatvolar
Maqolalar
Ma'ruzalar MP3
Kitoblar (PDF)
Namoz taqvimi
Islom asoslari
Din va shariat
Poklik
Namoz
Jamoat
Ro'za/zakot/haj
Islom tarixi
Muhammad SAV
Islom xalifalari
Sahobalar
Mo'minlar onalari
Tobeinlar
Islom viktorinasi
Ibrat
Ibratli hikoyatlar
Ulug' zotlar o'giti
Hikmatlar
Bugunning gapi
Islomiy she'riyat
Islomiy odob
Xizmatlar
ZiyoUz.com
Eski saytimiz
Forum
Mehmonxona
Tabriknoma/E-cards
Fotogallereya
Namoz vaqtlari
Tahririyat
Sayt haqida
Saytdan qidirish
Islomiy saytlar
Obuna
Yangi ma'ruzalar
Jan.30
Downloads
FileRasululloh SAVning sirlari
Jan.30
Downloads
FileZalzala surasi tafsiri
Jan.30
Downloads
FileMirzo Bedil haqida
Jan.30
Downloads
FileIlm fazilati
Jan.30
Downloads
FileAqida masalalari. 3-qism
Jan.27
Downloads
FileAyol - mukarram
Jan.27
Downloads
FileMansur Halloj haqida
Jan.27
Downloads
FileRizq va tavakkul
Jan.27
Downloads
FileAqida masalalari. 2-qism
Jan.27
Downloads
FileAqida masalalari. 1-qism
Sayt statistikasi
A'zolar : 1283
Yangiliklar : 2292
Veb linklar : 23
Tashrif buyurganlar : 4846675
Fotogalereya: islom
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
Bosh sahifa
 
 
Hikmatlar sandig'i
Taqdirga rozi bo‘lishlik Allohning eng katta eshigidir. Dunyoning jannati, obidlar va ahli rizolarning halovatidir. Ular o‘zlariga yetgan balolardagi savob va yaxshiliklarni mulohaza qiladilar. Qazoga zarracha shubha bildirmaydilar. Gohida taqdirga rozi bo‘lishning savobini o‘ylab, musibatlarning alamini ham unutadilar. Gohida balo yuborayotgan Zotning ulug‘ligiga, kamolotiga qaraydilar. Shunda bu ulug‘vorlikni yanada chuqurroq his qiladilar, hatto alam va sitamlarni sezmay qoladilar. Aksincha, o‘zlari suygan Zotni qalblarida yaqinroq tuyganlari uchun lazzat oladilar.
Abdulvohid ibn Yazid
 
 
"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi g'oliblarini qutlaymiz!
Bismillahior rohmanir rohiym

Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!

Alhamdulillah, bu yilgi "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 5-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi. Unda Rasululloh s.a.v. hayotlarining so'nggi damlari qamrab olindi. Ushbu bosqichda 42 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.
davomi...
 
Ramazon sog‘inchi

http://ziyouz.com/images/ramadan01.jpg

Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Sizni muborak ayyom - Ramazoni sharif bilan chin qalbimizdan qutlashga ijozat bergaysiz.
Ushbu mohi sharif qalbingizni iymon va Alloh muhabbati bilan to'ldirsin!
Qilajak ibodatlaringiz, duolaringiz Yaratgan huzurida maqbul bo'lsin!
Ayyom muborak!

Ramazon taqvimi (Hijriy 1432/2011) | Ramazon sog‘inchi | Taqvo yo‘li | Ro‘za arkonlari | Ro‘zaning sunnatlari | Ramazonning ilk kunida | Iftorlik fazilati | Ro‘zaning makruhlari | Ro‘zani buzadigan amallar | Ro‘za kimlarga farz emas? | Ro‘zador uchun joiz ishlar | Ramazon hadislari | Xatolarimizni o‘nglaylik

davomi...
 
Ro‘zani ochib yuboruvchi zamonaviy omillar
http://ziyouz.com/images/ruza1.jpgBismillahir rohmanir rohiym.
Allohga hamd va so‘ngidan payg‘ambar kelmaydigan zotga duo va salomlar bo‘lsin.
Ammo ba’d:

Olimlar ro‘zani quyidagi to‘rt narsa ochib yuborishligiga ijmo’ qilganlar:
1. yemoq
2. ichmoq
3. jinsiy aloqa
4. hayz va nifos

"Ro‘zani ochib yuboruvchi zamonaviy omillar" deyilganda esa, yangi paydo bo‘lgan narsalar tushunilib, ular quyidagilardir:

Birinchi omil: nafas qisishiga qarshi purkaluvchi dori:

Mazkur dori suyuq bo‘lib, uch unsurdan tarkib topgan: suv, kislorod va ba’zi tibbiy moddalar.
Ushbu dori ro‘zani ochadimi yo‘qmi?
davomi...
 
Biz islomni bilamizmi? viktorinasi - 5 bosqich
Bismillahior rohmanir rohiym
«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).

BIZ ISLOMNI BILAMIZMI? - 5 BOSQICH
 
Assalomu alaykum!
Islom va Payg'ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning tarixlari barcha uchun ibratdir. Insoniyatning eng buyuk kishisi bo'lgan sevikli Janobimizning siyratlariga bag'ishlab, to'rt yildan beri viktorina o'tkazib kelayotganimizdan xabaringiz bor. Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan viktorinaning 5-bosqichini e'lon qilamiz.

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 5-bosqichi inshaalloh 2011 yil 5 avgust, juma kunidan boshlanadi.
davomi...
 
Ro'za tutish fazilati
 To‘rtinchi majlis
RO‘ZA TUTISH FAZILATI

Alloh taolo aytadi:
"Bandalarim sizdan (Ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman, Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarning duolarini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da’vatimga) ijobat qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar" (Baqara surasi, 186-oyat).

Alloh taolo bundan oldingi oyatlarda insonlarga ro‘za tutishni buyurdi.
davomi...
 
Ramazonning fazilatlari
 Ikkinchi majlis
RAMAZONNING FAZILATLARI   

Alloh taolo aytadi:     
"Ey iymon keltirganlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan oldin o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi kasal yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi" (Baqara surasi, 183–184-oyat).

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Alloh taolodan naql qilib aytganlarki: "Har bir odam bolasining amali o‘zi uchun, illo ro‘zasi bundan mustasnodir.
davomi...
 
Ramazon oyining fazilati
 Birinchi majlis
RAMAZON OYINING FAZILATI

Alloh taolo aytadi:
"(U sanoqli kunlar) ramazon oyidirki, u oyda insonlar uchun hidoyat bo‘lib va hidoyat va Furqon (haq bilan botilni ajratuvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur’on nozil qilingan" (Baqara surasi, 185-oyat).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mening ismim zikr qilinganida, salovot aytmagan kishi xor bo‘lsin. Ota-onasining ikkovining ham yoki birortasining tirikligida xizmatini qilib, roziligini olmagan farzand xor bo‘lsin.
davomi...
 
Biz Islomni bilamizmi viktorinasining IV bosqichi g'oliblari

Bismillahior rohmanir rohiym

Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!

Shukrki, bu yilgi "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 4-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi. Unda Rasululloh s.a.v. hayotlarini qamrab olgan Mu'ta g'azotidan Tabuk g'azotigacha bo'lgan voqealar qamrab olindi. Ushbu bosqichda 46 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.
davomi...
 
Rasululloh s.a.vning ko’rinishlari va xulq-atvorlari
 Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vasfidan qalam ojiz bo‘ladigan darajada go‘zal qaddu-qomat va mukammal odob-axloq bilan ajralib turardilar. Buning ta'sirida qalblar u zotni ulug‘lash bilan to‘lib-toshar, odamlarning u zotni asrab-avaylash va hurmat-ehtirom ko‘rsatishlari borasida dunyoda boshqa biron kishiga nasib qilmagan martabaga erishgan edilar. Atroflarida yashab turgan kishilar u zotni telbavor sevishar, u zotga tirnoqcha zahmat yetishi o‘rniga o‘z bo‘yinlari sindirilishiga rozi bo‘lishar edi. Bashar avlodidan biron kimsaga ato etilmagan va faqat o‘zlariga xos bo‘lgan kamolot sifatlari u zotni odamlarga shu qadar suyukli qilib qo‘ygan edi.
davomi...
 
<<  1 2 3 4 5 6 7 8 9 10  >  >>

Natijalar 1 - 10 131
 
So'rovnoma
Siz qaysi sahoba haqida ko'proq o'qigansiz?

Ko'p o'qilgan
So'nggi maqolalar
 
 
Uzislam.com
Muslima.uz