background
logotype
image1 image2 image3

Jamoat kitobi

FARZ NAMOZIGA YETISHISH BO‘LIMI

Namoz o‘qiyotgan kishi namozini qachon buzadi, qachon buzmaydi?

1. Kishi farz namozini yolg‘iz o‘zi o‘qiyotgaiida aynan farz namozini jamoat o‘qib boshlasa-yu, u kishi hali sa qilmagan bo‘lsa yoki namoz to‘rt rakatli bo‘lmaganida sajda qilgan bo‘lsa ham, namozini buzib. imomga iqtido qplad
2. To‘rt rakatli namoz o‘qiyotgan bo‘lib, birinchi rakatiga sajda qilgan bo‘lsa, yana bir rakat qo‘shib, tashahuddan so‘ng salom beradi va farz niyati bilan imomga iqtido qiladi.
3. Agar uch rakat o‘qigan bo‘lsa, namozini tamomlaydi. So‘ngra xohlasa, nafl niyatida imomga iqtido qiladi. Faqat bu holda asr namozini ado qilgach, (nafl o‘qishdan qa' tarilgani uchun) imomga iqtido qilmaydi.
4. Namoz o‘qiyotgan kishi (to‘rt rakatli farzning) uchinchi rakatiga turgach, sajda qilmasdan avval, jamoat fa! namoziga tursa, qiyomda salom berib, namozini buzg va nmomga iqtido qiladi.
5. Imom farz o‘qiyotganida masjidga kelgan kishi s; nat o‘qish o‘rniga darhol imomga iqtido qiladi. Bomdod namozining sunnati bundan mustasno. Bomdod namozida a imomga yeta olishga ko‘zi yetsa, avval sunnatni o‘qiydi, avval sunnatni qo‘yib, imomga iqtido qiladi. Zero, jamoat savobi bomdod sunnatining savobidan ulug‘roqdir.

Sunnatning qazosi

Bomdod namozining sunnati, faqatgina farz bilan birga qazo qolsa, o‘sha kuni peshin vaqti kirishiga biroz fursat qolgungacha o‘qiladi. Peshin namozining ilk sunnati (farzdan avval o‘qilmagan taqdirda) vaqti ichida farzdan so‘nggi ikki rakat sunnatdan avval o‘qiladi.

Jamoat va uning fazilati

Jamoat bilan o‘qilgan farz namozning bir rakatiga yetishgan kishi jamoat fazilatiga erishgan bo‘lsa-da, namozni jamoat bilan o‘qigan hisoblanmaydi. Uch rakatiga yetishgan kishi haqida ixtilof mavjud.

Turli masalalar

1. Farz namozining vaqti chiqmasligiga ishongan kishi xohlaganicha sunnat (yoki nafl) o‘qishi mumkin. Aks holda sunnat o‘qimaydi.
2. Imom rukuda bo‘lganida qiyom holda takbiri tahrima aytib, imomning rukusiga qo‘shilgan kishi o‘sha rakatga ulgurgan hisoblanadi. Ammo u takbiri tahrima aytib bo‘lguncha imom rukudan boshini ko‘tarsa, o‘sha rakatga yetishgan hisoblanmaydi.
3. Imo.m yetarli miqdorda qiroat qilganidan so‘ng, ja-moatdan bir kishi imomdan avval rukuga borganida, imom unga rukuda yetishsa, u kishining rukusi sahih, ayni paytda makruhbo‘ladi (rukuning bir qismini imom bilan birga qilgani uchun ruku sahih bo‘lsa, imomdan avval rukuga borgani uchun makruhdir).
Agar imom o‘zicha (o‘sha kishiga) yetisha olmasa yoki yetarli miqdorda qiroat qilmasdan ruku qilgan bo‘lsa, u kishining rukusi durust emas (namozi fosid bo‘ladi).
4. Azon aytilgach, namoz o‘qimay masjiddan chiqish makruhdir. Agar (boshqa bir masjidning imomi yoki muazzini kabi) boshqa bir jamoatni to‘playdigan kishi bo‘lsa, joizdir. O’sha vaqt namozini yolg‘iz o‘qib kelgan kishiga makruh emas. Faqat peshin va xufton namozlarida yolg‘iz o‘zi o‘qigan bo‘lsa ham, masjiddan chiqmay turib, jamoat namozni boshlasa, nafl niyatida imomga iqtido qilishi lozim, masjiddan chiqishi makruh bo‘ladi.
5. Bir farz namoz takroran o‘qilmaydi.
Izoh: Farz namozni bir marta o‘qigach, qayta farz niyatida o‘qimaslik haqidagi hukmga turlicha ma’nolar berilgan. Ba’zilar buni jamoat bilan o‘qilgan bir namoz takror azon va takbir aytib, aynan avvalgisidek, jamoat bilan o‘qilmaydi, deb sharhlaganlar. Ba’zilar esa hech qanday sababsiz, namozim buzildimikin, degan shubha bilan kishi o‘qigan farz namozini takroran o‘qiy olmaydi, deb bayon qilganlar.

Sahv sajdasining hukmi

Namozda adashib vojibni tark qilgan kishiga ikki sajda, bir tashahhud va salom vojib bo‘ladi. Sahv sajdasini lozim qilgan sabab takrorlanishi bilan yana takror sahv sajdasi qilinmaydi.

Vojibni bila turib, tark qilish

Bilgan holda vojibni tark qilgan kishi gunohkor bo‘ladi va bu nuqsonni tuzatish uchun sahv sajdasi kifoya qilmaganidan, namozini takror o‘qishi zarur.
Bilgan holda vojibni tark qilgan kishi sahv sajdasi qilmaydi. Faqat quyidaga uch holat bundan mustasnodir, ya’ni, bularni bila turib, tark qilgan kishi ham sahv sajdasi qiladi:
1. Ilk qa’dani tark qilish;
2. Bir rakatning ikki sajdasidan birini namoz oxirigacha kechiktirish;
3. Bir ruknni bajarish mikdoricha qasdan xayol surish.

Sahv sajdasining o‘rni

Sahv sajdasini salom berganidan so‘ng ado etish sunnatdir. Imom o‘ng tomonga bergan salomi bilan kifoyalanib, sahv sajdasi qiladi. Salom bermasdan avval sahv sajdasi qilish tanzihan makruhdir.

Sahv sajdasi qachon soqit bo‘ladi?

1. Bomdod namozida salomidan so‘ng quyosh chiqishi tufayli.
2. Asr namozida quyoshning rangi o‘zgarib, qizarsa.
3. Salomdan so‘ngra (bir joydan qon chiqishi kabi) namozga zid uzrli sabab namozni davom ettirishga to‘siq bo‘lsa.

Kimlar sahv sajdasi qilishi lozim?

1. Imomga iqtido qilgan kishi xatosi tufayli sahv sajdasi qilmaydi. Faqat tshomning xatosi tufayli (imom bilan birga) sahv sajdasi qiladi.
2. Masbuq imom bilan birga sahv sajdasi qiladi, so‘ngra namozning qolgan qismini davom ettirish uchun o‘rnidan turadi.
3. Masbuq (namozning qolgan qismini o‘qiyotganida) xato qilsa, buning uchun ham sahv sajdasi qiladi. Ammo lohiq (namozni imom bilan birga boshlagan kishi, namoz asnosida mudrash va boshqa uzrli sabablar tufayli o‘tkazib yuborgan qismlarni o‘qiyotganida xatoga yo‘l qo‘ysa, sahv
sajdasi qilmaydi.
Imom juma va hayit namozlarida jamoat ko‘p bo‘lgani bois ularga qiyinchilik bo‘lishidan qochish va fitna chiqarmaslik uchun sahv sajdasi qilmaydi.

Namozdagi ba’zi xatolar

1. Imom yoki yolg‘iz o‘zi o‘qiyotgan kishi farz namozlarning ilk qa’dasini unutgan holda tark etib, uchinchi rakatga turayotganida, to‘liq qad rostlamasdan avval, eslasa tashahhudga qaytib o‘tiradi.
2. Imomga iqtido qilgan kishi esa, nafl namoz o‘qiyotgan kishi kabi, to‘liq qad rostlagan bo‘lsa ham, tashahhudga qaytadi.
3. Imom yoki yolg‘iz o‘zi namoz o‘qiyotgan kishi ilk qa’dani tark etib, qiyomga yaqin bo‘laturib, tashahhudga qaytsa, sahv sajdasi qilishi lozim.
4. Qa’daga yaqinroq Turgan holatda orqaga qaytsa, sahv sajdasi qilmaydi.
5. Imom yoki yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi oxirgi qa’dani unutib, ortiqcha rakatga turib ketsayu, sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tiradi va farz bo‘lgan qa’dani kechiktirgani uchun sahv sajdasi qiladi.
6. Agar sajda qilgan bo‘lsa, namozi butunlay naflga aylanadi. Bunday hollarda, xohlasa, asr namozida bo‘lsa ham, ushbu qo‘shimcha beshinchi rakatga yana bir rakat qo‘shadi. Bomdod namozida esa uchinchi rakatga qo‘shimcha yana bir rakat qo‘shadi.
Ammo sajdai sahv qilmaydi. Ushbu farz namozi qayta o‘qiladi.
7. Oxirgi qa’dani ado etgach (salom bermasdan), o‘rnidan turib ketsa va (qo‘shimcha rakatda sajda qilmagan bo‘lsa) o‘tiradi va takror tashahhud o‘qimasdan salom beradi va sahv sajdasi qiladi.
10. Qo‘shimcha rakatga sajda qilgach, salom bermasdan turib ketganligini eslasa, qaytib o‘tirmaydi va yana qo‘shimcha bir rakat qo‘shadi, bu ikki rakat nafl namoz bo‘ladi, so‘ng vojib bo‘lgan salomni tark qilgani uchun sahv sajdasi qiladi.
11. To‘rt rakatli sunnat (nafl) namoziii o‘qishni niyat qilib, dastlabki ikki rakatida sahv sajdasi qiladigaya bo‘lsa, so‘nggi ikki rakatni unga qo‘shmay gugatish mustahabdir. Shunga qaramasdan keyingi ikki rakatni turib o‘qigan taqdirda, sahv sajdasini taqror qilishi kerak.
12. Sahv sajdasi qiladigan imomga salom berayotganida' iqtido qilgan kishining namozi, agar imom sahv sajdasi| qilsa, sahih bo‘ladi. Aks holda, sahih emas.
13. Zimmasida sahv sajdasi bor bo‘lgan kishi, namozdan chiqish maqsadida salom bergap bo‘lsa ham, yuzini qibladan o‘girmagai yoki gapirmagan bo‘lsa, sahv sajdasini ado etilish kerak.
14. Agar namoz o‘qiyotgan kishi uch yo to‘rt rakat o‘qiganiga; shubhalanib, salomdan so‘ng, boshqa ishga mashg‘ul bo‘lmay ikki rakat o‘qiganini anglasa, darhol qolgan qismini ham o‘qib, sahv sajdasi qiladi.
15. Shuningdek, kishi namozini to‘liq o‘qigani yo to‘la o‘qimagani xususida ruku yoki sajda qila olarlik miqdoricha o‘ylaiib qolsa-yu, bir qarorga kelguiicha salom bermasdan, kutib tursa, sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Aks holda: sahv sajdasi shart emas.
A Namoz shubha bilan qachon buziladi?
Kishi bir namozni tamomlamasdan avval necha rakat o‘qigani haqida shubha qilsa, hamda bu shubha ilk marotaba yuz berayotgan bo‘lsa yoki odatiy hol bo‘lmasa, bu namoz buziladi. U namozni takror o‘qishi lozim. Salom bergach, yuzaga chiqqan shubhaga e’tibor berilmaydi. Bu holda biror ruknni tark qilganini aniq bilsa, namozini takroran o‘qiydi.
Shubhaning ko‘p bo‘lishi
Bunday holat kishida juda ko‘p sodir bo‘lsa, qalbi ko‘proq moyil bo‘lgan tomonga qarab harakat qiladi.
Izoh: Agar kishi namozni to‘liq o‘qiganiga qanoat hosil qilsa-yu, salom berganidan so‘ng ishonchli bir kishi bir rakat kam o‘qiganini aytsa, u holda kishi o‘z shaxsiy qanoatini asos qilib oladi va boshqaning ogohlantirishiga e’tibor qilmaydi. Ammo bu kamchilik ikki ishonchli kishi tomonidan xabar berilsa, kishi o‘zining to‘g‘ri o‘qiganiga qanoat hosil qilsa ham, ikki kishining so‘zi bo‘yicha amal qiladi. Imom bilan jamoat necha rakat o‘qiganlari haqida ixtilof qilib qolsa-yu, imom o‘z shaxsiy qanoatiga ishonch hosil qilsa, unga ko‘ra, aks holda jamoat nuqtai-nazariga ko‘ra, agar jamoatning bir qismi imomning qanoatini quvvatlasa, unda ham o‘z qanoatiga ko‘ra amal qiladi.
Agar qalbi bir tomonga moyillik qilmasa, (ikki rakag o‘qidimi, to‘rt rakat o‘qidimi, qat’iy qaror bera olmasa) bu ikki ehtimoldan oz bo‘lganini tanlaydi. Faqat (vojib) bo‘lgan) qa’dani tark qilmaslik uchun oxirgi rakat deb o‘ylagan har rakatdan so‘ng o‘tiradi va sahv sajdasi qiladi.
Izoh: Kishi tahorati bor-yo‘qligi haqida shubhalansa-yu, uylab ko‘rgach, tahorati borligiga ishonch hossh qilsa, u kishi fiqh nuqtai nazariga ko‘ra tahoratli hisoblanadi. Agar kishi tahorat a’zolaridan bir qismini yuvgan-yuvmaganligi xususida shubhalanib qolsa hamda bu hol ilk marotaba yuz berayotgan bo‘lsa, o‘sha joylarini qayta yuvadi. Agar bu odatiy holat bo‘lsa, unga e’tibor qilmaydi. Shuningdek, namoz asnosida ham kishining aqliga turli xil shubhalar kelsa, bu xoh namoz to‘g‘risida, xoh tahorat xususida bo‘lsin, agar ilk shrotaba yuz berayotgan bo‘lsa, shubhaga tushgan joyini takror bajarishga kirishadi. Agar bu ham odatiy hol bo‘lsa, bu shaytondandir, bunga e’tibor qilmaydi va namozini davom ettiradi.


TILOVAT SAJDASI

Sababi, hukmi va vaqti

Shartlari: tahorat qilish, qiblaga yuzlanish hamda avrat joylarini berkitish.
Vojib bo‘lishining sababi: sajda oyatini o‘qish yoki eshitish.
Sajda oyati namozdan boshqa payt o‘qilganida, darhol sajda qilish shart emas. Faqat kechiktirilishi tanzihavd makruhdir. Forschaga o‘xshash (arab tilidan boshqa tilda) sajda oyati o‘qigan kishi ham sajda qilishi lozim. Sajda kalimasini o‘zidan avvalgi va keyingi kalimalardan biri bilan o‘qish, oyatni to‘la o‘qish kabidir.
Sajda oyati bo‘lgan suralar:
A’rof surasi, 206-oyat;
Ra’d surasi, 15-oyat;
Nahl surasi, 49-oyat;
Isro surasi, 107-oyat;
Maryam surasi, 58-oyat;
Haj surasi, 18-oyat;
Furqon surasi, 60-oyat;
Naml surasi, 24-oyat;
Sajda surasi, 16-oyat;
Sod surasi, 24-oyat;
Fussilat surasi, 37-oyat;
Najm surasi, 62-oyat;
Inshiqoq surasi, 21-oyat;
Alaq surasi, 19-oyat.

Tilovat sajdasi kimlarga vojib, kimlarga vojib emas?

Sajda oyatlaridan birini eshitgan kishiga, eshitishni: qasd qilmagan bo‘lsa ham, tilovat sajdasi vojib bo‘ladi.Sajda oyatini o‘qish va eshitish bilan, hayz va nifosdagi ayollarga sajda qilish vojib bo‘lmaydi. Imomga iqtido qilgan kishi sajda oyatini o‘qisa, imomga ham, jamoatga ham sajda qilish vojib bo‘lmaydi. Faqat imom va jamoat sajda oyatini namoz o‘qimayotgan bir kishidan eshitsalar, namozdan so‘ng sajda qilishlari lozim. Bu hodda agar namoz asnosida sajda qiladigan bo‘lsalar, zimmalaridogi sajda o‘rniga o‘tmaydi, ammo namozlari ham buzilmaydi. Ishonchli nuqtai nazarga ko‘ra, ma’nosiny tushunish sharti bilan, forscha kabi (boshqa tilda) sajda oyati eshitilsa ham, sajda qilish vojib bo‘ladi. Uxlayotgan kishidan, yosh boladan, hayz yo nifosdagi ayoldan sajda oyati eshitilganida ham sajda qilish vojib. To‘tiqush va aks sadodan eshitilgan sajda oyati tufayli sajda qilish vojib bo‘lmaydi.
Izoh: Zamonamizda mavjud bo‘lgan radio, televizor va shunga o‘xshash vositalardan Quroni karimni tinglash bilan savob qozonilganidek, sajda oyatini eshitish tufayli sajda qilish vojib bo‘ladi.

Tilovat sajdasiniig vaqti va shakli

1. Namozda sajda oyati o‘qilganida, tilovat sajdasi uchun ruku yo sajda qilish bilan ado etiladi.
2. Sajda oyatidan so‘ng ikkidan ortiq oyat o‘qimay tilovat sajdasini niyat qilib namozning rukusiga borsa va uni niyat qilmasa ham, namozning sajdasini qilsa, tilovat sajdasi o‘rniga o‘tadi.
3. Kishi imomdan sajda oyatini eshitib, u imomga iqtido qilmasa ham, yoki (sajda oyati o‘qilgan rakatdan) boshqa rakatda mazkur imomga iqtido qilsa ham? namozdan so‘ng tilovat sajdasi qiladi.
4. Imom sajda oyati o‘qigan rakatda hali imom tilovat sajdasini qilmasdan unga iqtido qilgan kishi, imom bilan birga sajda qiladi. Ammo shu rakatda imom o‘qigan oyat sajdasini qilganidan so‘ng, imomga iqtido qilsa, tilovat sajdasi qilmaydi.
5. Namoz asnosida qilinishi lozim bo‘lgan tilovat sajdasi namoz ichida ado qilinmagan bo‘lsa, namozdan keyin ado qilinmaydi. Chunki namoz ichida qilinishi lozim bo‘lgan tilovat sajdasi uchun shunday ulug‘ daraja borki, namozdan keyingi sajdalar uning o‘rniga O’tmaydi.
6. Kishi namozdan boshqa payt sajda oyati o‘qib (yoki eshitib) sajda qilgach, ayni joyda namozni boshlab, o‘sha oyatni o‘qisa, takror sajda qiladi. Agar avval aytilgan sajdani qilmagan bo‘lsa, namozdagi sajda ikkala sajdaning o‘rniga o‘tadi.
7. Ayni joyda bir sajdai oyatni ikki yoki undan ko‘p bora o‘qigan kishi bir marta tilovat sajdasi qiladi.
8. Faqat boshqa-boshqa joylarda bir sajda oyatini o‘qigan kishi uchun bir marta tilovat sajdasi qilish kifoya emas.

Joyni o‘zgartirmaydigan sabablar

Turgan yo o‘tirgan joyidan zarurat uchun bo‘lsa ham ajralish, daraxtda bir shoxdan boshqa shoxga o‘tish, anhor yoki kattaroq hovuzda (sajda oyati o‘qilgan) joydan boshqa joyga suzib o‘tish bilan, joy o‘zgargan hisoblanadi.

Joyni o‘zgartirmaydigan sabablar

1. Bir xonaning yoki katta bo‘lsa-da, masjidning ichida sajda oyati o‘qilgach, bir burchakdan boshqa bir burchakka o‘tishi
2. Qur’on tilovat qilayotgan payt kemaning yurishi.
3. Sajda oyati o‘qilgach, bir yoki ikki rakat namoz o‘qirlik vaqtning o‘tishi.
4. Bir qultum suv ichish, bir-ikki luqma taom yeyish yoki bir-ikki qadam yurish.
5. Bir narsaga suyanish, o‘tirish, yoki o‘rnidan turish.
6. Sajda oyati o‘qilgan joyda hayvonga minish yoki tushish.
7. Ustida namoz o‘qilayotgan hayvonning yurishi. Bunday hollarda bir marta sajda qilish kifoya.
8. Sajda oyati o‘qiyotgan kishi o‘rnida qolgani holda, eshitayotgan kishining joyi o‘zgarsa, eshitayotgan kishi takror sajda qilishi lozim.
9. Bir joyda bir sajda oyatini ko‘p eshitgan kishining takror sajda qilishi shart emas. Faqat o‘qigan kishi joy o‘zgartirgani tufayli, takror sajda qilish kerak.

Turli masalalar

Sajda oyati bo‘lgan surani o‘qiyotib, sajda oyatini o‘qimay tashlab ketish makruhdir.
Sajda oyatiga bir yoki bir necha oyat qo‘shib o‘qish mustahabdir.
O’tirgan kishining tilovat sajdasi qilish uchun o‘rnidan turib, sajda qilishi mustahabdir.
Sajda oyatini eshitgan kishining o‘qigan kishidan avval boshini sajdadan ko‘tarmasligi ham mustahabdir.
Sajda oyati bir jamoat ichida o‘qilib, hamma birdan sajda qilishi lozim bo‘lganida, oyatni o‘qigan kishining oldinroqqa o‘tirish va jamoatning saf tortishi shart emas. Har kim o‘tirgan joyida, xohlaganidek sajda qiladi.

Tilovat sajdasining sahih bo‘lish shartlari

Tilovat sajdasining sahih bo‘lish shartlari iamozning sahih bo‘lish shartlaridir (takbiri tahrimadan boshqa).

Ado etish tartibi

Sajda oyatini o‘qigan yoki eshitgan kishi o‘tirgan bo‘lsa, o‘rnidanturadi. Qo‘lni ko‘tarmay takbir aytib, sajdaga boradi va yana takbir aytib, o‘rnidan turadi. Shu tartibda bir marta sajda qiladi. So‘ngtashahhud o‘qimaydi va salom bermaydi.

Shukr sajdasi

Hazrati Abu Bakrdan, roziyallohu anhu. rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, iisonni xushnud qiladigan bir narsaga ro‘para kelganlarida yoki biror xushxabar eshitganlarida Alloh taologa shukr qilish maqsadida darhol sajda qilar edilar.
Shukr sajdasi Imomi A’zamga, roziyallohu anhu, ko‘ra namozdan so‘ng makruhdir va hech qanday savobi yo‘q, qilmagan afzaldir. Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadga ko‘ra esa, savob bo‘lgan bir ibodatdir. Shukur sajdasi tilovat sajdasi kabi ado etiladi.
Izoh: Fiqh ulamolari Imom A’zamniig, rahmatullohi alayh, bu nuqtai nazarlarini, qilinishi vojibemas deb, Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadning fikrlarini esa, qilinishining zarari yo‘q, joizdir deb sharhlaganlar. Bunga ko‘ra, har bir xushxabarni eshitganda sajda qilish shart emas, ammo Qilinishi joizdir.

Har baloning daf qilinishi haqida

Imom Nasafiy "Kofiy" nomli asarlarida aytadilarki, kimki bir joyda barcha sajda oyatlarnni o‘qib, har biri uchun alohida-alohida sajda qilsa, bu ibodat tufayli boshiga keladigan barcha balolardan omon qoladi.
Juma namoziiing hukmi
Juma namozi quyidagi yetti shartni jam qilgan bo‘lib, har bir musulmon uchun farzi ayndir. Farz bo‘lishining shartlari:
1. Erkakbo‘lishi;
2. Ozod bo‘lishi;
3. Shaharda yoki shahar yaqinida istiqomat qilishi;
4. Sog‘lom bo‘lishi;
5. Zolimning hamlasidan omon bo‘lishi;
6. Ikki ko‘zi ko‘r bo‘lmasligi;
7. Ikki oyog‘ining birdaniga oqsoq yoki shol bo‘lmasligi.
A Durust bo‘lishining shartlari
1. Juma namozi peshin namozining vaqtida o‘qilishi zarur. Peshin namozining vaqti kirmasdan juma o‘qilishi du rust emas. Juma o‘qilayotganida vaqt chiqsa, u bekor bo‘ladi.
2. Vaqtida (farz namozidan avval) juma xutbasi niyati bilan, juma namoziga jamoat bo‘la oladigan kishilar huzurida xutba o‘qishlari kerak.
3. Barchaning masjidga kirib, bemalol namoz o‘qishi mumkin bo‘lishi zarur.
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, juma farzi uchun yetarli jamoat qul, musofir va bemorlardan iborat bo‘lsa ham, imomdan boshqa uch erkak kishidir. Mazkur jamoat bilan juma namozi o‘qish mumkinligining sharti bu kishilarning birinchi sajdaga borgunlaricha imom bilan birga qolishlaridir. Ilk sajdani qilgach, (namozni buzib) tarqaydigan bo‘lsalarI imom namozni yolg‘iz o‘zi juma namozi sifatida tamomlaydi Ammo imom birinchi sajdaga bormasidan, jamoat tarqaladigan bo‘lsa, namoz buziladi. Uch kishilik jamoatdan biri ayol yoki yosh bola bo‘lsa, namoz sahih bo‘lmaydi. Qul, musofir va bemorning juma namozida imom bo‘lishi joizdir.
Juma namozining xutba va sunnatlari
Juma xutbasida tasbeh yoki tahmid bilan kifoyalanish, karohat bilan joizdir.
Juma xutbasining o‘n sakkiz sunnati bor:
1. Xutba o‘qiydigan kishining najosat va janobatdan pok bo‘lishi.
2. Avrat joylarini berkitishi.
3. Xutbani boshlashdan avval minbarda o‘tirishi.
4. Imom-xatibning oldida azon aytilishi.
5. Imom-xatibning azondan so‘ng, urush bilan qo‘lga kiritilgan joylarda chap qo‘lida ushlagan qilichga tayanib, sulh orqali olingan joylarda esa, qilichsiz (xutba o‘qish uchun) o‘rnidan turishi.
6. Imom-xatibning jamoatga yuzlangan holda xutba o‘qishi.
7. Xutbani Allohga hamdu sano bilan boshlashi.
8. Kalimai shahodatni o‘qishi.
9. Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, salavot aytishi.
10. Jamoatga va’z-nasihat qilishi.
11. Jamoatga Allohning azobidan qutqaradigan sabablarni eslatishi.
12. Qur’ondan biror bir oyat o‘qishi.
13. Xutbani ikkiga bo‘lishi.
14. Ikki xutba orasida o‘tirishi.
15. Ikkinchi xutbani ham yana Alloh taologa hamdu sano va Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, salavot bilan boshlashi.
16. Ikkinchi xutbada barcha mo‘minlarga duo va mag‘firat tilashi.
17. Jamoatning xutbani eshitishi.
18. Har ikki xutbani tivoli mufassal, ya’ni Qur’oni karimning Hujurot surasidan Buruj surasigacha bo‘lgan qismi uzunligida qilishi. Bundan cho‘zish va sunnatlardan birini tark qilish makruhdir.

Juma namoziga oid turli masalalar

1. Juma kuni birinchi azon aytilgach, musulmonlarning savdo-sotiq (kabi dunyo) ishlarini to‘xtatib, juma namoziga borishlari farzdir.
2. Imom minbarga chiqsa, xutba va juma farzi tamom bo‘lgunicha, gapirish va nafl namoz o‘qish joiz emas.
3. Xutba eshitayotganlarning yeb-ichishlari, keraksiz narsalar bilan shug‘ullanishlari, u yoq-bu yoqqa qarashlari, salomga alik olishlari hamda aksirganga "yarhamukalloh" deb javob qaytarishlari makruhdir.
4. Imom-xatib minbarga chiqqach, jamoatga salom bermaydi.
5. Azon aytilgach, juma namozini o‘qimasdan safarga otlanish (tahriman) makruhdir.
6. Bemor, musofir va ayollarga o‘xshash juma namozini o‘qishi farz bo‘lmagan kishilar, agar juma namozini o‘qisalar, peshin namozining o‘rniga o‘tadi va peshin namozi ulardan soqit bo‘ladi.
7. Hech qanday uzrsiz juma namoziga mukallaf bo‘lgan kishilarning juma namozi o‘qilmasdan avval peshin namozini o‘qishlari haromdir. Shunga qaramay, uyida peshin o‘qiganidan so‘ng, pushaymon bo‘lib, imom hali namozni tamomlamasdan, masjid sari otlansa, namozga ulgurmasa ham, o‘qigan peshin namozi botil bo‘ladi va naflga aylanadi.
8. Bemor, musofir hamda qulga o‘xshash uzrli kishilarning juma namozi o‘qilgan joyda peshinni jamoat bilan o‘qishlari makruxdir.
9. Juma namoziga tashahhudda yoki sahv sajdasida qo‘shilgan kishi juma namoziga ulgurgan hisoblapadi.

Hayit namozlari hukmi va shartlari

Hayit namozlari juma namozi farz bo‘lgan kishilarga vojibdir. Faqat xutba hayit namozlarida sunnatdir.
Xutbani hayit namozidan avval o‘qish yoki xutba o‘qimasdan hayit namozini o‘qish karohat bilan joizdir.

Ramazon hayitining mustahablari

Ramazon hayitida quyidagi o‘n uch narsa mustahabdir:
1. Masjidga ketmasdan avval toq bo‘lish sharti bilan, xurmo yoki biror shirinlik yeyish.
2. G’usl qilish.
3. Tishlarni misvok (yoki tish cho‘tkasi) bilan tozalash.
4. Xushbo‘ylanish.
5. Eng chiroyli kiyimlarni kiyish.
6. O’ziga vojib bo‘lsa, hayit namozidan avval fitr sadaqasini berish.
7. Uchragan har bir insonga tabassum bilan xushmuomalada bo‘lish.
8. Iloji boricha ko‘proq sadaqa berish.
9. Ertalab barvaqt turish.
10. Hayit namozi o‘qiladigan masjidga ertaroq va ildam qadamlar bilan borish.
11. Bomdod namozini uyiga yaqin bir masjidda o‘qish.
12. Bundan so‘ng piyoda, hayit namozi o‘qiladigan masjidga borish.
13. Iloji bo‘lsa, boshqa bir yo‘ldan uyiga qaytish. Hayit namozidan avval masjidda, uyda va namozdan so‘ng esa masjidda nafl namoz o‘qish makruhdir.

Hayit namozining vaqti

Hayit namozining vakti quyoshning bir yoki ikki nayza bo‘yi (uch yo to‘rt metr) ko‘tarilishidan boshlab to zavoligacha bo‘lgan vaktdir.

Hayit namozlarini o‘qish tartibi

Hayit namoziga niyat qilib, takbiri tahrima aytiladi. So‘ngra qo‘llar bog‘lanib sano o‘qilgach, uch marta takbir aytiladi va har birida qo‘llar ko‘tariladi, birinchi va ikkinchi takbirlarda qo‘lni pastga qo‘yib yuborib, uchinchisidan so‘ng bog‘lanadi.
So‘ngra xufya "Auzu" va "Bismillohni aytgach, jahran Fotiha va zam sura o‘qiydi va ruku qiladi. Hayit namozlarining dastlabki rakatida A’lo surasini o‘qish mandubdir, ikkinchi rakatni "Bismillah" bilan boshlab Fotiha va zam sura o‘qigach, birinchi rakatda bo‘lganideq, qo‘llarni ko‘targan holda, uch marta ziyoda takbir aytiladi. Uchala takbirda ham qo‘llar ko‘tarilgach, yoniga qo‘yib yuboriladi va to‘rtinchisida rukuga boriladi). Namoz o‘qib bo‘lingach, xatib xutba o‘qiydi va unda fitr sadaqasining hukmini tushuntiradi. Hayit namozini imom bilan birga o‘qiy olmagan kishi (so‘ngra) qazosini o‘qimaydi. Hayit namozini o‘qish biror uzr tufayli, faqatgina iyukinchi kunga kechiktirilishi mumkin.

Qurbon hayitining hukmi

Qurbon hayitining hukmlari aynan Ramazon hayitining hukmlari kabidir. Faqat (kishi shirinlik) yeyishni namozdan keyinga qoldiradi va (masjidga ketayottanida) yo‘lda takbirni baland ovoz bilan aytadi. Imom xutbada qurbonlik hukmlarini va tashriq takbirini tushuntiradi. Namoz biror-bir uzr tufayli uch kungacha kechiktirilishi mumkin.

Tashriq takbirining hukmi, muddati va kimlarga vojib bo‘lishi

Tashriq so‘zining lug‘aviy ma’nosi "quyosh nurida go‘shtni quritish" deganidir. Arablarda hayitning birinchi, ikkinchi, uchinchi kunlari qurbonlik go‘shtlarini quritish odat bo‘lgani uchun bu kunlarga tashriq kunlari deb nom berilgan. Ba’zi olimlarga ko‘ra, bu so‘zning "jarangdor ovoz bilan takbir aytish" degan ma’nosi ham bor.
Arafa kuni bomdod namozidan boshlab, hayitning to‘rtinchi kuni asr namozigacha (asr namozi bilan birgalikda 23 vaqt) har farz namoz o‘qilganidan so‘ng, munfarid (yakka namoz o‘quvchi), jamoat, imom, muqim, musofir, shaharlik, qishloqlik, ayol va erkak har bir namozxonga tashriqtakbirini aytish vojibdir. Butun Islom o‘lkalarida fatvo shunga ko‘radir.

Tashriq takbiri

Tashriq takbiri quyidagicha:
Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, arafa kuni bomdod namozida jamoatga yuzlanib: "Shu kunlarda siz aytadigan va Payg‘ambar ham aytgan eng xayrli so‘zlar "Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd " so‘zlaridir" deganlar.
Rivoyatga ko‘ra, tashriq takbirining tarixi shunday: Hazrat Ibrohim, alayhissalom, o‘g‘li Ismoilni, alayhissalom, Alloh uchun qurbon qilmoqchi bo‘lgan paytda birdan Jabroilning, alayhissalom, bir qo‘chqor bilan tushishlari Ibrohimni, alayhissalom, qo‘rqitadi. Jabroil, alayhissalom, yerga tushar ekan, "Allohu akbar" deydilar. O’zini qo‘lga olgan Ibrohim, alayhissalom, esa "Allohu akbar va lillahil hamd", deb javob beradilar.

Quyosh tutilganida o‘qiladigan namoz

Quyosh tutilganida nafl namozga o‘xshash ikki rakat namoz o‘qish sunnatdir. Bu namoz azon va iqomatsiz, xutbasiz, maxfiy qiroat bilan, juma imomi, davlat boshlig‘ining vakili imomligida o‘qiladi. Har ikki rakatning ruku va sajdalarini uzunroq qilish sunnatdir. Namozdan so‘ng imom qiblaga qarab o‘tirib yoki jamoatga qarab tik turib, quyosh ochilguncha duo qiladi, jamoat omin deb turadi. Imom bo‘lmasa quyosh tutilganidagi namoz jamoatsiz o‘qiladi.
Izoh: Rivoyatga ko‘ra, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, davrlarida bir kuni quyosh tutiladi, u kishi xalqni to‘plab, ikki rakat namoz o‘qitdi. Bu namozda uzoq qiyomda turgandan so‘ng ruku qildilar, rukuda uzoq vaqt qoldilar, so‘ng sajda qildilar, uzoq, muddatli bir sajdadan so‘ng ikkinchi rakatga turdilar, ikkinchi rakat ham shuncha cho‘zildi va namoz tugadi, quyosh ochildi.
Bu haqda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Bu Allohning qullarini o‘z qudrati bilan qo‘rqitishi — ibrat olinadigan hodisadir. Quyosh tutilishini ko‘rsangiz, eng yaqin farz namozga o‘xshash namoz o‘qingizlar ", deganlar.

Oy tutilganida o‘qiladigan namoz

Kunduz paytidagi qorong‘u zulmat, shiddatli shamol yoki qattiq qo‘rquv (zilzila, og‘ir yuqumli kasallik va oy tutilishi) holatida har kim yakka holda ikki rakat nafl namoz o‘qiydi.
Quyosh va oy tutilganida ikki rakat nafl namoz o‘kish sunnatdir. Bu esa musulmonlarning bu hodisalardan dahshatga tushib, ko‘rqishlaridan dalolat bermaydi. Quyosh va oy Allohning buyuk ne’matlaridandir. Biri kunduz, biri kechani oydinlatadi. Bu ne’matlarning foydalarini olimlar hali to‘liq o‘rganmaganlar. Go‘yo ular yo‘q bo‘lgandek tuyuladigan tutilish asnosida bu ne’matlarning Yaratuvchisiga shukr qilish, namoz o‘qish lozimdir.

Yomg‘ir so‘rash duosi

Istisqo Alloh taolodan istig‘for tilab, maxsus holda yomg‘ir yog‘dirishini so‘rashdir. Istisqoda namoz jamoat bilan o‘qilmaydi. Ketma-ket uch kun eski, toza, hatto, yamoq solingan kiyimlarni kiyib, bo‘yni egik, tavoze’ va xushu’ bilan, yayov holda cho‘lga (sahroga) shahar va qishloq tashqarisiga chiqish, chiqishidan oldin har kun sadaqa berish mustahabdir.. Bolalar va keksa kishilarni, bolali hayvonlarni ham olib chiqish mustahabdir.
Izoh: Chunki ular rahmatning tushishiga (yomg‘ir yog‘ishiga) sababchi bo‘ladilar. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Sizning orangizdagi zaiflar, muhtojlar kundalik rizqingizni ta’minlayaptshshr va (ular tufayli) mushkul ishla-ringizda kerakli yordamni olmoqdasiz", dedilar. Boshqa bir hadisda esa: "Allohdan qo‘rquvchi yoshlar, o‘tlovchi hayvonlar, beli bukik qariyalar, ona sutidan ajramagan begunoh go‘daklar bo‘lmasa edi, ustingizga samodan balolar yog‘ardi ", deganlar.
Makkai Mukarrama va Quddus xalqi istisqo uchun shahar tashqarisida emas Masjidul Harom va Masjidul Aqsoda to‘planadilar, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, shaharlari Madinada xalq Qubo masjidiga yig‘iladi.
Qiblaga qarab, imom tik turgan holatda qo‘lini ko‘tarib duo qiladi. Jamoat qiblaga qarab o‘tirgan joyidaya "Omin" deydi va ushbu duo o‘qiladi:
Allohumma asqina g‘aysan mug‘isan hanian marian, g‘adaqan ajilan g‘oyra raisin mujillilan sohhan tabakan doiman.
Ma’nosi: Allohim! Bizga bizni shiddatdan qutqaruvchi, zohiriy va botiniy foydali, mo‘l, barakali har yonni o‘z ichiga olgan, har yonga oqadigan, har yonni ho‘l qiladigan davomiy yomg‘irni bergin.
Bu va bunga o‘xshash duolar maxfiy yoki jahriy o‘qiladi. Istisqoda kiyim teskari qilinmaydi. Duoda zimmiy (musulmon bo‘lmagan) kishi ishtirok etmaydi.
Hazrati Oyishadan rivoyat qilinishiga ko‘ra, bir kuni xalq Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, yomg‘ir yog‘mayotganidan shikoyat qildi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, maydonda minbar qurishni buyurdilar va butunsh xalqning to‘planshii uchun bir kunni tayinladilar. Tayinlangan kun quyosh chiqib-chiqmay o‘rnatilgan minbarga Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, chiqib o‘rnashib, takbir va Allohga hamdu sano aytgach, xalqqa yuzlanib:
"Ey xalq, siz menga kelib, yerlaringizda qurg‘oqchilik bo‘lgani, vaqtida yomg‘ir yog‘mayotganidan shikoyat qildingiz. Alloh ham sizga duo qilishingizni buyurdi, istagingizni bajarajagini va’da qildi " dedilar. So‘ng: "Hamd olamlarning Parvardigoriga xosdir. U saqlovchi va kechiruvchidir, hisob-kitob kunining Egasidir. Undan bo‘lak iloh yo‘qdir va u xohlaganini qilguvchidir. Allohim, sen boysan, biz esa senga muhtoj faqirlarmiz, bizga yomg‘ir ber va uni bizga xayrli ayla " deb duo qildilar. Keyin qo‘llarini osmonga ko‘tardilar (qo‘ltiqlari ko‘rindi) ustlaridagi kiyimni teskari kiyib, xalqqa yuzlandilar, minbarda uzoq muddat bu vaziyatda turib, keyin pastga tushib, ikki rakat nafl namoz o‘qidilar. Namozdan keyin sharros yomg‘ir yog‘maguncha masjidga qaytmadilar. Kuchli yomg‘ir boshlangach, xalq pana joy axtarib, tarqalishganda, old tishlari ko‘rinadigan holda kuldilar va "Guvohlik beramanki, Alloh har ishga qodirdir va yana guvohlik beramanki, men uning quli (bandasi) va elchisidirman ", dedilar.
Zimmiylarni (musulmon bo‘lmasalar-da, islomiy o‘lkada jizya va xiroj to‘lab yashovchilar) duoga chiqarmaslik sababi, agar duodan so‘ng yomg‘ir yog‘sa, avom xalq ularning duolari ham qabul bo‘lib, yomg‘ir yog‘di, ularning dini ham haq ekan, deb o‘ylab, imonlari susayishidan saqlanishdir.

Xavf (qo‘rquv) namozi hukmi va sababi

Xavf namozini faqat dushman" va yirtqich hayvon oldida yoki suv toshqini va yong‘indan qo‘rqish holatida o‘qish joizdir.
Butun jamoat bir imomga ergashishni xoxlasalar, imom Jamoatni ikkiga bo‘ladi.
Bir guruhni dushman qarshisida qoldiradi, boshqa guruh bilan namoz o‘qishni boshlaydi. O’qiladigan farz namoz ikki rakatli bo‘lsa bir, to‘rt (yoki uch) rakatli bo‘lsa, ikki Rakat o‘qiganidan so‘ng, birinchi jamoat dushman oldiga boradi. Ularning o‘rniga ikkinchi guruhkelib, imomga ergashadi. Imom namozning qolgan qismini o‘qib, yakka o‘zi salom beradi. Ikkinchi guruh dushman oldiga qaytgach, bn-rinchi guruh o‘rinlariga qaytib, Qur’on o‘qimasdan namozlarini tugatadilar, salom berib dushman oldiga qaytadilar. Ikkinchi jamoat ham namozning qolgan qismini joylariga qaytib yoki dushman qarshisida, xoliroq joyda o‘qib tugatadi.
Izoh: Namozlarining ikkinchi qismini yolg‘iz o‘qiydigan paytda birinchi guruh lohiq, ikkinchisi masbuq edi, shuning uchun birinchi guruh namozning ikkinchi qismida Qur’on (qiroat qilmaydi) o‘qimaydi, ikkinchisi o‘qiydi. Ma’lumki, masbuq namozning boshida imomga yetisholmagan kishidir. Bu kishi imomning salomidan so‘ng namozning yetisholmagan qismini o‘zi qiroat bilan o‘qib tugatadi. Uholda, hukmga ko‘ra, masbuq holatida bo‘lgan ikkita jamoat namozning imom bilan o‘qilmagan qismini qiroat qilib tamomlaydi. Lohiq esa, namozni imomga ergashib boshlagan bo‘lsa ham, qandaydir sabab bilan namozning boshqa qismini imom bilan o‘qimagan kishidir. Bu kishi imomning salomidan keyin, namozning o‘qilmagan qismini qiroatsiz tugatadi. Birinchi guruh namozning birinchi qismini o‘qib, dushman oldiga qaytganiga ko‘ra, namozning ikkita qismini o‘qish chog‘ida lohiq hukmida bo‘ladi. Shuning uchun qiroat qilmaydi.
1. Kuchli qo‘rquv chog‘ida hamma ot-ulov yoki shunga o‘xshash vosita ustida kuchi yetgan tomonga qarab, namozni imo-ishora bilan yakka-yakka o‘qiydi.
2. Xavf namozi do‘shman bilan yuzlashib turilganida joizdir.
3. Namoz asnosida qurollarning yonda bo‘lishi mustahabdir.
4. Jamoat bir imomning orqasida namoz o‘qishni talab qilmasalar, har bir guruh xavf-xatarsiz holatdagidek, imomlari bilan o‘qishlari afzaldir.

Takrorlash uchun savollar

Quyidagi savollarga o‘ylab, javob bering: 1. Vitr namozining hukmi nima? Necha rakatdan iborat va qanday o‘qiladi? Qunut duosining ma’nosi qanday? Qunut duosi qachon o‘qiladi? Kalimalari qanday? Bomdod namozida qunut duosini o‘qiydigan (Shofe’iy mazhabidagi) imomga iqtido qilgan Hanafiy mazhabidagi kishi qanday harakat qiladi? Vitr namozi qachon jamoat bilan o‘qiladi?
2. Sunnati muakkadalarni sanab bering. Ikki rakatdan ortiq nafl namoz o‘qib, namoz so‘ngiga qadar tashahhudda o‘tirmagan kishining hukmi nima?
3. Tahiyatul masjid, hojat va tungi namozlarning hukmini aytib, ibodat bilan o‘tkazish mandub bo‘lgan kechalarni sanab bering.
4. O’tirgan holda, ot yoki shahar tashqarisida biror vositaga mingan, biror narsaga suyangan hodda o‘qilgan nafl namozlarning hukmini aytib bering.
5. Miniladigan hayvon ustida o‘qilgan farz va nafl namozlarning hukmi qanday? Miniladigan hayvon (tuya) o‘rkachi ustida o‘qilgan namozlarni tafsilotlari bilan tushuntiring.
6. Kemada namoz o‘qishning hukmini tafsilotlari bilan tushuntiring.
7. Taroveh namozining hukmini, vaqgini va necha rakatligini aytib bering.
8. Ka’baning ichida, ustida va atrofida o‘qilgan namozning hukmini aytib bering.
9. Ibodat hukmlarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan eng qisqa safar muddati qancha? Qaysi namozlar qisqartiladi? Safar niyatining sahih bo‘lishi uchun lozim bo‘lgan shartlarni izohlab, namozni qisqartirishning hukmiy (safar) muddatini va namozni qisqartirmay, to‘liq o‘qigan musofirning hukmi qanday bo‘lishini bayon qiling.
10. Musofirning muqimga va muqimning musofirga (namozda) iqtido qilishining hukmini, safar mobaynida qazo bo‘lgan namozlar safar tamom bo‘lgach; muqimliqda qazo qilingan namozlar safar asnosida qanday o‘qilishini aytib bering.
11. Vatan haqidagi hukmlarni bayon qiling. Vatani iqomat nima bilan bekor bo‘ladi?
12. Bemorning namozlarini tafsilotlari bilan tushuntiring. Bemor qachon namozni kechiktiradi? Qachon undan namoz soqit bo‘ladi? Qazo qoldirgan namozlarini vasiyat qilishi qachon joiz, qachon joiz emas?
13. Qazo qolgan namozlar qanday tartibda o‘qiladi? Bunday tartib bilan o‘qish majburiyati nima bilan soqit bo‘ladi? Kishi farz namozini o‘qiyotganida qazo qolgan namozi esiga tushsa, nima qiladi?
14. Kishi yolg‘iz o‘zi namozni boshlagach, qanday holatda namozini buzib, jamoatga qo‘shiladi? Qanday holatda o‘zi o‘qib tugatadi?
15. Qaysi sunnat namozlarning qazosini qachon o‘qish joiz? Qachon farzlardan avval nafl namoz o‘qish mumkin? Qanday holatlarda azon aytilgan masjiddan chiqib ketish joizligini bayon qiling.
16. Sahv sajdasining hukmi qanday va sabablari nima? Qasddan qilingan xatolarning qaysilarida sahv sajdasi qilinadi? Sahv sajdasining vaqtini, qachon soqit bo‘lishini va imom sahv sajdasi qilmaydigan namozlarni aytib bering.
17. Birinchi yoki ikkinchi tashahhudda "Attahiyyotu" o‘qiyotganida adashib ketgan yoki namozda shubhaga tushgan kishining hukmini bayon qiling.
18. Tilovat sajdasining hukmini, sababini, vaqtini va sajda oyatlarining sonini tafsilotlari bilan tushuntiring. Sajda qilishi lozim bo‘lgan va lozim bo‘lmagan kishini, sajda oyati takror-takror o‘qilganida tilovat sajdasi qachon ado qilinishini izohlab bering. Tilovat sajdasining sahih bo‘lish shartlarini, shaklini hamda shukr sajdasining hukmi va shaklini tushuntirib bering.
19. Juma namozining hukmini, farz va sahih bo‘lish shartlarini aytib bering. So‘ngra shaharda, Minoda qachon juma namozi o‘qish joiz bo‘lishini, hamda xutbada (Alloh taologa) hamd aytish (kabi narsalar) bilan kifoyalanish hukmlarini bayon qilib bering. Xutbaning sunnatlaridan o‘ntasini sanab bering.
20. Hayit namozlarining hukmini, shartlarini, vaqti va ado etish tartibini tushuntiring. Qurbon va Ramazonga hayiti namozlari hukmlari orasidagi farqni izohlang. Tashriq takbirining hukmini, vaqtini va kimlarga lozim ekanini bayon qiling.
21. Kusuf (quyosh tutilish) namozining hukmini, shaklini, istisqo (yomg‘ir duosi) namozining hukmini hamda buning uchun nimalar mustahab ekanini tushuntirib bering.
22. Xavf namozining hukmini, sababini aytib, bu namozni bir imomga iqtido qilib o‘qimoqchi bo‘lganlarida yoki alohida-alohida imomlar orqasida o‘qishga kelishib olganlarida namoz qanday ado qilinishini, xavf juda kuchli bo‘lganida qanday o‘qilishini tushuntirib bering.


JANOZA

O’lim to‘shagidagi bemor xususida

1. Muxtazorni (o‘lim to‘shagidagi bemorni) o‘ng yoniga yonboshlatib, qiblaga qaratib qo‘yish sunnat bo‘ladi.
2. Yuzi qiblaga qaraydigan holda boshini ko‘tarib, osmonga qaratib yotqizish ham joiz.
3. Kalimai shahodatni, aytishga zo‘rlamay, majburlamay, ovoz chiqarib, qaytarib turish sunnatdir.
4. O’lim to‘shagidagi bemorning yonida qarindoshlari va qo‘shnilari bo‘lishlari mustahabdir.
5. Bemorning yonidagilardan biri bemorning boshida o‘tirib Yosin surasini o‘qiydi. Ba’zi olimlar Ra’d surasini o‘qishni xush ko‘rganlar. Kur’on o‘qilganida hayz va nifosli ayollar va junub erkaklar bemorning oldida turishi yoki chiqarib yuborilishda ixtilof bor. Chiqarib yuboriladi deganlar, yuqorida aytilgan holatdagi kishilar bor joyga farishtalar kirmasligini; chiqarilmasin deganlar esa bemorning qarindoshi, qo‘shnisi bo‘lgani uchun bu kishilarning turishi mustahabligini va ularning Kur’on eshitishlariga hech qanday to‘siq yo‘qligini aytadilar.

Bemorning joni uzilgach, qilinadigan ishlar

1. Bemorning joni chiqqanidan so‘ng, jag‘i bog‘lanadi, Qo‘zlari yumiladi, yechintirib, yupqa narsa bilan o‘raladi, yotog‘idan olib, salqin joyga o‘tkaziladi.
Ko‘zlarini yumgan kishi ushbu duoni o‘qiydi: "Bismillahi va ‘ala millati rasulillahi". Ma’nosi: "Allohim, Sening noming bilan va Payg‘ambirimizning shariati ostida bu o‘likning ko‘zlarini yumaman. Allohim, uning ishini, narigi dunyodagi holini osonlashtir, uni huzuringga borishidan mamnun va mas’ud qil. Kelgan olamini, ketgan olamidan xayrliroq ayla ".
3. Keyin jasad shishib ketmasligi uchun qorni ustiga temir bo‘lagi qo‘yiladi.
4. Qo‘llari yoniga cho‘ziltirib qo‘yiladi. Qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yish joiz emas (bu ahli kitob: yahudiy va nasorolarning amalidir).
5. Yuvilgunga qadar o‘likning yonida Qur’on o‘qish tanzihan makruhdir.
6. O’lim voqeasini xalqqa eshittirishning zarari yo‘q, jamoatning ko‘p bo‘lishi uchun mustahabdir.

Jasadni yuvib, dafn etishga tayyorlash

1. Kishi o‘lganidan so‘ng, shoshib uni ko‘mish tadorigi ko‘riladi.
2. Kishi o‘lishi bilan xushbuyliklar toq sonda sepilgan maxsus taxtaga qulay holda yotqiziladi.
3. Keyin avrati berkitilib, kiyimlari yechiladi.
4. Namozni bilmaydigan kichik bolalardan boshqa barcha o‘lganlar og‘iz-burunlari yuvilmay, tahorat qildiriladi.
5. Keyin sovun bilan qaynatilgan iliq suv, bu ham bo‘lmasa, isitilgan suv murdaning ustiga to‘kiladi.
6. Mayitning avval bosh va yuzi uch marta yuviladi. So‘ng jasadni chap yoni bilan yonboshlatib, o‘ng yoni uch marta yuviladi. Quyilgan suv tananing taxtaga tegib turgan joyigacha yetkaziladi.
7. Shundan keyin o‘ng yonboshiga yonboshlatib, chap yoni uch marta yuviladi.
8. Keyin g‘assol (yuvguchi) mayitni suyab, o‘ziga suyantirib o‘tqazib, asta qornini mashqiladi. Mabodo shu asnoda axlat chiqsa, uni yuvib tashlaydi. Qayta yuvintirmaydi.
9. Keyin sochiq yoki mato bilan artib quritiladi va kafanlanadi.
10. Bosh va soqolga bir necha xil moddadan tayyorlangan xonut atiri va sajda a’zolariga (peshona, burun, qo’l, oyoqlar) kofur atiri suriladi, (xonut bo‘lmasa, mushki anbar ishlatish mumkin).
11. Jasad yuvilayotganida (og‘iz, burun kabi teshik o‘rinlarga) suv kirmasin deb paxta tiqilmaydi.
12. Tirnoq va sochlar olinmaydi.
13. Soch-soqollar taralmaydi.
14. Ayol erini yuvishi mumkin, faqat er xotinini yuvolmaydi. Chunki ayol boshqa erga tegishidan oldin, homila bo‘lsa, tug‘ishini kutishi yoki idda, ya’ni 4 oyu 10 kun kutishi kerak. Bunga ko‘ra, o‘lgan er ham nomahram emas. Biroq erda bunday holat yo‘q, u bemalol uylanishi mumkin, ya’ni marhuma ayolga begona erkak hukmiga o‘tgan.
15. Xojasidan bolasi bor joriya ham xojasini yuvmaydi.
16. Erkaklar orasida o‘lgan ayolni bu erkaklardan biri qo‘liga latta o‘rab (g‘usl o‘rniga) tayammum qildiradi.
17. Ayollar ichida o‘lgan erkakni bu ayollardan biri qo‘liga latta o‘rab tayammum qildiradi.
18. Bunday hollarda o‘likning mahram yaqinlaridan bi-ror kishi bo‘lsa, qo‘liga latta o‘ramay tayammum qildiradi.
19. Xunasaga, erkaklik va ayollik a’zolari bor kimsa ham (xoh erkaklar, xoh ayollar orasida o‘lsin) rivoyatga ko‘ra (g‘usl emas), tayammum qildiriladi.
20. Go‘dak qizni erkak, go‘dak bolani ayol yuvishi mumkin (chunki balog‘atdan oldin odob o‘rinlari avrat hisoblanmaydi).

Jasadni ko‘mish tadorigi kimning zimmasida?

1. Ayolning (yuvilishi, kafanlanishi, ko‘milishi xara-jatlari) kambag‘al bo‘lsa ham, erning bo‘ynidadir.
2. Mulki bo‘lmagan o‘likning kafani nafaqasi bo‘yniga vojib bo‘lgan (sog‘ligida qarashga majbur ota, o‘g‘il kabi) qarindoshlariga lozimdir.
3. Tirikligida hech kimi bo‘lmagan mayitning ko‘milishi baytulmol (tegishli shahar, qishloq idorasi) zimmasida bo‘ladi.
4. Baytulmolning mablag‘i bo‘lmasa yoki nohaqlik qilib bermasa, bu mas’uliyat xalq orasidagi boylarning zimmasiga tushadi.

Shariatga mos kafan

1. Erkaklarning sunnat kafani qamis, izor va lifofa-dir.
2. Erkaklarning kifoya kafani izor va lifofadir. Kafanning oq paxtadan qilingan matodan bo‘lishi afzaldir. Izor va lifofaning uzunligi boshdan oyoqqachadir. Qamis ko‘ylak bo‘yindan oyoq uchlarigacha bo‘lib, cho‘ntak va yenglari bo‘lmaydi, yon qo‘yilmaydi, ikki cheti birlashtirilib tikilmaydi, yokasi pastga tomon ochilmaydi.
3. Kafan mayitning avval chap, so‘ng o‘ng tomonidan o‘raladi. Ochilib ketishi ehtimoli bo‘lsa, bog‘lanadi.
4. Ayol kishini ko‘mishda mazkur kafanlarga yana ximor (yuzini yopadigan latta) xirqa (ko‘krakdan tizzagacha kengligida o‘raladigan latta) qo‘shiladi. Ayollarning kifoya kafani izor, lifofa va xirqadir.
5. Ayolning sochlari ikki o‘ram shaklida o‘rilib, qamis (ko‘ylak) ustidan ko‘ksiga qo‘yiladi. Keyin ximor bilan yuz yopiladi, so‘ng izor, lifofa o‘ralib, keyin xirqa o‘raladi. Kafanlar o‘ralmasdan oldin, toq sonda xo‘shbo‘y qilinadi.
6. Yana "kafani zarurat" ham bor, ya’ni nima topilsa mayit shunga o‘raladi.

Janoza namozining hukmi va ruknlari

Janoza namozi farzi kifoyadir (mayit atrofidagi xalqdan bir qismi o‘qishi bilan boshqalardan farz soqit bo‘ladi). Ruknlari takbirlar va qiyomdir.

Shartlari

Janoza namozining boshqa namozlardan farqli oltita sharti bor:
1. Mayitning musulmon bo‘lishi.
2. Mayitning (va u qo‘yilgan joyning) toza bo‘lishi (mayit jamoat oldiga qo‘yilganida xuddi imom kabidir, ham o‘zi, ham o‘rni toza bo‘lishi kerak).
3. Mayitning jamoat oldida bo‘lishi.
4. Jasadning bus-butun holda yoki ko‘p qismi yoki boshi bilan tanasining yarmi mavjud bo‘lishi.
5. Janoza o‘quvchining, agar uzri bo‘lmasa, o‘tirgan va (biror ulovga) mingan bo‘lmasligi.
6. Janozaning yerga qo‘yilishi. Mayitni qo‘lda ko‘tarib yoki ulov ustida turgan holida janoza o‘qilishi, yer juda iflos bo‘lmasa, joiz emas.
Izoh: Janoza namozini boshlashdan oldin imom agar mayit erkak bo‘lsa, "Erkak kishi niyatiga” , ayol bo‘lsa, "Xotin kishi niyatiga ", bola bo‘lsa, "O’g‘il bola niyatiga " yoki qiz bo‘lsa, "Qiz bola niyatiga" deb baland ovoz bilan aytib qo‘yishi, muazzin orqa safga yetkazishi lozim.

Janoza namozining sunnatlari

Janoza namozida to‘rtta sunnat bor:
1. Mayit ayol yoki erkakligidan qat’i nazar, imomning ko‘kragining to‘g‘risida turishi.
2. Ilk takbirdan so‘ng sano o‘qish.
3. Ikkinchi takbirdan keyin salavot (namozdagi "Tashahhud"dan keyingi salavotlar) o‘qilishi.
4. Uchinchi takbirdan keyin mayyit haqqiga duo qilish.

Janoza namozida mayit haqqiga duo

Mayit uchun belgilangan duo yo‘qdir. Biroq ushbu duoni o‘qish yaxshidir.
Allohummag‘firli hayyina va mayyitina va shahidina va g‘o'ibina va sog‘iyrina va kabiyrina va zakarina va unsana. Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal Islam. Va man tavaffaytu minna fatavaffahu ‘alal iyman.
Ma’nosi:
"Ey Rabbim! Tirigimizni va o‘ligimizni, bu yerda bo‘lganlarni va bo‘lmaganlarni, kichiklarimizni va kattalarimizni, erkak va ayollarimizni kechirgin. Allohim, Bizdan tug‘ilajak yangi nasllarni Islom dinida dunyoga keltir. Ajali yetib hayotdan ko‘z yumadiganlarning jonlarini imonli hollarida olgin ".
5. To‘rtinchi takbirdan keyin duo qilmay, salom beriladi.
6. Birinchi takbirdan boshqa takbirlarda qo‘llar ko‘tarilmaydi.
7. Imom (yanglishib), besh takbir aytsa, jamoat iqtido qilmay, salom berishini kutadi.
8. (Balog‘atga yetmagan) bolalar va jinnilar uchun gunohlari kechirilishini so‘rab janoza duosi yo‘q, chunki ular begunohdirlar).
9. Kichkina bolalar uchun: "Allohummaj’alhu lana faratan vaj’alhu lana ajran va zuhran vaj’alhu lana shafi’am mushaffao" deb duo qilinadi.
Ma’nosi: "Allohim! Bu o‘lgan go‘dakni biz uchun hozirlangan ajr qil. Uni bizga savob, oxiratimiz uchun boqiy yaxshilik et va uni bizga shafoati qabul bo‘lgan shafoat qiluvchilardan ayla”.

Janoza namozini o‘qishga eng loyiq bo‘lgan kishi

1. Davlat boshlig‘i.
2. Uning vakili.
3. Qozi (shar’iy hakam).
4. Mahalla imomi va keyin mayitning voliyi.
5. Janoza imomligiga loyiq kishi boshqa kishini imomlikka o‘tkazishi mumkin.
6. Janozada imomlik qilishga haqqi bo‘lmagan kishi imomlikka o‘tsa, voliy qaytadan janoza o‘qishi mumkin.
7. Biroq u imomlikka loyiq bo‘lgan kishiga iqtido qilib o‘qigan bo‘lsa, qayta o‘qimaydi. Voliy janozani o‘qisa, undan so‘ng haqdorlar qayta o‘qimaydi.
8. Imomlikka loyiq kishi mayit tirikligida jano-zamni o‘qisin, deb vasiyat qilgan kishisidan ustunroqdir.
9. Janoza o‘qilmasdan ko‘milgan mayit hali yorilib ketmagan bo‘lsa, yuvilmagan bo‘lsa ham, qabr ustida janozasi o‘qiladi.

Bir necha marhumning janozasini bir qilib o‘qish

1. Bir necha mayit to‘planib qolsa, janozalari alohida-alohida o‘qilishi yaxshiroqdir. Qaysi biri avval kelgan bo‘lsa, shunisi birinchi o‘qiladi.
2. Teng kelib qolsa, oldin eng fazilatli kishining janozasi o‘qiladi. Qolganlarning janozasi ham fazilatiga ko‘ra, navbat bilan o‘qiladi.
3. Imom bir necha mayitning janozasini birdaniga o‘qimoqchi bo‘lsa, har bir mayitning ko‘ksi imomning ro‘parasiga to‘g‘rilab qo‘yilgan holda saf qilinadi. Keyin janozalari o‘qiladi.
Bu xususda ham tartibga rioya qilinadi: imomga yaqin joyga erkak, keyin o‘g‘il bola, so‘ngra xunasa, keyin ayol mayit qo‘yiladi va janoza o‘qiladi.
Agar bir necha mayit (biror zarurat yuzasidan) bir qabrga ko‘miladigan bo‘lsa, janozada qo‘yilgan tartibning aksicha qo‘yiladi. Qibla tomonga erkaklar, o‘g‘il bolalar, keyin ayollar qo‘yiladi.
Izoh: Bu o‘rinda fazilat (ustunlik) darajasi musulmonlarning mayit haqidagi fikriga ko‘ra aniqlanadi. Kishning qanday odamligini faqatgina Yaratuvchi Alloh yaxshi biladi, ammo tavalludidan to vafotiga qadar har turli islomiy va ijtimoiy munosabatlarda uning zohiriy faoli-yatiga ko‘ra hukm qilinadi. Agar hukmlarida yanglishsalar, bu holat kechirimlidir.

Janoza o‘qilayotganida imomga ergashish

Janoza namozi boshlanganidan keyin, kech qolgan kishi niyat qilib, imomning keyingi takbirini kutadi. Ikkinchi takbir aytilganida iqtido qiladi. Imom salom bergach, tobut olinmay turib, faqat qoldirgan takbirlarini aytadi. Agar u imom takbiri tahrima aytganida hozir bo‘lib, undan sal kechikib qolgan bo‘lsa, ikkinchi takbirni kutmasdan darrov imomga ergashadi. Janozaning oxirgi to‘rtinchi takbiridan keyin, salomdan avval kelgan kishi janozaga yetisholmagan hisoblanadi.

Janoza namozini qaerda o‘qish joiz

Janoza namozini tobutni masjidning ichiga qo‘yib, gobut masjid sirtida bo‘lsa-da, jamoatning bir qismi masjid ichida bo‘lgan holda o‘qish makruhdir.
Izoh: Ba’zi olimlarga ko‘ra, tobut (janoza) jamoatning bir qismi bilan masjid tashqarisida va jamoatning bir qismi masjid ichida bo‘lib o‘qilgan janoza makruh emas.

Go‘daklarga (kichkina bolalar) janoza o‘qish

1. Tug‘ilayotganida o‘lgan go‘dakning yig‘lash, qimirlash kabi sog‘ligini bildiradigan nishonalari ko‘rilgan bo‘lsa, ism qo‘yilib, yuvib, janozasi o‘qiladi.
2. Biroq (qimirlash, qichqirish kabi) hayot nishonasi ko‘rilmasa, (go‘dak) yuvilib, ism qo‘yilib, matoga o‘rab ko‘miladi, janoza o‘qilmaydi.
3. Musulmon bo‘lmagan ota-onaning biri bilan birga asir olinib, o‘lgan bolaning holati ham shunday. Biroq ota-onasidan biri yoki bolaning o‘zi musulmon bo‘lsa, yoxud (ota-onasiz, yolg‘iz o‘zi) asir olinsa (o‘lganida), janozasi o‘qiladi.
Izoh: Negaki ota-onasi yonida bo‘lmay, bolaning o‘zi musulmonlarga asir tushsa, ota-onaning ta’siri (ularning diniy e’tiqodi) ostida qolmay, Islom jamiyatida katta bo‘lib, ehtimol, musulmon bo‘lar edi. Shu sababli kichikligida o‘lsa ham, katta bo‘lganida musulmon bo‘lishi ehtimoli bilan musulmon bolasi hukmida janozasi o‘qiladi.

Kofir va osiylar

1. O’lgan kofirning (musulmon qarindoshlari bo‘lsa, uni (kofirni) jirkanch (iflos, isqirt) narsa (buyum) kabi yuvib, matoga o‘rab, chuqurga tashlaydi yoki qavmiga beradi);
2. Hukumatga qarshi g‘alayon qilib, to‘qnashuv chog‘ida o‘ldirilgan g‘alayonchilarning;
Izoh: Bu hukm xalqning manfaatini ko‘zlagan, to‘g‘ri yo‘ldan ozmagan, mashru hukumatga isyonchi bo‘lganlar uchundir. G’ayri-mashru hukumatga isyon qilish jihod hisoblanadi.
3- Qurolli to‘qnashuvda o‘lgan yo‘lto‘sarlarning;
4. Yovuzlik bilan kishilarni bo‘g‘ib o‘ldirib yuruvchilarning;
5. Shaharda kechasi qurol ko‘tarib, kishilarning yo‘lini to‘suvchilarning;
6. Mahalliychi, mutaassibligi sababli intiqom (qasos) va qon da’vosida harakat qilayotgan paytda o‘ldirilganlarning (yuvilsalar ham), janozalari o‘qilmaydi.

Ota-ona qotili va o‘ziga o‘zi suiqasd qilgan kishi

O’zini o‘zi o‘ldirgan kishi yuviladi va namozi o‘qiladi. Faqat musulmon ota-onadan birini, agar u yo‘lto‘sarlik qilmayotgan va dushmanlarga qo‘shilib urushmayotgan bo‘lsa, qasd qilib o‘ldirgan kishining namozi (janozasi) o‘qilmaydi.

Tobutni olib borish va mayyitni ko‘mish

1. Tobutni qabristonga olib borishda, to‘rt tomonidan to‘rt kishi yelkasiga ko‘tarishi sunnatdir.
2. Tobutning avvalo bosh tomonidan oladi, so‘ngra oyoq tomonidan o‘ng yelkada ko‘tarish kerak. Keyin chap tomoniga o‘tib, avval bosh, so‘ngra oyoq tomonidan chap yelkada ko‘tariladi. Har tomondan o‘n qadamdan, jami qirq qadam ko‘tarib yurish mustahabdir.
Izoh: Negaki Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Kim tobutni qirq qadam ko‘tarsa, qirqta katta gunohlari o‘chiriladi (kechiriladi) ", deb marhamat qilganlar.
3. Tobutdagi jasadni tebratib yubormaslik sharti bilan, olib ketilayotganida tez yurish mustahabdir.
Izoh: Buhaqda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi vd sallam: "Tobutni qabriga olib borishda tez yuring (shoshiling). Chunki mayit yaxshi odam bo‘lsa, uni kutib turgan mukofotlarga tezroq yetkazish o‘rinlidir, agar mayit yomon odam bo‘lsa, uni yelkalaringizdan tezroq tushirib, qutulganingiz yaxshidir", deganlar.
4. Tobut ortidan ergashishning undan oldinda yurishdan afzalligi xuddi farz namozning nafl namozdan ustunligi kabidir.
5. Tobut olib ketilayotganida baland (jahriy) ovoz bilan zikr qilish makruhdir.
6. Qabristonda tobut yerga qo‘yilmasidan oldin o‘tirish ham makruhdir.

Mayitni dafn qilish

1. Qabr odamning yarim bo‘yi yoki ko‘ksigacha yetadigan chuqurlikda qaziladi. Bundan ham chuqurroq bo‘lishi mustahabdir.
2. Agar tuproq yaxshi bo‘lsa, faqat qabrni chuqur qazish bilan cheyutanmay, qibla tomonga lahad qilinadi, o‘yiladi.
3.Mayit qiblaga qaratib qabrga qo‘yiladi.
4. Qabrga qo‘yuvchi kishi "Bismillahi va ‘ala millati Rasulillahi", deydi. Ma’nosi: "Alloh nomi bilan va Payg‘ambarning shariatiga ko‘ra (tuproqqa qo‘ymoqdaman) ".
5. Mayitning o‘ng tomonini qiblaga moyil qilib qo‘yiladi.
6.Keyin kafanning bog‘lami yechiladi.
7. Lahad og‘zi xom g‘isht bilan yo qamish kabi o‘simliklar bilan yopiladi.
8. Pishgan g‘isht va taxta bilan lahad og‘zini yopish makruhdir (chunki bu narsalarga tiriklarning ehtiyoji ko‘proq).
9. Mayit ayol kishi bo‘lsa, qo‘yilayotganida usti to‘sib turiladi.
10. Lahad og‘zi yopilgach, tuproq tashlanadi.
11. Qabrning usti to‘rtburchak shaklida emas, tuyaning o‘rkachi kabi tepacha qilinadi.
12. Qabrning ustini bezash uchun bino qurish haromdir.
13. Qabr mustahkam bo‘lishi uchun bino qilish makruhdir.
14. Mayitni uyga ko‘mish makruh, chunki bu hol faqat Payg‘ambarlarga xosdir.
15. Mayitni baland, bir necha jasad sig‘adigan qilib qurilgan joyga ko‘mish makruhdir.
16. Zarurat yuzasidan bir necha jasadni bir qabrga ko‘mishning zarari yo‘q. Faqat har birining orasi tuproq bilan to‘silishi kerak.

Dengizda o‘lgan kishi

Dengizdagi kemada o‘lgan musulmon kishining jasadi sohil uzoqligi va mayitning buzilishidan qo‘rqilgani bois yuvilib, kafanga o‘ralib, janozasi o‘qiladi va dengizga tashlanadi. Dengiz tubiga cho‘kib ketishi uchun jasadga og‘ir narsa bog‘lab, suvga tashlash joiz.

Mayitni ko‘chirish

Mayitni o‘lgan yo o‘ldirilgan joydagi yaqin qabriston-ga ko‘mish mustahabdir.
Uni bir yoki ikki mil (taqriban 1885 m.) uzoqlikka olib borib ko‘mishning zarari yo‘q.
Bundan uzoqqa olib borish karohatli.
Dafn qilingan mayitni qabrdan chiqarib, boshqa joyga ko‘chirish joiz emas. Biroq (egasining ruxsatisiz) majburlab olingan joyga dafn qilinganida yoki (mayit yoky uning merosxo‘ri sotib olgan yer) shuf’a yo‘li bilan boshqa kishining moli bo‘lib, (jasadning u yerda qolishiga rizolik berilmagan holda) mayitni u yerdan olib, boshqa joyga ko‘mish joiz va zarur.
Mayit (hech kimning mulki bo‘lmagan joyda) boshqa kishi uchun (qazib) tayyorlab qo‘yilgan qabrga ko‘milsa, qabr qazishning haqini to‘lash sharti bilan qabrdan chiqarilmaydi.

Qabrni ochishning hukmi

Mayit bilan birga unutib ko‘mib yuborilgan molni (narsa, ashyo) olish, haqsizlik bilan olingan kafanni almashtirish, mayitning oldida qolib ketgan buyumni chiqarib olish uchun qabr ochilishi mumkin. Jasadning yuzi qiblaga qaratib qo‘yilmagani uchun qiblaga qaratib qo‘yish yoki chap yoni bilan yotqizilgani bois o‘ng tomoniga to‘g‘rilab qo‘yish maqsadida qabr ochilmaydi.

Qabr ziyorati

Ibratuchun qabrziyorati mustahabdir. Ziyoratchining Yosip surasini o‘qishi ham mustahab.
Izoh: Chunki hadisda "Kim qabriaponda Yosin-i sharif o‘qisa, (savobini qabr ahliga baxshida qilsa), u yerda ko‘milganlarning shu kungi azobini yengillatadi va o‘qigan odamga ularning soni miqdorida savob yoziladi ", deyilgan.
Quyidagilar makruhdir:
— qabr ustida uxlash;
— qabr ustida tahorat buzish;
— qabristonning daraxt va o‘tlarini yulib tashlash. QKurigan buta, o‘t-o‘lan daraxtlarni yulib tashlashning zarari yo‘q.
Sahobalardan Anas, roziyallohu anhu, Payg‘ambarimizdan: "Biz o‘liklar nomidan sadaqa beramiz, haj qilamiz, ularga duo yo‘llaymiz. Bu qilganlarimizning savobi ularga yetarmikin?" deb so‘radi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Albatga yetib boradi, ular sovg‘alaringizni olganida xuddi (hamma yoqtiradigan noz-ne’matlar to‘la) patnisni olgan kishiday suyunadilar", deganlar. Zotan, ahli sunnat val jamoa mazhabiga ko‘ra, har musulmonning namoz, ro‘za, haj, Qur’on o‘qish va shularga O’xshash har turli ibodatlar savobini o‘tganlarga baxshida Qilishi o‘rinli ishdir. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi vasallam: "Kishi qabristonga borib, u yerda "Ixlos" surasini 11 marta o‘qib, savobini o‘tganlarga bag‘ishlasa, qabristonda yotganlar soniga teng gunohlari kechiriladi", deb marhamat qilganlar.

Shahidning hukmi

Ahli sunnat val jamoa mazhabiga ko‘ra, o‘ldirilgan kishi o‘z ajali bilan o‘lgandir.
Kimlarni shahid deyish mumkin?
Jang maydonida kofir dushmanlar, hukumatga qarshi bosh ko‘targan osiylar, yo‘lto‘sarlar o‘ldirgan, yo kechqurun uyiga kirgan o‘g‘ri tosh kabi narsa bilan bo‘lsa-da, urib o‘ldirgan, jang maydonida jarohat bilan o‘lik jasadi topilgan odamlar shahiddirlar.
Bir musulmon kishi tomonidan keskir qurol bilan qasd qilib, nohaq o‘ldirilgan musulmonlar ham shahid hisoblanadi. Yuqorida sanab o‘tilganlar bolig‘, hayz, nifos, junubdan pok bo‘lib, hayotdan naf’ ko‘rmay, joni uzilgan bo‘lsa shahid hisoblanadilar.
1. Shahidlarning qonli kiyimi yechilmay, jasadi yuvilmay janozasi o‘qiladi.
2. Kafanlikka yaramaydigan dubulg‘a, zirh, qurol-yarog‘ kabi narsalar yechib olinadi.
3. Sunnatga muvofiq kafanning kamchiligi to‘ldiriladi, ortiqchasi olib qo‘yiladi.
4. Shahidning ustidagi kiyimlarini butunlay yechib olish yoki uni boshqa kafanga o‘rash makruhdir.
5. Junublar, bolalar, jinnilar, hayz va nifos ko‘rayotgan ayollar o‘ldirilgan bo‘lsa, yuviladi.
6. Jang tugaganidan so‘ng, yarador holatida yeyish, ichish, uxlash, davolanish yoki hushi joyidaligida bir namoz vaqti qadar muddat o‘tsa, (oyoq ostida tepkilanib ketmasligi uchun emas, balki boshqa qandaydir sabab bilan) jang maydonidan boshqa joyga ko‘tarib chiqilsa, vasiyat qilish, savdo-sotiq (oldi-berdi) qilish, ko‘P gapirish kabi dunyo ishlarini ado etib jon taslim qilganlar ham yuviladi.
7. Ammo jang tugamasidan yuqorida zikr etilganlarning joni uzilgan bo‘lsa, jasadi yuvilmaydi.
8. O’ch, qasos uchun o‘ldirilgan, shaharda topilgan qotili noma’lum jasad yuvib, janozasi o‘qiladi.

Takrorlash uchun savollar

Quyidagi savollarni o‘ylab ko‘ring va javob bering.
1. O’lim to‘shagida yotgan bemor oldida nima ishlar qilinadi? Joni uzilganidan so‘pg pima ishlar qilinadi?
2. Mayit qanday yuvilishini. mayitning kafanini ki.m tayyorlashini aytib bering. Erkaklar va ayollar uchun kafanlarning shar’iy o‘lchovi va shaklini aytib beripg.
3. Janoza namozining hukmi, ruknlari, sunnatlarp, shartlari, janoza imomligiga loyiq kishi kimligi, janoza namozi qanday o‘qilishini aytib bering.
4. Vir paytning o‘zida bir necha janoza to‘planib qolsa, qanday o‘qiladi? Bolalar va chaqaloqlarning janozasi qapday o‘qiladi?
5. Musulmon bo‘lmagan qarindoshn, yaqini o‘lganida musulmon kishi nima qiladi? Yo‘lto‘sar va shahardagi bosqinchi (o‘g‘ri) janozasy qachon o‘qiladi? O’zini o‘ldirgan va ota-onasining qotili (padarkush) bo‘lganlar janozalarining hukmi nima?
6. Tobutdagi ko‘tarib yurish, kuzatish va ko‘mish tartiblarini aytib bering. Oddiy qabr bilan avvaldan ajratib, atrofi o‘ralgan oila qabristoni o‘rtasidagi farqni, qabrning ustiga devor qurish, qabr devoriga yozuv yozish va bir qabrga bir necha mayit ko‘mishning hukmlarini aytib bering.
7. Quruklikdan juda uzoqda (dengiz, ummon o‘rtasida) bo‘lgan kemada o‘lgan kishi nima qilinadi? Mayitni (o‘lgan joyidan boshqa joyga) ko‘chirishning, qabrni qazib, o‘likni chiqarishning hukmini ayting.
8. Qabristonni ziyorat qilishning hukmi nima? Ziyorat paytida mustahab (yaxshi) va makruh bo‘lgan harakatlarni aytib bering.
9. Shahidning qanday kafanlanishini, yuvilishini, Qanday holatda yuvilmasligini aytib bering.

"Nurul izoh"dan


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.