background
logotype
image1 image2 image3

Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar

La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul-mulku va lahul hamd va huva ‘ala kulli shay’in qodiyr. Allohumma la mania’ lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal-jaddi minkal-jadd.

Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning tengi va sherigi yo‘q. Mulk Unikidir. Hamd Ungadir. U har narsaga qodirdir. Allohim! Sening berganingga monelik qiluvchi hech narsa yo‘q. Bermaganingni beradigan hech kimsa yo‘qdir. Mol-dunyo egasining mol-dunyosi Sening ehsoning o‘rniga o‘tib, unga foyda bermaydi (Muslim. «Masajid», 137). 

* * *

Alhamdulillahi robbil a’lamiyn. Val-aqibatu lil-muttaqiyn, va la udvana illa ‘alaz-zolimiyn. Vassolatu vas-salamu ‘ala rasulina Muhammadin va ‘ala alihi va ashabihi ajmaiyn.

Allohumma robbana, ya robbana taqobbal minna solatana va qiyamana va ruku’ana va tahlilana va tazarru’ana va tammim taqsirana va la tazrib biha vujuhana ya Mavlana.

Allohumma atina sihhatan va ‘afiyatan va sa’adatan va rifqon va avladan solihan va ‘ilman nafi-’an va rizqon vasi-’an va ‘amalan maqbulan, ya arhamar-rohimiyn. Robbanag‘firli valivalidayya valil-mu’miniyna yavma yaqumul-hisab.

Hamdu sano olamlarning Rabbi Allohga xosdir (Unga hamd bo‘lsin). Taqvo egalari uchun go‘zal bir oqibat, zolimlar uchun esa dushmanlik va qo‘rquvdan boshqa narsa yo‘q. Janobi Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, ul zotning yaqinlari va sahobalariga salot va salom bo‘lsin.

Allohim! Ey Rabbimiz! Namozimizni, qiyomimizni, rukularimizni, sajdalarimizni, o‘tirishlarimizni, tazarru va niyozlarimizni qabul ayla. Nuqson-kamchiliklarimizni Sen mukammal qilgin. Ey Mavlomiz! Kamchiliklarimizni yuzimizga urma.

Allohim! Bizga sog‘liq va ofiyat, baxt va shirin hayot va go‘zallik ber, xayrli farzandlar nasib et. O‘ Rabbim! Bizga foydali ilm, mo‘l rizq va maqbul amallar nasib ayla. Ey marhamatlilarning eng marhamatlisi bo‘lgan Allohim.

Ey Robbim! Meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni kechir, bizni jahannam azobidan asra.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.