Qalbingizni Islom nuri munavvar aylasin!
Mehribon va Rahmli Alloh nomi ila
Alloh osmonlar va Yerning "nuri"dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go'yo bir durdan yaralgan yulduzga o'xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g'arbiy bo'lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qo'shilganda esa), nur ustiga nur (bo'lur). Alloh o'zining (bu) nuriga o'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) masallarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir. ("Nur" surasi, 35-oyat)
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu!
Ziyouz portalini tashkil etishdan maqsad insonlarga haqiqiy ma'noda ziyo ulashishdir. Zero, ziyo deb jismning o`zidan chiqqan yorug`likka aytiladi. Ilm ziyodir, ma'rifat ziyodir, iymon ziyodir, sabr ziyodir. Bekorga xalqimiz ilm-ma'rifatli, iymon-e'tiqodli insonlarni ziyoli deb atamaydi. Ular ilm-ma'rifat orqali insonlarga ziyo ulashadilar va ikki dunyo saodatiga erishadilar. Jamiyatni faqat ma'rifat ziyosigina zalolatdan saqlab qoladi. Haqiqatni anglash, bilish va uni tarqatish bilan inson ziyoga erishadi. Qalbida ziyo bo`lgan zotlar hech nimadan qo`rqishmaydi. Ularning yo`llarini ziyo yoritadi. Ziyo ularni ulug`likka yetaklaydi.
Hozirgi zamonda yoshlarimizning ilm-ma'rifatdan og`ib ketishayotganlari, o`tkinchi orzu-havaslarga berilib, haqiqatni unutayozganlari bor gap. Informatsion dunyoda taraqqiy etgan texnologiya insonni dangasa qilib qo`yayapti. Insoniyat tobora ilm-ma'rifatdan, ziyodan bebahra qolmoqda. Ota-bobolarimiz erishgan ilmiy-ma'rifiy yutuqlarga bugun erishish ertakka aylanib ulgurgan. Bashariyat faqatgina bugungi kuni bilan yashashga o`rganib qolmoqda…
Ilm-ma'rifatning oramizdan ko`tarilishi dahshat emasmi? Nega yoshlar orasida kuchli tafakkur egalari kam? Navoiylar, Ulug`beklar bizning yoshimizda erishgan ilm cho`qqilarining 10 dan biriga biz ham yetdikmi? Nima uchun 10 yoshgacha Qur'oni karimni yodlab mukammal bilish, ming-ming misra she'rni yoddan aytish, ma'lum kashfiyotlarni yosh bo`laturib amalga oshirish, juda ko`p tillarni mukammal bilish va unda bemalol ijod qilish kabi holatlar oddiy hodisa emas? Nega uyimizda kutubxonalarimia yo`q? Nega ilm, kitob talash emas? Nima uchun kutubxonalarimiz gavjum emas, bozorlarimizdek? Olgan kiyimimizni maqtaymizu, nega yangi o`qigan kitobimizdan, olgan bilimimizdan maqtamaymiz? Biz - yoshlar nega dangasa bo`lib qoldik? Turli xil komputer o`yinlari, video bilan hamnafas o`sayotgan kichik yoshlilardan keyin nimani kutish mumkin? Nima uchun ilmga rag`bat so`nib bormoqda? Bu kabi minglab savollar ziyo istagan ko`ngillarni doimo bezovta qilishi aniq. Zero, bizning maqsadimiz ham yoshlarimizni ilmga, ziyoga chorlashdir.
Saytimizning hozirgi - kambag'algina ko`rinishidan ranjimang. Zero, saytni qiziqarli xabarlar, maqolalar, she'ru hikoyalar, kitoblar, boringki ziyo bilan to`ldirib borish bizning vazifamizdir. Berilgan materiallar sizlarda ham qiziqish uyg`otib, ozgina ma'rifiy ziyo ulashgan bo`lsa, o`zimni baxtiyor his etardim.
Qalbingizni Islom nuri munavvar aylasin!
Sizlarga cheksiz hurmat ila,
Davronbek Tojialiyev,
Ziyouz portali Bosh muharririi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Namoz kitobi
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Najotkor duolar
- Tahorat kitobi
- Ro‘za kitobi
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Salovotlar. Istig'for duolari
- 6 diniy kalima
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- G‘usl, tayammum
- Eng yomon sakkiz toifa
- Jamoat kitobi
- Besh panjaning ma’nosi
- Namozdan keyingi zikrlar
- Azon
- Namoz haqida oyat va hadislar
- Hayit va jum'a namozlari
- Rasulullohning tug'ilishlari
So'nggi maqolalar
- Ramazon taqvimi (2018 yil / 1439 hijriy)
- Tuproq xudo bo‘la oladimi?
- Yolg‘onning tug‘ilishi
- Go‘zal xotima
- Sehrli kecha
- Bo‘ysunmas pashsha
- "O‘zingga qattiq, qolganlarga yumshoq bo‘l"
- Hayot haqida 20 hikmat
- Aybsiz do‘st izlagan do‘stsiz qolar
- Yolg‘on tavbaning jazosi
- Baraka sababi
- Jaloliddin Rumiydan 55 hikmat
- Qalb oynasi
- Ubay ibn Ka’b
- Ukkosha ibn Mihson
- Abul A’lo al-Hadramiy
- Suhayl ibn Amr
- Abdulloh ibn Jahsh
- Abu Salama Abdulloh ibn Abdul Asad
- Abdulloh Zulbijodayn
2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.