background
logotype
image1 image2 image3

Ro‘za kitobi

RO‘ZA KITOBI

Ro‘za, qodir bo‘lgan kishining niyat qilib, subhi so-diqdan kun botgungacha, qasddan yoki yanglishib yeb-ichishsh dan va jinsiy aloqadan tiyilishidir.

Ramazon ro‘zasining farz bo‘lish sababi

Ro‘zaning farz bo‘lish sababi ro‘za tutiladigan oyda yo uning bir qismida hozir bo‘lishdir. Ramazonning har bir kuni o‘sha kunning ro‘zasini tutish farz bo‘lishining sababidir.

Hukmi va farz bo‘lilishning shartlari

Quyidagi uchta shart mavjud bo‘lgan kishiga Ramazonning ro‘zasini vaqtida tutish, agar tuta olmagan bo‘lsa, uning qazosini tutish farz bo‘ladi:
1. Musulmon,
2. Aqlli,
3. Balog‘atga yetgan bo‘lishi.

Ro‘za tutishiing vojib bo‘lish shartlari

1. Ro‘za tutishga mone’ bo‘ladigan darajada og‘ir kasal bo‘lmaslik.
2. Hayzdan pok bo‘lish.
3. Nifosdan pok bo‘lish.
4. Muqim bo‘lish.

Ro‘za tutishning durust bo‘lish shartlari uchta

1. Ro‘za tutishni niyat qilish.
2. Ro‘zani buzadigan amallar qilmaslik.
3. Hayzda, nifosda bo‘lmaslik.

Rukni

Ro‘zaning rukni qorin va jinsiy a’zolarning istagini yoki bularnint istaklari hukmida bo‘lgan ishlarni qilishdan, bajarishdan saqlanishdir.

Ro‘za tutish natijasi

Farzni bo‘ynidan soqit qilish va oxiratda ajr-savobga ega bo‘lish.

Ro‘zaning sifati va qismlari

Ro‘za quyidagi qismlarga bo‘linadi: 1.Farz.
2. Vojib.
3. Nafl
4. Makruh.

1. Farz bo‘lgan ro‘za.
Ramazon ro‘zasining adosi va qazosi, kafforat ro‘zalari, nazr ro‘zalari.
Izoh: Kafforat ro‘za tutishni farz qiladigan asosiy holatlar: Ramazon ro‘zasini bilib turib buzish, odam o‘ldirish, zihor, ya’ni kishining o‘z xotinini yoki uning bir a’zosini onasiga yoki onasining o‘sha a’zosiga o‘xshatishi. Bu uchta holat uchun tanaffussiz ikki oy ro‘za tutish kerak. Qasamni buzgani uchun uch kun, hajda ihromda bo‘lib ov qilsa, o‘ldirilgan hayvon jinsiga ko‘ra, turli miqdorda ro‘za tutiladi.
2. Vojib ro‘za nafl niyati bilan tutilgan va keyinroq buzilgan ro‘zalarning qazosidir. .
3. Nafl ro‘za. Muharram oyiningto‘qqizinchi kuni (yoki o‘n birinchi kuni) va o‘ninchi kuni ro‘za tutish.
a) Har arabiy oyning uch kunida ro‘za tutish.
Bu uch kun oyning kechalari oydin bo‘lgan 13-, 14-, 15-kunlaridir.
b) Haftaning dushanba, payshanba kunlari ro‘za tutish.
v) Shavvol oyida bo‘lib-bo‘lib olti kun ro‘za tutish.
g) Tutilsa savob bo‘ladi, deb hadislarda aytilgan ro‘zalar. Dovud, alayhissalom, ro‘zalari kabi (u kishi bir kun ro‘za tutib, ikkinchi kun tutmas edilar). Bu nafl ro‘zalarning eng fazilatlisi va Allohga xush keladiganidir.
Bu aytilgan ro‘zalardan boshqa vaqti tayin bo‘lmagan, makruhligiga dalil bo‘lmagan ro‘zalar ham bor.
4. Makruh ro‘za tanzihiy va tahrimiy makruh ro‘zalarga bo‘linadi. Tanzihiy makruh Muharram oyida to‘qqizinchi yoki o‘n birinchi kunlarini qo‘shmasdan, faqat o‘ninchi - Ashuro kuni tutilgan ro‘zadir.
Tahrimiy makruh Ramazon hayiti va Qurbon hayiti, tashriq kunlari, faqatgina juma yoki faqatgina shanba kunida, Navro‘z (21 mart) va Mehrjon (17 sentyabr) bayramlari kuni ro‘za tutishdir. Biroq Navro‘z va Mehrjon ro‘za tutishni odat qilgan kunlariga to‘g‘ri kelsa, u kunda ro‘za tutishning karohati yo‘qdir.
Ikki kun, o‘rtada og‘iz ochmay, bnrdaniga ro‘za tutish, yil bo‘yi ro‘za tutish (tanzihiy) makruhdir.
Saharda niyat qilinishi shart bo‘lmagan ro‘zalar:
1. Ramazon kunlaridagi ro‘za.
2. Vaqti tayin bo‘lgan nazr ro‘zasi.
3. Nafl ro‘za. Bu ro‘zalarga sahardan to kun tikkaga kelishidan oldingi zuho vaqtigacha niyat qilsa bo‘ladi.
Yana bu ro‘zalarni. xoh musofir, xoh kasal bo‘lsa-da, "ertaga ro‘za tutaman" yoki "nafl ro‘za tutaman" deb niyat qilsa ham, ro‘za durust bo‘ladi.
Sog‘lom va muqim kishi Ramazop ro‘zasiga boshqa farz niyati bilan niyat qilsa-da, Ramazon ro‘zasidan hisoblanadi. Ammo musofir bo‘lsa (unga Ramazon) ro‘zasi farz bo‘lmagani uchun) boshqa niyatda tutgan ro‘zasi Ramazon ro‘za si o‘rniga o‘tmaydi. Chunki musofir qaysi niyatda ro‘za tutsa, shu niyatdagi farz ro‘zani ado etgan bo‘ladi.
Bemor kishi Ramazon oyida boshqa farz ro‘za tutish niyat qilsa, tutgan ro‘zasi Ramazondan yoki niyat qilgan boshqa farz ro‘zadan hisob bo‘lishi haqida ulamolar ixtilo qilganlar.
Vaqti tayin nazr ro‘zani boshqa farz ro‘za niyati bil tutish durust emas.
Saharda niyat qilinishi shart bo‘lgan ro‘zalar:
1. Ramazon ro‘zasining qazosi;
2. Ochilgan nafl ro‘zaning qazosi;
3. Har qanday kafforat ro‘za;
4. "Alloh dardimga shifo bersa, bir kun ro‘za tutaman", tarzidagi vaqti tayin bo‘lmagan mutloq nazr ro‘zasi.

RAMAZON OYINING KO‘RINISHI

Shubhali kun Ramazon qanday sobit bo‘ladi?

1. Hilolning ko‘rinishi bilan Ramazon boshlanadi.
2. (Osmon bulutli bo‘lib) hilol ko‘rinmasa, Sha’bon oyi 30 kunga to‘lganidan so‘ng Ramazon boshlanadi.
3. Yavmi shak (shubhali kun) Sha’bonning 29-kunidan so‘ng kelgan va havo bulutli bo‘lgani uchun Sha’bonning oxirga kunimi yoki Ramazonning birinchi kunimi, aniqlab bo‘lmaydigan kundir.
4. Yavmi shakda har turli ro‘za makruhdir. Biroq niyat qilinganida taraddud ko‘rsatilmay tutilgan nafl ro‘za makruh emas. Ya’ni, bu kunda "Ramazonning birinchi kuni bo‘lsa, Ramazon ro‘zasi, bo‘lmasa nafldir" tarzida niyat qilib ro‘za tutmaslik kerak.
5. Nafl niyati bilan tutilgan ro‘za shu kun Ramazon boshlangan bo‘lsa, Ramazon ro‘zasi hisobiga o‘tadi.
6. Shak kunida taraddudli niyat bilan, ya’ni Ramazon bo‘lsa, ro‘zadorman, bo‘lmasa ro‘zador emasman, deb ro‘za tutsa, bu Ramazon ro‘zasi hisobiga o‘tmaydi.
7. (Ramazondan oldin) Sha’bon oyining oxirida bir yoki ikki kun ro‘za tutish makruhdir.
8. Ikki kundan ko‘proq ro‘za tutish makruh emas.
9. Muftiy shak kunida ommaning (niyat qilish muddati tugaguncha) niyat qilmasdan, (yeb-ichmay) kutishlarini, niyat qilish mumkin bo‘lgan paytgacha ro‘za (ya’ni bu kun Ramazondan ekanligi) aniqlanmasa, bu niyatsiz ro‘zani ochishni buyuradi.
10. Muftiy, qozi va shak kunida niyat qilishni bilgan kishilar shak kuni ro‘za tutadilar.

Oyni ko‘rish

1. Kishi Ramazon yoki Shavvol oyini yolg‘iz o‘zi ko‘rib, xabar bersa-yu, bu xabari qabul qilinmasa, ko‘rgan oyi Ramazonniki ekaniga qanoat hosil qilsa, ro‘za tutadi.
2. Shavvol oyini aniq ko‘rsa-da, ro‘zani ochishi joiz emas.
3. Har ikki holatda keltirgan xabari qozi tomonidan rad qilinmasdan oldin ro‘za tutmagan yo ochgan bo‘lsa, bu kunlarni qazo qiladi, kafforat vojib bo‘lmaydi.
4. Havo bulutli yoki chang bo‘lgan paytda, to‘g‘riso‘z kishining yoki mastur (na yolg‘onchi va na to‘g‘riso‘zligi ma’lum) kishining hilolni ko‘rganlik xabari (qozi tomonidan) qabul qilinadi.
5. Yakka kishi Ramazon oyini ko‘rgani haqida unga o‘xshash boshqa kishi guvohlik bersa, u ayol, qul yoki iffatli ayolga tuhmat qilib, shar’iy jazo olgan odam bo‘lsa ham, guvohligi (qozi tomonidan) qabul qilinadi.
6. "Oyni ko‘rganimga guvohlik (shohidlik) beraman", deyish shart emas.
7. Havo bulutli bo‘lganida, ikki ozod erkak yoki bir ozod erkak ikki ozod ayol kishining, Shavvol hilolini ko‘rish xabarini guvohlik lafzi bilan aytishi shart. Shunda ularning xabari qabul qilinadi.
8. Havo ochiq bo‘lsa, Ramazon va Shavvol hilollarini ko‘p kishilarning ko‘rishi bu oylarnig boshlanishiga shart qilinadi.
9. Oyni ko‘ruvchi kishilar miqdorini belgilash tegishli joydagi imomning vazifasidir.
10. Bir kishining guvohligi bilan tutilgan Ramazon ro‘zasi 30 kun tutilsa ham, havo ochiq bo‘lganida yangi oy, ya’ni Shavvol oyi ko‘rilmasa, hayit qilinmaydi.
11. Ikki to‘g‘ri so‘z kishining guvohligi bilan tutil-gan ro‘za muddati tugab, yangi oy ko‘rilmasa, hayit qilish-qilmaslik ixtiloflidir.
12. Ramazon kunlari to‘lib, havo bulutli bo‘lib turgan holatda, yakka kishi guvohligida boshlangan bo‘lsa ham, hayit qilishning halolligiga ixtilof yo‘qdir. Zulhijja hilolini ko‘rish hukmi Shavvol hilolini ko‘rish hukmi kabidir. Boshqa oylarning sobit bo‘lishi uchun ikki to‘g‘ri so‘z erkakning yoki zino qilganliqda ayblanib, shar’iy jazo olmagan bir ozod kishi va ikki hur ayolning guvohligi shart.

Oy (hilol)

Bir o‘lkada oy ko‘rilishi, boshqa o‘lkalarda ham ro‘za tutishni farz qiladi. Fatvo shunga ko‘radir. Ulamolarnint ko‘pchiligi shu fikrdalar.
Tushdan oldin yo tushdan keyin ko‘rilgan oy o‘tgan kecha-ga emas, keyingi kechaga tegishlidir.

Ro‘zani buzmaydigan narsalar

Ular yigirma uchtadir:
1. Ro‘za tutganini unutib, taom yeyish.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va samam "Ro‘zador kishi ro‘zasi esdan chiqib biror narsa yeb qo‘ysa, yegani Alloh bergan rizqidir, qazo qilmaydi ", deganlar. Taom yeb, turgan holatida ro‘zadorligi esiga tushsa, yeyishini to‘xtatadi, og‘zidagi luqmani chiqarib tashlaydi. Ro‘zasi esiga tushganida ham, yeyishda davom etsa yoki og‘zidagi luqmani chaynayversa, bunga kafforat lozim bo‘ladi. Ro‘zadorning jinsiy aloqa qilishining hukmi shu kabidir.
2. Ro‘zadorligini unutgan holda ichimlik ichish, jinsiy aloqa qilish.
3. Ro‘zadorligini unutib ovqat yeyotgan kishi iftorgacha chiday olmas darajada och yoki tashna bo‘lsa, unga ro‘za tutgani eslatilmaydi. Iftorgacha sabr qilishga kuchi yetishi aniq bo‘lsa, ro‘zadorligi eslatiladi.
4. Erkak yoki ayolning shahvat qo‘zg‘aydigan joyga tikilib qolib, shahvat suvi chiqishi.
5. Shahvat qo‘zg‘ovchi narsalarni (uzoq) o‘ylab qolib, shahvat suvi chiqishi.
6. Sochga yog‘ (rang) surish.
7. Surma qo‘yish yoki ko‘zga rang surish, garchi surilgan narsaning ta’mi sezilsa ham.
8. Qon oldirish.
9. G’iybat qilish.
10. Ro‘zani buzishga niyat qilib, buzmaslik.
11. O’zi xohlamagan holda tutun yutishi.
12. Tegirmon (un) changi bo‘lsa ham, tomoqdan o‘tishi.
13. Tomoqdan pashsha yoki chivin o‘tib ketishi.
14. Og‘izda qolgan biror narsaning ta’mini tupugi bilan yutish.
15. Ertalab ehtilom bo‘lib uyg‘onish, hatto kechqurungacha junub holida qolsa ham.
16. Zakariga yog‘ surIsh.
17. Quloqdan suv kirib ketishi.
18. Qulog‘ini kavlagan cho‘pdagi kirni olib, yana shu cho‘p bilan quloq kavlash.
19. Burun suvini (manqa) tortib, ichga yutish.
20. Og‘iz to‘la kelib, keyin ichga qaytib ketgan qusuq.
21. Barmog‘ini tomog‘iga tiqib og‘iz to‘lmaydigan holda qusish.
22. Tishlar orasida qolgan no‘xatdan kichikroq narsani yutish.
23. Og‘izga sedana, kunjut kabi kichik narsalarni solib, ta’mi yo‘qolib ketgunicha yutmay chaynash.

Ro‘zani buzib, qazo va kafforatga sabab bo‘ladigan holatlar

Quyidagi 22 harakatni o‘z xohishi bilan qasddan qilgan kishining ro‘zasi buziladi, unga ham qazo, ham kafforat vojib bo‘ladi.
1. Jinsiy aloqa qilish yoki hox ayol, xoh erkakning orqa yo‘lidan qo‘shilish. Sherigiga ham qazo va kafforat vojib bo‘ladi.
2. Xoh oziq, xoh dori bo‘lsin deb biror narsa yemoq.
3. Xoh oziq, xoh dori bo‘lsin deb bir narsa ichmoq.
4. Og‘izga kirgan yomg‘ir (qor) tomchisini bila turib yutmoq.
5. Xom go‘sht (hidlangan, achigan) bo‘lsa ham yeyish, kishini ijirg‘antiradigan darajada qurt bosgan go‘sht bundan mustasno, chunki ozuqalik belgisi yo‘qolgani uchun, yeganning ro‘zasi buziladiyu, kafforat vojib bo‘lmaydi.
6. Mol charvisi yog‘ini yeyish.
7. Qovurilgan go‘sht yemoq.
8. Bug‘doy donasini og‘izga solib chaynab, yutish.
9. Bug‘doy donasini tish bilan maydalab, yeyish. Biroq bir dona bug‘doy chaynalaverib, erib ketib tomoqdan o‘tsa, ro‘za buzilmaydi, kafforat vojib bo‘lmaydi.
10. Bug‘doy donasini og‘izga solib yutish, og‘izga qunjut solib yeyish.
12. Bug‘doy, kunjut kabilardan bir'necha donalarni yeyish.
13. "Armaniy tuprog‘i" deb ataluvchi (ilgarilari dori sifatida foydalanilgan) tuproqni yeyish.
14. O’zi yeb o‘rganib qolgan tuproq yo kesakni yeyish.
15. Tuz yeyish.
16. Xotinining yoki suygan kishisining tupugini yutish.
17. G’iybat qilib, keyin ro‘zam buzildi, deb narsa yeyish.
18. Qon oldirganidan so‘ng, ro‘zam ochildi deb, biror narsa yeyish.
19. Erkak va ayolning shahvat bilan jinsiy a’zolarini bir-birlariga tekkazib (inzol, jinsiy aloqa hosil bo‘lmasdan), keyin ro‘za ochilganini o‘ylab, biror narsa yeyishlari.
20. Erkak va ayolning shahvat bilan (inzol bo‘lmasdan) o‘pishishganidan keyin, "ro‘za ochildi" deb o‘ylab, biror narsa yeyishlari.
21. Shahvat bilan quchoqlashishganidan keyin, "ro‘za ochildi" deb o‘ylab, taom yeyish.
22. Mo‘ylovini yog‘laganidan so‘ng, ro‘za ochildi deb taom yeyish.
17-. 18-, 19-, 20-, 21-bandlarda kelgan masalalarda kishi bir fiqh olimining fatvosiga tayanib yoki hadisning sharhini bilmagani uchun (noto‘g‘ri tushunib) ro‘zasini ochsa, kafforat lozim bo‘lmaydi. Agar kishi hadis sharhini bilsa ham ro‘zasini ochsa, kafforat vojibdir. Majbur holda, ya’ni erkakka bo‘ysunib, jinsiy aloqada bo‘lgan ayolga ham kafforat vojib bo‘ladi.

Kafforatni bekor qiluvchi holatlar

Ro‘zasi ochilib, kafforat qilishi kerak bo‘lgan kunda kishi ro‘za ochishni muboh qiladigan kasallikka uchrasa, ayol hayz yoki nifos ko‘rsa, kafforat bekor bo‘ladi.
Kafforat lozim bo‘lgan kishi (shu kunda) majburiy safarga chiqadigan bo‘lsa, kafforat bekor bo‘lmaydi.
Ro‘za kafforati. Kafforat lozim bo‘lgan kishi, musulmon bo‘lmasa ham, bitta qul ozod qilishi, bunga kuchi yetmasa, tanaffussiz, Ro‘za hayit va Qurbon hayitlari bo‘lmagan vaqtda ikki oy ro‘za tutishi, agar bu tartibda ro‘za tuta olmasa, bir kunda ikki bor: ertalab va kechqurun (yo kechqurun va saharda) 60 faqirning qornini to‘yg‘izipsh kerak. 60 faqirning har biriga yarim so’ bug‘doy yoki un yoki qovurilgan un yoki bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa yoki bulardan birining qiymatini (pulini) bersa ham bo‘ladi.
Kafforatlarning birlashuvi Bir kishi yeb-ichish sababi bilan bir necha kunning ro‘zasini ochsa, bu kunlar ikki Ramazondan bo‘lsa ham, ularning hammasi uchun bitta kafforat yetarlidir. Faqat kafforatini o‘tab, so‘ng yana kafforat lozim ish qilsa, kafforat qayta vojib bo‘ladi.
Quyidagi hollarda ro‘za ochiladi, kafforat lozim bo‘lmaydi:
1. Xom guruch yemoq.
2. Xamir yemoq.
3. Oddiy un yemoq.
4. Og‘izga bir hovuch tuz solib, yemoq.
5. Loy yemoq.
6. Danak yemoq.
7. Paxta yemoq.
8. Qog‘oz yemoq.
9. Xom behini pishirmay yemoq.
10. Pishmagan xom yong‘oqemoq.
11. Shag‘al yutish.
12. Temir yutish.
13. Tuproq yutish.
14. Tosh yutish.
15. Ukol qildirish.
16. Burungadori quyish.
17. Tomoqdan bir narsa oqizish.
18. Quloq teshigidan yog‘ yoki suv tomizish.
19. Qorin ustiga yoki boshqa yerga dori sursa, dorining badanga singib, oshqozonga borishi.
20. Boshga surilgan dorining dimog‘iga yetishi.
21. Og‘ziga kirgan yomg‘ir tomchisining ichga ketishi.
22. Og‘ziga kirgan qor tomchisining ichga ketishi.
23. Tahoratda og‘iz chayganida, ichiga suv ketib qolishi.
24. Zo‘rlanib, jinsiy aloqaga majbur bo‘lib, ro‘za ochilishi.
25. Erkak tomonidan ayolning jinsiy aloqaga majburlanishi (faqat ayol uchun, erkakka qazo va kafforat lozim).
26. Xoh qul, xoh nikohli ayolning ish paytida kasal bo‘lib qolishdai qo‘rqib ro‘zasini ochishi.
27. Ro‘zador uxlayotganida boshqa kishining og‘ziga suv quyishi.
28. Ro‘zadorligini unutib yeb-ichgan kishi ro‘zasi esiga tushsa ham yeb-ichishda davom etishi.
29. Ro‘zadorligini unutib jinsiy aloqada bo‘lib, so‘ng yana qasddan aloqa qilishi.
30. Saharda niyat qilmasdan, kunduzi niyat qilib, keyin ro‘zasini ochishi.
31. Musofirning iqomatni niyat qilgach, iftordan oldin biror narsa yeyishi.
32. Muqimning saharda niyat qilib, safarga chiqqach, biror narsa yeyishi.
33. Na ro‘za tutishga va na tutmaslikka niyat qilmay kechgacha (och, suvsiz) yurish.
34. Bomdod vaqti kirganida, hali subhi sodiq bo‘lmadi, deb o‘ylab, saharlik qilish.
35. Subhi sodiq kirganida xali tong bo‘lmadi, deb o‘ylab jinsiy aloqa qilish.
36. Quyosh botmay, iftor vaqti bo‘ldi deb, iftor qilish.
37. Jirkanch va og‘ir gunoh bo‘lsa ham, o‘likka yaqinlik qilib, maniy chiqishi.
38. Xayvonga yaqinlik qilib, maniy chiqishi.
39. Ayolning soniga, qorniga surkalib, inzol bo‘lishi.
41. O’pishganida ehtilom bo‘lishi.
42. Er-xotinning tanosil a’zolarini bir-biriga tekkizib, ehtilom bo‘lishi.
43. Ramazon ro‘zasidan boshqa har qanday ro‘zani ochish.
44. Uxlayotgan payti jinsiy aloqa qilingan ayol (erkakka kafforat vojib bo‘ladi).
45. Ayolning tanosil a’zosiga har qanday maqsad bilan suyuqlik tomizish.
46. Ho‘l barmoqni anal teshigiga tiqish.
47. Yog‘li barmoqni anal teshigiga tiqish.
48. Ayolning ho‘l yoki yog‘li barmog‘ini tanosil a’zosi ichiga tiqishi.
49. Anal teshigiga paxta kabi narsani kirib ketgunicha botirish.
50. Ayolning paxta kabi narsani tanosil a’zosining ichiga kirgazishi.
51. O’zi xohlab (qasddan) tomog‘idan tutunni o‘tkazishi (ya’ni undan nafas olishi).
52. Og‘iz to‘lmagan holda bo‘lsa ham, o‘zini zo‘rlab qusish.
53. Og‘iz to‘lib kelgan qusuqni ro‘zadorligini bilib turib, qaytarib (ichiga) yutish.
54. Tishlar orasida qolgan no‘xat donasi hajmidagi narsani yeyish.
55. Kunduz niyat qilishdan oddin, unutib, biror narsa yeganidan so‘ng niyat qilish.
56. Ramazon oyi ichi bo‘lsa ham, kishining hushdan ketishi. Biroq kishi kunduzi yoki kechasi hushidan ketganida shu kunning ro‘zasini qazo qilmaydi.
57. Ramazon oyining ba’zi qismida jinni bo‘lib qolish. Biroq (jinni bo‘lib qolgan kishining) kecha yoki kunduzning niyat qilish muddatidan keyin akdi kirsa, o‘sha kungi ro‘zaning qazosini tutmaydi.

Qolgan kun ro‘zasini tutishi lozim bo‘lgan kishi

1. Ramazon ro‘zasi ochilgan kishi.
2. Tongotgach (nahorda), hayz va nifos qoni to‘xtagan ayol.
3. Tong otgach (nahorda) balog‘atga yetgan bola.
4. Tong otgach, Islom dinini qabul qilgan (sobiq) kofirlar kunning qolgan qismini yemay-ichmay o‘tkazishlari kerak.

Ro‘zadorga nima makruh va nima makruh emas

Makruh amallar:
1. Tatib ko‘rish.
2. Zarurat bo‘lmasa-da, bir narsa chaynash.
3. Og‘izga ta’m beradigan hech qanday moddasi bo‘lmagan saqich chaynash.
4. Jinsiy aloqaga mayl qilishidan amin bo‘lmagan paytida o‘pishish.
5. Jinsiy yaqinlik qilishdan o‘zlarini tiyib qolishga ishonchlari bo‘lmasa ham, (er-xotinning) a’zolarini bir-birlariga tekkizishlari.
6.Og‘izni tupukka to‘ldirib yutish.
7. O’tkir nashtardek narsa bilan qon oldirish kabi holdan toydiradigan bir amal qilish.

Makruh bo‘lmagan amallar

1.Jinsiy aloqaga mayl qilishdan amin bo‘lgan holatda o‘pishish.
2. Er-xotinning ana shunday amin holatda o‘pishishlari.
3. Mo‘ylabni yog‘lash.
4. Ko‘zga surma qo‘yish.
5. Holsizlanish yoki quvvatdan ketib qolishdan amin bo‘lsa, qon oldirish.
6. Tushdan keyin misvok ishlatish (xoh tushdan oldin, xoh keyin, xoh ho‘l, xoh quruq misvok ishlatish sunnatdir).
7. Og‘izni chayish.
8. Burunni chayish.

Ro‘zadorga mustahab bo‘lgan amallar

1. Saharlik qilmoq.
2. Tong otishiga yaqinroq paytda saharlik qilish.
3. Havo ochiq kunlarda iftorni kechiktirmaslik.

Ro‘za tutmaslik uchun sabab bo‘ladigan uzrlar

Uzr (yoki ariza) kishini ro‘za tutishdan to‘xtatadigan omildir. Ro‘za tutmaslikka uzr va ro‘za ochilsa gunoh bo‘lmaydigan omillar sakkiztadir: kasallik, musofirlik, ro‘za tutmaslikka majburlanish, homiladorlik, emizuvchi ayol, ochlik, suvsizlik, o‘ta qarilik.
1. Bemor odam kasalligi kuchayishidan yoki tuzalishi kechikishidan ko‘rqsa.
2. Homilador ayol qornidagi bolaning tushib qolishidan yoki o‘zining o‘lib qolishidan yoki kasal (betob) bo‘lib qolishidan ko‘rqsa.
3. Emizuvchi ayol o‘zi yoki emizayotgan bolaning kasal yoki akdi zaif bo‘lib qolishidan qo‘rqsa. Bola o‘z farzandimi yoki boshqa kishining bolasimi, farqi yo‘q. Bu mavzua qo‘rquv o‘tmish tajribasidan chiqqan xulosaga yoki to‘g‘riso‘z mutaxassis va musulmon shifokorning tavsiyasiga asoslanadi.
4. Kishining o‘limga sabab bo‘ladigan suvsizlikka duchor bo‘lishi.
5. Kishi o‘limiga sabab bo‘ladigan shiddatli ochlikka duchor bo‘lganida ro‘zasini ochishi joizdir.

Musofirlik uzri

Tong otmasdan yo‘lga chiqqan yo‘lovchi (musofir) ro‘za tutmasligi joiz, biroq hamrohlarining ko‘pchiligi ro‘zador bo‘lsa va ozuqalarini baham ko‘rishsa, ro‘za tutishi fazilatliroq. Hamrohlari ro‘za tutmasa va uning ro‘zadorligi boshqalarga malol kelsa, ro‘za tutmagani yaxshi.

Vasiyat va qazo (o‘lim)

Bemorlik, musofirlik va shunga o‘xshash sabablar bois ro‘za tutolmagan hamda uzri tugamasdan o‘lgan kishiga tutolmagan ro‘zalari uchun kafforat berishni vasiyat qilish vojib emas.
Uzrli bo‘lganlari uchun ro‘za tutolmagan, uzrlari tuga-gach, ya’ni bemor tuzalgach va musofir muqim bo‘lgach, tutolmagan kunlarining qazosini (bir kuniga bir kun), tutadilar.
Qazo ro‘zalarni tanaffussiz tutish shart emas.
Qazo ro‘zasini tutib bo‘lmay, keyingi Ramazon oyiga kelsa, qazoni to‘xtatib, farz ro‘zani tutadi va qazoni tutg magani uchun fidya bermaydi (qazoni keyin tutib beradi).

Qarilik kafforati

Ro‘za tutolmaydigan darajada qari, quvvatsiz bo‘lgan chol va kampirlarning ro‘za tutmasligi joiz. Biroq ular bir kunga yarim so’ bug‘doy miqdorida fidya beradilar. Davolash imkonsiz bo‘lgan kasallikka chalinganlar ham o‘ta qari kishilar hukmidadir, ular ham farz ro‘za uchun fidya berishlari mumkin.

Umr bo‘yi ro‘za tutishni nazr qilish

Umr bo‘yi ro‘za tutishni nazr, ahd qilgan kishi ro‘zg‘or tashvishlari bois bu nazrni bajarolmasa, ro‘za tutmaydi balki o‘rniga fidya beradi. Faqir bo‘lgani tufayli fidyagz qodir bo‘lmasa, istig‘for qiladi.

Kafforatni to‘lashdan ojiz bo‘lsa

Qari odam qasam ichib, qasamini buzsa yoki odam o‘ldir-sa va buning kafforatini to‘lash uchun ozod qilishga qul topa olmasa yoki kafforat ro‘zasini tutmay, umrining qarilik kunlariga qoldirgan bo‘lsa, fidya joiz emasdir. Chunki fidya Ramazon ro‘zasi uchundir.

Nafl ro‘za

Nafl ro‘za tutgan kishi hech bir uzrsiz, qazosini tutish sharti bilan ro‘zasini buzishi mumkin. Ziyofat, uni berganga, taklif qilinganga ro‘zani buzish uchun uzrdir. Zero, bu holatda ro‘za ochish ko‘p savobli bo‘lishi aytilgan.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollashohu alayhi va sallam: "Kimki ziyofatga chaqirgan dindosh birodarining ko‘nglini sindirmasdan, tutgan ro‘zasini buzsa, amal darftariga ming yillik ro‘za savobi yoziladi. Agar do‘sti uchun buzgan nafl ro‘zasining qazosini tutsa, ikki ming yillik ro‘za savobi yoziladi ", deb marhamat qilganlar.

Nafl ro‘zaning qazosi

Nafl ro‘zani, qanday sabab bo‘lishidan qat’iy nazar, buzgan kishi, albatta qazosini tutishi kerak. Biroq ikki hayit va tashriq kunlari jami besh kun tutilgan nafl ro‘za buzilsa, qazo tutish lozim bo‘lmaydi (chunki bu kunlarda ro‘za tutish haromdir).

Bajarilishi shart bo‘lgan nazr qilingan namoz va ro‘za

Quyidagi uch shart bo‘lsa, nazrga vafo qilish lozimdir.
1. Nazr qilingan amal vojib amal bo‘lsin.
2. Nazr qilingan amal vasila, ya’ni tahorat kabi bir amal uchun shart bo‘lgan amal bo‘lmasin.
3. Nazr qilingan amal aslida adosi farz bo‘lgan amal bo‘lmasin, besh vaqt namoz, Ramazon ro‘zasi kabi.
Binobarin, bemorni ziyorat qilishi, tilovat sajdasi Qilishni, tahorat qilishni nazr qilish bilan ularning adosi lozim bo‘lmaydi.
Qul ozod qilishi, e’tikofga kirishni, nafl namoz o‘qishni, nafl ro‘za tutishni nazr qilishi durust.
Bir shartga bog‘liq bo‘lmagan yoki shartga bog‘liq bo‘lgan (ya’ni, "o‘g‘lim harbiy xizmatdan qaytsa, qo‘y so‘yaman" kabi) nazr shart sodir bo‘lganida bajarilishi lozimdir.
Ikki hayit kunlarida ro‘za tutishni nazr qilish durustdir. Faqat tutsa, u kunlarda tutmay, boshqa kunda tutish kerak. U kunlarda tutsa nazr bajariladi, ammo ro‘za tutgan gunohkor bo‘ladi.
Nazr aynan belgilangan vaqtda, makonda, pulda, aytilgan kambag‘aldan boshqa vaqtda, makonda, pulda va boshqa kambag‘alga berilsa ham nazr ado etilgan bo‘ladi. Ya’ni:
— Sha’bon oyida ro‘za tutishni nazr qilib, Rajab oyida tutish;
— Makkada o‘qishni nazr qilgan ikki rakat nafl namozni Misrda o‘qish;
— tayinlangan pulning o‘rniga (o‘sha miqdorda) boshqa pulni sadaqa qilish;
— faqir Ubaydullohga atalgan nazrni kambag‘al Abdullohga berish joizdir.
Nazr qilish shartga bog‘liq bo‘lganida, shart sodir bo‘lmasidan oldin ado etilsa, o‘ringa o‘tmaydi.

E’tikof

Erkaklar, jamoat bilan besh vaqt namoz o‘qiladigan amaldagi jome’ masjidida, e’tikof (ibodati) niyati bilan e’tikofga o‘tiradilar. Besh vaqt jamoat bo‘lib namoz o‘qilmaydigan masjidda e’tikof niyatida o‘tirish sahih emas. Ayolning e’tikof o‘rni uyning namoz o‘qiladigan joy: yoki burchagidir.

E’tikof turlari

E’tikofning hukmiga ko‘ra, uch turi bor:
1. Nazr qilinganida vojib.
2. Muakkad (kifoya) sunnat. Ramazonning so‘nggi o‘n kunida ba’zi musulmonlarning bajarishi bilan boshqalardan soqit bo‘ladigan sunnat.
3. Bu ikkisidan boshqasi mustahab.
Ro‘za faqat nazr qilingan e’tikofning shartidir. Nafl e’tikofning vaqti va muddati tayin emas, qisqa bir muddat e’tikof niyati bilan masjidda yurish ham e’tikofdir.
E’tikofga kirgan kishi faqat:
1. Shar’iy amal uchun, masalan, juma namoziga;
2. Hojat chiqarish uchun;
3. Zaruriy holatda, masalan, masjid buziladigan bo‘lsa;
4. Zolimning majburlashi bilan;
5. Masjid jamoatining tarqalib tugagani uchun;
6. Zolimlarning mol va joniga zarar berishlaridan qo‘rqish kabi majburiy sabablar tufayli masjiddan chiqishi mumkin.
7. Bu sabablar sodir bo‘lgani uchun e’tikofga kirgan kishi masjiddan chiqsa, tezda masjidga qaytishi yo boshqa masjidga kirib e’tikofini davom ettirishi darkor.
8. Hech qanday zaruriy sabab bo‘lmasa-yu, (bir zumga bo‘lsa ham) tashqariga chiqsa, vojib e’tikof buziladi, sunnat yoki mustahab bo‘lsa, tugaydi.

E’tikofdagi odam qiladigan ishlar

1. E’tikofga kirgan odam masjidda yeydi, ichadi, uxlaydi. O’zi yo oilasining ro‘zg‘orini tebratish uchun molni masjidga kiritmay oldi-berdi bilan igug‘ullanishi mumkin.
2. Masjidga matoni olib kirish;
3. Muhtoj bo‘lmagan narsa bilan savdo-sotiq qilish;
4. Ibodat va toat bo‘lishiga ishonib, tafakkur qilmay shunchaki sukut saqlab o‘tirish;
5. Xayrli bo‘lmagan, har qanday befoyda suhbat qurish makruhdir.
6. Jinsiy aloqa va shunga undovchi har qanday harakat Haromdir.
7. Jinsiy aloqa va shunga undovchi harakatlar e’tikofni buzadi.

Kecha va kunduzlari e’tikof

1. Kishi bir necha kun e’tikof o‘tirishni nazr qilgan bo‘lsa, kechalar ham bu nazrga kiradi.
2. Kishi bir necha kechalarda ketma-ket e’tikof qilishni Nazr qilgan bo‘lsa, kunduzlari ham e’tikof o‘tirishi lozim.
3. Ikki kun e’tikof o‘girishni nazr qilgan kishi ikki kechada ham e’tikofda bo‘lishi lozim (bu holda e’tikofni kechasidan boshlaydi).
4. Kechalarni istisno qilib, faqat kunduzlari e’tikof o‘tirishni niyat qilish joizdir.
5. Agar kishi bir oy e’tikofni nazr qilib, bunda faqat kunduzlari yoki faqat kechalarini qalbida niyat qilsa, tili bilan aytmaguncha, qalbida qilingan niyati durust bo‘lmaydi.

E’tikofning mashru’ligi (joizligi)

E’tikof Kitob va sunnat bilan mashru’ bo‘lgan. Ixlos bilan ado etilgan e’tikof amallarning eng sharaflilaridandir. E’tikofga kiruvchi o‘z qalbini dunyo ishlari, o‘ylari, tashvishlaridan to‘xtatib, nafsini mavlosiga taslim qiladi. Islom olimlaridan Atoulloh (Alloh rahmat qilsin) deydilar: "E’tikofga kiruvchi katta darvoza oldida bir iltijo yoki tilak so‘rab, yolvorib kutgan, Rabbim meni avf etmaguncha, bu eshikdan ketmasman, demoqchi bo‘lgan kishi kabidir".

Takrorlash uchun savollar

1. Ro‘za nima? Ramazon ro‘zasining farz bo‘lishi sababi, hukmi, farz bo‘lish shartlari, adosining durust bo‘lish shartlari va ruknlarini aytib bering.
2. Ro‘zaning qanday turlari bor? Saharda niyat qilish va niyatning maqsadini tayinlash shart bo‘lgan va bu holat shart bo‘lmagan ro‘zani tushuntiring.
3. Ramazon oyi qanday sobit bo‘ladi? Shak nima? Shak kuni makruh bo‘lmagan ro‘za qaysi?
4. To‘g‘riso‘z yoki yolg‘onchi odamning xabari qachon qabul qilinadi, qachon qabul qilinmaydi? Qurbon hayiti oyi bilan boshqa oylar o‘rtasidagi farqni tushuntiring.
5. Ro‘za ochilmaydigan 10 holat, ham ro‘za ochilib, ham kafforat lozim bo‘ladigan 10 holat va ro‘za ochilib, faqat qazosini tutish lozim bo‘ladigan 10 holatni aytib bering.
6. Kafforatni ta’riflang. Uni shart qiluvchi omillarni sanab o‘ting. Bir necha kafforat qachon bir paytda ado qilinadi? Qazo ro‘za tutishi kerakligiga qaramay, kunning qolgan qismini ro‘za tutib o‘tkazishi lozim bo‘lgan kishining misolini ayting.
7. Ro‘zador uchun makruh, makruh bo‘lmagan va mustahab amallarni sanab o‘ting.
8. Ro‘zador qachon ro‘zasini bchishi mubohbo‘ladi? Yo‘lovchi qachon ro‘zasini ochsa, fazilatliroq bo‘ladi? O’lguncha ro‘za tutishga niyat qilib, ro‘zg‘or tashvishlari bilan uni ado etolmagan kishining hukmi nima?
9. Nafl ro‘zaning qazosi qachon ado qilinadi, qachon ado qilinmaydi? Kishi nazrini qachon bajarishi kerak? Tashriq kunlari ro‘za tutishni nazr qilgan odamning hukmi nima? Kishi agar nazrini bir shartning voqe’ bo‘lishiga bog‘lasa, faqat bu holat qazoga kelmasdan nazr qilsa, buning hukmi qanday bo‘ladi?
10. E’tikofni ta’riflang, uning turlari, shartlari, e’tikofdagi kishiga masjiddan chiqish qachon joiz bo‘lishini, e’tikofda qanday harakatlar muboh bo‘lishini aytib bering? E’tikofning buzilishini, nazr qilgan kishi nima qilishi kerakligini ayting.
11. Faqat kechalari yoki faqat kunduzlari e’tikof qilish nima bilan sobitdir? E’tikofning Islomdagi o‘rni, foydalarini ayting?

"Nurul izoh"dan


2004-2017 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.