background
logotype
image1 image2 image3

Haj kitobi

HAJ KITOBI

"Haj" so‘zining lug‘aviy ma’nosi qasd qilish demakdir. Shar’iy istilohda esa, maxsus amallarni ma’lum bir joyda, muayyan bir vaqtda ado etishni qasd qilishdir.
Izoh: Maxsus joy Ka’ba va Arafotdir, muayyan vaqt esa, haj mavsumi, ya’ni Shavvol, Zulqa’da va Zulhijja oyining ilk o‘n kunidir. Maxsus amal esa, Baytullohni tavof qilish hamda Arafotda turishidir.

Hajning farz bo‘lish vaqti

Haj hijratning to‘qqizinchi yili farz qilindi, umr davomida bir marta ado etish farz. Sharoit bo‘lganida kechiktirmaslik lozim.

Hukmi va farz bo‘lishining dalili

Haj islomning besh ruknidan biridir va umr mobaynida bir marta ado etiladigan farzdir. Farzligi Qur’oni karim bilan sobit. Dalili esa Alloh taoloning ushbu mazmundagi oyati karimasidir: "...va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchui mana shu uyni haj qilish burchi bordir..." (Oli Imron, 97).
Shuningdek, hajning farzligi quyidagi hadis bilan ham sobitdir: "Ey insonlar! Haj sizlarga farz qilindi, bas, haj qilingiz!" Hajning farzligi masalasida barcha musulmon olim va faqihlar yakdildir. Shuning uchun inkor qilgan kofir bo‘ladi.
Butun Islom dunyosiga iqtisodiy, siyosiy va diniy hayotlarida behisob foydalar keltirgai hikmatlari tufayli haj yo‘lga qodir bo‘lganlarga farz qilindi.

Ka’baning qisqacha tarixi

Ka’ba yer yuzidagi eng birinchi ibodatgohdir. Alloh taoloning amri bilan bir farishta, rivoyatlarga ko‘ra, Jabroil, alayhissalom, tomonidan qurilgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan uning faqat poydevori qolgan.
Odam, alayhissalom, yaratilgach, Alloh unga eski poydevor ustida Ka’bani qayta qurishni buyuradi. Keyinchalik Ibrohim, alayhissalom, yana eski poydevor ustiga Ka’bani yangidan quradilar.
Islomiyatga qadar Ka’ba Amalika, Jurhun qabilasi, Payg‘ambarimizning buvalari Qusayy va nihoyat, Quraysh qabilasi tomonidan turli davrlarda ta’mir qilinadi. Islomiyat davrida esa, Umaviylardan dastlab Yazid, so‘ngra Abdumalik davrida ikki marta qurshab olinadi va natijada Ka’ba zarar ko‘radi. Har ikki qurshovdan so‘ng Makka amiri Abdulloh ibn Zubayr, roziyallohu anhu, tomonidan ta’mir qilinadi.
Endi hajning fazilatlaridan ba’zilarini bayon qilib o‘tamiz:
1. Haj Islomning porloq o‘tmishini eslatadi, musulmonlarningdiniy shuurini uyg‘otadi. Chunki hajda musulmonlar Allohning uyi Ka’bai muazzamani tavof qila dilar. Ibrohim, alayhissalom, davrlarini yodga oladilar, namoz o‘qiydilar. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, masjidlarida ravzalarini ziyorat qiladilar. Islomning shon-shuhratini yuksaklarga ko‘targan qahramon sahobalarning qadamjolarini ko‘radilar. Shu sabab ular qalbida Islomga muhabbat kuchayadi, ulug‘ ajdodlardan ibrat olish ishtiyoqi jo‘sh uradi.
2. Haj mo‘minlarning gunohlardan poklanishi Allohning marhamati va barakoti bandalari ustiga yog‘ilishi uchun bir vasiladir. Chunki ba’zi olimlar aytishlaricha, shunday gunohlar borki, faqat Arafotdagi vuquf tufayligina Allohularni kechirishi mumkin.
3. Haj oylari musulmon mamlakatlarining turli san’at asarlarini tanituvchi xalqaro ko‘rgazma, barakotli tijorat mavsumidir.
Hajda nafaqat vahiy ingan tuproqlarda yashayotgan xalqlarning, balki uzoq diyorlardan kelgan ziyoratchilarning ham katta iqtisodiy manfaatlari bor.
4. Haj ulkan hayot maktabi, ya’ni musulmonlar orasida o‘zaro yordamlashuv va ma’lumot almashinuviga sabab bo‘lgan
safardir. Kishi haj safari asnosida ko‘plab mamlakatlar, turli-turli millatlarni ko‘radi. Ularning hayot tarzlari va urf-odatlari bilan tanishadi, ibratlanadi, hayotiy tajribalar orttiradi.
5. Haj kuchli irodaga ega bo‘lgan, Allohning tavfiq va yordamiga chin dildan ishonib, tavakkul qilgan kishilar bajara oladigan bir mashaqqatli ibodatdir. Bu mashaqqatlar hojining axloqini go‘zallashtiradi, qo‘polligini ketkazib, unga oddiy imkonlar bilan yashashni, kamtarlikni, sabr-bardoshli bo‘lishni o‘rgatadi.
6. Haj boyu kambag‘al, amaldor-xizmatchi hammasi ham Allohning ojiz bandalari ekanini ko‘rsatuvchi, haqiqiy tenglik va birodarlik ko‘zgusidir. Chunki hajda barcha hojilar dunyo va uning ziynatlaridan qalban uziladilar, barcha bir xil libos — ihrom kiyib, yaxshi so‘zlarni aytib, xuddi bir insondek oydin tuyg‘ularga to‘lgan qalb bilan yagona Allohtaologa yolvoradi.
Hech kim o‘zini dunyoviy martabasi va boyligi tufayli boshqalardan afzal ko‘ra olmaydi. Faqat taqvodagina ba’zilari ba’zilaridan ustun bo‘lishi mumkin. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, aygganlaridek: "Arab ajamga nisbatan faqat taqvo jihatidan fazilatli bo‘lishi mumkin".
Hammaning kiygani ihrom barcha musulmonlar orasidagi haqiqiy tenglikka ishorat qiladi. Ayni paytda insoniyatga bu dunyo va uning go‘zalliklaridan ayirib, narigi dunyoga yuzlangan dastlabki holatni eslatadi. Chunki kishi qabrga ham ihromga juda o‘xshash matoga o‘ralib ketadi. Bu esa, kishi solih amallar bilan oxiratga tayyorgarlik qilishga tashviq qiladi. Oyati karimada aytilganidek: "Oxirat uchun tayyorlangan zodi rohilalar ichida eng xayrlisi taqvodir".
7. Haj butun dunyo musulmonlarini bir davraga yig‘uvchi xalqaro anjumandir. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan millonlab insonlar Islom manfaatlarini ko‘zlab maxsus kunlarda Allohni zikr qilish uchun to‘planadilar. Islomiyat ularning ko‘ngillarini, fikr va tuyg‘ularini birlashtirib turadi. Hojilar hajga kelib bir-birlari bilan tanishadilar, sevishadilar, muammolarini hal qilishda bir- birlariga yordam beradilar.
8. Alloh taolo Qur’oni karimda aytadi, ".. va o‘sha vaqtni eslangizki, Biz bayt (Ka’ba)ni insonlar uchun savob qozonish va himoyalanish joyi qildik". Harami Sharifda nafaqat insonlar, balki hayvonlar ham xavfsizlik va huzur ichida bo‘ladilar. Bu jihatdan dunyoda Haramga teng keladigan makon yo‘q. Rivoyat qilinishicha, Hazrati Umar, roziyallohu anhu: "Ka’bada otam Xattobning qotilini ushlab olsam, u yerdan chiqqunicha (unga) qo‘limni tekkizmayman", degan ekanlar.
9. Haj Allohtaoloning insonlarga bergan ne’matlariga bir shukronadir. Chunki Alloh insonlarga sihat-salo-matlik, zaruriy ehtiyojlaridan tashqari mol-davlat va yana ko‘plab ne’matlar bergan. Shunday bo‘lgach, Alloh bergan ne’matlarga shukr qilish farzdir.

Farz bo‘lishining sababi

Hajning farz bo‘lish sababi Baytul Haram Ka’baning mavjudligidir. Shuning uchun inson umr davomida bir necha marta hajga borishi shart emas.

Farz bo‘lishining shartlari

1. Musulmon bo‘lish.
2. Balog‘atga yetganlik.
3. Aqlli bo‘lish.
4. Ozod (hur) bo‘lish.
5. Hajdan qaytgunicha, qaramog‘idagi kishilarning ehtiyojlaridan tashqari o‘zining barcha safar harajatlarini ham qoplaydigan mablag‘ga ega bo‘lish.
6. Dorul harbda yashaydigan musulmonning haj farz ibodat ekanini bilishi.
7. Vujud salomatligi.
8. Yo‘lning xavfsiz (bexatar) bo‘lishi.
9. Safar kamida uch kunlik bo‘lsa, ayollarga mahramining hamroh bo‘lishi.
10. Qamoqqa tushib qolmaslik, oshkora to‘siq yo‘qligi.
Sahih ado bo‘lishning shartlari
1. Ihromga kirish.
2. Belgilangan vaqtlar va joylarda amallarni bajarish.

Vaqt

Hajning vaqti ma’lum haj oylaridir. Ular Shavvol, Zulqa’da va Zulhijja oyining dastlabki o‘n kunidir.

Ruknlari

Hajning ikki rukni bor.
1. Bir lahza bo‘lsa ham, Arafotda vuquf qilish, turish.
2. Ziyorat tavofini ado etish.

Tavofning uch turi mavjud:
1. Qudum tavofi. Bu makkalik bo‘lishgan hojilar uchun sunnatdir.
2. Ziyorat tavofi. Bu hajning asosiy shartlaridan bo‘lib, Qurbon hayitining uch kuni mobaynida barcha hojilar tomonidan ado qilinishi shart.
3. Sadar. Bu vado tavofi bo‘lib, haj amallari tamomlangach, Ka’badan ayrilayotganida makkalik bo‘lmagan barcha hojilarga vojib tavofdir.

Hajning vojiblari

Hajning yigirmadan oshiq vojiblari bor. Quyidagilar shular jumlasidandir:
1. Miyqotdan boshlab ihromga kirish.
2. Qurbon hayitining birinchi kuni tong otgach, kun yorishgunicha bir lahza bo‘lsa ham, Muzdalifada turish.
3. Safodan boshlab, Marvada bitirish sharti bilan Safo bilan Marva orasida yetti marta sa’y qilish (yugurish).
Izoh: Safo bilan Marva Makka shahri ichida joylashgan bo‘lib, orasi taxminan 405 metrcha bo‘lgan ikki tepalikdir. Oralaridagi ushbu masofa bugungi kunda ikki tomoni do‘konlardan iborat ko‘chadir.
Rivoyat qilinishicha, Ibrohim, alayhissalom, xotinlari Hojar onamiz bilan o‘g‘shiari Ismoilni, alayhissalom, yegulik va suvsiz bugungi Makka shahri joylashgan vodiyga tashlab, o‘zlari Falastinga qaytadilar. Shundan so‘ng yolg‘izlik va chanqoqlikdan siqilgan Hojar onamiz biror bir kishini yoki suv topish umidida bu ikki tepalik orasida yugurib yetti marta u yoqdan-bu yoqqa borib keladilar. Haj asnosida hojilar tomonidan bajariladigan sa’y ibodati ushbu hodisadan qolgan.
4. Makkalik bo‘lmagan hojilarning vido (xayrlashuv) tavofi qilishlari.
5. Qurbon hayiti va tashriqkunlarida shaytonga tosh otish.
6. Soch oldirish yoki qisqartirish.
7. Tikilgan kiyimlarni kiymaslik yoki bosh va yuzni yopish kabi nojoiz harakatlarni qilmaslik.
Qurbonlik qilishni lozim etadigan amallar (hajning) vojiblaridir.
1. Ihromli holda qilinishi taqiqlangan barcha harakatlardan o‘zini chetga olish.
2. Ka’bani tavof qilayotganida junub va betahorat bo‘lmaslik hamda avrat joylarining yopilishi.
3. Baytni har yetti marta aylanganidan so‘ng ikki rakat namoz o‘qish.
4. Har bir tavofni Hatim deb nomlangan joyning (Ka’baning eski poydevori) orqasidan boshlash.
5. Xajarul Asvad qarshisidan boshlab, Baytullohni chap tarafida tutgan holda tavof qilish.

Hajning sunnatlari

Hajning sunnatlari juda ko‘p bo‘lib, asosiylari quyidagilardir:
1. Ihromga kirishdan avval g‘usl qilish.
2. Ihromga kirayotganida ihromning sunnati niyatida ikki rakat namoz o‘qish.
4. Ihromga kirgach talbiyani ko‘p aytish.
5. Makkalik bo‘lmaganlarningtavofi qudum qilishlari.
6. Tavofni ko‘p qilish. Bu tavof makkalik bo‘lmaganlar uchun nafl namozdan afzaldir.
7. Imomning hajdagi ibodat tartiblarini tushuntirish maqsadida Zulhijjaning yettinchi kuni peshindan so‘ngra, Makkada xutba o‘qishi.
8. Tarviya (Zulhijjaning sakkizinchi) kuni quyosh chiqqach, Makkadan Minoga yo‘l olish va o‘sha tun Minoda qolish.
Izoh: Mino Makkadan 6,5 km sharqda joylashgan shaharchadir. "Mino " istak, orzu degan ma’noni anglatadi. Allohning amri bilan Ibrohim, alayhissalom, o‘g‘illari Ismoilni, alayhissalom, mana shu yerda qurbonlik qilishga kirishgan edilar.
9. Zulhijjaning to‘qqizinchi kuni quyosh chiqqach, Minodan ayrilib, Arafotga chiqish.
10. Iloji boricha xushu’ bilan va yolvorgan holda, ko‘proq duo-iltijoga g‘ayrat qilish.

Ihrom

Ihrom muayyan (jinsiy yaqinlik, soch va tirnoq olish, xushbo‘ylanish, bosh va yuzni yopish, tikilgan kiyim kiyish, ov qilmaslik va unga undamaslik, daraxt kesmaslik kabi) narsalarni qilmaslikka azm etishdir.
Ihromning rukni talbiya aytish (Allohni ulug‘lash), sharti esa niyat qilishdir.

Miyqot

(Ihromsiz o‘tish mumkin bo‘lmagan joylar) Haj amallari ado etiladigan ma’lum bir vaqtlar bo‘lganidek, uni ado etish uchun yo‘lga chiqqanida ihromsiz o‘tib bo‘lmaydigan joylar ham bor. Haj va umra qilmoqchi bo‘lganlarning bu joylardan ihromsiz o‘tishlari joiz emas. Bu joylar esa quyidagilardir:
1. Madinaliklar va u yerdan kelganlar uchun Zulhulayfa.
2. Iroqliklar va u yerdan kelganlar uchun Zotu Irq.
3. Misrliklar, shomliklar va bu yo‘ldan kelganlar uchun Juhfa.
4. Najdliklar va Najd orqali kelganlar uchun Kornul Manozul.
5. Yamanliklar va Yaman orqali kelganlar uchun Yalamlam ihromga kiriladigan joylardir. Bu joylar miyqot deyiladi.
Ushbu miyqot joylariga kelmasdan avval hojilar ihromga kirishlari va hajda taqiqlangan amallarni qilishdan saqlanishlari joiz. Makkaga kirishni xohlagan, makkalik bo‘lmagan hojilarning miyqot joylaridan ihromga kirmasdan o‘tishlari joiz emas. Makkaliklarning ihromga kiradigan joyi Hilldir. Harami Sharifda o‘tirgan kishining haj uchun ihromga kiradigan joyi Harami-Sharif, umra uchun esa, Hilldir.

HAJNI ADO ETISH TARTIBI

Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi quyidagi amallarni bajarishi kerak

1. Miyqotda yo undan oldin ihromga kirish.
2. Ihromga kirishdan oldin tirnoqlarni, ortiqcha junlarni olish.
3. Mo‘ylablarni qisqartirish.
4. G’usl yoki tahorat qilish.
5. Yangi yoki yuvilgan izor va rido kiyish, ular oq va yangi bo‘lgani afzaldir.
6. Agar bor bo‘lsa xushbo‘ylik sepish.
7. Ikki rakat namoz o‘qish (bu amallar mustahab).
8. Namozdan so‘ng "Allohumma inniy uriydul hajji fayassirhu li va taqobbal minni" deb duo qilish. Ma’nosi: "Allohim, men haj qilmoqchiman, uni menga oson qil va mendan uni qabul et ".
9. Ikki rakat namozdan so‘ng hajni niyat qilib talbiya, ya’ni "Labbayka" aytadi. Talbiyaga boshqa kalimalarni ham qo‘shib aytish joizdir. Niyat qilib talbiya aytgach, ihromga kirgan hisoblanadi.
10. Talbiyadan so‘ng Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, salavot aytish.
11. Shundan so‘ng yaxshi duo qilish mustahabdir.

Hajda man qilingan amallar

Ihromga kirgach, ayoli bilan jinsiy yaqinlik qilishdan, yomon so‘z aytishdan, gunoh qilishdan, tortishishdan, quruqlikdagi hayvonni ovlashdan, yo ovchiga uni ko‘rsatishdan, tikilgan libos kiyishdan, salla o‘rashdan, oyoqqa mahsi kiyishdan, bosh va yuzni berkitishdan, atir sepishdan, soch va soqol oldirishdan, tirnoq olishdan saqlanish lozim.
Ihrom kiygan holda g‘usl qilish, hammomga kirish, kajava va chodirga kirib salqinlanish, belga kamar va shunga o‘xshash narsalarni taqish joizdir. Har namozdan so‘ng, pastdan yuqoriga chiqayotganida, yoki vodiyga tushayotganida, hojilar guruhiga duch kelganida hamda sahar vaqtida erkaklar ovozini chiqarib talbiya aytishadi.

Makkaga kirishda qilinadigan amallar

1. Hoji Makkaga kelgach, xushu’ bilan, talbiya aytgan holda Masjidul Haramga kiradi.
2. Ka’bani ko‘rgach, uch bor takbir va tahlil aytadi.
3-4. Avval takbir va tahlil aytgan holda, Hajarul Asvadga yuzlanib, namozdagi kabi qo‘llarini ko‘taradi va qo‘llarini tushirib ikki qo‘lini toshning ustiga qo‘yib, qo‘llari orasidan toshni o‘padi, buning iloji bo‘lmasa, goshga biror narsani tekkizib, uni o‘padi, buning ham iloji bo‘lmasa, ikki qo‘l kaftlarini ko‘tarib u tomonga qaratib, takbir, tahlil, hamd va salavot aytadi, so‘ng kaftlarini o‘padi.
5. So‘ngra agar hoji makkalik bo‘lmasa, Hatim (Ka’ba yonidagi yarim doira shakldagi devor) orqasidan Ka’ba atrofida o‘ng yelkasini ochgan holda, ridoni o‘ng qo‘ltig‘idan o‘tkazib, uchini chap yelkasiga tashlab, yetta marta qudum tavofini qiladi.
6. Ushbu yetti davralik tavofning ilk uchtasida hoji yelkalarini harakat qildirgan holda tez-tez yuradi (raml).
7. Qolgan to‘rt tavofda esa viqor bilan sekin-asta yuradi.
8. Har gal Hajarul Asvad yonidan o‘tayottanida 3-4-bandida bayon etilgan amallarni qiladi. Har tavofda ruknul Yamaniyni imkoni bo‘lsa, ikki qo‘l kafti bilan siypaydi. Imkon topolmasa, qoldiradi.
9. Tavofni 3-4-bandda bayon etilgan amallarni qilish bilan tamomlaydi.
10. Tavofni tamomlagach, hazrat Ibrohim, alayhissalom, maqomiga, buning iloji bo‘lmasa, masjidning xohlagan joyida ikki rakat namoz o‘qiydi, so‘ng Baytullohning Hajarul Asvad va eshik oralig‘iga borib, ikki qo‘lini qo‘yib o‘ng yuzini bosadi va zamzam suvidan ichadi.
11. So‘ng Safo va Marva oralig‘ida sa’y qilishni istasa 3-4-bandda aytilgan amallarni qayta bajaradi va Safoga ko‘tariladi. Uning ustida Baytullohga qarab uch bor takbir va tahlil, Payg‘ambarimizga salavot aytadi va qo‘llarini ko‘tarib istagancha duo qiladi. So‘ng Marva tomon yuradi. Io‘lning pastki yashil chirog‘i oralig‘ida tez yuradi. Marvaga chiqib, Safoda qilgan amallarini takrorlaydi.
12. Shu tariqa yetti marta yuradi, Safodan boshlab Marvada bitiradi.
13. So‘ngra esa ihrom kiygan holda Makkada qoladi va xohlaganicha Ka’bani raml qilmay nafl tavof qiladi. Keyin Zulhijjaning sakkizinchi kuni tongda Makkadan Minoga yo‘l oladi va Arafa kuni bomdod namozini o‘qiguncha Minoda turadi.
14. Zulhijjaning to‘qqizinchi kuni Minoda bomdod namozini o‘qigach, Arafotga chiqadi va Rahmat tog‘iga yaqin joyda zavol (peshin) vaqtidan hayit kuni tong otgunicha bo‘lgan vaqt ichida bir lahza bo‘lsa ham vuquf qiladi. Quyosh zavolidan so‘ng imom juma namozining xutbasi kabi ikkita xutba o‘qiydi. Xutbadan so‘ng bir azon, ikki takbir bilan peshin va asr namozlarini bir vaqtda o‘qiydi. Peshinning ikki rakat sunnati o‘qilmaydi. Kuyosh botgach, barcha hojilar Muzdalifaga borishadi va shom va xufton namozlarini bir azon va takbir bilan o‘qiydilar va o‘sha yerda-tunni o‘tkazadilar.
15. Zulhijjaning o‘ninchi kuni (Qurbon hayiti kuni) bomdod namozini erta vaqtda o‘qigach, Muzdalifada bir lahza bo‘lsa ham vuquf qilib, takbir, tahlil va Payg‘ambarimizga salavot aytadi va duo qiladi. Tong juda yorishgach, Minoga yo‘l oladi va jamratul aqabaga yetti dona toshchalarni bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan tutib, takbir aytgan holda bir-bir otadi. Birinchi toshchani otishi bilan talbiya aytishni to‘xtatadi. Bundan so‘ng, mufrid xohlasa, qurbonlik so‘yadi va sochlarini qisqartiradi yoki to‘liqoladi. Sochlarni to‘liq oldirish afzaldir. Yuqorida sanab o‘tilgan amallarni bajargach, ayoli bilan jinsiy aloqadan tashqari, ihromda taqiqlangan barcha harakatlar halol bo‘ladi.
16. So‘ng hoji shu kuni yoki ertasiga yoxud uchinchi kuni Makkaga borib, Baytullohni yetti marta tavofi ziyorat qiladi. Ammo Safo va Marva o‘rtasida sa’y qilmaydi. Ziyorat tavofini Qurbon hayitining uchinchi kunidan keyinga qoldirish tahriman makruhdir. Ziyorat tavofining tamomi yoki aksariyat qismi bajarilgach, sochini qisqartgan yo oldirgan bo‘lsa, ayoliga yaqinlashish ham mumkin bo‘ladi.
17. Ziyorat tavofidan so‘ng Minoga qaytadi va tunni o‘sha joyda o‘tkazadi.
18. Zulhijjaning o‘n birinchi kuni zavol (peshin) vaqtidan so‘ng, dastlab Xeyf masjidi yonidagi tosh otish joyidan (jamratus-sug‘ro) boshlab navbati bilan o‘rta (jamratul-vusto) va (jamratul-aqoba)ga yetti donadan mayda tosh otadi. Har bir toshni "Bismillahi, Allohu akbar" deb otadi. Birinchi va o‘rtadagi tosh otish joylarida tosh otib bo‘lgach, takbir, tahlil va salovot aytab bir soat miqdoricha turadi, tosh otib bo‘lgach, duo qiladi.
19. Zulhijjaning 12-kuni ham 11-kun amallarini aynan takrorlaydi. Shunday qilib, haj ibodati yakunlanadi.
20. Ertasiga Makkaga qaytishda, Muhassab degan joyda qisqa muddatga bo‘lsa ham, qo‘nib o‘tadi. Makkaga borgach, yetti bor Vido tavofi qiladi. Ushbu tavof makkalik bo‘lmaganlar uchun vojibdir.
21. So‘ngra Zamzam bulog‘iga kelib, qonib ichadi.
22. So‘ngra Ka’ba ostonasiga kelib, eshigini o‘padi.
23. So‘ng eshik bilan Hajarul Asvad orasidagi "Multazam" deb nomlangan joyga kelib, ko‘kragini va o‘ng yuzini Ka’baga suradi, Ka’bapo‘shni ushlagan holda duo qilib, yig‘laydi. Nihoyat, Baytullohdan yuz o‘girmagan holda, orti bilan yurib Harami Sharifdan chiqadi.
24. Ayollar ham xuddi erkaklardek haj qiladilar. Ammo ayollar boshlarini ochmasdan, faqattina yuzlarini ochadilar, talbiyada ovozlarini chiqarmaydilar. Tavofda yelkalarini qimirlatib, tez yurmaydilar va Safo va Marva orasida ham ohista yuradilar. Sochlarini oldirmaydilar, faqat biroz qisqartiradilar. Ihromda ham tikilgan kiyimlarni kiyishlari mumkin.
25. Ayollar tiqilinch bo‘lganida Hajarul Asvadga yaqinlashmaydilar. Uzoqdan ishora bilan salomlaydilar. Ayol ihromga kirayotganida hayzli bo‘lsa, namoz o‘qish emas, balki ihrom kiyish uchun yuvinadi va so‘ng ihrom kiyadi. Faqat bunday holatda ayollar hajning barcha amallarini bajarsa-da, Ka’bani tavof qilmaydilar.
26. Agar ayol Arafotda vuquf qilib va ziyorat tavofini bajargach, hayz ko‘rsa, uning haj arkonlari tamomlangan hisoblanadi va uyiga qaytadi, vido tavofi qilolmagani uchun unga hech narsa lozim bo‘lmaydi.

Umra

"Umra" so‘zining lug‘aviy ma’nosi ziyorat qilish demakdir. Shar’iy istilohda esa, Harami Sharifni belgilangan tartibda ziyorat qilish degan ma’noni anglatadi.
Umra sunnati muakkadadir.

Umraning vaqti va miyqotlari

Xuddi hajda bo‘lganidek, umraning ham ma’lum miyqoti mavjud. Umrani yil davomida bajarish mumkin. Arafa kuni, Qurbon hayitining birinchi kuni va tashriq (Zulhijjaning 11-, 12-, 13-) kunlaridan tashqari, yilning boshqa kunlarida umra uchun ihromga kirish karohatsiz sahihdir. Bu sanab o‘tilgan kunlarda umra uchun ihromga kirish tahriman makruhdir.
Hajning miyqotlari umraning ham miyqotlaridir. Faqat Makkada istiqomat qilayotganlar bundan mustasno,chunki ularning miyqoti Hilldir.

Rukni

Baytullohning atrofida yetti marta yoki undan ko‘proq tavof qilishdir.
Umraning sharti ihromdir.

Vojiblari

Safo bilan Marva orasida sa’y qilish, soch oldirish yoki qisqartirish.

Bajarish tartibi

Haj bo‘limida bayon qilingan tarzda yuvinib, poklanib, ikki rakat namoz o‘qigach, talbiya aytadi. So‘ng "Allohumma inniy urqaul umrata fa yassirha liy va taqobbalha minniy" deb niyat qilish lozim. Ma’nosi: "Allohim, umra ibodatini ado qilmoqchiman, meni bunga muvaffaq qilgin va bu ibodatni dargohingda qabul ayla ".
Shunda umra uchun ihromga kirgan hisoblanadi. Ihromga kirgach, Baytullohni yetti marta tavof qiladi Safo va Marva orasida sa’y qiladi. Shundan so‘ng soch oldiradi yoki qisqartiradi. Shu bilan kishi umrani tamomlagan hisoblanadi. Kichik haj hisoblangan umra faqat quyidagi xususlarda hajdan farq qiladi.
1) Haj farz amal bo‘lsa, umra sunnati muakkadadir.
2) Umra uchun ma’lum vaqt belgilanmagan.
3) Umrada Arafotda vuquf qilinmaydi.
4) Umrada Muzdalifada turish yo‘q.
5) Umrada shaytonga tosh otish yo‘q
6) Umrada ikki vaqt namozini jam’ qilish yo‘q
7) Umrada qudum (tashrif) tavofi qilinmaydi.
8) Umrada vido tavofi ham yo‘q.

Qiron haji

"Qiron" so‘zi lug‘atda ikki narsani birlashtirish degan ma’noni anglatadi. Shariat istilohida esa, haqiqatan yoki hukman bir ihrom bilan haj va umrani birgalikda ado qilish ma’nosini bildiradi.
Kishi ikki rakat ihrom uchun o‘qigan (nafl) namozidan so‘ng haj va umraga birdaniga niyat qilsa, uning haji qiron bo‘ladi.

Hukmi

Qiron haji ifrod va tamattu’ hajlaridan ham fazilatliroqdir.

Qiron hajining shartlari

Qiron hajining yettita sharti bor:
1. Umra tavofining barchasini yoki aksar qismini ado qilmasdan avval haj ihromiga kirish.
2. Dastlab umra ihromiga kirgan (kishining) uni buzmasdan haj uchun ihromga kirishi.
3. Haj uchun Arafotda vuquf qilmasdan avval umra tavofining barchasini yoki aksariyatini qilgan bo‘lishi.
4. Umra tavofining barchasini yoki aksariyatini haj mavsumida qilish.
5. Umra va hajni buzishdan saqlanish.
6. Qiron haji qiladigan kishining makkalik bo‘lmasligi. Makkada istiqomat qilayotgan kishi qiron haji qilmoqchi bo‘lsa, haj mavsumidan avval boshqa joyga kelishi va o‘sha yerdan hajga kelishi lozim. 7. Hajning vaqtini o‘tkazib yubormaslik.

Ado qilish shakli

Qiron haj qiladigan kishi Makkaga kirgach, hajni avval umra tavofidan boshlaydi. Avvalgi uch tavof yelkalarini qimirlatgan holda, tez-tez yurib yetti davra tavof qiladi. So‘ng ikki rakat tavof namozi o‘qiydi. So‘ngra Safo eilan Marva orasida yetti marta sa’y qiladi. Sochlarini oldirmaydi va qisqartirmaydi. Shu bilan umra nihoyasiga gtadi. Bundan so‘ng ayni ihrom bilan haj ibodatini boshlaydi va qudum tavofini ado etib, Safo bilan Marva orasida sa’y qiladi. Hajning qolgan amallarini bayon qilib o‘tilgan tarzda bajaradi.

Allohga shukr

Qiron haj qilayotgan kishi hayitning birinchi kuni jamratul aqaba (shaytonga tosh otish joyi)da tosh otgach, oir safarda ikki ibodatni (haj va umra)ni ado etishga muvaffaq qilgani uchun Alloh taologa shukrona niyatida oitta qo‘y yoki katta hayvonni bir o‘zi yoxud yetti kishi birgalashib so‘yadi va go‘shtdan yeydi, undan faqirlarga sadaqa qilishi mustahabdir. Agar bunga ojiz bo‘lsa, uch kun qurbon hayitidan avval va haj amallari tugagach, yetti kun ro‘za gutib beradi. Hammasi bo‘lib 10 kun ro‘za tutadi. Ro‘zani orada ba’zi kunlarni o‘tkazib tutishi ham joizdir.

Tamattu’ haji

"Tamattu’" so‘zi lug‘atda foydalanish ma’nosidadir. Sha-riat istilohida haj oylarida umra uchun ihromga kirish va uni ado etgach, haj uchun yana qayta ihromga kirish ma’-nosini beradi.

Hukmi va sahih bo‘lish shartlari

Savobi bo‘yicha umradan ustun, faqat Qiron hajidan keyingi o‘rindadir.
1. Umra tavofini to‘liq (yoki ko‘proq qismini) haj oylarida qilish.
2. Umra ihromiga haj ihromidan oldin kirish.
3. Umradan so‘ng qilinadigan haj ibodatini buzmaslik.
4. Umrani ado qilgach, vataniga borib kelmaslik.
5. Umra va hajni bir yilda ado qilish.
6. Makkalik va u yerda yashovchilardan bo‘lmaslik.
7. Agar haj oylaridan oldin umrani ado etib, Makkada qolgan bo‘lsa, haj oylari kirgach, umrani qayta bajarish lozim.

Tamattu’ hajining qoidalari

Dastlab umra uchun miyqotda ihromga kiradi va ikki rakat namozdan keyin "Allohumma inni uridul ‘umrata fayassirha liy va taqobbalha minni" (ma’nosi: Allohim men umra qilmoqchiman. Uni menga oson qil va qabul ailagin), deb niyat qiladi va talbiya aytadi.
Makkaga borganida umra uchun Ka’bani tavof qiladi, Safo va Marva orasida sa’y qiladi, soch oldiradi yoki qisqartiradi. Shundan so‘ng umra ihromidan chiqadi. Zulhijjaning sakkizinchi (tarviya) kuni Harami Sharifda haj uchun ihromga kiradi va haj amallarini aytib o‘tilgan tartibda ado qiladi.

Allohga shukr

Hoji Qurbon hayiti kuni shaytonga tosh otganidan so‘ng, ikki ibodatni (haj va umra)ni bajarishga muvaffaq qilgani uchun Allohga shukr niyati bilan bitta qo‘y yoki katta bosh hayvon yoxud katta bosh hayvonning yettidan bir qismini so‘yadi. Undan o‘zi yeydi va faqirlarga tarqatadi.
Bunga qurbi yetmasa, hayitdan oldin uch kun va haj amallaridan so‘ng yetti kun, jami o‘n kun ro‘za tutadi.
Makkaliklar, Makka va miyqot orasidagi hududda yashov-chi kishilar Qiron, Tamattu’ haj qilmaydilar.

Jinoyatlar
(Hajda qilinishi taqiqlangan amallar)

Jinoyatlar:
a) ihrom talabini bajarmaganlik;
b) Harami Sharif hurmatini toptash sababli sodir bo‘ladi.
1. Agar farz tavofni tahoratsiz bajarsa, bitta qo‘y, junub holda bajarsa, bitta tuya so‘yishi vojib.
2. Vojib sunnat yo tavoflarni tahoratsiz qilsa, bitta fitr sadaqasi miqdorida sadaqa berishi, junub holda qilsa, bir qo‘y so‘yishi kerak bo‘ladi.
3. Ayol hayz yo nifos qoni to‘xtamay vojib va sunnat tavoflarni bajarsa, bir qo‘y, farz bo‘lgan tavofni bajarsa bir tuya so‘yadi.
4. Hayzda, nifosda yoki junub bo‘lib tavof qilgach, poklanib, g‘usl qilib, qaytadan tavof qilsa, lozim bo‘lgan jazo avf etiladi.
Tavofni istisno qilgan holda, hajning butun farz, vojib va sunnat amallarini junub, hayz va nifosli holda bajarish mumkin.

Jinoyatlar

1. Qurbonlikni vojib qiladigan jinoyatlar.
2. Fitr sadaqasini berishni vojib qiladigan jinoyatlar.
3. Fitr sadaqasidan ham ozroq miqdorda jazo beriladigan jinoyatlar.
4. Berilgan zararning o‘rnini qoplash, qiymatini go‘lashni lozim qiladigan jinoyatlar.

Qurbonlik so‘yishni vojib qiladigan jinoyatlar

Haj asnosida badaniga xushbo‘ylik surish, boshiga xina qo‘yish, zaytun yog‘i yoki har xil yog‘lar bilan sochini yog‘lash, bir kun davomida tikilgan libos kiyish, boshini berkitish, sochning to‘rtdan bir qismini oldirish, bir yerda ikki qo‘li va ikki oyog‘ining tirnoqlarini olish, hajning vojiblaridan birini tark qilish.

Fitr sadaqasi miqdoricha sadaqani vojib qiladigap jinoyatlar

Bir a’zoning ozgina qismiga xushbo‘ylik surish, bir kundan ozroq muddat tikilgan kiyim kiyish yoki boshni yopish, sochning to‘rtdan bir qismidan ozrog‘ini oldirish, bitta barmoqning tirnog‘ini olish, qudum yoki vido tavofini tahoratsiz qilish, vido tavofining birini qoldirish yoki shaytonga tosh otishda belgilangan yetti toshchadan birini otmay qoldirish.
Kishi bit, burga, chigirtka o‘ldirgani uchun fitr sadaqasidan kim miqdordagi istagan sadaqasini beradi.

Zararning o‘rnini qoplash, qiymatini to‘lashni lozim qiladigan jinoyatlar

Ovlanadigan hayvonni o‘ldirish. Hayvon o‘ldirilgan joyida ishonarli ikki kishi tomonidan qiymati baholanadi. Agar hayvon bitta qurbonlik qiymatiga teng bo‘lsa yo qurbonlik sotib olib so‘yadi yoki qurbonlik qiymatida taom olib, yarim so’dan faqirlarga tarqatadi. Yoki yarim so’ berish o‘rniga bir kundan ro‘za tutadi. Qarg‘a, kalxat, chayon, ilon, quturgan it, toshbaqa kabi ov hayvoni bo‘lmagan hayvonlarni va pashsha kabi barcha hashoratlarni o‘ldirganga jazo yo‘qdir.

Qurbonlik (hady)

Hady Harami Sharifda so‘yib, qurbat hosil qilish uchun u yerga in’om qilingan katta yoki kichik boshli qurbonlik hayvonidir. Bu tuya, sigir yoki qo‘y bo‘lishi mumkin. Qurbonlik qilinishi joiz bo‘lgan hayvonlar hady o‘laroq so‘yilishi mumkin. Ko‘r, cho‘loq va shunga o‘xshash aybi bo‘lmasligi shartdir. Ziyorat tavofini junub bo‘lib ado etganlik va Arafotda vuqufdan oldin jinsiy aloqa qilishdan boshqa barcha jinoyat uchun qo‘y so‘yish kifoya qiladi.
Bu ikki jinoyat uchun esa sigir yoki tuya qurbonlik qilish vojib bo‘ladi.

Qurbonlikni so‘yish vaqti

Qiron va Tamattu’ hajlari uchun jonliq Qurbon hayitining uch kuni ichida (aqabada) tosh otganidan so‘ng so‘yiladi.

Qurbonlik so‘yiladigan joy

Hadya joyi Harami Sharifdir va qurbon kunlari so‘ymoqchi bo‘lsa, Minoda so‘yish sunnatdir. Boshqa kunlarda Makkada so‘yish afzal. Nazr qilingan tuyani Harami Sharifda so‘yish shart emas.
Payg‘ambaryamizni, sollallohu alayhi va sallam, ziyorat qilish Alloh taoloning inoyati bilan hajni ado etgan hoji payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, shaharlari Madinai Munavvaraga borib, muborak qabrlarini iyorat qilishi lozim.
Bu ziyorat eng fazilatli mustahab ibodatlardandir. Ba’zi kitoblarda vojib ham deyilgan. Bu yerni ziyorat qilish mo‘min uchun sharaf va ulug‘ baxtdir. Bu yerda hojining qalbi Nabaviy nurlarga to‘lib toshadi. Muhammadiy barakot ning har tarafini qamrab oladi. Ruhi samolarga yuksalib, qalbn gunohlardan pok bo‘ladi va umrining qolgan nsmnda Payg‘ambarimiz shafoatlaridan fayz oladi. Rasuulloh sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: Qabrimni ziyorat qilgan kishiga qiyomat kuni shafoatim ojnb bo‘ladi".
Shuningdek, bu xususda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, yana shunday marhamat qilganlar: "Vafotimdan so‘ng meni ziyorat qilgan kishi, hayotlik davrimda ziyorat qilgan kishi kabidir"- Boshqa bir hadisda esa: "Kim Baytullohni haj qilib, meni ziyorat qilmasa, menga jafo qilgan bo‘ladi". deganlari rivoyat qilinadi.
Payg‘ambarnmizni ziyorat qilish maqsadida yo‘lga chiqqan hoji ko‘p salavot aytmogi lozim. Madina devorlarini o‘rgach. "Allohumma haza haromu nabiyyika, vaj’alhu viloyatan liy minannar va amonan minal-azobi va suil hison", deb duo qiladi. (Ma’nosi: Parvardigorim! Mana shu sening Rasuling hazrat Muhammadning, solallohu alayhi vasallam, harami, abadiy istirohatgohi, bu yerni men uchun do‘zax otashidan himoya vositasi qilgin, azob va og‘ir hisob berish ozod bo‘lishimga bir sabab qilgin).
So‘ngra yuvinib,- xushbo‘ylik sepadi va eng go‘zal, yangi iboslarnni kiyadi. Chunki bu hurmat va ehtiromga eng loyiq kshddir. So‘ng tavoze’, viqor bilan Madinaga kiradi va shzai muborakni ziyorat qiladi. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlari bilan qabrlari orasida ikki rakat namoz o‘qiydi. Chunki u zot, sollallohu alayhi vasallam, "Qabrim va minbarim orasi jannat bog‘laridan bog‘, minbarim esa hovuzimning ustidadir", deganlar.
So‘ngra bunday sharafga muvaffaq qilgani uchun Alloh taologa shukr sajdasi: qiladi va xohlagan duosini o‘qiydi. Bundan so‘ng o‘rnidan turib, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, qabrlariga yuzlanadi va qabrning bosh tarafida qiblaga qarab, namozga turgandek, qad rostlaydi va: "Ey Rasululloh, sizga Allohning salomi, marhamati va barakoti bo‘lsin! Assalomu alayka, yo Rasululloh! Assalomu alayka, yo xayri xalqulloh! Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga iqrorman va Allohning sherigi yo‘qdir. Siz Uning bandasi, rasuli va amini ekanligingizga iqrorman. Guvohlik beramanki, siz risolat (Payg‘ambarlik vazifalari)ni batamom yetkazdingiz va omonatni egalarigatopshirdingiz. Ummatingizga nasihat qilib, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdingiz, kufr va jaholatni yo‘q qildingiz. Biz tufayli Alloh Sizga boshqa ummatlari tufayli payg‘ambarlarga bergan mukofotlardan ham ziyoda ajr mukofoglar bersin", deydi.
So‘ngra Allohdan ehtiyojlarini so‘raydi. Chunki bu yer duolar ijobat bo‘ladigan, yaxshi talablar ravo ko‘riladigan xayrli maqomdir. Hajni ado etib, Payg‘ambarimizpi, sollallohu alayhi va sallam, ziyorat qilgan kishi qalbi pok, yangi tug‘iltandek barcha gunohlardan forig‘ bo‘lgan holda vataniga qaytadi. Alloh taolo bizlarni ham Baytullohni haj qilishga va Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, ravza va qabrlarini ziyorat qilishga muvaffaq aylasin. Shubhasiz, Alloh mo‘minlarning duolarini ijobat qilguvchi Zotdir. Omin.

Takrorlash uchun savollar
1. Hajni ta’riflang, hukmlarini, hikmatini va farz bo‘lish dalilini aytib bering.
2. Hajning farz bo‘lish sababini, bajarilishi va sahih bo‘lishining shartlarini bayon qiling.
3. Hajning arkonlarini, vojib va sunnatlarining eng muhimlarini sanab, vaqtini aytib bering.
4. Ihromni ta’riflab, nima uchun ihromga kirish lozimligini bayon qiling. Ihromga kirish joylarini ayting.
5. Ihromga kirgach, haj ado etilgunicha qilish lozim bo‘lgan amallarini tartibi bilan aytib bering.
6. Umrani ta’riflang, hukmlarini ayting? Qachon va qaerda umra uchun ihromga kiriladi? Umraning ruknlari, xartlari va vojiblari nimalar?
7. Umraning bajarilish tartibi va hajdan farqli tomonlarini ayting.
8. Qiron hajini ta’riflab, hukmini, shartlarini ado etish tartibini tushuntiring.
9. Tamattu’ hajini ta’riflab, hukmini, shartlarini a bajarish tartibini tushuntiring. Makkaliklar nima chun Qiron va Tamattu’ haj qila olmaydilar?
10. Ihromga kirgan kishining hajga zarar beruvchi harakatlari necha qismga bo‘linadi? Har bir qism haqida ma’umot bering.
11 Haj qurbonligini (hadya) ta’riflang. Hady qachon qaerda so‘yiladi?
12. Payg‘ambarimizni, sollallohu alayhi va sallam, iyorat qilish xususida ma’lumot bering.

QURBONLIK VA NAZR

Ma’lumki, Ibrohim, alayhissalom, o‘zlaridan so‘ng dashganlarni to‘g‘ri yo‘lga chaqirish vazifasini bo‘yniga oladigan o‘g‘il farzand ato qilishini Allohdan yolvorib so‘rardilar. Shu bois o‘g‘il ko‘rsalar, o‘zi sevgan, eng qimmatli narsani Alloh yo‘lida qurbon keltirishni nazr qilgan edilar. Intizor kutilgan yillar so‘ngida Ismoil, alayhissalom, dunyoga keldilar va oradan ko‘p o‘tmay, otalarining Allohdan keyin eng sevikli va qiymatli kishisiga aylandi. Bu xursandchilik kunlarida Ibrohim, alayhissalom, va’dalarining ustidan chiqish uchun juda ko‘p qo‘y va uyalarni qurbon qilsalar ham, tushlarida har safar ushbu shdoni eshitib uyg‘onardilar:
— Ey Ibrohim, so‘zingning ustidan chiqmayapsan, eng suyukli narsangni qurbon qilishing kerak edi.
Shunda u zot farzandlari Ismoilni, alayhissalom, qurbon qilishi kerakligini fahmladilar. Hazrat Ismoil alayhissalom, ham masalaning mohiyatini yaxshi angladilar, rozi bo‘ldilar.
Ibrohim, alayhissalom, o‘g‘lini olib, ham qayg‘uli, ham Allohning amriga taslimiyat bilan o‘g‘illarini qurbonlik qilish uchun Minoga bordilar. Hazrat Ismoil, alayhissalom, ham dadasiga, ham Robbiga itoatkor edi. Hech qanday to‘sqinlik qilmay, osuda ko‘ngil bilan, otalarining jasoratini oshiruvchi so‘zlar aytib, yo‘lga chiqdilar. Hazrat Ibrohim, alayhissalom, endigina pichoqni o‘g‘lining bo‘g‘ziga tiragan chog‘ida, farishtalar sultoni Jabroil, alayhissalom, bir qo‘chqorni ko‘tarib yerga tushdilar. Allohning buyrug‘i bajarildi. Amrdan murod Ismoilni, alayhissalom, bo‘g‘izlash emas, balki Allohga itoatkor banda ekanini sinash-ko‘rsatish edi.
Ibrohimning, alayhissalom, bu qahramonligini doimo yodda tutish va nafs ziqnaligini qalbdan o‘chirib, Alloh uchun eng qimmatli dunyo molidan voz kecha olishlari uchun mo‘minlarga, qurbonlik qilish buyurilgan. Qurbonlik qilgan mo’minning oilasiga bir ziyofat kabi Allohning lutfi ehsoni yog‘iladi. Qurbonlik ibodatning bolalarni juda kichik yoshdan dinsevar ruhda tarbiya qilish, faqir xonadonlarga go‘sht ulashib, ularni xursand qilish, musulmonlar orasida o‘zaro yordam ruhi kuchayishi kabi ijtimoiy foydalari ham bor.

Qurbonlikka oid hukmlar

Qurbonlik qilish Imomi A’zam va Imem Muhammadga ko‘ra, vojib, Imom Abu Yusufga ko‘ra, sunnatdir.
Muqim, hojati asliyadan ortiqcha mollarining qiymati zakot nisobiga yetgan kishi o‘z hisobidan qurbonlik so‘yadi. Xotini, bola-chaqasi uchun qurbonlik qilishga majbur emas. Ularning mulklari bo‘lsa, o‘zlari alohida qurbonlik qiladilar. Biroq boy ota balog‘atga yetmagan farzandlari nomidan qurbonlik qilishi kerak degan olimlar ham bor.
Qurbonlik uchun qo‘y, sigir, tuya kabi hayvonlar so‘yilishi mumkin. Yetti kishi birgalikda katta bosh hayvon so‘yishlari ham mumkin. Ularning bari musulmon va boy, qurbonlik qilish niyatida bir joyga to‘plangan bo‘lishlari kerak. Ulardan biri kofir yoki uyiga go‘sht olib borish uchun sheriklik qilgan bo‘lsa, bu yetti kishining qurbonligi joiz emas. Bu yetti kishi teng sherik bo‘lishlari shart. Oralaridan hatto bir kishining hissasi yettidan bir
Bundan kam bo‘lsa, qurbonlik joiz emas. Ikki yoki uch kishi yeriklikda qurbonlik qilishlari ham mumkin.
Qurbon hayitining birinchi kuni hayit namozidan so‘ng shitning uchinchi kuni shomgacha qurbonlik qilish mumkin. Kishiga qurbonlik qilish vojib yo vojib emasligi ging ayni o‘sha paytdagi ahvoliga ko‘ra ma’lum bo‘ladi. Masalan, hayitning uchinchi kuni quyosh botay deganida boy bo’lib, qurbonlik qilishga qodir kishi darrov qurbonlik qilishi lozim. Xuddi shu paytda mol-mulkidan ajralib zlgan kishi, hayitning ilk kunlarida bu ishga qodir qilgan bo‘lsa ham, unga jonliq so‘yish vojib emas. Belgilangan muddatda qurbonlik qilolmasdan, vaqtini o‘tkazib borgan kishi qurbonlik hayvoni yo uning qiymatini kambag‘al kimsaga sadaqa qilib, qarzidan qutuladi.
Olti oylik qo‘zi, besh yashar tuya, ikki yillik mol (sigir), tug‘ilishda shoxsiz bo‘lgan katta-kichik hayvonlarni qurbonlik qilish mumkin. Bir yoki ikki ko‘zi ko‘r, tik turolmaydigan darajada kuchsiz, so‘yiladigan joygacha yurib yurolmaydigan darajada nimjon hayvonlar qurbonlik qilinmaydi. Chunki Alloh taolo oyati karimada: "Molingizning sizlarga eng qimmatlisidan Alloh uchun fido qilmaguningizcha, ehson qilguvchilardan bo‘la olmaysiz" (mazmuni) deb amr etgan.
Qurbonlik go‘shtining bir qismini o‘zi oilasi bilan :a, uchdan bir qismidan kam bo‘lmaganini kambag‘allarga, bir qismi esa boy qo‘shnilarga ham tarqatiladi. Oilada shchilik bo‘lsa, qo‘shnilarga tarqatmay, go‘shtini to‘liq 1 oy ichida ishlatishi ham mumkin. Qurbonlik so‘yuvchi hayvon terisini vaqf muassasalariga berishi mumkin yoki o‘z ehtiyoji uchun ishlatishi mumkin.
Jonliqni egasi so‘yishi juda fazilatlidir, buni eplay olmasa, o‘riiga vakil qo‘yadi. Faqat musulmon bo‘lmagan kishiga so‘ydirmaydi. Qurbonlikni "Bismillahi Allohhu akbar (Ulug‘ Alloh nomi bilan)" deb Allohning ismini zikr qilib so‘yadi.
"Shu maqsadim amalga oshsa, shu xil hayvonni qurbonlik qilaman", deb va’da qilish nazr deyiladi. Berilgan va’dani bajarish vojibdir. Nazr yo shu ishim hal bo’lsa, falon payt shu xil jonliq so‘yaman" kabi ma’lum bir payti aniq yoki "shu ishim amalga oshsa, shunaqa jonliq so‘yaman" kabi payti noaniq bo‘lishi mumkin.
Vaqti ma’lum nazrning vaqti kelsa, bajarilishi kerak. Vaqgi noma’lum bo‘lgan nazrlar sabab bo‘lgan ishlar amalga oshganida qilinishi kerak. Nazr qilinadigan hayvon qurbonlikka joiz bo‘lgan hayvonlardan bo‘lishi lozim. Bunga ko‘ra, nogiron hayvon va tovuq, xo‘roz kabi qurbonlik qilinmaydigan hayvonlar nazr qilinmaydi. Nazr qilingan go‘shtdan nazr qiluvchi ham, oila a’zolari ham yemasligi kerak. Zakot berish joiz bo‘lmagan kishilarga (yaqin qarindoshlar: ota-ona, farzand) berish mumkin. Go‘shtidan albatta kambag‘allarga tarqatish kerak.

"Nurul izoh"dan


2004-2017 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.