background
logotype
image1 image2 image3

Otdan tushsam, xotinim taloq boʻlsin!

O‘tgan asrning boshlarida Marg‘ilonning Galatoy mahallasida yashovchi tajangligi bilan xalq orasida tanilgan Rayim mirob ismli kishi   bir kuni Soybo‘yi dahasiga ketayotganida Bekat choyxonasida birodarlari uni dasturxonga taklif qilishadi. Lekin u shoshib ketayotganini aytib uzr aytadi. Ular esa bunga ko‘nmay, yana majbur qiladilar. U yana uzr aytadi.

Ular bilib turib atayin majbur qiladilar. Oxiri u bundan tajang bo‘lib, jahl ustida: “Otdan tushmayman, tushsam xotinim taloq bo‘lsin!”, – deb yuboradi...

Gapidan qo‘rqib ketib nima qilishini bilmay, kechgacha otdan tushmay yurgan mirob oxiri kishilarning maslahati bilan   to‘g‘ri Xojajon qozi huzuriga boradi.

Qozixona sahnida birovni otliq yurganini ko‘rgan qozi domla, nima gap o‘zi, deb mirzolaridan so‘raydi. U voqeani bilib keladi. U ertalabdan beri otdan tusha olmayotgani, tushsa ayoli taloq bo‘lishini aytadi.

Uni tinglagan qozi domla: “Otingni bur, anavi tut oldiga bor-da, otdan tutga chiq", – deydilar. U hayron bo‘lib tutga chiqadi. Endi pastga tush, deydilar. U pastga tushadi. Bor ketaver, ayoling taloq bo‘lgani yo‘q, deydilar.

Hali ham xushiga kelmay turgan yigitga “sen otdan emas, tutdan tushding”, deydilar.

Rahmatulloh Fayzullayev

Marg‘ilon shahridagi «Robiya hoji ona» masjidi imom-xatibi


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.