background
logotype
image1 image2 image3

Qalb oynasi

Bir oila istiqomat uchun yangi uyga ko‘chib keldi. Ertalab uyqudan turganlarida xotin oynadan atrofga qaray boshladi. Shunda usti boshi kir qo‘shni ayolni ko‘rib qoldi-da, eriga:

— Buni qarang, qo‘shnimizning usti boshi kir bo‘lib ketibdi. Qanday qilib bunaqa kir kiyimlarni kiyib yuribdi ekan. Balki kir yuvish vositalari yaxshi emasdir, balki toza qilib yuvishni bilmas. Unga o‘rgatib qo‘ysam bo‘lar ekan, — dedi.

Eri esa gazeta o‘qib o‘tirar, xotinining gapiga e’tibor bermas edi.

Xotin har safar oynadan qo‘shni ayolni ko‘rganida o‘sha gaplarini qaytarar, o‘zicha birnimalar deb ishini davom ettiraverardi.

Ertasiga ertalab ayol yana oynadan qo‘shnisini ko‘rib qolib, birdan  xursand bo‘lib ketdi:

— Buni qarang, qo‘shnimizning kiyimlari bugun top-toza bo‘lib qolibdi.  Shunday yursa ham bo‘lar ekanu! Balki kir yuvish vositasini o‘zgartirgandir yoki kirni qanday yuvishni endi o‘rgangandir, siz nima deysiz?

— Yo‘q... shunchaki, — javob berdi eri, — bugun ertaroq turib oynani tozalab yuvib, artib qo‘ygandim...

Xayotimiz ham shu kabi. Hamma narsa biz uning vositasida qarayotgan “oyna”mizga bog‘liq. “Oyna”miz toza bo‘lsa, atrof-olam ham biz uchun toza, go‘zal. Aksincha bo‘lsa-chi...  O‘zgalarni tanqid qilishdan oldin qalbimizga va niyatimizga e’tiborli bo‘laylik.

Rus tilidan Akbarjon Abdulmajid tarjimasi


2004-2017 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.