Qozonning tagini yalama!
Yangi uylangan bir yigit kelinning har gal ovqatni olib kelgach, hammani muntazir qilib o‘choq boshida qozonni yalab qolib ketishidan norozi bo‘ladi. Har kuni takror bo‘ladigan bu odat qayna-qaynotani ham ranjitadi. Axir, shu ishni keyinroq ham qilish mumkin-ku!
Bir kuni taom payti yigit ota-onasining kayfiyatini ko‘rib, ayolini bu ishdan qaytarish maqsadida: “Agar yana bir marta qozonni yalasang, taloqsan!” deb yuboradi. Shundan keyin taloq bo‘lishidan qo‘rqqan ayol o‘zini ehtiyotlab yuradi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, bir kuni unutib yana qozonni tagini yalab qo‘yadi. Erining gapi yodiga tushib qo‘rqib ketadi va bu haqda unga aytadi. Yigit ham qattiq afsuslanadi va nima qilishini bilmay Xojajon qozi (Xo‘jajon Rojiy 1834-1918) huzurlariga keladi va voqeani bayon qiladi.
Uning so‘zlarini tinglagan qozi domla: "Shundaymi, bo‘lmasa bizni uyingga olib bor, kelin osh qilsin va qozonni yalasin, ko‘raylik, shunga qarab hukm chiqaramiz”, – deydilar.
Yigit xursand bo‘lib kelishilgan fursatda qozi domlani uyiga olib boradi. Taomdan keyin qozi domla kelinga: "Qizim, odatingiz bo‘yicha qozonni yalangchi?" deydilar. Kelin qozonni yalay boshlaydi. Uni ko‘rib turgan qozi domla:
– Shumi? – deydilar.
– Ha, shu!
– Bu kishi qozonni yalagani yo‘qku!
– Yo‘g‘-e?!
– Qozonni emas, qo‘lini yalayaptiku! Hech qanday taloq tushgani yo‘q, bemalol yashayveringlar.
Bu gapdan ular o‘zlarida yo‘q xursand bo‘lib ketadilar.
Rahmatulloh Fayzullayev
Marg‘ilon shahridagi «Robiya hoji ona» masjidi imom-xatibi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.