background
logotype
image1 image2 image3

4-bosqich. 6-tur: Toif g'azoti

IV BOSQICH
6-tur: Toif g'azoti
Javoblar va izohlar


1. Toif g‘azotida Paygambarimiz s.a.v.ning qaysi ayollari ishtirok etishdi?
a) Zaynab va Ummu Salama r.a.
b) Maymuna va Oisha r.a.
c) Ummu Salama va Maymuna r.a.
d) Oyisha va Ummu Habiba r.a.
To’g’ri javob: Zaynab va Ummu Salama r.a.
Izoh: Payg‘ambarimiz s.a.v. dushman yomg‘iridek o‘q yog‘dirayotganini, ajal xavfi kamayish o‘rniga battar zo‘rayotganini ko‘rgach, Toifdagi hozirgi masjid o‘rnida rafiqalari Ummu Salama va Zaynab uchun ikkita chodir tiktirdilar. (“Nur ul-yaqiyn”)

2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dushmanni taslim bo‘lishga majbur etish maqsadida urush siyosatining bir qismi sifatida qaysi ishni qilishga buyuradilar?
a) O’sha hududdagi quduqlarni tuproq bilan to‘ldirishga
b) Ularning tokzorlarini kesib, yoqib yuborishga
c) Kechqurun qal’aning orqa devoridan chiqib, jang olib borishga 
d) Qamal davomida chuqur handaqlar qazib qal’ani suvga bostirishga
To’g’ri javob: Ularning tokzorlarini kesib, yoqib yuborishga
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (dushmanni taslim bo‘lishga majbur etish maqsadida urush siyosatining bir qismi sifatida) ularning tokzorlarini kesib, yoqib yuborishga buyurdilar. Musulmonlar tokzorlarni ayovsiz kesdilar. Saqif Alloh haqqi va qarindoshlik haqqi-hurmati ularni kesmaslikni so‘ragach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh va qarindoshlik haqqi-hurmati toklarni kesishni to‘xtattirdilar. (“Rohiyq al-maxtum”)

3. Qamal cho’zilgach, Rasululloh s.a.v. Navfal ibn Muoviya ad-Diyliyga maslahat solganlarida u: «Ular go‘yo inidagi …, agar sabr-bardosh bilan poylasangiz, ushlaysiz. Bordi-yu tashlab ketsangiz ham sizga hech qanday zarar yetkazolmaydi», dedi. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Ayiq.
b) Tulki.
c) Quyon.
d) Ohu.
To’g’ri javob: Tulki.
Izoh: Qamal cho‘zilgandan cho‘zilib, qal’a taslim bo‘lavermagach – qal’a ahli bir yillik qamalga bardosh bergudek tayyorgarlik ko‘rib olishgandi – va musulmonlar o‘qlar yomg‘iri va qizdirilgan temir parchalaridan anchagina ziyon-zahmat tortishgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Navfal ibn Muoviya ad-Diyliyga maslahat solganlarida u: «Ular go‘yo inidagi tulki, agar sabr-bardosh bilan poylasangiz, ushlaysiz. Bordi-yu tashlab ketsangiz ham sizga hech qanday zarar yetkazolmaydi», dedi. (“Rohiyq al-maxtum”)

4. Nabiy (s.a.v) Hunayndan forig' bo'lganlaridan keyin Abu Omirni bir lashkarga boshliq qilib Avtosga jo'natadilar. Biroq, Abu Omir bu to'qnashuvda shahidlikni bajo keltiradilar. Lashkarga Abdulloh ibn Qays ismli sahoba boshliq bo'lib, lashkar bilan sog'-omon Nabiy(s.a.v) huzuriga qaytadilar. Mazkur sahobani payg'ambar(s.a.v) qanday nom bilan ataganlar?
a) "Chavondoz pahlavonlarning sayyidi" 
b) "Islom lashkarlarining sayyidi"
c) "Lashkarlarimning murshidi"
d) "Ummatimning havvoriysi"
To’g’ri javob: "Chavondoz pahlavonlarning sayyidi"
Izoh: Bu sahoba kuniyasi Abu uso Ash'ariy (r.a) bo'lib, u zotning asl ismlari Abdulloh ibn Qays hisoblanadi. Avtosdan sog'-salomat qaytgach Abu Muso Ash'ariy (r.a) Nabiy sollollohu alayhi vasallamning : "Ey Allohim, Abdulloh ibn Qaysning gunohini mag'firat qilgin! Qiyomat kuni uni yaxshi joyga kiritgin!" degan muborak duolarini oldilar.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Muso Ash'ariy (r.a) ni "Chavondoz pahlavonlarning sayyidi" deb ataganlar. ("Hadis va hayot" , 27-juz, 188-bet)

5. "Toif kuni Rasululloh bir sahobani yonlariga chorladilar va sirli suhbatlashdilar. Odamlar: "U zotning bu sahoba bilan bo'lgan sirli suhbatlari rosa cho'zildi-ku", dedilar. Shunda Nabiy(s.a.v) aytdilar: "U bilan men sirli suhbat qilganim yo'q, u bilan Alloh sirli suhbatlashdi". Nabiy(s.a.v) aytganlaridek "Alloh bilan sirli suhbatlashgan" sahoba kim edi?
a) Abu Bakr Siddiq (r.a)
b) Abdulloh ibn Abdulmuttolib (r.a) 
c) Ali ibn Abu Tolib (r.a)
d) Umar ibn Xattob (r.a)
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib (r.a)
Izoh: Jobir roziyallohu anhu aytadilar: "Toif kuni Rasululloh Alini o'zlariga chorladilar va sirli suhbatlashdilar. Odamlar: "U zotning bu sahoba bilan bo'lgan sirli suhbatlari rosa cho'zildi-ku", dedilar. Shunda "U bilan men sirli suhbat qilganim yo'q, u bilan Alloh sirli suhbatlashdi", dedilar Rosululloh (s.a.v). ("Hadis va hayot" 26-juz, 199-bet)

6. Rasululloh s.a.v. orqaga qaytish haqidagi xabarni kimga odamlarga yetkazishni buyurdilar?
a) Abu Bakr Siddiqga
b) Umar ibn Hattobga 
c) Ali ibn Abi Tolibga
d) Usmon ibn Affonga
To’g’ri javob: Umar ibn Hattobga
Izoh: Alloh taolo Rasululloh s.a.v. ga Toifni fath qilishga izn bermadi. U zot Umar ibn Hattobga r.a. ga odamlarga orqaga qaytish haqida habar berishni buyurdilar. (“Hadis va Hayot”: Nubuvvat va Risolat)
 
7. Qal’adan chiqib musulmonlar huzuriga kelgan qullar ozod etilishi amr qilingandan so’ng, nechta qul qal’adan qochib chiqdi?
a) 27 ta
b) 32 ta
c) 23 ta 
d) 17 ta
To’g’ri javob: 23 ta
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qay bir qul qal’adan tushib, bizning huzurimizga kelsa, u ozoddir», deb jar soldirdilar. Shundan so‘ng yigirma uch kishi tushib keldi. (“Sahihul Buxoriy”)
 
8. Qal’adan g’altakda osilib tushgani uchun Rasululloh s.a.v. “G’altak otasi” deb kunyalagan sahoba kim edi?
a) Abu Bakra
b) Abu Ya’lo
c) Abu Hanzala
d) Abi Sarh
To’g’ri javob: Abu Bakra
Izoh: Ular ichida Abu Bakara ham bor edi – qal’aga suv tortadigan yog‘och g‘altakka (arabchada bakara) osilib tushgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni Abu Bakara deb kunyaladilar – Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularni ozod qildilar va har birini bittadan musulmonga biriktirib, oziq-ovqatidan xabardor bo‘lib turishni topshirdilar. (“Rahiyq al-maxtum”)
 
9. Toif g’azotida shahid bo’lgan sahobalar berilgan qatorni korsating?
a) Abdulloh ibn Abu Bakr, Anas ibn Muoz.
b) Abdulloh ibn Abu Umayya, Said ibn Said.
c) Horis ibn Suroqa, Xallod ibn Qays.
d) Ziyod ibn Amr, Abdulloh ibn Suroqa.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Abu Umayya, Said ibn Said.
Izoh: Hazrati Abu Bakrning o’g’li yaralangan, Umayya Salama onamizning ukalari Abdulloh ibn Abu Umayya bilan Xolid ibn Saidning ukasi Said shahid bo’lgan edi. (“Saodat asri qissalari”)

10. Rasululloh s.a.v. ga bir sahoba: «Ey, Allohning Rasuli, Saqifga bir duoi bad qiling», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam nima dedilar?
a) «Ey, bor Xudoyo, Senga itoat qilmagan Saqifni xarob qil!»
b) «Ey, bor Xudoyo, Saqifning gunohlarini kechir, bolalarini hidoyat qil!»
c) «Ey, bor Xudoyo, Saqifning ustiga Rahmating bilan nazar sol!»
d) «Ey, bor Xudoyo, Saqifni O’zing hidoyat qilgin, ularni O’zing keltirgin!»
To’g’ri javob: «Ey, bor Xudoyo, Saqifni O’zing hidoyat qilgin, ularni O’zing keltirgin!»
Izoh: «Ey, Allohning Rasuli, Saqifga bir duoi bad qiling», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Ey, bor Xudoyo, Saqifni O’zing hidoyat qilgin, ularni O’zing keltirgin!» dedilar.
Darhaqiqat, tezda Saqif qabilasi vakillari ko‘p o‘tmay kelib musulmon bo‘lganlarini e’lon qilishdi. (“Hadis va hayot:” Nubuvvat va Risolat)

11. Toif jangida Abu Sufyon (r.a)ning bir ko’zidan kim mahrum qilgan?
a) Abu Hanzala
b) Abu Sahr
c) Abu Ya’lo
d) Abu Uqayl.
To’g’ri javob: Abu Ya’lo
Izoh: Ibn Asokir r.a.dan rivoyat qilinadi:
“Toif kuni Abu Sufyon r.a.ni Abu Ya’loning bog’ida o’tirib, taom tanovul qilayotganini ko’rdim. Bas u poylab otgan edi, ko’ziga tegdi. U nabiy s.a.v. huzurlariga kelib:
“Ey Allohning Rasuli, mana bu ko’zim Allohning yo’lida musibatga uchradi” dedi.
“Agar xohlasang duo qilaman, Alloh ko’zingni senga qaytaradi. Agar xohlasang, jannatni olasan”, dedilar.
“Jannatni”, - dedi u.” (“Hadis va hayot” 24 juz, 470 bet)

12. Rasululloh (s.a.v) Toif ahli huzuriga kimni jo'natadilar?
a) Hanzala ibn Rabiy' (r.a)
b) Zayd ibn Aslam (r.a)
c) No'mon ibn Abu Hamza (r.a)
d) Mexraz ibn Nazla (r.a)
To’g’ri javob: Hanzala ibn Rabiy' (r.a)
Izoh: Ibn Asokir Jobir (r.a) dan rivoyat qiladi:
"Toif kuni Rosululloh sollollohu alayhi vasallam Hanzala ibn Rabiy' (r.a) ni Toif ahli huzuriga yubordilar. Ular uni aldab qo'rg'onlariga kiritishga harakat qildilar. Shunda rosululloh sollollohu alayhi vasallam : "Kim anavilarga bas kelsa unga mana shu jangimizning ajricha ajr berilur", dedilar.
Abbos ibn Abdulmuttolibdan boshqa hech kim tura olmadi…" ("Hadis va hayot" 23-juz, 212-bet.)

13. Rasululloh (s.a.v.) Toifga kelganlarining 4-kuni o’z qavmi bilan Islom lashkari safiga qo’shilgan kim edi?
a) Abdurrahmon ibn Abi Uqayl
b) Suroqa ibn Navfal
c) Tufayl ibn Amr
d) Abu Hurayra 
To’g’ri javob: Tufayl ibn Amr
Izoh: Rasululloh (s.a.v) Toifga yetib kelganlariga 4 kun bo’lganda Tufayl ibn Amr ad-Davsiy o’z qavmi bilan jami 400 kishi Islom lashkari safiga kelib qo’shildi. O’zlari bilan dabboba va manjaniq qurol asboblarini olib kelishdi. (“Sayyidimiz Muhammad s.a.v.”)

14. Rasululloh (s.a.v.) Hunayn g’azoti o’ljasini taqsimlashda yangi musulmon bo’lgan yoki hali mushrik holida qolgan makkaliklarga qalblarida islomga muhabbat uyg’otish uchun (muallafatul qulub) ko’p o’ljalar, ulushlar ajratdilar. Ular bu ulushlarni qaysi xalifa davriga qadar olishda davom etdilar?
a) Umar (r.a.)
b) Usmon (r.a.)
c) Ali (r.a.)
d) Abu Bakr (r.a.)
To’g’ri javob: Abu Bakr (r.a.)
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) Hunayn g’azoti o’ljasini taqsimlashda yangi musulmon bo’lgan yoki hali mushrik holida qolgan makkaliklarga qalblarida islomga muhabbat uyg’otish uchun (muallafatul qulub) ko’p o’ljalar, ulushlar ajratdilar. Ular to Abu Bakr xalifalik davrigacha o’z ulushlarini olib turdilar. Abu Bakr davrida dindan qaytganlarga qarshi urushlar oxiriga yetib, Islom jamoasi saqlanib qolganidan keyin ham Hunaynda belgilangan maoshini olish uchun kelganlar Umar (r.a.) tomonidan rad etildi. Xalifa Abu Bakr ham e’tiroz bildirmadi. (“Saodat asri qissalari”). 

15. “Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan yaxshiroq” deb Rasululloh s.a.v. kimga aytdilar?
a) Abu Sufyonga
b) Hakim ibn Hizomga
c) Safvon ibn Ummayyaga
d) Hosris ibn Horisga
To’g’ri javob: Hakim ibn Hizomga
Izoh: Hakim bunga ham qanoat qilmay yana shuncha so‘radi, rasululloh hech ikkilanmay uning talabini qondirganlaridan keyingina: "Ey Hakim, mol-mulk degan ko‘zga chiroyli ko‘rinadigan, shirin narsa. Ko‘zi to‘qlik bilan olsab barakasi bo‘ladi, ochko‘zlik bilan olsa, barakasi bo‘lmaydi. Mol-mulkka o‘ch odam yeb to‘ymas ochopatga o‘xshaydi. Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan yaxshiroq", dedilar. (“Nurul yaqin”)
 
16. Payg‘ambar alayhis-salom qolgan o’ljalarni yig’ib, hisobini olishni kimga topshirdilar?
a) Zayd ibn Sobitga 
b) Ali ibn Abi Tolibga
c) Sa’d ibn Zubayrga
d) Jobir ibn Abdullohga
To’g’ri javob: Zayd ibn Sobitga
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom qolgan o’ljalarni hisobini olib, g‘oziylarga bo‘lib berishni Zayd ibn Sobitga topshirdilar. Biroq a’robiylar ungacha sabr qilmay ulushimizni ber deb, Rasulullohni o’rtaga olib bir daraxt tagiga surib kelishdi. (“Nurul yaqin”)
 
17. Rasululloh s.a.v. Abu Sufyon va uning oilasiga jami qancha o’lja ajratdilar?
a) 40 uqiya kumush, 100 ta tuya. 
b) 80 uqiya kumush, 200 ta tuya.
c) 120 uqiya kumush, 300 ta tuya.
d) 160 uqiya kumush, 400 ta tuya.
To’g’ri javob: 120 uqiya kumush, 300 ta tuya.
Izoh: Abu Sufyon ibn Harbga qirq uvqiya kumush va yuzta tuya berdilar. «O’g‘lim Yazidga ham», degan edi, yana shuncha berdilar. «O’g‘lim Muoviyaga ham», degan edi, yana shuncha berdilar. (“Rahiyq al-maxtum”)

18. Havozin elchilari bilan musulmon bo’lishga kelganlar orasida Rasululloh s.a.vning emikdosh amakilari ham bor edi. U kishining ismi nima edi?
a) Zuhayr ibn Surod
b) Hajl ibn Mug’iyra
c) Abu Burqon
d) Baraka ibn Sa’d
To’g’ri javob: Abu Burqon
Izoh: O’ljalar taqsimlab bo‘linganidan so‘ng Havozindan elchilar kelishdi. Ular o‘n to‘rt kishi bo‘lib, boshliqlari Zuhayr ibn Surod degan kishi edi. Ular ichida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning emikdosh amakilari Abu Burqon ham bor edi. (“Rahiyq al-maxtum”)

19. Qamalda Rasululloh (s.a.v.)ga qarshi turgan Toif ahli ko’p o’tmay hammadan avval hay’at jo’natib Rasululloh (s.a.v.)ga itoat etgan edi. Rasululloh (s.a.v.) toifliklarga kimni muallim sifatida jo’natdilar?
a) Sa’d ibn Abi Vaqqos
b) Muoz ibn Jabal
c) Usmon ibn Abul Os
d) Suhayl ibn Bayzo
To’g’ri javob: Usmon ibn Abul Os
Izoh: Rasululloh (s.a.v.)ga qarshi turgan Toif ahli ko’p o’tmay hammadan ilgari Rasululloh (s.a.v.)ga hay’at jo’natib u zotga itoat etishlarini bildirdilar. Rasululloh (s.a.v.) bu voqeadan juda quvondilar. Toif hay’ati yurtlariga qaytayotganida Rasululloh (s.a.v.) toifliklarga musulmonlikni va Qur’oni Karimni o’rgatish uchun eng yosh musulmonlardan Usmon ibn Abul Osni berdilar va unga shularni tanbeh etdilar: 
“Namozlarni cho’zma! Insonlarning eng zaiflarini mezon tut! Jamoat orasida katta, kichik, zaif va ish odami bo’lishini unutma!”. (“Hazrati Payg’ambarimiz va Islom dini”).

20. Toif g’azoti uchun xos xususiyat nima?
a) Bu g’azot Rasululloh s.a.v. qatnashgan so’nggi g’azot bo’ldi.
b) Bu g’azotda birinchi marta manjaniq ishlatildi.
c) Bu g’azotda Rasululloh s.a.v. hayotlik paytlaridagi eng ko’p musulmon qatnashgan g’azot bo’ldi.
d) Bu g’azotda shu paytgacha eng ko’p o’lja tushdi.
To’g’ri javob: Bu g’azotda birinchi marta manjaniq ishlatildi.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu urushda birinchi marta manjaniq ishlatdilar. (“Hadis va hayot:” Nubuvvat va Risolat)


2004-2018 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.