background
logotype
image1 image2 image3

3-bosqich. 8-tur: Haybar g’azoti

III BOSQICH
8-tur: Haybar g’azoti 
Javoblar va izohlar


1. Haybar g’azoti uchun to’plangan qo’shin qachon Madinadan chiqdi?
a) Hijriy 7-yilning oxiri, zulqada oyining o’rtasida
b) Hijriy 7-yilning boshi, muharram oyi oxirida
c) Hijriy 7-yilning, muharram oyi boshida
To’g’ri javob: Hijriy 7-yilning boshi, muharram oyi oxirida
Izoh: Ikki yuz nafari otliq, jami 1600 kishidan iborat qo’shin hijriy 7-yilning boshida muharram oyining ohirlarida Madinadan chiqdi. (“Saodat asri qissalari”, III- kitob, 331 bet).
Rasululloh sollalohu alayhi vassalam 7-hijriy sananing, muharram oyi ohirlarida Haybarni fath qilishga qaror qildilar (“Nubuvvat va risolat” 367 bet)

2. Rasululloh sollalohu alayhi vassalam Haybar g’azotiga faqat bir voqea qatnashchilariga ishtirok etish uchun ruxsat qildilar, qolganlarga ruxsat bermadilar. Ular kimlar edi?
a) Hudaybiya ishtirokchilari
b) Uxud g’azoti ishtirokchilari
c) Bani Qurayza g’azoti ishtirokchilari
To’g’ri javob: Hudaybiya ishtirokchilari
Izoh: Rasululloh sollalohu alayhi vassalam g’azotga faqat Hudaybiya ishtirokchilari chiqishini qattiq ta’kidladilar. Hudaybiyaga chiqmay qolganlarga izn bermadilar. (Nubuvvat va risolat, 367 bet.)

3. Sahobiya ayollardan nechtasi bu jangda qatnashish maqsadida qo’shin bilan birga yo’lga chiqdi?
a) 20 taga yaqin
b) 25 tadan ziyod
c) 15 taga yaqin
To’g’ri javob: 20 taga yaqin
Izoh: Har xil hizmatlarni ado qtish umidida 20 ga yaqin ayol ham ko’ngilli o’laroq bu qo’shinga kirdi. (“Saodat asri qissalari” III- kitob, 331 bet)
Bemorlarni davolash, yaradorlarga qarash, taom tayyorlash uchun sahobiya ayollardan ham 20 kishi chiqdi. (Nubuvvat va risolat, 368 bet)

4. Musulmonlar Haybar g’azotiga ketishganida, Madinada voliy qilib kim qoldirildi?
a) Amir ibn Akvo (r.a)
b) Amr ibn Avf (r.a)
c) Siba’ ibn Urfuta (r.a)
To’g’ri javob: Siba’ ibn Urfuta (r.a)
Izoh: Ikki yuz nafari otliq, jami 1600 kishidan iborat qo’shin hijriy 7-yilning boshida muharram oyining ohirlarida Madinadan chiqdi. Siba’ ibn Urfuta (r.a) Madina voliyi qilib qoldirildi. (“Saodat asri qissalari”, III- kitob, 331 bet).

5. Qo’shinga yo’lboshlovchi qilib kim yollandi?
a) Xusayl ismli mushrik yigit
b) Abdulloh ibn Urayqit
c) Haybar g’azotidagi qo’shinga qo’shilgan, Alloh va Rasululloh sollaohu alayhi vassallamga iymon keltirgan arobiy.
To’g’ri javob: Xusayl ismli mushrik yigit
Izoh: Ikki yuz nafari otliq, jami 1600 kishidan iborat qo’shin hijriy 7-yilning boshida muharram oyining ohirlarida Madinadan chiqdi. Siba’ ibn Urfuta (r.a) Madina voliyi qilib qoldirildi. O’sha kunlari Madinaga tijorat maqsadida kelgan Xusayl ismli bir mushrik yo’lboshlovchi etib yollandi. (“Saodat asri qissalari”, III- kitob, 331 bet).

6. Rasululloh sollallohu alayhi vassallam g’atafonliklarning yahudiylarga yordamga kelish yo’lini to’sish maqsadida, qo’shinni qayerga joylashtirdilar?
a) Haybarning No’im qo’rg’oni yaqiniga
b) Madina bilan G’atafon orasida joylashgan Rojiy’ degan joyga
c) Madina bilan Haybar orasidagi Zu Tovo vodiysiga
To’g’ri javob: Madina bilan G’atafon orasida joylashgan Rojiy’ degan joyga
Izoh: Rasululloh sollaohu alayhi vassallam lashkarlarni Madina bilan G’afaton orasida joylashgan Rojiy’ nomli yerga tushurdilar. Ana shunda g’afatonliklarning yahudiylarga yordamga kelish yo’li to’sildi. (Nubuvvat va risolat, 368 bet)

7. Haybar bir necha qo’rg’onlardan iborat edi. Jangda ilk fath qilingan qo’rg’on qaysi?
a) Votih qo’rg’oni
b) Qamus qo’rg’oni 
c) No’im qo’rg’oni 
To’g’ri javob: No’im qo’rg’oni
Izoh: Haybar bir necha qo’rg’onlardan iborat edi. Rasululloh sollaohu alayhi vassallam birin-ketin o’sha qo’rg’onlarni zabt eta boshladilar. Birinchi bo’lib “No’im” nomli qo’rg’on fath qilindi. (Nubuvvat va risolat, 368-369 betlar).

8. Haybar g’azotida shahid bo’lgan va Fahri koinot Rasululloh sollallohu alayhi vassallam o’z qo’llari bilan ikkisini bir qabrga qo’ygan sahobiylar kim?
a) Mahmud ibn Maslama, Amir ibn Akvo.
b) Amir ibn Akvo, Zubayr ibn Avvom
c) Zubayr ibn Avvom, Mahmud ibn Maslama
To’g’ri javob: Mahmud ibn Maslama, Amir ibn Akvo.
Izoh: Ko’p o’tmay Mahmud ham, Amir ham Janobi Haqning rahmatiga qovushdi. Fahri koinot sollaohu alayhi vassallam ikkisini bir go’rga ko’mdilar. (“Saodat asri qissalari” III-kitob, 337-338 betlar.)

9. G’azot vaqtida musulmonlar ochlikdan qiynalishdi. Bir hayvon go’shtidan taom tayyorlandi. Lekin taom pishmasidan Alloh va uning rasuli sollaohu alayhi vassallam tomonidan bu hayvon go’shtini musulmonlar uchun man qilindi. Bu qaysi hayvon go’shti edi?
a) Tuya
b) Ot
c) Xonaki eshak
To’g’ri javob: Xonaki eshak
Izoh: Bu orada ochlikni ketkazish uchun bir taom hozirlanayotgan, xonaki eshaklar o’yilib, qozonlarga solingan edi. Atrofni pishayotgan go’sht isi tutib ketdi. Rasululloh sollaohu alayhi vassallam:
- Nima bu? – deb so’radilar.
- Go’sht pishirilyapti, yo Nabiyalloh.
- Nimaning go’shti?
- Xonaki eshaklar so’yildi.
Sal o’tib qo’shin uzra bir nido yangradi:
- Bilib qo’yinglarki, Alloh taolo va payg’ambari sizlarga xonaki eshaklarning go’shtini man qiladi, to’kib tashlanglar!
Pishib turgan go’shtdan bir luqma ham yemay, to’kib tashlashdi. Ochlik davom etsa etsin. Allohning va payg’ambarining amri oyoqosti bo’lmasin. (“Saodat asri qissalari” III- kitob, 338-339 bet)
Anas ibn Molik r.a. rivoyat qiladilar: “Biz Haybarda tongni qarshiladik. Haybar ahli ekinzorlariga chiqib, Payg’ambar alayhissalomni ko’rishlari bilanoq: “Ana Muhammad, ana Muhammad, ana lashkar!”- deya sarosimaga tushdi. Janob Rasululloh: “Allohu Akbar! Haybar xarob bo’ldi, biz biror qavmni yeriga kelib tushsak, dahshatga tushib bir-birini ogohlantiruvchilarning tonggi omadsiz bo’lur!”- dedilar. Keyin biz eshak go’shtini pishirayotgan edik, ul zotning jarchilari: “Alloh taolo va Uning rasuli eshak go’shtini harom qilgandur, chunki u iflosdir! – dedi”. (Buxoriy, Al-jomi’ As-Sahih asari, III-kitob, 77 bet va 81 betlardagi hadislar)

10. Haybar g’azotida “Haybar fotihi” nomini qozongan sahobiy kim?
a) Hazrati Ali (r.a.)
b) Umar (r.a.)
c) Amir ibn Akvo (r.a.)
To’g’ri javob: Hazrati Ali (r.a.)
Izoh: Natat qal’asi qo’lga kiritildi. Bu yerga kelganlarning yettinchi kuni Hazrati Ali “Haybar fotihi” nomini qozondi. (“saodat asri qissalai” III-kitob, 341 bet)

11. Haybar g’azotidida oxirgi fath qilinga ikki qal’a nomoni ko’rsating.
a) Natat va Qamus qal’alari
b) Votih va Sulalim qal’alari
c) Natat va No’im qal’alari.
To’g’ri javob: Votih va Sulalim qal’alari
Izoh: Endi yahudiylarning tayanchi qolmadi. Qal’alarning ketma-ket bo’shatib chiqisharkan, oxirgi qal’alari bo’lmish Votih bilan Sulalimda ham saqlana olmasliklariga ko’zlari yetib, elchi yuborishdi. (“Saodat asri qissalari” III-kitob, 344 bet)
 
12. Haybar g’azotidan keyin, Rasululloh sollaohu alayhi vassallamga go’sht pishirib olib kelgan va go’shtni zaharlab qo’ygan ayol kim edi?
a) yahudiy Kinonaning xotini Safiyya
b) jangda halok bo’lgan yahudiy Marhabning ayoli Zaynab
c) Yahudiy Salom ibn Mishkamning xotini Zaynab binti Horis
To’g’ri javob: Yahudiy Salom ibn Mishkamning xotini Zaynab binti Horis
Izoh: Urush tugab, odamlar sal tinchigandan keyin yahudiylardan Salom ibn Mishkamning xotini Zaynab binti Horis Rasululloh sollaohu alayhi vassallamga qovurilgan go’shtni zaharlangan holda hadya qildi. (Nubuvvat va risolat, 373 bet)

13. Yahudiy ayol olib kelgan zaharlangan go’shtdan yeb, o’lgan sahobiy kim?
a) Bishr ibn Baro ibn Ma’rur
b) Amir ibn Akvo
c) Muhammad ibn Maslama
To’g’ri javob: Bishr ibn Baro ibn Ma’rur
Izoh: Rasululloh sollaohu alayhi vassallam bilan birga Bishr ibn Baro ibn Ma’rur roziyallohu anhu ham o’tirgan edi. U o’sha zaharlanish ta’siridan vafot etdi (Nubuvvat va risolat, 373 bet)

14. Asir tushganlar orasida yahudlar boshlig’ining qizi bo’lmish Sofiyya binti Hayy ibn Axtobni Rasululloh sollaohu alayhi vassallamdan oldin o’ziga so’ragan sahobiy kim?
a) Dihyatul Kalbiy (r.a.)
b) Abu Ayyib (r.a.)
c) Zibayr ibn Avvom (r.a.) 
To’g’ri javob: Dihyatul Kalbiy (r.a.)
Izoh: Sahobiylardan Dihya (r.a.) Janobi Rasululloh sollaohu alayhi vassallam huzurlariga borib, asir xotinlardan bittasini o’ziga so’radi. Hohlaganini olishga ruhsat berdilar. Ruhsat tekkach Dihya xotinlarning yoniga keldi, Sofiyya binti Hayy ibn Axtobi atnlab oldi. (“Saodat asri ” III-kitob, 346 bet)

15. G’azotga chiqqan sahobiya ayollardan kim Sofiyya binti Hayyni kelinlikka tayyorladi?
a) Nasiba
b) Ummu Sulaym
c) Ummu Salama 
To’g’ri javob: Ummu Sulaym
Izoh: Janobimiz Ummu Sulaymni chaqirib, Safiyyani kelinlikka hozirlashni topshirdilar. Ummu Sulaym uni kiyintirib, bezantirdi. Sochlarini taradi, xushbo’ylar surtdi. (Saodat asi, III-kitob, 348 bet)

16. Safiyya r.a. ga Rasululloh sollalohu alayhi vassallam nimani mahr qilib berganlar?
a) ozodlikni
b) 400 dirhamni
c) g’azotdan yig’ilgan o’ljalarni
To’g’ri javob: ozodlikni
Izoh: Abdulaziz ibn Suhayb bunday deydilar: “Payg’ambar alayhissalom Safiyyani asir olib, keyin uni ozod qilgach, nikohlariga oldilar. Sobit Anasdan: “Janob Rasululloh Safiyyaga qanday mahr berganlar?” – deb so’raganda, u kishi: “Janob Rasululloh unga ozodlikni mahr qilib berganlar”, - deb javob berdi. (Buxoriy, Al-jomi’ As-Sahih asari, III-kitob, 78 bet)

17. Madinaga kirgach, Habibi akram s.a.v. Hazrati Safiyyani qaysi sahobiyning uylarining biriga joylashtirdilar?
a) Siba’ ibn Urfuta (r.a.)
b) Horisa ibn No’mon (r.a.)
c) Abu Talha (r.a.)
To’g’ri javob: Horisa ibn No’mon (r.a.)
Izoh: Shaharga kirgach, Habibi akram s.a.v. Hazrati Safiyyani Horisa ibn No’monning uylaridan biriga joylashtirdilar. (“Saodat asri qissalari” III-kitob 354 bet)

18. Haybar g’azotidan keyin Rasululloh sollalohu alayhi vassalam yahudiylarga dehqonchilik va bog’dorchilik qilishlari uchun va hosilni teng yarmini olish sharti ila o’z yerlarida qolishga izn berdilar. Hosil to’planganda Rasululloh sollalohu alayhi vassalam qaysi sahobiyni taqsimlash uchun yuborar edilar?
a) Horisa ibn No’mon (r.a.)
b) Abu Muso al-Ash’ariy (r.a.)
c) Abdulloh ibn Ravoha (r.a.)
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ravoha (r.a.)
Izoh: Har yili Rasululloh sollalohu alayhi vassalam hosil to’planganda ularga Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhuni yuborar edilar. U kishi borib hosilni teng ikkiga bo’lar va yahudiylarga, xohlagan tomoningizni olinglar, der edi. Yahudiylar bundoq adolatdan qoyil qolishib, osmonu yerlarni qoim qilgan narsa ham shu o’zi, der edilar. (Nubuvvat va risolat, 372-373 betlar).

19. Rasululloh s.a.v. Ali r.a.ga bergan tug’larida nima yozilgan edi?
a) Kalimai tayyiba
b) Kalimai shahodat
c) Takbir: Allohu akbar
To’g’ri javob: Kalimai tayyiba
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kalimai tayyiba» yozilgan oq tug‘ni Hazrati Aliga tutqazib turib:
— Yo Ali, olg‘a qarab intil, Alloh senga yor bo‘lg‘ay, hech yoqqa boqmagil, bu qal’alar qopqasi sening qo‘lingdan ochilgay, — dedilar. (“Tarixi Muhammadiya”, 327-bet)

20. Yahud bahodiri Yusha’ga musulmonlardan kim talabgor bo’ldi?
a) Ammor ibn Aqaba r.a.
b) Xubob r.a.
c) Abu Dujona r.a.
To’g’ri javob: Xubob r.a.
Izoh: Hazrati Ali qo‘lida birinchi fath bo‘lmish No’im qal’asidan qochgan yahudlar ersa, ikkinchi Sa’b qal’asiga qamalgan edilar. Qal’ani qamal qilishgandan so‘ngra o‘shal asrning odaticha urush muboraza bilan boshlandi. Shundoqki, yahudlar tarafidin ularning ishongan bahodirlari Yusha’ degan jangchi chiqib, musulmonlarga qarata: «Menga talabgor chiqsun», deb o‘rtaga tushdi. Unga Hazrati Xubob chiqib, birinchi to‘qnashgandayoq bir zarba bilan uni o‘ldirdi. (“Tarixi Muhammadiya”, 329-bet)


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.