background
logotype
image1 image2 image3

Omir ibn Fuhayra

Omir ibn Fuhayra (عامر بن فهيرة) Abu Bakr roziyallohu anhuning qullaridan biri bo‘lib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Arqam ibn Abul Arqam hovlisiga kirishlardan oldin Abu Bakr bu kishini sotib olib, ozod qilgan. Hijratdan 36 yil avval Makkada tug‘ilib, 4 hijriy yili Madinada vafot etgan.

Abu Fuhayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr roziyallohu anhularning Makkadan Madina shahriga hijratlarini Qurayshga sezdirmaslik va izlarini yo‘qotish maqsadida ularning izidan qo‘y va echki podalarini haydab borgan.

Banu Quraa qabilasiga Qur’ondan dars berish uchun yuborilgan 70 ta qorilardan biri edi. Banu Quraaning hiyonati bois u va uning qolgan hamrohlari xoinlarcha o‘ldiriladi. U Badr, Uhud voqealari ishtirokchisi, hijratning to‘rtinchi yili “Bi’ru ma’ina” kuni, qirq yoshda vafot etgan.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.