Hudayr
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha askarni bir topshiriq bilan jo‘natdilar. Ular ichida Hudayr ismli sahoba ham bor edi. O‘shanda ocharchilik bo‘lib, odamlarda ovqat kamayib ketgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam askarlarning barchasini ovqat bilan ta’minladilar-u, lekin Hudayrga ovqat berishni unutib quydilar. Ammo Hudayr sabr qilgan holida otlar ortidan: «La ilaha illallohu vallohu akbar, valhamdu lillahi va subhanallohi va la havla va la quvvata illa billah… Ey Robbim, mana shu menga eng yaxshi yo‘l ozig‘idir», deb safarga chiqaverdi.
Shu payt Hazrati Jabroil Payg‘ambarimiz alayhissalom huzurlariga kelib: «Robbim meni huzuringizga yuborib, Hudayrga yo‘l ozig‘i berishni unutganingizni va u aytayotgan kalimalar qiyomat kuni yer bilan osmon oralig‘ida qay darajada nur bo‘lishini hamda unga yo‘l ozig‘i jo‘natishingiz xabarini berishni buyurdi», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan bir kishini chaqirib, unga Hudayrning yo‘l ozig‘ini berdilar-da: «Agar uning oldiga yetib borsang, u nima deyotganini yodlab ol, yo‘l oziq-ovqatini topshirayotganingda ham nima deyotganini yodlab ol, Rasululloh senga salom aytdilar, degin hamda unga ovqat berishni unutganimni va Alloh Jabroil alayhissalomni yuborib, uni eslatganini, qiyomatdagi nurning qanday bo‘lishi xabarini berganini aytgin», dedilar.
Yuborilgan kishi Hudayrning oldiga kelganida Hudayr boyagi so‘zlarni aytib ketayotgan edi. Keyin unga yaqin kelib: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam senga salom aytdilar va meni senga yo‘l ozig‘i bilan yubordilar, chunki avval berishni unutgan ekanlar. Alloh Jabroil alayhissalomni osmondan yuborib, buni eslattiribdi», dedi. Shunda Hudayr Allohga hamdu sano va Rasulullohga salavot aytdi-da, so‘ngra: «Olamlar Rabbi Allohga hamd bulsin. Robbim yetti osmon tepasidan, Arshining yuqorisidan turib ochligim va zaifligimga rahm qilibdi. Ey Robbim, Sen Hudayrni unutmaganingdek, Hudayrni ham O‘zingni unutmaydigan qilgin», dedi. Yuborilgan kishi Hudayr aytgan so‘zlarni yodlab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xabar bergan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : «Agar boshingni osmonga ko‘targaningda u aytgan so‘zlar yer bilan osmon oralig‘ida nur kabi taralib turganini ko‘rar eding», deb marhamat qildilar.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.