Rasulullohning tug'ilishlari
ABDULLOHNING OMINAGA UYLANISHI
Abdulloh Abdulmuttalibning eng suyukli bolasi edi. U o'n sakkiz yoshga kirganda otasi unga Vahobning qizi Ominani olib berdi. Vahob Abdumonofning o'g'li, Abdumonof Zuhraning o'gli, Zuhra esa Kilobning o'g'li edi. Omina quraysh ayollari orasida nasl-nasab jihatdan eng zoti poklardan hisoblanardi. U Abdullohga turmushga chiqqach, payg'ambar alayhis salomga homilador bo'ldi. Gumona endigina ikki oyga to'lganda Abdulloh vafot etdi va Adiy ibn Najjor avlodidan bo'lmish tog'alari uni Madinaga dafn etdilar. Abdulloh Shom (Suriya)ga savdo-sotiq bilan borib kelayotganida Madina shahrida qazo qildi. Ominaning oy kuni yetib, go'zal axloq, ilm-ma'rifat va pokiza e'tiqod bilan olamni munavvar etguvchi chaqaloq tug'ildi. Misrlik munajjim Mahmud Posho Muhammad alayhis-salom rabiul avval (hijriyning uchinchi oyi)ning to'qqizinchi kuni dushanba ertalab tug'ilganlarini, bu quvonchli hodisa melodiy 571 yil to'rtinchi oyning 21 kuniga, ya'ni fil* voqeasining birinchi yiliga to'g'ri kelishini aniqlagan.
Payg'ambar alayhis-salom Bani Hoshim ko'chasidagi Abutolib xonadonida dunyoga keldilar, Abdurahmon ibn Avfning onasi Shaffo doyalik hildi. Bu xushxabarni eshitgan payg'ambar alayhis-salomning buvalari chaqaloqqa Muhammad deya ism qo'ydi. Ilgari arablarda bunday ot qo'yish rasm bo'lmagan edi. Avvalgi payg'ambarlarga nozil qilingan Tavrot,* Injil* kabi ilohiy kitoblarda bu ism zikr etilgan, Olloh o'sha kitoblar zikr qilingan narsani amalga oshirishni iroda qilib, rasulullohning otini buvalarining ko'ngliga solgan. Payg'ambar alayhis-salomning enagasi Abdullohning cho'risi habash Ummu Ayman Baraka, ilk daf'a emizgan ayol esa amakilari Abdulahabning cho'risi Suvayba edi.
*Fil voqeasi - Makkada yuz bergan mashhur voqea. Arablar bu voqeani tarix boshi qilib olishgan. Qur'onning "Fil" surasida ham bu voqea zikr etiladi. Unda aytilishicha, Yamanga hukmronlik qilgan habash podsholaridan biri Makkaga hujum qilib, Ka'bani buzmoqchi bo'ladi. U bahaybat bir filni olib keladi. Olloh taolo tumshug'ida tosh tishlagan qushlarni yuborib, g'animlarni yer bilan yakson qildi va Ka'bani saqlab qoldi.
*Tavrot - yahudiylarning muqaddas kitobi.
*Injil - Nasroniylarning muqaddas kitobi.
EMIZISH
Bola sog'lom va ziyrak bo'lib o'sishi uchun arablarda sahroyi ayollardan sut ona topib emizish odati bor edi. Ular shaharda o'sgan bola bo'shang, anqovroq bo'ladi, deb hisoblashardi. Kunlarning birida Sa'd ibn Bakri qabilasidan bir guruh ayol emizadigan bola izlab shaharga keladi. Muhammad alayhis-salomga sut ona bo'lish Abu Fuaybning qizi Halimaga nasib etdi. Halimaning eri chorvador Abukabsha edi. Quraysh xalqi payg'ambar alayhis-salomni masxaralab kulganda u kishini Abukabshaga mansub qilib, bu Abukabshaning o'g'li nuqul osmondan gapiradi, deyishardi. Rasulullohni to'rt yildan ortiq vaqt ichida emizgan Halimaning oilasiga baraka yog'ilib turdi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Ro‘za kitobi
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Tahorat kitobi
- Salovotlar. Istig'for duolari
- 6 diniy kalima
- G‘usl, tayammum
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Eng yomon sakkiz toifa
- Besh panjaning ma’nosi
- Namoz haqida oyat va hadislar
- Ramazon taqvimi (2018 yil / 1439 hijriy)
So'nggi maqolalar
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
- Rufay ibn Mihron
- Muhammad ibn Hanafiy
- Zaynab binti Jahsh
- Juvayriyya binti Horis
- Zaynab binti Xuzayma
- Savda binti Zam’a
- Alloh uchun “Alloh” desaydim...
- “Oxiri ketish boʻlgan dunyo uchun mahzun boʻlma!”
- Dunyo hojatlarini uning egasidan soʻrashga hayo qilaman
- Qozonning tagini yalama!
- Baʼzilar 25 yoshda oʻlib, 75 yoshda dafn qilinadilar
2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.