Azonning paydo bo’lishi
Musulmonlar yaratganning ulug'ligini eslab, buyruqlarini ado etib, qaytargan ishlaridan o'zlarini tiyishlari uchun namoz farz qilindi. Ankabut surasining 45-oyatida bejiz: "Namoz gunohdan, yomon ishlardan qaytaradi", deyilmagan. Musulmonlar o'rtasida do'stlik aloqalari mustahkamlanishi, dunyoviy va uxroviy ishlar haqida maslahatlashib turishlari uchun jamoat namozlari eng afzal namoz hisoblanadi. Namoz vaqti bo'lganda g'ofillarni uyg'otadigan, beparvolarni hushyor torttiradigan, odamlarni yig'ilishga undaydigan biron vosita kerak edi. Ba'zilar odamlar ko'rib kelishlari uchun namoz vaqtida bayroq ko'taraylik, deyishdi, lekin bunday usul uyqudagilarni uyg'otolmasligi, g'ofillarni sergak torttirolmasligi uchun bu fikrga qo'shilishmadi. Ayrimlarning baland tepalik ustida gulxan yoqish fikrini rasululloh yahudiylarga taqlid deb rad etdilar. Nasroniylar singari zang chalib ibodatga chorlash fikri ham ko'pchilikka o'tirishmadi. Alaloqibat azon aytib, namozga chorlash usuli ma'qul topildi.
Shu kunlarda Abdulloh ibn Zayid Ansoriyning tushida bir kishi: "Namozga chaqiruvchi azonni senga o'rgatib qo'yaymi?" deb so'radi. Abdulloh bajonu dil rozi bo'ldi. Notanish kishi: "Ikki marta Allohu Akbar (Olloh hammadan ulug'dir), ikki marta Ashhadu al-la ilaha illalloh (Bir Ollohdan boshqa hech qanday iloh yo'qligiga guvohlik beraman), ikki marta Ashhadu anna Muhammadan rasululloh (Muhammad Allohning elchisi ekaniga guvohlik beraman), ikki marta Hayya alas-solah (Tezroq namozga kelinglar), ikki marta Hayya alal-falah (Najot topishga shoshilinglar), ikki marta Allohu Akbarni aytib, bir marta La ilaha illalloh deyiladi, deb o'rgatdi. Abdulloh ko'rgan tushini rasulullohga aytgan edi, u kishi: "Juda yaxshi tush ko'ribsan. Bu narsani Bilolga o'rgat, uning ovozi senikidan jarangliroq. Azonni u aytgani yaxshi", dedilar. Xuddi shunday tushni Umar ham ko'rgan ekan.
Payg'ambar alayhis-salomning muazzinlaridan biri Bilol, ikkinchisi Abdulloh ibn Ummu Maktum edi. Hazrati Bilol bomdod namozining azonida "Hayyal alal falah" dan keyin ikki marta "Assolatu xoyrun min an-navm" (Namoz uyqudan yaxshiroq) degan gapni qo'shib aytdi. Rasululloh bu gapni ma'qullab e'tirof etdilar. Sarvari olam ramazon oyining sahar paytlari ikki marta Azon aytishni buyurganlar. Birinchisi, saharlikka uxlab qolganlarni uyg'otish uchun, ikkinchisi bomdod namoziga chaqirish uchun aytilardi. Rasululloh, Abu Bakr hamda Umar xalifa bo'lgan davrlarda Jum'a namozida imom minbarga chiqqanda birinchi azon aytilardi. Usmonning davriga kelib odam behad ko'payib ketgach, Zavroda azon ikkinchi marta qo'shilganini imom Buxoriy rivoyat qiladi. Hishom ibn Abdumalik taxtga chiqqanda Usmon Zavroda qo'shgan azonni minorada, keyinchalik masjidning ichida, xatib minbarga ko'tarilganda aytiladigan qildi. Masjidda xatibning oldida aytilgan azon Hishom ibn Abdumalik paydo qilgan bid'atdir. Azondan maqsad namozga chorlash, masjid ichidagi kishilarni ibodatga chaqirishning hojati yo'q. Qolaversa, ichkarida aytilgan azonni tashqaridagilar eshitmaydi. Shayx Muhammad ibn Hoj "Madhal" nomli kitobida bu xususida bahs yuritadi.
Hofiz "Fathul Boriy" nomli asarida yozilishicha, Jum'a namozidan avval ba'zi joylarda duo-durud o'qiladi, ba'zi joylarda yo'q. Bu masalada salaf solihlarga - Islomning avvalidagi ulamolarga ergashish kerak, deydi. Tarixdan ma'lumki, muazzin minorada azon aytayotgan paytda rasululloh minbarda o'tirganlar, xutbani o'qigach, namozni boshlaganlar. Bundan boshqa xatti-harakat keyin paydo qilingan bad'atdir.
Iqomat aytish masjid ichida namozga da'vatdir. Iqomatning iboralari har xil bo'lgani uchun mazhab imomlari o'rtasida ixtilof bor. Muhammad ibn Idris Shofeiy* mazhabida "Qod qomati salot" (Namoz hozir bo'ldi) iborasi takror, holganlari bir martadan aytiladi. Imom Molik ibn Anas* mazhabida hammasi bir martadan, Abu Hanifa Nu'mon* mazhabida esa hammasi ikki martadan aytiladi.
*Imom Muhammad ibn Idris Shofeiy islomda arbaa deyiladigan to'rt mazhabdan uchinchisinshi asoschisidir. Shofeiy mazhabi Misr, Iroq, Suriya, Hijoz, Yaman, qisman Afina, Hindiston, Xurosonga tarqalgan.
*Imom Molik ibi Anas Molikiy mazhabining asoschisi. Bu mazhab Madina, Hijoz, Basra, Misr, Marokash, Sudan, Nishopur, Yamanda tarqalgan.
*Abu Hanifa Nu'mon kufalik bo'lib, imom Azam nomi bilan mashhur. U kiish to'rt mazhabdan birinchisi - hanafiya mazhaoining asoschisi. Imom A'zam hijriy 80 (melodiy 699) yili tug'ilib, hijratning 150-yili Bag'dodda vafot etgan. Hanafiya mazhabi boshqalarga qaraganda keng tarqalgan. Iroq, Misr, Turkiya, Pokiston, Hindiston, O'rta Osiyo, Xitoydagi musulmonlar shu mazhabdanyoir.
To'rtinchisi Hanbaliy mazhabi bo'lib, asoschisi imom Ahmad ibi Hanbaldir. U hijriyning 164 (melodiy 780) yili Bag'dodda tug'ilib, 241 (melodiy 855) yili vafot etgan. Hnibaliy mazhabi asosan Iroq, Suriya, Misrga keng yoyilgan.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.