background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 7-kun

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 7-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 
 
Qur’oniy duolar
 
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin endi dillarimizni haq yo‘ldan og‘dirma va bizga O’z huzuringdan rahmat ato et! Albatta Sengina barcha yaxshiliklarni ato etguvchisan! (Oli-Imron surasi, 8-oyat) 
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
 
Yettinchi hadis. 
Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi ko‘rmaguncha haqiqiy mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar.Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari. 
 
Buyuk sahobalar o'gitlari
 
Ubay ibn Ka’bning o‘gitlari
«Mo‘min to‘rt vasfga egadir. U boshiga musibat kelsa, sabr qiladi. Bir ne’mat berilsa, shukr qiladi, gapirsa, to‘g‘ri gapiradi va adolat bilan hukm chiqaradi. Mo‘minning besh narsasi nurdir. Mo‘min kishi haqida Alloh “Nur’un a’la nur” (nur ustiga nur) yog'dirgan. Inchunun, mo‘minning yaxshi so‘zi nur, bilimi nur, kirgan yeri nur, chiqar joyi nur va qiyomat kuni boradigan joyi nurdir.
Kofir esa besh zulmat ichidadir. Uning so‘zi zulmat, ishi zulmat, kirgan va chiqqan joylari zulmat, qiyomat kuni borar manzili zulmatdir». 
 
Saodat asri qissalari


Xayrli oqibat
Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu, vafot etishlariga yaqin qolgan soatlarda qayta-qayta: “Tong otdimi?” deb so‘rar, har gal unga: “Hali tong otmadi”, deb javob berishar edi. Nihoyat , “Tong otdi”, deyishgach, Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu:
— Tonggida otashga ketiladigan kechadan Allohning panohiga sig’inaman. Ey o‘lim, xush kelding, safo kelding. Sen umrim davomida menga ilk bor tashrif buyurgan bir ziyoratchisan, bir faqir do‘stiga murojaat etgan suyukli mahramsan. 
Allohim, bugungacha men Sendan qo‘rqib keldim. Biroq bugun Sening rahmatingdan umidvorman. Senga ayonki, dunyo molini to‘plash, ariqlar ochib dalalarni bog‘-rog‘ qilish kabi ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish uchun dunyoda qolmoqchi emasman. Mayli, shiddatli issiqlarda chanqoq qolayin, dunyo hayotining mashaqqatlarini tortayin, biroq zikr halqalarida olimlarning tizzalariga tizzamni qo‘yib seni zikr etish uchun, dunyoda qolmoq istayman, — deb iltijo qildilar.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.