Qur'oni karimdan ba'zi duolar
Odam alayhissalom va momo Havvo jannatdan chiqarilganlarida ushbu duoni o‘qiganlar:
«Ey Rabbimiz! Biz o‘zimizga (o‘zimiz) zulm qildik. Agar bizni kechirmasang, biz, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qolurmiz» (A’rof, 23).
Nuh alayhissalomning duolari:
«Rabbim! Men Sendan o‘zim (yaxshi) bilmagan narsani so‘rashimdan panoh tilayman. Agar meni kechirmasang va rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lurman» (Hud, 47).
Lut alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, bu buzg‘unchilar qavmi ustidan O‘zing meni g‘olib qil!» (Ankabut, 30).
Ibrohim alayhissalomning duolari:
«Parvardigorim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etguvchi qilgil. Parvardigoro, duoimni qabul ayla. Parvardigoro, hisob-kitob (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgil» (Ibrohim, 40-41).
Yusuf alayhissalomning duolari:
«Ey osmonlar va yerni ijod etgan Zot! Dunyo-yu oxiratda O‘zing egamdirsan. (Ajalim yetganida) musulmon holimda jonimni olgin va meni solihlar (qatori)ga qo‘shgin» (Yusuf, 101).
Shuayb alayhissalomning duolari:
«Allohgagina tavakkul qildik. Ey Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o‘rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan» (A’rof, 89).
Muso alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, bag‘rimni keng qilgin, ishimni oson qilgin, tilim (dan duduqlik)ni yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni anglasinlar» (Toha, 25).
«Parvardigorim, O‘zing men uchun nima yaxshilik, (ya’ni, rizq) tushirsang, o‘shanga muhtojdirman» (Qasos, 21).
Yunus alayhissalomning duolari:
«Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim» (Anbiyo, 87).
Zakariyo alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma (merosxo‘r farzand ato et), Sen (O‘zing) vorislarning yaxshirog‘idirsan» (Anbiyo, 89).
«Rabbim, menga ham o‘z huzuringdan pok zurriyot ato et! Darhaqiqat, Sen duoni eshituvchidirsan» (Ol-i Imron, 38).
Ahli ilmning duosi:
«Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin, endi dillarimizni haq yo‘ldan og‘dirma va bizga O‘z huzuringdan rahmat ato et!» Omiyn.
Qur’oni karimda Muhammad alayhissalomga o‘rgatilgan ba’zi duolar:
«Ey Rabbim, meni (qabrga) sodiqlik bilan (gunohlarim kechirilgan holimda) kiritgin va (tiriltirganingda ham) sodiqlik (roziliging) bilan chiqargin hamda men uchun o‘z dargohingdan bir madad beruvchi hujjat ato qilgin» (Al-Isro, 80).
«Ey Rabbim, menga (kofirlarga) va’da qilinayotgan narsa (azob)ni ko‘rsatsang-chi?! Ey Rabbim! (O‘shanda) meni u zolimlar qavmi ichida qilmagin! Ey Rabbim! Men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni so‘rayman. Yana men Sendan, ey Rabbim, ular mening huzurimga kelishlaridan panoh so‘rayman. Ey Rabbim! (Gunohlarimizni) mag‘firat et va (holimizga) rahm ayla! Sen (o‘zing) rahm qiluvchilarning yaxshisidirsan!» (Mo‘minun, 93, 94, 97, 98, 118).
«Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin» (Toha, 114).
«Parvardigoro, bizlar Senga imon keltirganmiz, bas, gunohlarimizni mag‘firat ayla va bizni jahannam azobidan asra!» (Ol-i Imron,16).
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.