background
logotype
image1 image2 image3

Qur’on oyatlariga she’riy tafsir

Hamd bo‘lsin Allohga, hamd bo‘lsin har on,
Uning hukmidadir samo va zamin.
Maqtovga loyiq zot Udir har zamon:
Alhamdulillahi Robbil a’lamiyn.

Alloh aytganiday ajralar hissang,
Shubhasiz, bu qulga buyuk mukofot.
Namoz qil, zakot ber musulmon bo‘lsang:
Va aqimus-solata va atuz-zakat...

Kofir bir azobga bo‘ladi asir,
Ey musulmon qullar, buni-da biling.
Allohning la’nati kofirlargadir:
Fala’natullohi ‘alal kafiriyn...

Insonlar o‘ylashda, harakatda hur,
Harakatingizda tamkinli bo‘ling.
Alloh siz bajargan har ishni ko‘rur:
Vallohu basiyrun bima ya’malun...

Uning qudratidan tuproq va samo,
Iroda Undadir, U bergay amr.
U har ishga qodir, amir doimo:
Vallohu ‘ala kulli shay’in qodiyr...

Har on tilda va dilda,
Musulmon shiori shu:
Iloh yo‘q Undan boshqa —
La ilaha illa hu...

Iymon nuri sizga yo‘lni ko‘rsatur,
Haqiqat yo‘lini tanla-da, borgin.
To‘g‘ri yo‘ldan ketgan qullarni bilur:
Va huva a’lamu bil muhtadiyn...

Robbing ne’matini sovurma, inson,
Seni isrof chohiga tortmasin kayfing.
U isrofgarlarni yoqtirmas mudom:
Innahu la yuhibbul musrifiyn...

Tilaging bo‘lsa gar, Allohdan tila,
Yo‘qsa ishing so‘ngi albatta vahim.
Har ishni boshlagin Alloh nomi-la:
Bismillahir rohmanir rohiym...

Haqning huzurida kim u quvvatli,
Jami insonlarga hisob bor, hisob.
Allohning azobi, bil, ko‘p shiddatli:
Va innalloha shadidul azab...

Musulmon bekorga urmas va so‘kmas,
Kimsani ezmoqqa qidirmas aybin.
Shubha yo‘qki, Alloh zolimni suymas:
Vallohu la yuhibbuz-zolimiyn...

Sabr etgan doimo murodga yetar,
Ey mo‘minlar, siz ham murodga yeting.
Alloh ham sabrli qullarni sevar:
Vallohu yuhibbus-sobiriyn...

To‘g‘ri yashamoqlik, ha, qiyin bir ish,
Lek shunday yashamoq senga vazifa.
Inson shunday ojiz yaratilmish:
Va xuliqol insanu zoifa...

Jahannam kofir-la butkul to‘ladi,
U muflis, kofirlar, o‘, qanday yonar!
Ularning yotog‘i olov bo‘ladi:
Ulaika ma’va humun-nar...

U kundir mo‘minlar ishongan bir kun,
U – qiyomat kuni, teppangda Kursi.
U – butun insonlar to‘planajak kun:
Yavmun majmuun lahun nasu...

Eng to‘g‘ri hukmni Sen berasan, Sen,
Ey buyuk Allohim, ey buyuk Robbim.
Har neni eshitib, ham ko‘rasan Sen:
Innaka antas-sami’ul ‘aliym...

Haq hududidan oshma,
Yiqilur so‘ngra bino.
Zinoga yaqinlashma:
Vala taqribuz-zina...

Bir kun albat bitgay bu hirs, bu havas,
Haqqa, haqiqatga aylagil xizmat.
O‘limni totgaydir albat har bir nafs:
Kullu nafsin zoiqotul-mavt...

Uning hukmidadir samo va zamin,
Ko‘ngling u Xoliqqa shukron-la to‘lsin.
Olamlarning Robbi, Robbga hamd bo‘lsin:
Val-hamdulillahi robbil ‘alamiyn...


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.