background
logotype
image1 image2 image3

Yerning harakatga kelishi va ko’pchishi

Yerni qo‘riq holida ko‘rasiz. Bas, qachonki, Biz uning ustidan (yomg‘ir) yog‘dirsak, u harakatga kelib ko‘pchir va turli go‘zal juftlarni (ikki jinsli giyohlarni) undirur. («Haj» surasi, 5-oyat)

«Harakatga kelib» deb tarjima qilingan arabcha so‘z «ihtazzat» bo‘lib, u «harakatga kelmoq, jonlanmoq, siljimoq, qo‘zg‘almoq; o‘simlikning harakati va uzayishi» kabi ma'nolarni bildiradi. «Ko‘pchir» deb tarjima qilingan «robat» so‘zi «kengaymoq, ko‘paymoq, ko‘pchimoq, o‘smoq, rivojlanmoq, ko‘tarilmoq (o‘simlik haqida), ta'minlamoq, havo bilan to‘ldirmoq» kabi ma'nolarga ega. Bu so‘zlar yomg‘ir paytida tuproqning molekulaviy strukturasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni eng to‘g‘ri usulda ifodalaydi.

Faqat tuproq zarralari harakatlanishi bois, oyatda ifodalangan harakat, bir bo‘lagi harakatlanganda zilzilalarni keltirib chiqaradigan Yer qobig‘ining harakatidan farq qiladi. Bu zarralar birining ustida boshqasi yotuvchi qatlamlardan tashkil topgan. Suv bu qatlamlarga kirib borib, tuproq zarralarining ko‘pchishiga sabab bo‘ladi. Oyatda aytib o‘tilgan bosqichlar ilmiy jihatdan quyidagicha tushuntirilishi mumkin:

1. Tuproqning harakatga kelishi. Tuproqqa yetarli darajada suv tushgandan so‘ng zarraning yuzasida paydo bo‘ladigan elektrostatik zaryad bu zarraning beqarorligiga va harakatga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu zaryad qarama-qarshi zaryad bilan neytrallangandan so‘ng ushbu harakat barqarorlashadi. Tuproq zarrasining harakatga kelib qimirlashi uning suv zarralari bilan to‘qnashgani tufayli hamdir. Suv zarralari muayyan bir yo‘nalishda harakat qilmasligi sababli, tuproq zarralari har tomondan urilgach, harakatga keladi. 1827 yil shotlandiyalik botanik Robert Broun yomg‘ir tomchilari tuproqqa tushganda, ular tuproq molekulalarida qandaydir bir qimirlash va tebranish sodir etishini aniqladi. U bugungi kunda «Broun harakati» nomi bilan ma'lum bo‘lgan bu mikroskopik zarralar harakatini tasvirlab berdi.60

2. Tuproqning ko‘pchishi. Yomg‘ir yoqdanda tuproqqa kelib uri-ladigan yomg‘ir tomchilari tuproq zarralarining ko‘pchishiga va hajm jihatdan kengayishiga sabab bo‘ladi. Bu, suv mo‘l bo‘lganda suv zarralari va erigan ionlar kira oladigan tuproq zarralari orasidagi bo‘shliqning kengayishi tufaylidir. Suv va unda erigan oziqlantiruvchi elementlar qatlamlar orasida diffuziyalanib tarqalganda tuproq zarralarining o‘lchami kattalashadi. Pirovardida bu zarralar tuproqni jonlantiradigan suv saqlagich sifatida xizmat qiladi. Allohning insoniyat uchun ko‘rsatgan cheksiz marhamati tufayli, bu suv shu yo‘sinda, tortishish kuchi ta'sirida pastga qarab singib ketmasdan, saqlanib qoladi. Agarda tuproq suvni ushlab tura olmaganda edi va bu mineral tuzlar tuproqda turib qola olmaganda edi, suv Yerning eng chuqur qismlarigacha singib ketgan va buning natijasida uning yo‘q bo‘lishi bois, barcha o‘simliklar tezda o‘lgan bo‘lar edi. Biroq bizning Parvardigorimiz tuproqni shunday yaratib qo‘yganki, undan turli mahsulotlar paydo bo‘ladi.

3. Yerdan unib chiqish. Tuproqda yetarlicha suv yig‘ilgach, urug‘lar faollashadi va sodda oziqlantiruvchi moddalarni shimib oladi. O'sayotgan o‘simliklar bu ozuqalardan 2-3 oygacha suvga bo‘lgan talabini qondiradi.

Yuqoridagi oyat yomg‘ir quruq yerga tushganda nima sodir bo‘lishini uch bosqichda tushuntirib bergan: tuproq zarralari harakatga keladi, tuproq ko‘pchiydi va so‘ngra turli mahsulotlarni yetishtiradi. 1400 yil muqaddam Qur'onda xabar berilgan bu bosqichlar ilmiy ta'riflarga hayratlanarli tarzda o‘xshashdir. Boshqa bir oyat bu haqda o‘simliklar misolida bunday xabar beradi:

O'lik (quriq) yer ular uchun (qayta tirilishga) bir alomatdir. Biz uni (suv bilan) tiriltirdik va undan (turli) donlarni undirib chiqardik. Bas, ular undan yemoqdalar. («Yosin» surasi, 33-oyat)

__________
60. Brayn J. Ford, «Brownian Movement in Clarkia Pollen: A Reprise of the First Observations» (Klarka changida Broun harakati: dastlabki kuzatuvlar reprizasi), The Microscope (Mikroskop), 1992, vol. 40, no. 4, pp. 235-241; http://www.brianjford.com/wbbrowna.htm


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.