background
logotype
image1 image2 image3

Xotima. Qur’on Allohning vahiysidir

Bu kitobda ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bizga bitta ochiq haqiqatni namoyon qiladi: Qur'on, payg‘ambarlarning oxirgisi Muhammad (s.a.v.) ga vahiy qilingan bu g‘ayrioddiy kitob ilhombaxsh va haqiqiy bilimlar manbaidir. Har bir tarixiy, ilmiy yoki arxeologik ma'lumot kashf qilinar ekan, Islomning kitobi (u qaysi fanni nazarda tutishidan qat'i nazar) Allohning so‘zi ekanligi o‘z isbotini topmoqda. Ilmiy mavzular bo‘yicha dalillar va o‘tmish hamda kelajak haqida bizga yetkazilgan yangiliklar, Qur'on nozil etilgan paytda hech kim bila olmagan faktlar uning oyatlarida bildirilgan. Yettinchi asr Arabistonida mavjud bo‘lgan texnologiya va bilim saviyasi bilan biz bu kitobda batafsil muhokama qilgan ma'lumotlarni, misollarni bilib olish umuman mumkin emas edi. Ushbularni yodda tutgan holda, keling, quyidagi savollarni o‘zimizga berib ko‘raylik:

Yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi atmosferamizning yetti qatlamdan iborat ekanligini bilishi mumkin edimi?

Yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi embrion o‘sib, chaqaloqqa aylanadigan turli rivojlanish bosqichlarini va so‘ngra uning ona qornidan dunyoga kelishini batafsil bilishi mumkin edimi?

Hozirgi zamon olimlari faqatgina so‘nggi o‘n yilliklar ichida «Halokatli siqilish» g‘oyasini olg‘a surgan ekan, yetginchi asr Ara-bistonida yashagan biror kishi, Qur'onda ta'kidlanganidek, koi-notning «muntazam kengayib borayotgan»ligini bilishi mumkin edimi? Har bir shaxsning barmoq izlari betakror, mutlaqo yagona ekanligini zamonaviy texnologiya va zamonaviy ilmiy uskunalardan foydalanib, faqat yaqindagina kashf qilgan ekanmiz, yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi bu haqiqatni bilishi mumkin edimi?

Ieroglif yozuvlarni tarjima kilish tafsilotlari (va usullari) faqatgina bundan ikki asr ilgari kashf qilingan ekan, yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi Fir'avnning eng tanikli yordamchilaridan biri Homonning roli haqida bilishi mumkin edimi?

Yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi «Fir'avn» so‘zining Tavrotda ta'kidlanganidek, miloddan avvalgi 14-asrdan oldin emas, balki faqatgina shu davrdan boshlab ishlatilganligini bilishi mumkin edimi? Yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi so‘nggi o‘n yilliklar ichida NASA sun'iy yo‘ldoshi fotosuratlaridan foydalanish orqali kashf qilingan Ubar va Iramning ustunlari haqida bilishi mumkin edimi?

Bu savollarga berilishi mumkin bo‘lgan yagona javob shunday: Qur'on Qodir Alloh, barcha narsalarning Yaratuvchisi va hamma narsani O'zining cheksiz bilimiga jamlagan Zot, Parvardigorimizning so‘zidir. Oyatlarning birida Alloh «Agar (u) Allohdan o‘zganing huzuridan (kelgan) bo‘lsa edi, unda ko‘pgina qarama-qarshi gaplarni topgan bo‘lur edilar» («Niso» surasi, 82-oyat), deb aytadi. Qur'ondan joy olgan har bir ma'lumot bu ilohiy kitobning sirli mo‘‘jizalarini oshkor qiladi.

Inson zoti Alloh tomonidan nozil qilingan bu Ilohiy kitobga ishonishni davom ettirishi, uni qalbi ochiqlik bilan, o‘zining hayotidagi bitta va yagona yo‘riqnoma sifatida qabul etishi nazarda tutilgan. Alloh Qur'onda bizga quyidagicha xabar beradi:

Ushbu Qur'on Allohdan boshqa kimningdir tomonidan to‘qilgan bo‘lishi mumkin emas. Balki u (butun) olamlar Parvardigori tomonidan (kelgan), shubhasiz, o‘zidan oldingi narsa (ilohiy kitoblar)ni tasdiqlovchi va batafsil (bayon etilgan) kitobdir. Yoki: «Uni (Muhammad) to‘qigan», - deydilarmi?! Ayting: «U holda, agar rostgo‘y bo‘lsangiz, unga teng birgina sura keltirib, Allohdan boshqa kimga imkoningiz bo‘lsa o‘shalarni (yordamga) chorlangiz!» («Yunus» surasi, 37-38-oyatlar)

Mana bu Biz nozil qilgan muborak Kitob (Qur'on)dir, unga ergashingiz va taqvoli bo‘lingiz, toki rahm qilingaysiz. («An'om» surasi, 155-oyat)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.