background
logotype
image1 image2 image3

Uyqu paytida harakatlanishning muhimligi

Uxloq bo‘lsalar-da, ularni uyg‘oq, deb o‘ylarding. Biz ularni o‘ng tomon, so‘l tomonga aylantirib turardikUlarning iti esa, ostonada ikki old oyoqlarini uzatib yotardi. Agar ularni ko‘rib qolsangiz, dahshatga tushib, ulardan yuz o‘girib qochib ketgan bo‘lur edingiz. («Kahf» surasi, 18-oyat)

Yuqoridagi oyat uch yuz yillab uyquda yotgan g‘ordagi hamrohlarni nazarda tutmoqda. Bundan tashqari, Alloh ularning tanalarini chap va o‘ng tomonga o‘girib turganini ham vahiy qiladi. Buning zamirvda yotgan buyuk donolik faqat yaqin yillar ichidagina kashf qilindi.

Uzoq vaqt bir xil holatda yotadigan odamlar, ular yotadigan tomon yuzasiga tegib turgan tana qismlarida qon aylanishi qiyinchiligi, jarohatlar va qonning quyulib qolishi kabi jiddiy muammolarga duch kelishadi.

Yuzaga keladigan jarohatlar «yotoq jarohatlari» yoki «bosim jarohatlari» sifatida ma'lum. Biror kishi uzoq vaqt qo‘zg‘almasdan yotsa, tananing o‘sha qismvdagi doimiy bosim tufayli qon tomirlari siqilib qoladi va ular umuman yopilib qolishi mumkin. Natijada, qon orqali tashiladigan kislorod va boshqa oziqlar teriga yetib bormaydi, natijada teri nobud bo‘la boshlaydi. Bu tanada jarohatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ushbu jarohatlar davolanmasa, yog‘ va mushaklar ham nobud bo‘la boshlaydi.178

Teri yoki to‘qima ostida shakllanadigan bunday jarohatlar davolanmasa, ular kattalashishi, agar ularga infektsiya tushgudek bo‘lsa, o‘limga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu bosimni kamaytirish maqsadida bemorning yotgan holatini har 15 daqiqada o‘zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. O'zlarini qo‘zg‘ata olmaydigan bemorlarga esa maxsus qarov kerak. Ular har 2 soatda boshqa odamlar tomonidan qo‘zg‘atib turilishi lozim.179 Faqatgina so‘nggi asrda kashf qilingan bu tibbiy dalillarning Qur'onda nazarda tutilganligi undagi mo‘jizalardan yana biridir.

__________
178. Bosim jarohatlarini davolash (Sog‘liqni saqlash siyosati va tadqiqoti agentligi: 1994). 
179. Kennet Deyvis, JR. , «The Acute Effects of Body Position Strategies and Respiratory Therapy in Paralyzed Patients with Acute Lung Injury» (Gavdani tutish strategiyasining o‘tkir ta’sirlari va o‘pka shikasti bilan og‘riydigan falaj bemorlarda nafas olish yo‘llari muolajasi), Critical Care 5 (2001): 81-87;  www.biomedcentral.com/1364-8535/5/81/abstract


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.