background
logotype
image1 image2 image3

Texnikada chumolilar armiyasi

To ular chumolilar vodiysiga yetganlarida, bir chumoli: «Ey, chumolilar! Uyalaringizga kiringiz, yana Sulaymon va uning lashkarlari o‘zlari sezmagan hollarida sizlarni ezib ketmasinlar!» - dedi. («Naml» surasi, 18-oyat)

«Chumolilar vodiysi» maxsus joy va maxsus chumolilarni nazarda tutadi. Shuningdek, Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ning chumolilar o‘rtasidagi o‘zaro suhbatni eshita olganligi kompyuter texnologiyasidagi kelgusi taraqqiyotlarga ham ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda qo‘llanilayotgan «Kremniy vodiysi» degan atamadan texnologiya olamining markazi tushuniladi. «Chumolilar vodiysi» Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ning hayoti tasvirlanayotgan paytda paydo bo‘lib qolishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Alloh bizning e'tiborimizni kelajakning taraqqiy etgan texnologiyasiga qaratayotgan bo‘lishi mumkin.

Jumladan, chumolilar va boshqa hasharot turlari robot loyihalarida model sifatida ilg‘or texnologiyalar uchun keng qo‘llanilmoqda va ular mudofaa sanoatidan tortib texnologiya kabi keng qamrovli sohalarda xizmat qilishga mo‘ljallangan. Bu oyat mana shunday rivojlanishlarga ham ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin.

Mini texnologiyadagi so‘nggi yutuqlar: Chumoli armiyasi robotlari

Chumolilardan model sifatida foydalanadigan eng mashhur loyiha bir necha mamlakatlarda mustaqil ravishda amalga oshirilayotgan «Chumoli armiyasi roboti» loyihasidir. Virjiniya Politexnika instituti va Virjiniya davlat universitetida olib borilayotgan bir tadqiqot robot armiyasi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan kichik, arzon va oddiy, jismonan o‘xshash robotlarni ishlab chiqish ustida izlanmoqda. Loyihani amalga oshiruvchi guruh bu robotlarning amaliyligini quyidagicha tushuntiradilar: «Ularning uyg‘un holda guruh bo‘lib harakat qilish usuli bir qator jismoniy vazifalarni amalga oshiradi va umumiy qarorlar qabul qiladi». Bu robot armiyalarining mexanik va elektrik loyihalari chumoli jamiyatining xatti-harakatiga asoslanadi. Ular o‘zlarining hasharot vazifadoshlariga o‘xshab ketishi tufayli «chumoli armiyasi robotlari» deb ataladi.

 

«Chumoli armiyasi» robot tizimi dastlab «material tashuvchi tizim» sifatida loyihalashtirilgan edi. Bu loyihaga ko‘ra, bir qancha kichik robotlarga narsalarni hamkorlikda ko‘tarish va tashish vazifasi yuklatilishi kerak edi. Keyinroq esa ulardan boshqa vazifalar uchun ham foydalanish mumkin, degan qarorga kelindi. Bir ma'lumotnoma ular uchun kelgusida tayinlanishi mumkin bo‘lgan boshqa vazifalarni quyidagicha yoritadi:

Robot «to‘dalari» bilan yadro va xavfli chiqitlarni tozalash, kon qazib olish (shu jumladan, ashyo olib ketish va izlab qutqarish), minalarni topib yo‘q qilish (ham suvda, ham yerda), nazorat qilish va qorovullik, sayyora yuzasini tadqiq qilish va qazish.211

Chumoli robot texnologiyasi bo‘yicha mutaxassis Izrail A. Uagnerning bayonotida chumoli robot loyihalari quyidagicha tasvirlangan:

«Chumoli robot»lar umum maqsadlarga erishish uchun hamkorlik qilishga mo‘ljallangan jismonan sodda yoki samarali jonzotlardir. Ular juda cheklangan energiya manbai sarf qilish, sezish va hisoblash hamda xuddi ko‘pchilik hasharotlar tabiiy ravishda qilganlari kabi ish joyi yoki yerda qoldirib ketilgan izlar orqali aloqa qilishga mo‘ljallangan...

Ko‘p sonli chumoli (agent)lar o‘rtasidagi ish yo agentlarga buyruq jo‘natuvchi markaziy nazoratchi tomonidan taqsimlanadi, yoki pirovardida berilgan topshiriqning, agar agentlar itoat etsa, ado etilishiga sabab bo‘luvchi ma'lum bir taqsimot bo‘yicha apriori kelishuv orqali amalga oshirilishi mumkin. Mazkur ish davomida qo‘llanila-digan uchinchi uslub har bir robotning xatti-harakatini shunday loyihalashtirishdirki, hamkorlik ularning ishi davomida, apriori qarorlar qilmasdan, tabiiy ravishda yuzaga keladi. Ular tatbiq etish yoki qidirish, uyning polini tozalashdan tortib noma'lum sayyoraning xaritasini tuzish yoki minalashtirilgan maydonni zararsizlantirishgacha ko‘plab sohalarda qo‘llanilishi mumkin.212

Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, chumolining ijtimoiy hayot tarzi ko‘plab loyihalarning asosini tashkil etadi va chumoliga asoslangan robot texnologiyalari inson uchun naf keltirmoqda. Shunga ko‘ra, Sulaymon Payg‘ambar (a.s.) hayotining Qur'ondagi tafsilotida chumolilar va ularning vodiysiga e'tibor qaratilganligi juda ahamiyatlidir. Oyatdagi «chumolilar» degan so‘z robotlardan iborat armiyani, robot texnologiyasidagi kelajak taraqqiyoti va robotlar inson hayotida muhim rol o‘ynashiga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. Misol uchun, ular ko‘plab qiyinchiliklar bilan to‘la vazifalarni bajarib, odamlarning hayotlarida ko‘proq qulayliklar yaratishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

____________

211. Jon S. Bey, «Design of the «Army Ant» Cooperative Lifting Robot» («Chumoli armiyasi» hamkorlikda ko‘taruvchi robot loyihasi); http://armyant.ee.vt.edu/ paper/robo_mag.html
212. Izrail A. Vagner, «My Travels With my A(u)nts: Distributed Ant Robotics» (Chumolilarim bilan bo‘lgan sayohatlarim: Chumoli robotlarini tarqatdim);  www.cs.technion.ac.il/~wagner/pub/thesis abs eng.html


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.