background
logotype
image1 image2 image3

Saba’ xalqi va arim shamoli

Ko‘p asrlar ilgari Saba' jamoasi Janubiy Arabistonda yashagan to‘rtta eng katta tsivilizatsiyalardan biri edi.

Tarixiy manbalar Saba' qavmining fenikaliklar kabi madaniyati bo‘lganligini ta'kidlaydi. U asosan tijorat ishlarida ishtirok etgan. Saba'liklar tarixchilar tomonidan tsivilizatsiyalashgan va madaniyatli xalq bo‘lgan, deb e'tirof etiladi. Saba' hukmdorlarining yozuvlarida «tiklamoq», «bag‘ishlamoq» va «qurmoq» kabi so‘zlar tez-tez ishlatiladi. Bu qavmning eng ahamiyatli yodgorliklaridan biri bo‘lgan Ma'rib to‘g‘oni ular erishgan texnologik yutuqlarning muhim alomatidir.

Saba' davlati o‘sha hududdagi eng kuchli armiyalardan biriga ega edi va o‘zining qudratli armiyasi bilan bosqinchilik siyosatini olib borishga qodir edi. O'zining ilg‘or madaniyati va armiyasi bilan Saba' davlati o‘sha davrda hududning, shubhasiz, «super salta-nat»laridan biri edi. Saba' davlatining bunday g‘ayrioddiy qudratli armiyasi Qur'onda ham ta'riflangan. Saba' armiyasi qo‘mondonlarining Qur'onda ifodalangan bir gapi bu armiyaning o‘ziga qanchalik ishonishini namoyon etadi. Qo‘mondonlar davlatning ayol hukmdori (malikasi)ga shunday deydilar:

«Bizlar quvvat va ashaddiy matonat egalaridirmiz. (Ishga) buyurish sening o‘zingga havola. Bas, nimaga buyurishni uilab ko‘raver!» («Naml» surasi, 33-oyat)

Ayni o‘sha davrda ancha taraqqiy etgan texnologiya yordami bilan qurilgan Ma'rib to‘g‘oni Saba' xalqining buyuk irrigatsion quvvatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Bu texnika orqali ular erishgan unumdor tuproq va ularning savdo yo‘li ustidagi nazorati ajoyib va ko‘rkam, shodu xurram bir hayot kechirishiga imkon yaratgan edi. Biroq bularning barchasi uchun Allohga shukr kilish o‘rniga, Qur'onda xabar berilganidek, ular haqiqatda «Undan yuz o‘girdilar». Bundan tashqari, ular uchun yo‘llangan ogohlantirishlar va eslatmalarga quloq solishni ham rad etdilar. Bunday yaramas illatlari tufayli ular Allohning irodasi bilan jazoga mahkum qilindilar va ularning to‘g‘onlari buzildi va Arim seli ularning yerlarini yakson qildi.

Saba' davlatining poytaxti bo‘lgan Ma'rib shahri o‘zining qulay geografik o‘rni tufayli juda boy shahar edi. Poytaxt shahar Adhana daryosining juda yaqinida joylashgan bo‘lib, daryoning Jabal Balaqqa yetgan nuqtasi to‘g‘on qurish uchun juda qulay edi. Bunday sharoitdan foydalanib, saba'liklar, o‘zlarining tsivilizatsiyasi tashkil topgan dastlabki bir paytda, mana shu joyda to‘g‘on qurdilar va irrigatsiya ishlarini boshlab yubordilar. Natijada, ular yuqori darajada iqtisodiy kamolotga erishdilar. Ma'rib o‘sha davrning eng rivojlangan shaharlaridan biri edi. Bu diyorga tashrif buyurgan va uni ko‘klarga ko‘tarib maqtagan Yunon yozuvchisi Pliniy ham uning nechog‘lik bir yashil o‘lka bo‘lganligini qayd etib o‘tgan.246

Ma'ribdagi to‘g‘onning balandligi 16 metr (52,2 fut), eni 60 metr (197 fut) va uzunligi 620 metr (2034 fut) edi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, to‘g‘on orqali sug‘orilishi mumkin bo‘lgan yerlarning umumiy maydoni 9600 gektar (37 kvadrat milya) bo‘lib, undan 5300 gektari (20,5 kvadrat milya) janubiy tekislikka, qolgan qismi esa shimoliy tekislikka kirar edi. Bu ikki tekislikka Saba' yozuvlarida «Ma'rib va ikki tekislik» deb murojaat qilingan.247 Qur'ondagi «o‘ng tomon ham, so‘l tomon ham bog‘-rog‘ bo‘lib,»degan jumla bu ikki vodiydagi salobatli bog‘ va uzumzorlarga ishoratdir. Mazkur to‘g‘on va uning irrigatsiya tizimi tufayli bu o‘lka Yamanning eng yaxshi sug‘orilgan va eng serhosil yeri sifatida nom taratgan edi. Frantsiyalik J. Holevi va avstriyalik Glazer yozma hujjatlarni o‘rganib chiqib, Ma'rib to‘g‘oni qadim zamonlardan beri bor bo‘lganligini isbotladilar. Himer lahjasida yozilgan hujjatlarda bu to‘g‘on o‘lka tuproqlarini unumdor qilganligi va iqtisodning yuragi bo‘lganligi qayd etilgan.

542-yilda yakson bo‘lgan to‘g‘on Arim selini keltirib chiqardi va juda katta talafot yetkazdi. Saba' xalqi tomonidan bir necha yuz yillab ishlov berilgan uzumzorlar, bog‘lar va dalalar tamomila yakson bo‘ldi. To‘g‘on qulagandan so‘ng, Saba' qavmi tezda qisqarish davriga kirgan va oxir-oqibatda Saba' davlati yakun topgan.

Yuqorida qayd etilgan tarixiy ma'lumotlar Qur'ondagi ma'lumotlar bilan taqqoslab ko‘rilganda, ular orasidagi monandlik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Arxeologik topilmalar va tarixiy ma'lumotlarning har ikkalasi ham Qur'onda nozil etilganlarni tasdiqlaydi. Oyatda ta'kidlanganidek, o‘z payg‘ambarining pand-nasihatlarini tinglamagan va Rabbimizning ne'matlariga shukr qilmagan xalq pirovardida daxshatli suv toshqini bilan jazolangan. Bu suv toshqini Qur'onning quyidagi oyatlarida shunday ta'riflanadi:

Saba' (aholisi) uchun o‘z maskanlarida (Allohning fazliga doir) bir alomat bor edi - o‘ng tomon ham, so‘l tomon ham bog‘-rog‘ bo‘lib, (Biz ularga): «Parvardigoringiz rizqidan bahramand bo‘lingiz va Unga shukr qilingiz! (Shahringiz) pokiza shahar, (Parvardigoringiz) mag‘firatli Parvardigordir» (degan edik). Bas, ular (shukrdan) yuz o‘girgach, Biz ularning ustiga to‘g‘on bilan (to‘sib ko‘yilgan) selni (ochib) yubordik va ularning bog‘larini achchiq mevali, yulg‘unzor va siyrak butazor «bog‘lar»ga aylantirib ko‘ydik. Kofir bo‘lganlari sababli ularni mana shu (jazo bilan) jazoladik. Biz kofirdan o‘zga kimsaga jazo berarmidik?! («Saba'» surasi, 15-17-oyatlar)

 

Qur'onda Saba' qavmiga yuborilgan jazo «sayl al-arim» deb nomlangan bo‘lib, u «Arim seli» degan ma'noni anglatadi. Qur'onda ishlatilgan bu ifoda ayni zamonda bu selning qay yo‘sinda sodir bo‘lganligidan ham darak beradi. «Arim» so‘zi to‘g‘on yoki to‘siq degan ma'noni bildiradi. «Sayl al-arim» ifodasi esa bu to‘siqning buzilishi bilan yuzaga kelgan bir selni anglatadi. Mufassirlar Arim seli to‘g‘risida Qur'onda ishlatilgan atamalardan kelib chiqib, zamon va makon masalalarini hal qildilar. Misol uchun, Mavhudi o‘zining tafsirida quyidagicha yozadi:

Mag‘rib to‘g‘oni (yuqoridagi va yon sahifadagi rasmlarda ko‘rsatilgan) Saba’ xalqining eng katta ishlaridan biri edi. Bu to‘g‘on Qur’onda ta’kidlangan Arim selida quladi va Saba’ davlati iqtisodiy jihatdan zaiflashdi, keyinchalik esa yakun topdi.

Matndagi «sayl al-arim» ifodasida qo‘llanilgan «arim» so‘zi janubiy arab tili lahjasida ishlatiladigan «ariman» so‘zidan yasalgan bo‘lib, «to‘g‘on, to‘siq» degan ma'noni anglatadi. Yamandagi qazishmalar orqali ochilgan xarobalarda bu so‘zning tez-tez shu ma'noda ishlatilganligi ma'lum bo‘ldi. Misol uchun, Yamanning Habesh hukmdori Ebrehe (Abraha)ning buyuk Ma'rib devori ta'mirlanishidan so‘ng, milodiy 542-543-yillarda yozdirgan tarixiy bir kitobida bu so‘z qayta-qayta tug‘on (to‘siq) ma'nolarida ishlatilgan. Demak, «sayl al-arim» ifodasi «bir to‘siq yiqilganda maydonga keladigan sel falokati» degan ma'noni anglatib keladi.

«... Biz ularning ustiga to‘g‘on bilan (to‘sib qo‘yilgan) selni (ochib) yubordik va ularning bog‘larini achchiq mevali, yulg‘unzor va siyrak butazor «bog‘lar»ga aylantirib qo‘ydik.» («Saba'» surasi, 16-oyat).

Ya'ni to‘siq (to‘g‘on) devor qulagandan so‘ng yuzaga kelgan sel natijasida butun mamlakat xarob bo‘ldi. Saba'liklar tomonidan qazilgan kanallar va tog‘lar o‘rtasida to‘siq qurish orqali bino etilgan devor yakson bo‘ldi va sug‘orish tizimi buzildi. Natijada ilgari bog‘ bo‘lib yashnagan o‘lka chakalakzorga aylandi. Kichik yo‘g‘on daraxtlarning olchaga o‘xshash mevasidan o‘zga hech bir meva qolmadi.248

Und Die Bible hat Doch Recht (Muqaddas kitob haq edi) kitobining muallifi nasroniy arxeolog Verner Keller Qur'onda ta'riflangan Arim selini e'tirof etib, bunday to‘g‘onning mavjud bo‘lganligi va uning qulashi bilan butun mamlakatning xarob bo‘lganligi haqida yozadi hamda Qur'onda bu bog‘ning xalqi haqida keltirilgan misol rostdan ham sodir bo‘lganligini tasdiqlaydi.

Arim seli falokatidan so‘ng, o‘lka cho‘lga aylana bordi va Saba' xalqi o‘zining eng muhim daromad manbaidan ayrildi. Ular qishloq xo‘jaligi gullab-yashnagan va moliyaviy jihatdan salo-hiyatli yerlarini qo‘ldan boy berdilar. Allohga imon keltirmagan va Unga shukronalar aytmagan xalq pirovardida mana shunday falokat bilan jazoga mustahiq bo‘ldi. (Qarang: Horun Yahyo. Perished Nations, Ta-ha Publishers, Buyuk Britaniya, 2001; Global Publishing, Istanbul, 2002)


________________

246. Hommel, Explorations in Bible Lands (Bibliya yerlaridagi tadqiqotlar) (Filadelfiya: 1903), 739. 
247. «Marib» (Ma’rib), Islam Ansiklopedisi: Islam Alemi, Tarihi, Cografya, Etnografya ve Bibliyografya Lugati (Islom entsiklopediyasi: islom olami, tarixi, geografiyasi, etnografiyasi va bibliografiyasi lug‘ati) 7, 323-339. 
248. Maududi, Tafhimul Qur’an 4, Insan Yayinlari (Istanbul), 517. 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.