background
logotype
image1 image2 image3

Quyoshning chiqishi va botishidagi turli nuqtalar

Bas, mashriqlar va mag‘riblar Parvardigori bilan qasamyod etamanki, albatta, Biz qodirdirmiz. («Maorij» surasi, 40-oyat) (U) osmonlar, Yer va ularning o‘rtasidagi narsalarning Rabbidir. (U yana) mashriq tomonlarning ham Rabbidir. («Soffot» surasi, 5-oyat)

(Alloh) ikki mashriqning ham, ikki mag‘ribning ham Parvardigoridir. («Ar-Rahmon» surasi, 17-oyat)

Ko‘rinib turganidek, yuqoridagi oyatlarda sharq va g‘arb so‘zlari ko‘plik ma'noda berilgan. Misol uchun, birinchi oyatda ishlatilgan «mashaarits» (sharqlar) va «mag‘oorib» (g‘arblar) so‘zlari ko‘plik shaklda bo‘lib, ularning har biri ikkitadan ekanligi qayd etilgan.

Oxirgi oyatdagi «mashriqoyn» va «mag‘ribayn» so‘zlari ikkita sharq va ikkita g‘arb uchun ishlatilgan. «Mashaariq» va «mag'orib» Quyosh chiqadigan va botadigan joylarni ham anglatadi. Shuningdek, yuqoridagi oyatlar tong otadigan va kun tugaydigan turli joylarni nazarda tutmoqda. Birinchi oyatda «mashriqlar va mag‘riblar» (sharq va g‘arblar) ning Parvardigori tomonidan qasamyod qilinganligi ham e'tiborga moliqdir.

Yerning o‘zi atrofida aylanadigan o‘q 2327` burchak ostidadir. Mana shu burchak va Yerning sharsimon shakli tufayli, Quyoshdan tushadigan yorug‘lik har doim ham bitta burchakka to‘g‘ri kelmaydi. Bu Quyoshning sharqdagi turli nuqtalardan chiqishi va g‘arbdagi turli nuqtalarda botishini anglatadi.

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan oyatlardagi sharq va g‘arblarga taalluqli ifodalar Quyoshning turli nuqtalardan chiqishi va botishidan alomat beradiki, bu Qur'oni Karimdagi buyuk donolikdan nishonadir. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.