background
logotype
image1 image2 image3

Qur’oni karimning adabiy jihatdan mukammalligi

 Bu bo‘limga qadar Qur'onning ilmiy va tarixiy nuqtai nazardan mo‘‘jizaviy xususiyatlarini ko‘rib chiqqan edik. Bularga qo‘shimcha ravishda, Qur'onning ayni paytda adabiy jihatdan hayratlanarli, betakror uslubga ega ekanligini, uning xitoblari har qachon, har qanday inson guruhlariga qaratilganligini ham ta'kidlash lozim. O'quvchining bilimi va madaniy saviyasi qay darajada bo‘lmasin, Qur'on har kim anglay oladigan aniq va tushunarli bir uslubda yozilgan. Oyatlarning birida Alloh Qur'on haqida quyidagicha vahiy qiladi:

Biz Qur'onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo‘ydik... («Qamar» surasi, 22-oyat)

Qur'onning bu qadar oson anglashiladigan uslubda yozilganiga qaramay, unga hech bir jihatdan taqlid qilishning imkoni bo‘lmagan. Alloh ba'zi oyatlarda Qur'onning betakror tabiatga ega ekanligiga diqqatni tortadi:

Agar bandamiz (Muhammad)ga tushirgan narsamiz (Qur'on)dan shubhada bo‘lsangiz, bas, siz ham unga o‘xshash (birgina) sura (yozib) keltiring va Allohdan o‘zga guvohlaringizni chaqiring - agar rostgo‘y bo‘lsangiz. («Baqara» surasi, 23-oyat)

Yoki: «Uni (Muhammad) to‘qigan», - deydilarmi?! Ayting: «U holda, agar rostgo‘y bo‘lsangiz, unga teng birgina sura keltirib, Allohdan boshqa kimga imkoningiz bo‘lsa, o‘shalarni (yordamga) chorlangiz!» («Yunus» surasi, 38-oyat)

Qur'onning mo‘‘jiza ekanligini isbotlovchi sabablardan biri, yuqoridagi oyatlarda ta'kidlangani kabi, inson kuchi bilan unga o‘xshash biror narsani hech qachon yozishning iloji bo‘lmaganligidadir. Bu ilojsizlik qanchalik buyuk bo‘lsa, biz ko‘rib turgan mo‘‘jizalar ham shunchalik buyukdir. Shuning uchun Qur'on uslubini asrlar davomida milliardlab insonlar orasidan hech bir kishi taqlid qila olmaganligi uning haqiqiy mo‘‘jiza ekanligining dalilidir. F. F. Arbusnot The Construction of The Bible and The Qur'an (Bibliya va Qur'onning tuzilishi) nomli kitobida Qur'on haqida quyidagicha izohlar keltiradi:

Adabiy nuqtai nazardan Qur'on sof arab tilining yarim nazm va yarim nasr uslubida yozilgan namunasi hisoblanadi. Ma'lum bo‘lishicha, grammatika mutaxassislari ba'zi hollarda Qur'onda qo‘llanilgan ayrim jumla va ifodalarga mos keluvchi o‘z qoidalarini qabul qilganlar va Qur'onga teng bir asar yaratish uchun bir qancha urinishlar qilib ko‘rgan bo‘lsalar-da, bu urinishlarning hech biri bu sohada hanuzgacha amalga oshmagan.

Qur'onda ishlatilgan so‘zlar ham ma'no, ham ravonlik hamda uslubiy ta'sirchanlik jihatdan o‘ta darajada go‘zaldir. Biroq Allohning amri va taqiqlari nozil qilingan Qur'onning muqaddas bir kitob ekanligiga imon keltirishni istamaydiganlar unga nima uchun rioya etmasliklariga turli bahonalar topdilar. Ular Qur'onni inkor qilish orqali uning go‘zalligidan o‘zlarini olib qochishga harakat qilib ko‘rdilar. Alloh imon keltirmaydiganlarning Qur'on haqida bildirgan fikrlariga qarshi quyidagi oyatlarni vahiy qildi:

(Muhammadga) she'rni ta'lim bermadik va unga (shoirlik) mumkin ham emas. U (vahiy) faqat zikr (eslatma) va aniq Qur'ondir. (U) tirik (aklli) kishilarni ogohlantirish va kofirlarga (azob haqidagi) lafz muqarrar bo‘lishi uchun (nozil qilingan)dir. («Yosin» surasi, 69-70-oyatlar) 

Qur'onning qofiya tizimidagi ustunlik

Qur'onga taqlid etilmaslik xususiyatini baxsh etadigan jihatlardan biri uning adabiy jihatdan qurilishiga borib taqaladi. Arab tilida yozilganligiga qaramasdan, Qur'on arab adabiyotida qo‘llanilgan shakllarga o‘xshash emas.

Qur'ondagi qofiya tizimi «qofiyalashtirilgan nasr» deyiladi va tilshunoslar Qur'onda qo‘llanilgan bu qofiyani mo‘‘jiza deb ta'riflaydilar. Mashhur ingliz olimi Professor Dtsel M. A. Abbas Qur'onning tilshunoslik jihatdan bir mo‘‘jiza ekanligini isbotlash maqsadida yozgan Sciense Miracles (Fan mo‘‘jizalari) nomli kitobida Qur'onda qo‘llanilgan harflar va qofiya tizimi yuzasidan, grafik va diagrammalar vositasida, keng qamrovli izlanishlar olib bordi. Bu kitobda Qur'ondagi qofiya tizimiga taalluqli ayrim hayratlanarli dalillar keltirilgan.

Ma'lumki, Qur'ondagi 29 ta sura bir yoki undan ko‘proqramziy harflar bilan boshlanadi. Bu harflar «muqatta harflar» yoki «boshlovchi harflar» deb ataladi. Arabcha 29 harfning 14 tasi muqatta harflardan iborat: Qof, Sod, To, Ha, Yo, Sin, Alif, Lom, Mim, Kof, Ayn, Nun, Ro, Ha.

Bulardan Nun harfining «Qalam» surasidagi qo‘llanilishiga e'tibor qaratsak, oyatlarning 88,8% ida Nun harfi bilan qofiyalanganlikni ko‘rishimiz mumkin. «Shuaro» surasining 84,6% i, «Naml» surasining 90,32%i va «Qasas» surasining 92,05% i Nun harfi bilan qofiyalanadi.

Bu izlanish butun Qur'on bo‘yicha olib qaralganda esa uning 50,08% i Nun harfi bilan qofiyalanganligi ma'lum bo‘ladi. Bosh-qacha qilib aytganda, Qur'on oyatlarining yarmidan ko‘prog‘i Nun harfi bilan yakunlanadi. Shu paytgacha ayni shunday uzunlik-dagi hech bir adabiy asar matnining yarmidan ko‘prog‘ini yolg‘iz bir harf bilan qofiyalashning imkoni bo‘lmagan. Bu nafaqat arab tili, balki boshqa barcha tillarga ham taalluqlidir.

Muqatta harflari bilan boshlanadigan suralardan Nun harfi bilan tugaydigan oyatlarning taqsimoti quyidagichadir:

Sura raqami
2
3
7
10
11
12
13
14
15
19
20
26
27
28
29
30
31
32
36
38
40
41
42
43
44
45
46
50
68
Suraning nomi
Baqara
Oli Imron
A’rof
Yunus
Hud
Yusuf
Ra’d
Ibrohim
Hijr
Maryam
Toho
Shuaro
Naml
Qasas
Ankabut
Rum
Luqmon
Sajda
Yosin
Sod
G’ofir
Fussilat
Shuaro
Zuxruf
Duxon
Josiya
Ahqof
Qof
Qalam 
Nun harfi soni
193
121
193
98
56
93
5
6
81
5
-
192
84
81
59
54
7
27
71
18
32
30
6
78
44
30
26
-
42

 Yuqoridagi jadval muqatta harflar bilan boshlanadigan suralarda Nun harfi bilan tugaydigan oyatlarning taqsimotini ko‘rsatib beradi.

Qur'onning qofiya tizimi umumiy tekshirib ko‘rilganda esa qofiyalarning 80% ga yaqinrog‘i Alif, Mim, Yo va Nun harflaridan tashkil topgan uch tovush (n, m, a) dan iborat ekanligini ko‘ramiz.258 Nun harfidan tashqari, oyatlarning 30% i Mim, Alif yoki Yo bilan qofiyalangan.

Qofiyalarda eng ko‘p qo‘llanilgan to‘rt tovush:

Harf

ا

ي

م

ن

Jami

Tovushlar

a

ya

m

n

 

Oyat soni

949

246

666

3123

4984

Nisbati (%)

15,22

3,94

10,68

50,08

79,92

Yuqoridagi jadvalda Qur'on qofiya tizimining 72,92% ini tashkil etgan 4 ta harfning nisbiy bir shakldagi taqsimoti qo‘rsatilgan.

Quyidagi suralar esa bu to‘rt harf qo‘llanilgan qofiyalarning ko‘plab misollaridan bir nechtasidir, xolos:

   «Mu’minun» surasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
Qod aflahal-mu’minuuna
Allaziina hum fii solaatihim xooshi’uuna
Vallaziina hum ‘anil-lag‘vi mu’rizuna
Vallaziina hum lizzakaati faa’iluna
Vallaziina hum lifuruujihim haafizuuna
...av maa malakat aymaanuhum fa innahum g‘oyru maluumiina
...faulaaika humul-’aaduuna
Vallaziina hum li amaanaatihim va ‘ahdihim roo’uuna
Vallaziina hum ‘alaa solavaatihim yuhaafizuuna
Ulaaika humul -vaarisuuna
...humfiihaa xooliduuna
Va laqod xolaknal-insaana min sulaalatin min tiinin
Summa ja’alnaahu nutfatan fii qoroorin makiinin
…fatabaarok alloohu ahsanul-xolikiina 
Summa innakum ba’da zaalika lamayyituuna 
Summa innakum yavmal-qiyaamati tub’asuuna ... 
Va maa kunnaa ‘anil-xolqi g‘ofiliina
   
  «Nahl» surasi 
1
2
3
4
5
6
...yuta’aalaa’ammaa yushrikuuna
... annahuu laa ilaaha illa ana fattaquuni
...ta’aalaa’ammaa yushrikuuna
... fa izaa huva xosiimun mubiinun
...vamanaafi’uvaminhaa ta'kuluuna
Va lakum fiiha jamaalun hiina turihuuna va hiina tusrohuuna
   
  «An’om» surasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
... summallazina kafaruu birobbihim ya’diluuna
... summa antum tamtaruuna
...vaya’lamumaataksibuuna
... illaa kaanuu ‘anhaa mu’riziina
... fasavfa ya'tiihim anbaa'u maa kaanuu bihii yastahzi'uuna
... va ansha'naa min ba’dihim qornan aaxoriina
... in haazaa illaa sihrun mubiinun
... summa laa yunzoruuna
... va lalabasnaa ‘alayhim maa yalbisuuna
...maakaanuubihii yastahzi'uuna
   
  «Rum» surasi 
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
... va laakinna aksaronnaasi laa ya’lamuuna
... va hum ‘anil aaxiroti hum g‘ofiluuna
... va inna kasiiron minannaasi biliqooi robbihim lakaafiruuna
... va laakin kaanuu anfusahum yazlimuuna
... an kazzabuu biaayaatillahi va kaanuu bihaa yastahzi'uuna
... summa ilayhi turja’uuna
... yublisul mujrimuuna
... va kaanuu bishurokaa'ihim kaafiriina
Va yavma takuumussaa’atu yavmaizin yatafarrokuuna
... fahum fii rovzotin yuhbaruuna
   
  «Yunus» surasi
26
27
28
29
30
31
32
33
34
ulaaika ashaab ul-jannati hum fiihaa xoliduuna
ulaaika ashaab un-naari hum fiihaa xoliduuna ... 
yu qoola shurokaa'uhum maa kuntum iyyaanaa ta’buduuna ... 
in kunnaa ‘an ‘ibaadatikum lag‘oofiliina
vazolla ‘anhum maa kaanuu yaftaruuna ... 
faqul afalaa tattaquuna
fa'annaa tusrofuuna 
...annahumlaa yu'minuuna 
...fa'annaatu'fakuuna
   
  «Ankabut» surasi
6
7
8
9
10
11
12
13
14
... innallooha lag‘oniyyun ‘anil ‘aalamiina
... yu lanajziiannahum ahsanallazii kaanuu ia’maluuna
... faunabbiukum bimaa kuntum ta’maluuna
... lanudxilannahum fissoolihiina
... avalaysalloohu bia’lama bimaa fii suduuril-’aalamiina
... yu laya’lamannal-munaafikiina
... innahum lakaazibuuna
... yu layus'alunna uavmal-qiyaamati ‘amma kaanuu yaftaruuna
... fa'axozahumut-tuufaanu yu humzoolimuuna
   
  «Naml» surasi
12
13
14
15
16
17
18
19
... innahum kaanuu qovman fasiqiina
... haazaa sihrun mubiinun
... fanzur kayfa kaana ‘aaqibatul-mufsidiina
... min’ibaadihil-mu'miniina
... inna haazaa lahuval-fazlul-mubiinu
... fahum yuuza’uuna
... Sulaymaanu va junuuduhuu va hum laa yash’uruuna
... yu adxilnii birohmatika fii ‘ibaadikas-soolihiina
   
  «Niso» surasi
23
24
25
26
27 
…innallooha kaana g‘ofuuron rohiiman 
…innallooha kaana ‘aliiman hakiiman 
…valloohu g‘ofuurun rohiimun 
…valloohu ‘aliimun hakiimun 
…an tamiiluu maylan ‘aziiman  
   
  «Moida» surasi
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 ... fain yaxrujuu minhaa fainnaa daaxiluuna
...fatavakkaluuinkuntum mu'miniina
...innaahaahunaa qoo’iduuna
... fafruq baynanaa va baynal-qovmil-faasiqiina
... falaata'sa’alal qovmil-faasiqiina
... qoola innamaa yataqobbalulloohu minal-muttaqiina
... innii axofullooha robbal-’aalamiina
... va zaalika jazaa 'uz-zoolimiina
... faqotalahuu fa'asbaha minal-xoosiriina
... fa'asbaha minan-naadimiina
   
  «A’rof» surasi
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
... va zikroo lil-mu miniina
... qoliilan maa tazakkaruuna
... fajaa'ahaa ba'sunaa bayaatan av hum qoo'iluuna
... izjaa'ahum ba'sunaa illaa an qooluu innaa kunnaa zoolimiina
... va lanas 'alannal -mursaliina
... vamaakunnaag‘ooibiina
... faulaa'ika humul-muflihuuna
... bimaa kaanuu biaayaatinaa yazlimuuna
... qoliilanmaa tashkuruuna
... lam yakun minas-saajidiina
   
  «Tavba» surasi
7
8
9
10
11
12
13
14
... innallooha iuhibbul-muttakiina
... va aksaruhum faasiquuna
... innahumsaa'amaakaanuu ya’maluuna
... vaulaa'ika humul-mu’taduuna
... va nufasshlul-aayaati liqovmin ya’lamuuna
... la’allahum yantahuuna
... falloohu ahaqqu an taxshavhu in kuntum mu'miniina
... va yashfi suduuro qovmin mu'miniina 
   
  «Baqara» surasi
62
63
64
65
66
67
68
69
... va laa xovfun ‘alayhim va laa hum yahzanuuna 
... vazkuruu maafiihila’allakum tattaquuna
... lakuntum minal-xosiriina
... faqulnaa lahum kuunuu qirodatan xoosi'iina 
... va mav’izotan lil-muttaqiina 
... a’uuzubillahianakuuna minal-jaahiliina
... faf’aluumaa tu'maruuna
... innahaa baqorotun sofroou faaqi’un lavnuhaa tasurrun-naziriina
   
  «Oli Imron» surasi
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
... vattaqulloha la’allakum tuflihuuna
Vattaqun-naarollatii u’iddat lil-kaafiriina
... la’allakum turhamuuna
... u’iddat l il - muttakiina
... valloohu yuhibbul-muhsiniina
... va lam yusirruu ‘alaa maafa’aluuvahum ya’lamuuna
...vani’ma ajrul -’aamil iina
... fanzuruu kayfa kaana ‘aaqibatul-mukazzibiina
... va mav’izotun lil-muttakiina
... va antumul-a’lavna in kuntum mu'miniina
... valloohu laa yuhibbuz-zoolimiina
   
  «Anbiyo» surasi
5
6
7
8
9
10
11
12
... falya'tinaa biaayatin kamaa ursilal-avvaluuna
... afahum yu'minuuna
...inkuntumlaa ta’lamuuna
...vamaakaanuu xoolidiina
...vaahlaknal-musrifiina
...afalaata’kiluuna
... va ansha'naa ba’dahaa qovman aaxoriina
... izaa hum minhaa yarkuzuuna
   
  «Nur» surasi
47
48
49
50
51
52
53
54
55
... va maa ulaa'ika bil-mu'miniina
... izaa fariqun minhum mu’rizuuna
... va in yakun lahumul-haqqu ya'tuu ilayhi muz’iniina
... bal ulaa'ika humuz-zoolimuuna
... va ulaa'ika humul-muflihuuna
... faulaa'ikahumul-faaizuuna
... innallooha xobiirun bimaa ta’maluuna
... va maa ‘alar-rosuuli illal-balaag‘ul-mubiina
... faulaa'ikahumul-faasiquuna
   
  «Hijr» surasi
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
...vamaa yasta'xiruuna
... innaka lamajnuunun
... in kunta minas-soodiqiina
... va maa kaanuu izan munzoriina
... va innaa lahuu lahaafizuuna
Va laqod arsalnaa min qoblika fii shiya’il - avval iina
...kaanuubihii yastahzi'uuna
Kazaalika naslukuhuu fii quluubil-mujrimiina
...vaqodxolat sunnatul -avval iina
... fii ya’rujuuna
... bal nahnu qovmun mashuuruuna

Ikki yuz-uch yuz satrli she'rda bor-yo‘g‘i ikki yoki uch tovush bilan qofiyaviy nasr shakllantirilganda edi, bugungi kun adabiy tanqidchilari bu asarni nodir asar, deb baholashlariga kifoya bo‘ladigan muhim bir sifat unda jo bo‘lgan bo‘lar edi. Shunday ekan, Qur'onning uzunligi, unda berilgan ma'lumotlar va Qur'onning hikmatli izohlarini ko‘zda tutadigan bo‘lsak, undagi qofiyaviy nasriy tizim qo‘llanilgan g‘ayrioddiy uslub yanada aniqroq va go‘zalroq tus oladi. Qur'on haqiqatda turli-tuman fanlarga oid ma'lumotlar bilan to‘la bir ummondir. Diniy va ma'naviy yo‘riqlar, o‘tmishda yashab o‘tgan odamlar hayotidan o‘gitlar, Alloh yo‘llagan payg‘ambarlar va elchilarning xabarlari, tabiiy fanlar va muhim voqealarning tarixiy tafsilotlari shular jumlasidandir. Garchi bu ma'lumotlar shundoq ham ajoyib bo‘lsa-da, ular eng g‘aroyib adabiy marom va ustunlik bilan bayon etilgan. Ilmiy jihatdan teran va turfa masalalarni o‘z ichiga olgan Qur'onda bu qadar oz tovush bilan shunchalik ko‘p qofiyaviy nasr yaratishga inson zakovati bilan erishish mutlaqo mumkin emas. Mana shu nuqtai nazardan, arab tilshunoslari Qur'oni Karimni «shubhasiz hech taqlid etib bo‘lmas», deb ta'riflashlariga ajablanmaslik lozim.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.