background
logotype
image1 image2 image3

Muso payg’ambarning (a.s.) sehrgarlikka yo’yilishi

Fir'avn zamonidan qolgan papiruslarda Muso Payg‘ambar (a.s.)ga muntazam ravishda sehrgar deb murojaat etiladi. (Mazkur papiruslar Britaniya muzeyida saqlanmoqda.) Fir'avn va uni yoqlovchilarning barcha urinishlariga qaramay, ular hech qachon Muso (a.s.) va Isroil farzandlariga qarshi ochgan urushida ustun kela olmagan.

Bu adolatning idorachisi Quyoshning o‘g‘li Ammonning katta akasi bo‘lgan va padari Quyosh kabi abadiy yashaydigan Ramsesning qirolligi zamonida, yettinchi Payni oyining ikkinchi kunida yozildi... Bu maktubni olganing zamon tur, ishni boshla va dalalarning nazoratini o‘z ko‘lishta ol. Bugun boshokdi ekinlarni yakson qilmish suv bosqini kabi yangi ofatlar xabarini olganing zamon, tushun. Hemton ularni hirs ila yeb, ado etmish, omborlar talanmish. Kalamushlar dalalarga yig‘ilib kelmishlar, burgalar dovulga o‘xsharlar, chayonlar hirs ila yeyurlar, kichik pashshalar qolgan yaralar sanab bo‘lmas darajada ko‘pdur. Va bular fuqaroni mahzun etadir... Kotib (bu yerda Muso Payg‘ambar (a.s.) nazarda tutilmoqda) butun boshoqli ekinlarni mahv etmoq maqsadini ado etdi... Sehrlar ularning noni kabidur. Kotib ... yozmoq san'atinda insonlarning birinchisidur.

Muso Payg‘ambar (a.s.)ga «sehrgar» degan ayblov toshlarining irg‘itilishi haqida quyidagi oyatlarda xabar beriladi:

Ular mo‘‘jizalarimizni qo‘rishgach, Musoga: «Ey, sehrgar! Senga bergan va'dasiga binoan Rabbingga bizlar uchun duo qil. (Agar U azoblarni aritsa) albatta, bizlar hidoyat topuvchidirmiz», - dedilar. («Zuxruf» surasi, 49-oyat)

(Ular Musoga) aytdilar: «Bizni sehrlash uchun har qanday mo‘‘jiza keltirsang ham, biz senga imon keltiruvchi emasmiz.» («A'rof» surasi, 132-oyat)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.