background
logotype
image1 image2 image3

Muso payg’ambar (a.s.) va dengizning ikkiga bo’linishi

 Misrning Fir'avnlar nomi bilan ma'lum hukmdorlari o‘zlarini iloh, deb hisoblar edilar. Misr xalqi xurofiy aqidalarga asoslangan tizimni ilohiy mafkura tizimidan ustun qo‘ygan bir paytda, Isroil farzandlari qullikka, asoratga solingan bir davrda, Alloh Muso Payg‘ambar (a.s.)ni Misr qavmiga elchi qilib jo‘natdi. Biroq Fir'avn va uning hay'ati, umuman olganda, Misr xalqini Muso Payg‘ambar (a.s.) ilohiy dinga va Allohning Yagonaligiga da'vat etganda, ular o‘z butparast aqidalaridan voz kechishni deyarli butunlay rad etishdi. Muso (a.s.) Fir'avn va uning hay'atidagilarni Allohning qahridan ogoh qilib, yolg‘on ibodat, sig‘inishga berilmaslikka chaqirdi.

Bunga javoban ular Muso (a.s.)ga tuhmat, bo‘hton toshlarini otdilar. Ular uni aqldan ozganlikda, jodugarlikda va yolg‘onchilikda aybladilar. Fir'avn va uning maslakdoshlari hatto o‘zlarining ustlariga ko‘plab baxtsizliklar yog‘dirilgan bo‘lishiga qaramay, Muso Payg‘ambar (a.s.)ga yon berishdan bosh tortdilar. Ular hatto Muso (a.s.)ni o‘z boshlariga tushgan kulfatlarga sababchi, deb bildilar va uni Misrdan quvg‘in qilish yo‘llarini axtardilar. Alloh Qur'onda Muso (a.s.) va unga ergashgan mo‘minlarga quyidagicha e'tibor qaratadi:

Biz Musoga: «Bandalarim (Isroil avlodi) bilan tunda yulga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur», - deb vahiy yubordik. Bas, Fir'avn barcha shaharlarga (askar) yig‘uvchilarni junatdi (va dedi): «Aniqki, ular ozgina kishilardir. Darhaqiqat, ular (chiqib ketishlari bilan) bizlarni g‘azablantiruvchidirlar! Bizlar ehtiyotkor jamoadirmiz.» Bas, ularni (Fir'avn va unga ergashganlarni) bog‘lar va buloqlardan ayirdik. Xazinalar va shinam maskandan ham. Yana ularga (xazina va maskanlarga) Isroil avlodini voris qildik. Bas, (Fir'avn lashkari) tong paytida ularning iziga tushdilar.(«Shuaro» surasi, 52-60-oyatlar).

Bu xarita Muso (a.s.)ning Misrni tark etgandan sung yurgan yulini va dengiz bo‘lingan joyning taxminiy o‘rnini ko‘rsatadi.


Jabal al-Muso nomi bilan ma’lum bo‘lgan tog‘ odatda Sinay yarim orolida joylashgan, deb taxmin qilinar edi. Biroq yaqinda qilingan kashfiyotlar uning aslida Qizil dengizning Arabiston sohilida ekanligini ko‘rsatdi. 
 

Muso (a.s.) va isroilliklar bosib o‘tgan uzoq va mashaqqatli safardan so‘ng tog‘lar orasidan tashqariga chiqadigan yo‘lak ko‘ringan.
 

Sinay yarim orolining bo‘g‘ozga olib chiqadigan o‘sha qismi.

   
Fir’avnning shohona ikki oyoqli aravasi Misr muzeyida ko‘rgazma uchun qo‘yilgan. Shungao‘xshash namuna dengiz bo‘lingan joyda olib borilgan qazishmalar davomida topilgan.

Qur'onda nozil etilganidek, mazkur ta'qibdan so‘ng bu ikki jamoa dengiz qirg‘og‘ida yuzma-yuz keladilar. Shunda Alloh dengizni qoq ikkiga bo‘ladi hamda Muso (a.s.) va unga ergashgan mo‘minlarni qutqarib, Fir'avn va uning odamlarini o‘limga mahkum qiladi. Allohning bu madadi quyidagicha vahiy qilinadi:

Bas, Biz Musoga: «Asoying bilan dengazni urgan!» - deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) bo‘linib, har bir bo‘lak (suv balandga ko‘tarilib) ulkan tog‘ kabi buldi. Boshqalarni (Fir'avn va uning lashkarini ham) o‘sha (yo‘l)ga yaqinlashtirdik. Muso va u bilan birga bo‘lganlarning barchalarini (Fir'avn ta'qibidan) kutqardik. So‘ngra boshqalarni (dengazga) g‘arq qilib yubordik. Albatta, bunda ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko‘plari imon keltiruvchi bo‘lmadilar. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir. («Shuaro» surasi, 63-68-oyatlar)

Yaqinda mana shu voqeaga bog‘liq, Fir'avn davrida papiruslarda yozib qoldirilgan quyidagi tafsilot topildi:

Saroy oq xonasining kitoblarni ko‘riklaydigan boshlig‘i Amenamonidan nusxa ko‘chiruvchi kotib Penterhorga:

Ushbu maktub sizning ko‘lingizga yetganda va siz uni bitta-bittalab o‘kiganingizda, girdobga g‘arq bo‘layotganlar boshiga tushgan qayg‘uli musibatdan xabar topganingizda, yuragingizni bo‘ron ichra qolgan bargdek, eng qattiq iztirobga ixtiyor eting...

U kutilmagan va qutulib bo‘lmas ofatga giriftor bo‘ldi.Sardorimiz, qavmlar panohgardoni, mag‘rib va mashriq hukmdorining halokatini tasvir aylang. Suvlardagi uyqu buyuk bir narsadan yordamga muhtoj boshqa bir narsani joyladi. Qandayin yangilik men sizga yo‘llagan yangilikka qiyos bo‘lsin?216

Qur'onda vahiy qilingan o‘tmish voqealari bugungi kunda o‘z isbotini topayotganligi, shubhasiz, Qur'onning muhim mo‘‘jizalaridandir. (Qarang: Horun Yahyo. Perished Nations,Ta-ha Publishers, Buyuk Britaniya, 2001; Global Publishing, Istanbul, 2002; The Prophet Musa (a.s.), Millat Book Center, Hindiston, 2001)

Qizil dengizni kesib o‘tish paytida Muso (a.s.) va Isroil farzandlari guvoh bo‘lgan bu mo‘‘jiza ko‘plab tadqiqotlarning mavzuiga aylandi. Arxeologik qidiruvlar Misrni tark etgach, ularning nafaqat Qizil dengizga tomon olgan yo‘llarini, balki Fir'avn va Muso (a.s.) hamda uning qavmi uchrashgan joy tog‘lar bilan o‘ralganligini ham aniqlab berdi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Buni boshlanish nuqtasi tarzida qabul qilib, olib borilgan ko‘plab tadqiqot va izlanishlar natijasida olimlar dengiz qanday qilib ikkiga bo‘linganligiga doir hayratlanarli xulosalarga keldilar. Bu xulosalar Qur'onda nozil qilinganlar bilan to‘liq mosdir. Qur'onda tasvirlangan tarixiy voqealarning bugungi kunda tarixiy qaydlar orqali oydinlashtirilayotganligi, shubhasiz, Islom kitobining muhim mo‘‘jizalaridandir.

Ikki rus matematigi Naum Volzinger va Aleksey Androsov Muso Payg‘ambar (a.s.) chindan ham dengizni ikkiga ajrata olganini isbotladilar. Bunday mo‘‘jizaning sodir bo‘lishiga shubha bilan qaragan olimlarga qarshi, rus matematiklari mo‘‘jizaning sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan sharoitlarni tadqiq qildilar. O'z navbatida bu mo‘‘jizaning sodir bo‘lganligini tasdiqlashga olib keldi.

Rossiya Fanlar akademiyasining byulletenida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, o‘sha paytda Qizil dengiz yuzasiga yaqin rif mavjud bo‘lgan. O'sha yerdan turib olimlar suv sathining ko‘tarilishi past bo‘lganda rifni ochiq va quruq holatda qoldirish uchun kerak bo‘ladigan shamol tezligi va to‘fon kuchini aniqlashga kirishdilar. Natijada shu narsa ma'lum bo‘ldiki, har soniyada 30 metr (98,5 fut) tezlikda esadigan shamol dengizning chekinishiga sabab bo‘lib, rifni ochiq qoldirgan.

 Rossiya Fanlar akademiyasining Okeanografiya institutida faoliyat ko‘rsatuvchi Naum Volzingerning ma'lum qilishicha, «agarda (sharqiy) shamol tun bo‘yi soniyasiga 30 metr esganda, rif quruq bo‘lardi.» U yana, «bir qirg‘oqdan ikkinchi qirg‘oqqa borib taqaladigan 7 kilometr uzunlikdagi rifni bosib o‘tish uchun yahudiylarning (ular 600 000 ta edilar) to‘rt soat vaqti ketgan bo‘lar edi... so‘ngra yarim soat ichida suvlar orqaga qaytgan bo‘lar edi», deb izoh beradi.217 Jumladan, Volzingerning aytishicha, u va uning hamkasbi bu masalani Isaak Nyutonning nuqtai nazaridan turib o‘rganib chiqishgan. U «Ishonchim komilki, Xudo Yerni fizika qonunlari orqali boshqaradi», deb ta'kidlaydi.218

Shu narsani yodda tutish lozimki, bu tabiiy hodisaning sodir bo‘lish ehtimoli har doim ham mavjud. Agar Alloh iroda etsa, bu mo‘‘jiza yana, shamol tezligi, zamon va makon kabi hamma zaruriy sharoitlar yuzaga kelganda sodir bo‘lishi mumkin. Biroq bu yerdagi haqiqiy mo‘‘jizaviy jihat shundaki, bu voqealar aynan Muso (a.s.) va uning qavmi deyarli g‘alaba qozongan paytda sodir bo‘ldi. Muso (a.s.) va unga ergashgan jamoa suvni kesib o‘taman, deb turgan paytda suvning orqaga chekinishi (suvlar Fir'avn va uning lashkari uni kesib o‘tayotgan paytda orqaga qaytishini eslatmasa ham bo‘ladi) Allohning taqvodorlarga beradigan madadiga bir aniq misoldir. Darhaqiqat, Muso (a.s.)ning Allohga tayanishi va ishonishi eng quvonarli axloqiy qadriyatlar namunasidir:

Bas, qachonki, ikki jamoa bir-birini (uzoqdan) ko‘rgach, Musoning hamrohlari: «Bizlar aniq tutildik», - dedilar. (Muso) aytdi: «Yo‘q, men bilan birga Parvardigorimbor. Albatta, U meni (xavfsiz) yo‘lga boshlar.» («Shuaro» surasi, 61-62-oyatlar)

______________

216. Brigashya muzeyi, Misr papirusi №6. 
217. Galina Stolyarova, «City Scientists Say Red-Sea Miracle Can Be Explained» (Shahar olimlari aytadilarki, Qizil dengiz mo‘‘jizasini tushuntirib berish mumkin), The St. Petersburg Times, 20 yanvar, 2004;  www.sptimes.ru/archive/times/936/top/t 11445.htm; Galina Stolyarova, «Mathematicians Dissect a Miracle» (Matematiklar mo‘‘jizani tahlil qildilar) The Moscow Times, 21 yanvar, 2004;  www.themoscowtimes.com/stories/2004/01/21/003.html 
218. Yuqoridagi manbadan. 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.