background
logotype
image1 image2 image3

Gumbaz qilib yaratilgan osmon

U sizlar uchun Yerni «poyandoz», osmonni «bino» qilib qo‘ydi va osmovdan suv tushirib, u sababli sizlarga rizq sifatida mevalar (mevali daraxtlar)ni undirdi. Bas, bilib turib, Allohga (ibodatda) boshqa (soxta ma'buda)larni tenglashtirmangiz! («Baqara» surasi, 22-oyat)

Bu oyatda osmon «as-samaa' binaa'» deb tasvirlangan. «Gumbaz» yoki «shift» ma'nolarini ham anglatadigan bu so‘z badaviylar tomonidan ishlatilgan chodirga o‘xshab ketuvchi boshpanani ham tasvirlaydi.23 Osmonni chodirga o‘xshash bino deb tasvirlash bilan Qur'on uning tashqi elementlarga qarshi himoya shakli ekanligiga urg‘u bermoqda.

Hattoki biz bexabar bo‘lsak-da, ko‘p sonli meteoritlar xuddi boshqa sayyoralarga tushgani kabi, bizning Yerimizga ham tushadi. Bu meteoritlar nima uchundir boshqa sayyoralarda ulkan kraterlar yasaydi-yu, bizning Yerimizga kelganda biror zarar yetkazmaydi. Bunga asosiy sabab - Yerning meteorit tushishiga qattiq qarshilik ko‘rsatishidadir. Meteorit bu qarshilikka uzoq bardosh bera olmaydi va ishqalanish ta'sirida yonib ketishi bilan o‘zining katta miqdordagi massasini yo‘qotadi. Og‘ir musibatlarga giriftor qilishi mumkin bo‘lgan xavf, atmosferaning mavjudligi tufayli shu yo‘sinda bartaraf etiladi. Atmosferaning himoyalovchi xislati bilan bog‘liq yuqorida qayd etilgan oyatlarga qo‘shimcha ravishda, e'tiborimizni quyidagi oyatda tasvirlangan ataylab yaratilganlikka qaratamiz:

Alloh sizlarga yerdagi narsalarni va dengizda Uning amri bilan suzayotgan kemalarni bo‘ysundirib qo‘yganini hamda o‘zi osmonni Yerga iznisiz qulab tushishdan tutib turishiniko‘rmadingizmi?! Darhaqiqat, Alloh odamlarga nisbatan mehribon va rahmlidir. («Haj» surasi, 65-oyat)

Bundan oldingi bo‘limlarda muhokama qilingan atmosferaning himoyalovchi xislati Yerni kosmosdan, boshqacha aytganda, tashqi elementlardan asraydi. Yuqoridagi oyatda osmonga ishora qiluvchi «gumbaz» so‘zi bilan bizning e'tiborimiz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) davrida bilishning imkoni bo‘lmagan osmonning bu jihatlariga qaratiladi.

Bu ma'lumotlarning 1400 yil avval, hali kosmik kemalar va bahaybat teleskoplar bo‘lmagan bir paytda, Qur'onda aytilishi shu narsadan dalolat beradiki, Qur'on hamma narsani bilguvchi Parvardigorimizning so‘zidir.

 

Har yili dekabr oyining ikkinchi haftasida Geminid meteorit yomg‘irining eng kuchaygan payti kuzatiladi. Fotosuratdagi qisqa chiziqlar yulduzlarga tegishli izlardir; uzunroq chiziqlar esa meteoritlarga tegishli. Suratda ko‘rinib turgan yomg‘irdagi meteoritlar soatiga 58 tagacha tushadi.

_______________
23. «The Quran and Modern Physics» (Qur’on va zamonaviy fizika); http://webhome.idirect.com/~alila/Writings/Physics.htm


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.