background
logotype
image1 image2 image3

G'arb olimlari Qur'oni karim haqida

 Qur'onning adabiy jihatdan mukammalligi va taqlid etilmasligi haqida bildirilgan fikrlardan ba'zilari

Makkaliklar hamon undan mo‘jiza talab qilar edilar va Muhammad ajoyib qat'iyat va ishonch bilan, o‘z missiyasining oliy tasdig‘i sifatida Qur'onning o‘ziga murojaat qildi. Xuddi boshqa arablar kabi, ular lison va notiqlik san'atida ustomon edilar. Agar Qur'on o‘shanda uning o‘z asari bo‘lganida edi, boshqa odamlar u bilan raqobat qilgan bo‘lar edilar. Mayli, ular uning kabi o‘n oyat yozsinlar. Agar yoza olmasalar (va aniqki, ular yoza olmaslar), unda Qur'onni aniq bir mo‘jiza, deb qabul etsinlar.259 (Oksford universitetining mashhur arabshunosi Hamilton Gibb.)

Adabiy bir yodgorlik bo‘lgan Qur'on o‘z holicha turmoqdadir; u arab adabiyotida tengi yo‘q bir mahsuldir, undagi uslubning na salafi (o‘tmishdoshi) va na xalafi (vorisi) bordir. Barcha davrlar musulmonlari nafaqat uning mazmunan, balki usluban ham taqlid etilmasligini hammaga bildirishda birlashmishdirlar...260 (Hamilton Gibb.)

Qur'onning arab adabiyoti taraqqiyotiga va ko‘plab yo‘nalishlarga ko‘rsatgan ta'siri behisobdir. Uning g‘oyasi, tili, qofiyasi keyingi barcha adabiy asarlarda oz yoki ko‘p miqdorda nufuzga ega bo‘ldi. Uning o‘ziga xos lingvistik xususiyatlari na undan keyingi yuz yil ichida yozilgan nasrlarda va na so‘nggi nasriy yozma asarlarda taqlid etildi. Biroq Qur'onning qisman bo‘lsa ham oliy martabali arab tiliga qayishganligi sabab, u juda tez rivojlantirila olindi va imperatorlik hukumati hamda kengayib borayotgan jamiyatning yangidan-yangi ehtiyojlariga moslashtirila olindi.261 (Hamilton Gibb.)

O'z missiyasining haqiqiyligini isbotlash uchun Muhammad (s.a.v.)dan bir mo‘‘jiza ko‘rsatish so‘ralganda, u Qur'onning kelib chiqishi ilohiy ekanligining isboti sifatida

Qur'onning kalimalarini va uning beqiyos ustunligini dalil qilib keltirdi. Aslida, hatto musulmon bo‘lmagan kishilar uchun ham uning tushunarli va jarangdor tilidan ko‘ra hech bir narsa maftunkorroq emas... Uning ajoyib vaznli va go‘zal ohangli bo‘g‘inlarining mukammalligi g‘anim va imonsizlarning bu dinni I qabul qilishlarida katta ahamiyat kasb etib keldi.262 (Pol Kasanovaning L'Enseignement de l'Arabe au Voolege de France (Frantsuz kollejida arab tili ta'limi) nomli maqolasidan.)

Qur'on Jabroil tarafidan Muhammad (s.a.v.)ga aytib turilgan Allohning so‘zma-so‘z bir vahiysidir. U o‘zining hamda Allohning Payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ning rostligidan guvohlik beruvchi bir mo‘‘jizadir. Uning mo‘‘jizaviy xususiyati qisman uning uslubida yotadi - u shu qadar mukammal va yuksakki, na insonlar va na jinlar ularning eng qisqa bir surasiga teng bir sura yoza olmaslar va qisman undagi o‘gitlar mazmuni, kelajak haqidagi bashoratlar va Muhammad (s.a.v.) hech qachon o‘z xohishicha to‘plashi mumkin bo‘lmagan hayratlanarli darajadagi aniq ma'lumotlarda yotadi.263 (Harri Geylord Dormanning Towards Understanding Islam (Islomni anglamoq sari) nomli kitobidan.)

Arab tilidagi Qur'on bilan tanishib chiqqan har bir kishi bu diniy kitobning go‘zalligiga tasannolar aytishda hamfikrdir; uning shaklan savlati shu qadar ulug‘vorki, har qanday Yevropa tiliga tarjima qilinmasin, baribir uni aslidagi kabi anglab yeta olmaymiz.264 (Eduard Montetning Traduction Francaise du Coran(Qur'onning frantsuzcha tarjimasi) nomli kitobidan.)

Asl arab tilidagi Qur'on o‘ziga xos bir go‘zallik va joziba sohibidir. Uning lo‘nda va muhtasham uslubi, ko‘pincha qofiyalangan va ma'nodor qisqa jumlalari ta'sirli bir kuch va portlovchi energiyaga ega bo‘lib, ularni so‘zma-so‘z tarjimada ifoda etish o‘ta darajada murakkabdir.265 (Jon Naishning The Wisdom of the Qur'an   (Qur'onning hikmati) nomli kitobidan.)

Qur'on universal tarzda, arablarning eng asli va kibori bo‘lgan Quraysh lahjasida, eng go‘zal va sof bir tilda yozilgandir... Qur'onning uslubi go‘zal va ravon... va bir qancha joylarda, xususan, Allohning mahobati va sifatlari ta'rif etilgan paytda ulug‘vor va ko‘rkamlidir... U juda yaxshi muvaffaqiyatga erishar va o‘z tinglovchilarini shu qadar hayratga solar ediki, uning ba'zi muxoliflari buni bir afsun va sehrning ta'siri deb tushunar edilar.266 (Jorj Seylning The Koran: The Preliminary Discourse (Qur'on: Dastlabki va'z) nomli kitobidan.)

Haqiqat, hikmat va uslub sofligining mo‘‘jizasi...267 (Hazrat R. Bosvort Smitning Mohammed and Mohammedanism (Muhammad Payg‘ambar va Muhammadchilik) nomli kitobidan.)

Qur'on o‘ziga xos go‘zallikning ajib bir vazni va dilni mahliyo qiladigan bir ohangga egadir. Ko‘plab nasroniy arablar Qur'onning uslubi haqida iliq bir zavq bilan so‘z yuritadilar va ko‘pchilik arabshunoslar uning mukammalligini e'tirof etadilar... Haqiqatda, ham nazm, ham nasrda keng va boy bo‘lgan arab adabiyoti ichra u bilan qiyoslana oladigan hech bir narsa yo‘qdir.268 (Alfred Guillaumning Islam(Islomiyat) nomli kitobidan.)

Qur'onning ilohiy bir kitob ekanligi va uning insonlarga nisbatan ta'siri haqida bildirilgan fikrlardan ba'zilari

Umuman olganda, Qur'onda eng zukko insonlar, eng buyuk faylasuflar va eng yetuk siyosatdonlar e'tirof etadigan donolikning bir to‘plamiga duch kelamiz... Ammo Qur'onning ilohiy ekanligiga boshqa bir dalil ham bordir; vahiy kelgan kundan boshlab to bugungi kunga qadar o‘tgan butun davr mobaynida uning buzilmasdan saqlanib qolganligi ayni haqiqatdir... Musulmon dunyosi tomonidan takror va takror o‘qiladigan bu kitob imon keltirgan kishida hech qanday horg‘inlikni yuzaga keltirmaydi, aksincha, takrorlash orqali har kun yanada ko‘proq sevib boriladi. Uni tinglagan yoki o‘qigan kishida chuqur bir hayrat va hurmat hissi uyg‘onadi... Shu sababdan, Islomning buyuk va tezkor bir tarzda yoyilishiga sabab bo‘lgan narsa, birinchi navbatda, bu kitobningAllohningkitobiekanligidadir...269 (Laura Vektsiya Vaglerining Apologie de l'Islamisme nomli kitobidan.)

Qur'on ko‘plab mukammal axloqiy tavsiyalar va o‘gitlarni o‘z ichiga olgan. U shunday parchalardan tuzilganki, unda barcha insonlar ma'qullashi shart bo‘lgan hikmatli gaplarsiz biror sahifani topa olmasmiz. Qur'onning bunday parcha-parcha bo‘lib qurilishi hayotdagi har qanday holatlarda barcha insonlarga muvofiq keladigan o‘zaro bir butun matnlar, shiorlar va qoidalarni maydonga keltiradi.270 (Jon Uilyam Dreyperning A History of The Intellectual Development in Europe (Yevropada intellektual taraqqiyot tarixi) nomli kitobidan.)

Qur'on o‘zining kuch, bilim va universal ilohiy taqdir va birlik (ko‘klarning va Yerning sohibi Yagona Allohga bo‘lgan ishonch va e'tiqod) kabi sifatlarga boy Ilohiy tabiat to‘g‘risidagi tushunchalari tufayli, eng yuksak va teran axloqiy qadriyatlar, ibratli dohiyona hikmatlarni o‘zida mujassam etganligi va kuchli millatlar hamda buyuk imperatorliklarning qurilajagini isbotlaydigan bo‘limlarni o‘z ichiga olganligi sababdan uning eng yuqori darajadagi maqtovga loyiq ekanligini tan olmoq lozim.271 (Hazrat J. M. Rodvellning arabchadan tarjima qilingan ingliz tilidagi Qur'on ning so‘z boshisidan.)

Bu yerda, shu sababdan, Qur'onning adabiy mahsul sifatidagi ustunligi sub'ektiv va estetik zavqning ba'zi taxminlarga asoslangan tamoyillari bilan emas, balki uning Muhammad (s.a.v.)ning zamondoshlari va vatandoshlariga ko‘rsatgan ta'siri bilan o‘lchanishi kerakdir. Agar u o‘z tinglov-chilarining qalbiga bu qadar kuchli va ishonchli yo‘l topa olgan bo‘lsa, ziddiyatli elementlarni bir vujudga birlashtira olgan bo‘lsa, o‘sha paytga qadar arablarning tafakkuriga hukmron bo‘lib kelgan g‘oyalardan ancha yiroq bo‘lgan g‘oyalar bilan jonlantirilgan bo‘lsa, unda uning notiqligi mukammal bo‘lgan, chunki u yovvoyi qabilalardan madaniyatli bir millatni yaratdi...272 (T. P. Hyugning Dictionary of Islam (Islomiyat lug‘ati) nomli kitobidan joy olgan Doktor Steyngassning so‘zi.)

Arabcha Qur'onning ulug‘vor ritorikasini zaifroq bo‘lsa-da, aks ettiradi, deyish mumkin bo‘lgan bir narsani yaratish uchun kilgan urinishimda men chigal va umuman xilma-xil ritmlarni o‘rganishga ko‘p harakat qildim. Bunga Qur'onning (o‘z xabarlaridan tashqari) insoniyat yaratgan eng buyuk adabiy asarlar orasidan o‘rin olishga bo‘lgan rad etib bo‘lmas talabi ham kiradi. Mazkur juda xarakterli xususiyat oldingi tarjimonlar tomonidan deyarli butunlay nazardan chetda qoldirilgan. Shu sababdan ham ular tayyorlagan narsa ajoyib sayqal berilgan asliga nisbatan zerikarli va maroqsiz bo‘lib tuyulsa ajab emas.273 (Artur J. Arberrining The Koran Interpreted (Qur'on tafsiri) nomli kitobidan.)

Zamonaviy bilimlar asosida u (Qur'on) butunlay ob'ektiv ravishda yaxshilab o‘rganib chiqilganda, takroriy holatlarda allaqachon qayd etilgani kabi, bu ikkisi o‘rtasidagi muvofiqlikni bilib olish mumkin. Muhammad (s.a.v.) zamonidagi biror kishi, o‘sha davrning bilim darajasi hisobga olinganda, bunday xabarlarni yoza olishi mumkin emas, degan xulosaga kelamiz. Bunday mulohazalar Qur'onning nozil etilishida uning yagona o‘rnini ko‘rsatuvchi va faqatgina materialistik fikr yuritishga chorlaydigan biror tushuntirish keltirishga betaraf olim o‘zining qodir emasligini tan olishga majbur qiluvchi dalillarning bir qismidir.274 (Doktor Moris Bukell, Parij universiteti, Jarrohlik klinikasining sobiq mudiri.)

... boshlang‘ich nuqtasi sifatida Qur'on o‘z o‘rnini hamisha o‘zgartirmasdan saqlab kelgan... Har kimning anglay olishiga shunchalik aniq, shunchalik tushunarli tilni o‘zida jo etgan bu din chindan-da insonlarning vijdonlariga yo‘l topa oladigan qudratli kuch sohibidir.275 (Eduard Montet, frantsuz olimi.)

... ham kelib chiqishi, ham o‘zining saqlanishi jihatdan mutlaqo yagona, ... hech kimsa jiddiy bir shubha nazarini tashlashga qodir bo‘lmagan Buyuk qudrat to‘g‘risidagi kitobimiz bor.276 (Hazrat Bosvort Smitning Mohammed and Mohammedanism (Muhammad Payg‘ambar va Muhammadchilik) nomli kitobidan.)

 ... Qur'on vijdon erkinligini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlaydi.277 (Jeyms Michenerning The Misunderstood Religion (Islomiyat: Yanglish anglashilgan din) nomli maqolasidan.)

Adolat tuyg‘usi Islomning eng ajoyib oliy maqsadlaridan biridir, chunki Qur'onni o‘qiganimda hayotning bu dinamik printsiplarini ko‘raman; bular tasavvuf emas, aksinchaunda insonlarning kundalik hayoti uchun butun dunyoga mos amaliy-axloqiy tizimni ko‘raman.278 (Speeching and writings of Sarojini Naidu(Sarojini Naiduning nutqlari va yozuvlari) nomli kitobdan joy olgan The Ideals of Islam (Islomiyatning oliy maqsadlari) mavzusidagi lektsiyadan.)

Qur'onni bir manba, bilimlarning boshi, deyilsa hayron bo‘lmasligimiz kerak. Qur'onda osmonlar va Yer, inson hayoti, tijorat va turli hunarlar bilan bog‘liq har bir soha ustida goh-goh to‘xtalib o‘tilgan va bu muqaddas kitobning bo‘limlari yuzasidan tafsirlarni yuzaga keltirgan ko‘plab monografiyalarning yaratilishiga sabab bo‘ldi. Shu taxlitda, Qur'on katta muhokamalarga mas'ul bo‘ldi va bunga bevosita musulmon dunyosidagi fanning barcha sohalaridagi muhtasham taraqqiyot sabab bo‘ldi... Bu yana nafaqat arablarga ta'sir o‘tkazdi, balki yahudiy faylasuflarini ham metafizik va diniy masalalarga arab uslubida munosabatda bo‘lishga majbur qildi. Nihoyat, arab din falsafasi nasroniy sxolastik falsafasini qay tarzda boyitganligi xususida ortiq tortishishga hojat yo‘q.

Islom doirasida bir vaqtlar vujudga kelgan ma'naviy harakat yolg‘iz diniy taxminlar bilan chegaralanib qolmadi. Yunonlarning falsafiy, matematik, astronomik va tibbiy yozma asarlari bilan tanishish bu izlanishlarning davom ettirilishiga yo‘l ochib berdi. Tasvirlovchi vahiylarda Muhammad (s.a.v.) Alloh mo‘‘jizalarining bir parchasi sifatida samo jismlarining harakatiga, ularning insonga xizmat qilish uchun bo‘ysundirib qo‘yilganligiga va shuning uchun ularga sig‘inmaslikka takror va takror diqqatni tortadi. Barcha irqdagi musulmonlar astronomiya ilmini qanday qilib muvaf-faqiyatli davom ettirganliklari ularning asrlar davomida bu ilmning asosiy yoqlovchilari bo‘lganliklaridan anglashiladi. Hatto hozir ham ko‘plab yulduzlar va texnik atamalarning arabcha nomlari qo‘llanilib kelinmoqda. Yevropadagi O'rta asr astronomlari arablarning shogirdlari edilar.

Xuddi shu yo‘sinda, Qur'on tibbiy izlanishlarga ham turtki berdi va umuman tabiat yuzasidan mushohada yuritish va izlanishlar olib borishni tavsiya etdi.279 (Professor Hartvig Hirchfeldning New Researches into the Composition and Exegesis of the Qur'an (Qur'onning tuzilishi va tafsiri yuzasidan yangi tadqiqotlar) nomli kitobidan.)

Tan olish kerakki, Qur'on dunyoning eng buyuk ilohiy kitoblari orasida muhim bir o‘rinni egallaydi. Adabiyotning bu sinfiga oid jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan asarlarning eng yoshi bo‘lsa-da, juda ko‘p insonlarga samarali ta'sir o‘tkazishda unga teng keladigani yo‘q. U inson tafakkurida yangi bir davr va yangi bir xarakterni yaratdi. U dastlab Arabiston yarim orolining bir necha turli cho‘l qabilalarini qahramonlar millatiga aylantirdi va so‘ngra butun Yevropa va Sharq eng buyuk kuchlardan biri sifatida e'tiborga olishi kerak bo‘lgan Muhammad (s.a.v.) dunyosining yirik siyosiy-diniy tashkilotlarini yaratishni davom ettirdi.280 (Hazrat J. M. Rodvellning arabchadan inglizchaga tarjima qilingan Qur'on kitobida G. Margoliut tarafidan yozilgan so‘z boshidan.)

Biz uning (Qur'onning) sahifalarini har safar ochganimizda..., u tezda maftun etadi, hayratda qoldiradi va pirovardida bizning hurmatimizni qozonadi ... Uning uslubi, uning mazmuni va maqsadga muvofiq ravishda..., har doim va chindan-da muhtashamdir... Bu kitob butun davrlar davomida eng kuchli ta'sirga ega kitob bo‘lib qolajak.281 (T. P. Hyug muallifligidagi Dictionary of Islam (Islomiyat lug‘ati) nomli kitobdan joy olgan Gyotening so‘zi.)

Ba'zi olimlarning Qur'on haqidagi fikrlaridan

... (Qur'onda) ko‘plab aniqliklar mavjud va xuddi Doktor Mur kabi, men ham buning ilohiy bir ilhombaxsh g‘oya yoki vahiy ekanligiga, ular uni bu xabarlarga boshlaganligiga ishonaman.282 (Doktor T. V. N. Persaud, Manitoba universiteti anatomiya, pediatriya va bolalar salomatligi, akusherlik, ginekologiya va urchitish fanlari professori.)

... Menimcha, genetika va din o‘rtasida hech qanday ziddiyat yo‘q, bilaks din ba'zi an'anaviy ilmiy yondashuvlarga yangilik qo‘shish orqali fanni yo‘naltiradi va Qur'onda shunday xabarlar borki, ular asrlar o‘tgach asosli, deb topiladi va ular Qur'onda Allohdan kelgan bilimni himoya qiladi.283 (Doktor Jou Ley Simpson, akusherlik va ginekologiya, molekulyar va inson genetikasi fanlari professori.)

Olim sifatida men aynan ko‘ra oladigan narsalar bilangina ish yuritaman. Men embriologiya va rivojlanish biologiyasini tushunaman. Qur'ondan men uchun tarjima qilingan kalimalarni ham tushuna olaman. Oldinroq misol keltirganimdek, agarda o‘zimni o‘sha davrga o‘tkaza olganimda edi, bugungi kunda bilganlarim va tasvirlay oladiganlarimni bilgan holda, ta'rif etilganlarni tasvirlay olmagan bo‘lar edim. Shuning uchun bu yerda u (Muhammad (s.a.v.)) yozishga qodir bo‘lgan narsada ilohiy madad ishtirok etgan, degan tushuncha bilan zid keluvchi hech narsani ko‘rmayapman.284 (Doktor E. Marshall Jonson, Tomas Jefferson universitetida anatomiya va rivojlanish biologiyasi fani bo‘yicha iste'fodagi professor.)

Ba'zi oyatlar (Qur'on oyatlari) jinsiy hujayra (gameta)larning qo‘shilish paytidan tortib embrionda organlarning rivojlanishi (organogenez)ga qadar tushunarli ta'riflarni o‘z ichiga olgan. Inson taraqqiyotining tasnifi, terminologiyasi va ta'rifi kabi bunday aniq va to‘liq qaydlar ilgari mavjud bo‘lmagan. Har doim bo‘lmasa ham, ko‘p hollarda bu ta'riflar, amaldagi ilmiy adabiyotlarda inson embrioni va homilasi rivojlanishining turli bosqichlari qayd etilishidan oldin ko‘p asrlar muqaddam keltirilgan edi.285 (Jerald S. Gourinjer, Jorjtaun universitetida tibbiy embriologiya bo‘yicha dotsent.)

Insonning rivojlanishi haqida Qur'onda keltirilgan xabarlarga aniqlik kiritishga yordamim tekkanidan juda mumnunman. Menga shu narsa ayonki, bu xabarlar Muhammad (s.a.v.) ga Allohdan kelgan, chunki bu bilimlarning ko‘pchiligi keyingi asrlarga qadar kashf qilinmadi. Bu menga shu narsani isbotlab beradiki, Muhammad (s.a.v.) Allohning elchisidir.286 (Doktor Keyt L. Mur, Toronto universiteti anatomiya va hujayra biologiyasi bo‘limining iste'fodagi professori. Taniqli embriolog va bir qancha tibbiy darsliklar muallifi.)

... Inson embrionining rivojlanish bosqichlari murakkab bo‘lganligi, rivojlanish mobaynida uzluksiz o‘zgarish jarayoni kechishi tufayli, Qur'on va Sunnada qayd etilgan atamalarni qo‘llash orqali yangi bir tasniflash tizimi ishlab chiqilishi mumkin, degan taklif bor. Taklif etilgan bu tizim sodda, tushunarli va amaldagi embriologiyaga oid bilimlarga mos keladi.287 (Doktor Keyt L. Mur, Toronto universiteti anatomiya va hujayra biologiyasi bo‘limining iste'fodagi professori.)

So‘nggi to‘rt yil ichida Qur'on va hadislarni jadal Ch/G sur'atlar bilan o‘rganish natijasida inson embrionini tasniflashning ajoyib bir tizimi kashf qilindiki, u milodiy yettinchi asrda qayd etilgani bois...., Qur'ondagi ta'riflarni yettinchi asrdagi ilmiy bilimlarga asoslab bo‘lmaydi...288 (Doktor Keyt L. Mur, Toronto universiteti anatomiya va hujayra biologiyasi bo‘limining iste'fodagi professori.)

Koinotning umumiy kelib chiqishi kabi narsalar haqida u (Muhammad (s.a.v.))ning bilishi deyarli mumkin emas, deb o‘ylayman, chunki olimlar buni juda murakkab va ilg‘or texnologik uslublarni qo‘llash orqali faqatgina keyingi bir necha yil ichida aniklashga muvaffaq bo‘ldilar... 1400 yil muqaddam yadro fizikasi haqida hech narsa bilmagan bir kishi, menimcha, misol uchun, Yer va samolar bitta kelib chiqish tarixiga ega ekanligini yoki biz bu yerda muhokama qilgan boshqa ko‘plab masalalarni o‘zining aqli bilan bilib olishga qodir emas edi.289 (Alfred Kroner, Germaniyadagi Maynz universitetining geofanlar bo‘limi professori. Dunyoning eng mashhur geologlaridan biri.)

Agar siz bularning barchasini birlashtirsangiz va Qur'onda Yer, uning paydo bo‘lishi va umuman, fanga aloqador tarzda berilgan xabarlarning barchasini birlashtirsangiz, siz u yerda berilgan xabarlarning ko‘p jihatlardan haq ekanligini, ularning endilikda ilmiy uslublar bilan tasdiqlanishi mumkinligini ayta olasiz... Qur'onda keltirilgan ko‘plab xabarlar o‘sha paytlarda isbotlana olmas edi, ammo zamonaviy ilmiy uslublar endilikda Muhammad (s.a.v.)ning 1400 yil ilgari aytganlarini isbotlash holatidadir.290 (Alfred Kroner, Germaniyadagi Maynz universitetining geofanlar bo‘limi professori.)

Qur'ondan haqiqiy astronomik faktlarni topganimdan juda hayratda ekanligimni aytmoqchiman va bizning nazarimizda zamonamiz astronomlari koinotning juda kichik bir qismini tadqiq qilayotgan ko‘rinadi. Biz o‘z harakatlarimizni juda kichik bir qismni tushunishga qaratmoqdamiz. Chunki teleskoplardan foydalanib, butun koinot haqida o‘ylamasdan osmonning faqat eng kichik qismlarinigina ko‘ra olamiz. Shu sababdan, Qur'onni o‘qish orqali va undagi ma'lumotlarga javob topish orqali, men koinotni o‘rganish uchun o‘z kelajak yo‘limni topa olaman, deb o‘ylayman.291 (Professor Yushidi Kusan, Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Tokio rasadxonasi direktori.)

Albatta, men uni shundayligicha qoldirishni istardim, biz ko‘rgan narsa ajoyib narsadir, unga ilmiy tushuntirish berish mumkin yoki mumkin emasdir, u yerda biz oddiy bir inson sifatida tushuna oladigan narsadan tashqari, ko‘rgan yozuvlarimizni tushuntirib beradigan nimadir mavjud bo‘lishi ham kerak.292(Professor Armstrong, NASAda faoliyat ko‘rsatuvchi astronomiya sohasi bo‘yicha professor.)

Bunday turdagi bilimning u zamonlar, ya'ni 1400 yil oldin mavjud bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Balki ba'zi narsalar haqida ular sodda fikrga ega bo‘lgandirlar, ammo bu narsalarni batafsil tasvirlab berishlari juda qiyin. Shu sababli, bu oddiy bir insonning bilimi emasligi aniq Normal bir inson bu hodisani bu qadar batafsil tushuntira olmaydi. Shunday ekan, men ushbu ma'lumotlar g‘ayritabiiy bir manbadan kelgan bo‘lishi kerak, deb tushunaman.293 (Professor Dorja Rao, Saudiya Arabistoni, Jidda shahridagi Qirol Abdulaziz universitetining dengiz geologiyasi bo‘yicha professori.)

... Ishonchim komilki, 1400 yil muqaddam Qur'onda ifoda etilgan har bir narsa haqiqatdir va ular ilmiy yo‘llar bilan isbotlanishi mumkin... Bu barcha bilimlarni bilguvchi zot Allohning ilhomidir. Demak, shuni baralla so‘zlash vaqti keldi, deb o‘ylayman: «Allohdan boshqa iloh yo‘q va Muhammad Uning elchisidir.» 294 (Professor Tejatat Tejasen, Tailand, Chiang May shahridagi Chiang May universitetining anatomiya va embriologiya bo‘limi boshlig‘i.)

Qur'on bir necha asrlar ilgari nozil qilingan. U biz kashf qilgan narsalarni tasdiqlaydi. Bu Qur'on Allohning so‘zi ekanligidan dalolat beradi.295 (Professor Joli Samson, ginekologiya va akusherlik fanlari professori.) U (Qur'on) o‘tmishdan, yaqin zamondan va kelajakdan bahs yuritadi. Men Muhammad (s.a.v.) zamonidagi odamlarning madaniy va ilmiy saviyasini bilmayman. Agar bu qadimiy davrda, bizningcha, ilmiy saviya past bo‘lgan bo‘lsa va texnologiya yo‘q bo‘lgan bo‘lsa, unda hozirgi kunda biz o‘qiyotgan Qur'on Allohning nuri ekanligiga hech qanday shubha yo‘q. Alloh uni Muhammad (s.a.v.)ga ilhom etgan. Bundayin mukammal ma'lumot bo‘lganmikin, deya men O'rta Sharqdagi madaniyatning dastlabki tarixini tadqiq qildim. Agar bu qadimiy davrda Qur'on ma'lumotlariga o‘xshash boshqa ma'lumotlar bo‘lmagan ekan, bu Alloh Muhammad (s.a.v.)ni jo‘natgan, degan ishonchni kuchaytiradi; U Muhammad (s.a.v.)ga O'zining behad bilimidan kichik bir qismini yo‘llaganki, biz ularni faqat yaqin-yaqindagina kashf qila oldik, xolos. Biz geologiya sohasi bo‘yicha Qur'on bilan fan mavzusida uzluksiz dialog olib borishga umid qilmoqdamiz.296 (Professor Palmar, AQShda geologiya sohasidagi ko‘zga ko‘ringan olimlardan biri.)

Qur'onda tog‘larning yer yuzini mustahkamlash funktsiyasiga ega ekanligi haqidagi muhokamadan so‘ng: Ishonchim komilki, bu (Qur'onning ma'lumoti) juda-juda g‘alati va deyarli imkonsiz, mening chindan ham ishonchim komilki, agar siz aytayotgan narsa haq bo‘lsa, demak, bu kitob (Qur'on) e'tiborga olish kerak bo‘lgan juda qimmatli kitobdir, men sizning fikringizga qo‘shilaman.297 (Professor Syavda, okean geologiyasi sohasida Yaponiyada va butun dunyo miqyosida mashhur yapon olimi.)

Qur'on haqida bildirilgan boshqa fikrlardan namunalar

Har bir narsajuda ko‘p ma'noni anglatar edi. Bu Qur'onning go‘zalligi; u sizdan chuqur mulohaza qilish va aql yuritishni talab etadi... Men Qur'onni yana va yana o‘qishni davom ettirganimda, u duo, yaxshilik va ehson haqida so‘zladi. Men musulmon emas edim, ammo men o‘zim uchun yagona javob Qur'on ekanligini va Alloh uni men uchun ham jo‘natganligini ang-ladim.298 (Yusuf Islom (Ket Stivens), sobiq ingliz pop musiqa yulduzi.)

«Allohga taslim bo‘lgan kishi» sifatida «musulmon» V ekanligimdan umidvor bo‘lsam-da, men odatdagi ma'noda musulmon emasman, ammo ishonchim komilki, Qur'on va boshqa Islomiy tushunchalar qayd etilgan manbalar ilohiy haqiqat joy olgan yirik zaxiradir, undan men va boshqa g‘arbliklar hali ko‘p narsalarni o‘rganishlari darkor va «Islom shubhasiz kelajakdagi yagona dinning tamal toshini qo‘yuvchi eng quvvatli nomzoddir.»299 (Islam and Christianity today (Bugungi kunda islom va nasroniylik) nomli kitobdan.)

Islom dinini qabul qilishimda muhim va aniq ahamiyat kasb etgan manba Qur'on edi. Men Islom dinini qabul qilishimdan oldin g‘arbcha tanqidiy fikr yuritish ruhi bilan Qur'onni o‘rgana boshladim... O'n uchdan ortiqasr ilgari vahiy qilingan bu kitobda (Qur'onda) ma'lum oyatlar mavjud bo‘lib, ular eng zamonaviy ilmiy tadqiqotchilar o‘rgatgani kabi aynan bir xil tushunchalardan saboq beradi. Bu shubhasiz, o‘z dinimni o‘zgartirishimga sabab bo‘ldi.300 (Ali Selman Benuast, Frantsiya, tibbiyot fanlari doktori.)

Men har bir dinning muqaddas kitoblarini o‘qib chiqdim. Islomda duch kelganim - mukammallikni hech qaerdan topa olmadim. Muqaddas Qur'on men o‘qigan boshqa har qanday kitoblar bilan taqqoslanganda, xuddi gugurtga taqqoslangan Quyosh kabidir. Men qattiq ishonamanki, haqiqatga tamomila «yopilmagan» aql bilan Allohning so‘zlarini o‘qigan har qanday kishi musulmon bo‘lg‘usidir.301(Sayfuddin Dirk Uolter Mosig.)

Qur'onni kuchli qilgan xususiyatlardan biri shundaki, musulmon yoki har qanday inson Qur'onni qo‘liga olib, har qanday bir sahifani ochib o‘qiganida, hayotning mazmuniga oid bo‘lgan biror xabarni olur.302(Mashhur dinshunos Jon Espozito.)

Dunyodagi butun olimlar va ma'lumotli kishilarni birlashtirib, yagona, to‘g‘ri va insonlarni saodatga eltuvchi Qur'onning printsiplariga asoslangan bir tuzum qurajagimga oz fursat qoldi, deb umid qilaman.303(Frantsuz imperatori Napoleon Bonapart.)

__________________

259. H. A. P. Gibb, Islam-A Historical Survey (Islom - tarixiy izlanish) (Oxford University Press: 1980), 28. 
260. H. A. P. Gibb, Arabic Literature - An Introduction (Arab adabiyoti - Kirish) (Oxford at Clarendon Press: 1963), 36. 
261. Yuqoridagi manbadan, 37. 
262. Pol Kasanova, «L’Enseignement de I’Arabe au College de France» (Frantsiya kollejida arab tili ta’limi), Lecon d’overture, 26 aprel, 1909. 263. Harri Geylord Dorman, Towards Understanding Islam (Islomni anglamoq sari) (Nyu-York: 1948), 3. 
264. Eduard Montet, Traduction Francaise du Coran (Qur’onning frantsuzcha tarjimasi), Kirish (Parij: 1929), 53. 
265. Jon Naish, M. A. (Okson), D. D. , The Wisdom of the Qur’an (Qur’onning hikmatlari) (Oksford: 1937), so‘zboshi 8.
266. Jorj Seyl, The Koran: The Preliminary Discourse (Qur’on: Dastlabki va’z) (London va Nyu-York: 1891), 47-48. 
267. Hazrat R. Bosvort Smit, Mohammed and Mohammadanism (Muhammad Payg‘ambar va Muhammadchilik),  www.ndirect.co.uk/~n.today/disc160.htm
268. Alfred Guillaum, Islam (Islomiyat) (Penguin Books: 1990 [qayta nashri]), 73-74. 
269. Lauri Vektsiya Vagleri, Apologie de I’Islamisme, 57-59. 
270. Jon Uilyam Dreyper, A History of the Intellectual Development of Europe (Yevropada intellektual taraqqiyot tarixi) (London: 1875), 343-344. 
271. Hazrat J. M. Rodvell, Qur’on (London: 1918), 15. 
272. T. P. Hyugaing Dictionary of Islam (Islomiyat lug‘ati) nomli kitobidan joy olgan Doktor Steyngassning so‘zi, 528. 
273. Artur J. Arberri, The Koran Interpreted (Qur’on tafsiri) (London: Oxford University Press: 1964), 10. 
274. Moris Bukell, The Qur’an and Modern Science (Qur’on va zamonaviy fan), 1981, 18. 
275. Eduard Montet, Parij, 1890; Quoted by T. W. Arnold in The Preaching of Islam (Islomning xutbasi) (London: 1913), 413-414. 
276. Hazrat R. Bosvort Smit, Mohammed and Mohammadanism (Muhammad Payg‘ambar va Muhammadchilik), (London: 1874). 
277. Jeyms Michener «Islam: The Misunderstood Religion» (Islomiyat: Yanglish anglashilgandin), Reader’s Digest, may 1955, 68-70. 
278. Lectures on «The Ideals of Islam» (Islomiyatning oliy maqsadlari), Speeches and Writings of Sarojini Naidu (Sarojini Navduning nutelari va yozuvlari mavzusvdaga lektsiyadan) (Madras: 1918), 167. 
279. Hartvig Xirchfeld, f. f. d. , New Researches into the Composition and Exegesis of the Qur’an (Qur’onning tuzilishi va tafsiri yuzasidan yangi tadqiqotlar), (London: 1902), 9. 
280. G. Margoliug, Hazrat J. M. Rodvellning Qur’on kitobiga so‘z boshidan) (Nyu-York: Everyman’s Library: 1977), 7
281. T. P. Xyug muallifligidagi Dictionary of Islam (Islomiyat lug‘ati) nomli kitobdan joy olgan Gyotening so‘zi, 526. 
282. This is the Truth (By haqiqat) nomli videotasmadan;  www.islamguide.com/ch1-1-h.htm
283. Yuqoridagi manbadan. 
284. Yuqoridagi manbadan. 
285. Yuqoridagi manbadan. 
286. Video tape entitled This is the Truth (Bu haqiqat) nomli videotasmadan;  www.islamic-awareness.org/Quran/Science/scientists.html 
287. Yuqoridagi manbadan. 
288. Yuqoridagi manbadan. 
289. Yuqoridagi manbadan. 
290. Yuqoridagi manbadan. 
291. Yuqoridagi manbadan. 
292. Yuqoridagi manbadan. 
293. Yuqoridagi manbadan. 
294. http://islamweb.net/english/new/week15/(10)THELEADERSOFMODERN.htm
295. Yuqoridagi manbadan. 
296. Yuqoridagi manbadan. 
297. YuKoridagi manbadan. 
298. «What they say about Islaam, the Qur’an and Muhammad» (Ularning Islom haqida bildirgan fikrlari: Qur’on va Muhammad);  www.al-sunnah.com/call_to_islam/articles/what_they_say_about_islaam.html
299. V. Montgomeri Uott, Islam and Christianity Today (Bugungi kunda Islom va nasroniylik), (London: 1983), 9. 
300. «What they say about Islaam, the Qur’aan and Muhammad» (Ularning Islom haqida bildirgan fikrlari: Qur’on va Muhammad);  www.al-sunnah.com/call_to_islam/articles/what_they_say_about_islaam.html
301. Yuqoridagi manbadan. 
302. Jon Espozito, Jakelin Blesning «People Want to Know, So Koran is Best Seller» (Odamlar bilishni istaydi, demak, Qur’on juda mashhur kitob) kitobida keltirilgan parcha, USA Today, 27 noyabr, 2001. 
303. Napoleon Bonapart, Kristian Cherfilsning Bonaparte et Islam (Bonapart va Islom) kitobida keltirilganparcha, (Parij, Frantsiya: 1914), 125.
 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.