background
logotype
image1 image2 image3

Fir’avn va uning atrofidagilari boshiga tushgan kulfatlar

 Fir'avn va uning odamlari o‘zlarining ko‘pxudolilik tizimiga shunchalik sodiq edilarki, hatto Muso Payg‘ambar (a.s.)ningdonolik va maftunkor mo‘‘jizalar bilan qurollangan xabarlari ham ularning tosh qotgan yuraklarini yumshatolmas hamda ularni asossiz xurofot, bid'atlardan yuz o‘girtira olmas edi. Ular bu haqiqatni ochiqchasiga tan oladilar:

(Ular Musoga) aytdilar: «Bizni sehrlash uchun har qanday mo‘jiza keltirsang ham, biz senga imon keltiruvchi emasmiz.» («A'rof» surasi, 132-oyat)

Alloh ularning bunday munosabatlariga javoban, dimog‘dor-liklariga jazo sifatida xuddi oyatlarning birida «aniq mo‘‘jizalar» («A'rof» surasi, 133-oyat), deb tasvirlanganidek, ularning boshiga baxtsizlik va kulfatlar yog‘dirdi. Bu kulfatlardan biri qurg‘oqchilik edi. Buning natijasida mahsuldorlik kamayib ketdi. Qur'onning bunga bog‘liq oyatida shunday xabar qilinadi:

Fir'avn qavmini zora eslatma olsalar, deb (qahatchilik) yillariga va mevalarning taqchilligiga duchor etdik. («A'rof» surasi, 130-oyat)

Misrliklarning qishloq xo‘jalik tizimi Nil daryosi bilan bog‘liq edi va shuning uchun ham tabiiy sharoitlardagi o‘zgarishlar ularga o‘z ta'sirini o‘tkazmas edi. Biroq Fir'avn va uning atrofidagilar o‘z mag‘rurliklari va Allohning elchisini e'tirof etishdan bosh tortganliklari bois ko‘plab azob-uqubatlarga duchor bo‘ldilar. Ular Muso (a.s.)ning ogohlantirishlariga quloq solish o‘rniga, uni va Isroil qavmini o‘zlarining boshlariga tushgan omadsizliklarga balogardon qildilar. Shundan so‘ng Alloh bir necha ofatlarni ularga ravo ko‘rdi. Bu haqda bizga Qur'onda shunday xabar beriladi:

Shundan keyin ular ustiga to‘fon, chigirtka, bit, baqalar va qon (balolari)ni aniq mo‘‘jizalar sifatida yubordik. (Lekin) ular kibr-havo qildilar va jinoyatchi qavm - osiy bo‘ldilar. («A'rof» surasi, 133-oyat)

Misr xalqining boshiga tushgan ofatlar haqida papiruslarda yozib qoldirilgan tafsilotlar xuddi Qur'onda nozil qilingan tasvirlarga o‘xshaydi. Qur'on bu fojialar haqida bizni xabardor qiladi. Insoniyat tarixidagi bu davrning Islom dinida yoritilganligi, XIX asrning boshlarida Misrda O'rta qirollik davriga borib taqaladigan Ipuver papiruslarining kashf qilinishi orqali tasdiqlandi. Mazkur papirus kashf qilingandan so‘ng, u 1909 yilda Gollandiyadagi Leyden muzeyiga jo‘natildi va u Qadimgi Misr tarixi bo‘yicha mashhur olim A.D.Gardiner tomonidan tarjima qilindi. Papirusda Misrdagi ocharchilik, qurg‘oqchilik va Misrdan qullarning qochib ketishi kabi musibatlar tasvirlangan edi. Bundan tashqari, papirusni yozgan Ipuver bu hodisalarning shohidi bo‘lgan ekan. Quyida Ipuverning papirusi Qur'onda tasvirlangan bu falokatlarga qanchalik muvofiq kelishini ko‘rishingiz mumkin:

O'lat butun mamlakatda tarqalmish. Qon hamma yerdadur.219

Daryo qondur.220

Forsus, kecha ko‘ringan olamdan o‘tmish. Yer xuddi qirqib olingan zig‘ir kabi o‘z holicha horg‘in qolmish.221

Quyi Misr ko‘z yoshin to‘kur... Butun saroy daromadsiz o‘ltirur. Bug‘doy va arpa, g‘ozlar va baliqlar unga tegishlidur.222

Forsus, don-dun har tomondan tortilmish.223

Hamma yokda tartibsizlik va dahshatli shovqin... To‘qqiz kundan buyon saroydan tashqari chiqish yo‘qtsur va hech kim o‘z inisining yuzini ko‘ra olmas. Shaharlar qudratli dengiz to‘lqinlari tarafidan yer bilan yakson bo‘lmish. Hamma yokda qon... Qora o‘lat butun mamlakatga yoyilmish.

Bugun hech bir kimsa shimolga, Biblosga suzmayotir. Mo‘miyolarimiz uchun, kedr uchun nima qila olurmiz?... Oltin yetishmayotir...224

Odamlar inson ta'mi kelmish suvdan qochurlar, suv ichgach, yana chanqab qolurlar.225

Shundayin erur bizning suvimiz! Shundayin erur bizning toleimiz!

Shunday ekan, ne ham qila olurmiz? Hamma narsa xarob!226

Shaharlar vayron bo‘lmish. Yuqori Misr qurib qolmish.227

Istiqomatgohlar bir onda ostin-ustun bo‘lmish.228

Bu hujjatga ko‘ra, Misr xalqi ustiga yog‘ilgan falokatlar Qur'onning ushbu masaladagi tafsilotiga to‘liq mos tushadi.229 Bu papirus Fir'avn davrida Misr boshiga tushgan fojialar bilan parallel bo‘lib, u Qur'onning aslida ilohiy ekanligini yana bir marotaba isbot qiladi.

 

Misrda, XIX asrning bopsharida, O'rta qirollik davriga oid bir papirus kashf qilindi. Bu papirus Gollandiyadagi Leyden muzeyiga olib ketildi va AD.Gardiner tomonidan 1909 yilda tarjima qilindi. Papirusning to‘liq matni Admonistion of an Egyptian from a Hieratic Papyrus in Leiden (Leydendagi ieratik papirusdan bir misrlikning nasihatlari) nomli kitobda mavjud bo‘lib, unda Misrdagi katta o‘zgarishlar: ocharchilik, qurg‘oqchilik, qullarning Misrdan o‘z mol-mulklari bilan qochib ketishi va butun o‘lka uzra o‘limning yopirilgani ta'riflanadi. Mazkur papirus Ipuver ismli bir misrlik tomonidan yozib qoldirilgan va uning mazmunidan shu narsa ayon bo‘ladiki, bu shaxs Misrdagi falokatlarning shaxsan shohidi bo‘lgan. («The Ten Plagues - Live From Egypt (O'n o‘lat - to‘g‘ridan-to‘g‘ri Misrdan), Rabbi Mordechay Becher, www.ohr.org.il/yhiy/article.php/838Bu papirus falokatlar, Misr jamiyatining halokatini va Fir'avnning xarob bo‘lishini tasvirlovchi eng qimmatli qo‘lyozma hisoblanadi.

 

 

______________

219. «The Plagues of Egypt» (Misr o‘lati), Admonitions of Ipuwer 2:5-6 (Ipuverning nasihatlari 2:5-6);  www.mystae.com/restricted/streams/ thera/plagues.html
220. Admonitions of Ipuwer 2:10 (Ipuverning nasihatlari 2:10);  www.mystae.com/restricted/streams/thera/plagues.html
221. Admonitions of Ipuwer 5:12 (Ipuverning nasihatlari 5:12;  www.geocities.com/regkeith/linkipuwer.htm
222. Admonitions of Ipuwer 10:3-6 (Ipuverning nasihatlari 10:3-6);  www.geocities.com/regkeith/linkipuwer.htm
223. Admonitions of Ipuwer 6:3 (Ipuverning nasihatlari 6:3);  www.students. itu.edu.tr/~kusak/ipuwer.htm
224. Admonitions of Ipuwer (Ipuverning nasihatlari);  www.mystae.com/restricted/streams/thera/plagues.html
225. Admonitions of Ipuwer 2:10 (Ipuverning nasihatlari 2:10);  www.geocities.com/regkeith/linkipuwer.htm
226. Admonitions of Ipuwer 3:10-13 (Ipuverning nasihatlari 3:10-13); www.geocities.com/regkeith/linkipuwer.htm
227. Admonitions of Ipuwer 2:11 (Ipuverning nasihatlari 2:11);  www.geocities.com/regkeith/linkipuwer.htm
228. Admonitions of Ipuwer 7:4 (Ipuverning nasihatlari 7:4);  www.geocities.com/regkeith/linkipuwer.htm
229. Rabbi Mordechay Becher, «The Ten Plagues - Live From Egypt» (O’n o‘lat - to‘g‘ridan-to‘g‘ri Misrdan), Ohr Somayach Institutions;  www.ohr.org.il/special/pesach/ipuwer.htm


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.