background
logotype
image1 image2 image3

Biomimetika: jonzotlar loyihasidan g’oya olib

 Olimlar va tadqiqotchi hamda yangilik yaratuvchi mutaxassislar yangi loyiha ustida ish boshlashdan oldin, odatda, tirik mavjudotlardan model izlashadi va ularning tizimlari va qurilmalariga taqlid qilishadi. Boshqacha qilib aytganda, ular Alloh tomonidan tabiatda yaratilgan konstruktsiyalarni ko‘radilar, o‘rganadilar va ulardan g‘oya olib o‘zlarining yangi texnologiyalarini ishlab chiqishga kirishadilar. Bu yondashuv jonzotlarga taqlid qilishni izlovchi yangi bir fan tarmog‘i biometriyani dunyoga keltirdi. Keyingi yillarda fanning bu tarmog‘i texnologiyalar olamida keng qo‘llanila boshladi. Yuqoridagi oyatda «ibroh» (...dan o‘rganmoq, maslahat, ahamiyat, muhim narsa yoki model) so‘zining ishlatilishi bu masalada ko‘rilgan eng donolikdir.

Darvoqe, sizlar uchun chorva hayvonlarida ham ibrat bordir; sizlarni ularning qorinlaridagi najosat va qon oralaridan chiquvchi, (lekin) ichuvchilar uchun ishtahali toza sutdan ichirurmiz. («Nahl» surasi, 66-oyat)

Albatta, sizlar uchun chorva mollarida ham ibrat bordir; sizlarga ularning qornidagi narsa (suti)dan ichirurmiz, yana sizlar uchun ularda ko‘p foydalar bordir, shuningdek, ular(ning go‘sht-yog‘lari)dan yeysiz. Yana (kuruqlikda) ular ustiga va (dengizlarda) kemalarga minib yurasiz. («Mu'minun» surasi, 21-22-oyatlar)

Biomimetika deganda tabiatda mavjud bo‘lgan tizimlarga taqlid qilish uchun odamlar ishlab chiqaradigan moddalar, jihozlar, mexanizmlar va tizimlar tushuniladi. Ilmiy jamiyat ayni paytda bunday jihozlarga, ayniqsa, nanotexnologiya, robot texnologiyasi, sun'iy aql (elektron miya), tibbiyot va harbiy sohalarda katta ehtiyoj sezmoqda.

Biomimikriya g‘oyasi ilk marotaba montana shtatilik yozuvchi va ilmiy kuzatuvchi Janin M. Benius tomonidan olg‘a surilgan edi. Bu tushuncha keyinroq ko‘plab odamlar tomonidan tahlil qilindi va hayotga tatbiq qilina boshlandi. Quyida biomimikriya xususida bildirilgan ba'zi fikrlar berilgan:

«Biomimikriya» mavzusi shu narsani anglatadiki, namuna, o‘lchov va murabbiy bo‘lgan tabiat olamidan biz ko‘p narsalarni o‘rganishimiz kerak. Bu tadqiqotchilardagi umumiylik shundaki, ular insonning muammolariga javob topish uchun tabiatda yaratilgan loyihalarga hurmat bilan qarab, ulardan foydalanishga ilhom oladilar.159

Mahsulot sifati va unumdorlikni oshirish uchun tabiatdan foydalanuvchi Interface Inc. kompaniyasining mahsulot strategi Devid Oakey shunday deydi:

Tabiat biznes va dizaynda mening ustozim, hayot tarzi uchun esa namunadir. Tabiatning tizimi millionlab yillardan buyon ishlab kelmoqda... Biomimikriya tabiatdan ibrat olish usulidir.160

Bunday tez sur'atlar bilan yoyilib ketayotgan g‘oyani qo‘llab-quvvatlashni boshlagan olimlar tabiatning beqiyos va benuqson dizaynidan namuna sifatida foydalanish orqali o‘z izlanishlarini jadallashtirib yubordilar. Bu dizaynlar kam miqdordagi material va energiya bilan mahsuldorlikni maksimum oshirishi tufayli hamda o‘z-o‘zini ta'minlaydigan, atrof-muhitga bezarar, osoyishta, estetik jihatdan jozibador, chidamli va umri uzoq bo‘lganligi bois texnologik tadqiqotlar uchun modellar taqdim etadi. The High Country News  nashri biomimetikani «ilmiy qo‘zg‘alish» deb tasvirlaydi va quyidagicha izoh beradi:

Tabiiy tizimdan model sifatida foydalanish orqali biz bugungi kunda amalda bo‘lgan texnologiyalarga qaraganda chidamliroqlarini yaratishimiz mumkin.161

Tabiiy modellarga taqlid qilish kerak, deb fikr yuritadigan Janin M. Benius o‘zining Biomimicry: Innovation Inspired by Nature (Biomimikriya: tabiatdan ilhomlanib yaratilgan yangiliklar). Pe-rennial: 2002) nomli kitobida quyidagi misollarni keltiradi:

 ♦ Kolibrilar (Amerikada yashaydigan rangdor kichkina qushlar) Meksika bo‘g‘ozini 3 gramm (bir untsiyaning o‘ndan bir qismi) yoqilg‘i bilan kesib o‘tadi.

♦ Ninachilar eng mohir vertolyotlarimizdan ko‘ra epchilroq manyovr namoyish etishi bilan ustunlikka ega.

♦ Termit (chumoli turi) ko‘tarmalaridagi isitish, havo harorati va namligini bir xilda sakdash tizimlari inson qo‘li bilan yaratilganlardan jihoz va energiya iste'moli jihatdan ustun turadi.

♦ Ko‘rshapalakning yuqori chastotali to‘lqin uzatish moslamasi bizning radar tizimimizga nisbatan samaraliroq va sezgirroq.

♦ Yorug‘lik chiqaruvchi suv o‘tlari o‘z tanalarini yoritish uchun turli kimyoviy moddalarni biriktiradi.

♦ Arktika balikdari va baqalari qishda qattiq muzlaydi, bahorda esa yana hayotga qaytadi. Bu jarayonda ular o‘z tana a'zolarini muz yetkazishi mumkin bo‘lgan shikastdan himoya qiladilar;

♦ Buqalamun (xameleon) va karakatitsa (dengiz mollyuskalarining bir turi) o‘z atrofidagi narsalarga moslashib, aralashib ketish uchun teri tuslarini o‘zgartiradi.

♦ Ari, toshbaqa va qushlar xaritalarsiz yo‘nalishni aniqlaydilar.

♦ Kitlar hamda pingvinlar akvalang moslamasisiz sho‘ng‘iydilar.

Biz faqat bir nechtasi ustida to‘xtalib o‘tgan tabiatdagi bu hayratlanarli mexanizmlar va dizaynlar keng qamrovli sohalarda texnologiyani boyitish salohiyatiga ega. Bu salohiyat bizning bilimlarimiz va texnologik vositalarimiz ko‘paygan sari oydinlashmoqda.

Barcha hayvonlar insonlarni lol qoldiradigan ko‘plab fazilatlar egasidir. Ba'zi hayvonlar suv ichida harakatlanishga imkon yaratadigan ideal darajadagi gidrodinamik shaklga ega bo‘lsa, boshqalari bizga tanish bo‘lmagan sezgilardan foydalanadilar. Bularning ko‘pchiligi tadqiqotchilar birinchi marta duch kelgan yoki ular yaqinda kashf qilgan fazilatlardir. Imkon tug‘ilsa, kompyuter texnologiyasi, mexanik muhandislik, elektrotexnika, matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi sohalarda ko‘zga ko‘ringan mashhur olimlarni biror jonzotning hech bo‘lmasa bitta fazilatini taqlid qilish uchun jamlash maqsadga muvofiq

Olimlar har bir o‘tayotgan kunda tabiatning beqiyos strukturalari va tizimlariga duch kelishganda, ularni kashf qilib, hayratlanishmoqda va ular bu hayratdan insoniyatning manfaatlari uchun xizmat qiladigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish uchun g‘oya sifatida foydalanishmoqda. Olimlar tabiatda qo‘llangan mukammal tizimlar va g‘ayrioddiy uslublar o‘zlarining bilim va zakovatlaridan ancha ustun ekanligini tushunib yetishgach, ular mavjud muammolarga topiladigan mislsiz yechimlardan xabar topa boshladilar va endilikda ularni yillab qiynab kelgan muammolarni hal qilish uchun tabiatdagi dizaynlarga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqdalar. Natijada, juda qisqa vaqt ichida ular muvaffaqiyatga erishsalar ajab emas. Jumladan, tabiatga taqlid qilish orqali olimlar vaqt, mehnat va material resurslarini maqsadli ishlatish nuqtai nazaridan juda muhim yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar.

Bugungi kunda, rivojlanayotgan texnologiya asta-sekinlik bilan yaratilganlikning mo‘jizalarini kashf qilayotganini va bio-mimetika kabi jonzotlardagi insoniyat uchun xizmat qiladigan g‘ayrioddiy dizaynlardan foydalanayotganini ko‘rishimiz mumkin. Beniusning aytishicha, «uni tabiat usulida qilish» bizning oziq-ovqat yetishtirish, materiallar tayyorlash, energiya ishlab chiqarish, o‘zimizni davolash, ma'lumot to‘plash va biznes yuritish usulimizni o‘zgartirish salohiyatiga ega.162 Quyida bunday mavzularni muhokama qilgan ko‘plab ilmiy maqolalardan ba'zilarini sanab o‘tamiz:

«Fan tabiatga taqlid qilmoqda»163.

«Dizaynda hayot saboqlari»164.

«Biomimikriya: ochiq manzarada yashiringan sirlar»165.

«Biomimikriya: tabiatdan ilhomlanib yaratilgan yangiliklar»166.

«Biomimikriya: bizni o‘rab turgan buyuk donolik»167.

«Biomimetika: tabiat modellaridan materiallar yaratish»168.

«Muhandislar dizayn uchun tabiatdan maslahat so‘raydilar»169.

O'n to‘qqizinchi asrda tabiatga faqatgina estetik zavq olish uchun taqlid qilinar edi. O'sha davr rassom va arxitektorlari tabiatdan ilhom olib, o‘z asarlarida tabiat strukturasining tashqi ko‘rinish namunalaridan foydalanardilar. Biroq tabiatning g‘ayrioddiy dizaynlarini va ularning insonlarga keltirishi mumkin bo‘lgan manfaatlarini anglab yetish, XX asrga kelib, tabiiy mexanizmlarni molekula darajasida o‘rganish bilan boshlandi. Olimlar bugungi kunda, 1400 yil muqaddam Qur'onda vahiy qilinganidek, jonzotlardan ibrat olishmoqda. (Qarang: Horun Yahyo. Biomimetika: texnologiya tabiatga taqlid qiladi.)

Horun Yahyoning "Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari" asari asosida tayyorlandi.

__________
159. Frederik Pratter, «Stories from the Field Offer Clues on Physics and Nature» (Fizika vatabiat bo‘yicha sohaviyjavobsahifalari), Christian Science Monitor;  www.biomimicry.org/reviews_text.html
160. «Biomimicry» (Biomimikriya); www.bfi.org/Trimtab/spring01/biomimicry.htm
161. Mishell Nijhuis, High Country News, 6 iyul, 1998, 30-tom, 13-COH,  www.biomimicry.org/reviews_text.html
162. «Biomimicry Explained: A Conversation with Janine Benyus» (Biomimikriya tushuntiriladi: Janin Benius bilan suhbat), www.biomimicry.org/faq.html
163. Bilim ve Teknik (Fan va texnologiya), avgust, 1994, 43. 
164. Filip Boll, «Life’s lessons in design» (Dizaynda hayot saboqlari), Tabiat 409 (2001): 413-16;  www.nature.com/cgi-taf/DynaPage.taf?file=/nature/journal/v409/n6818/full/409413a0_fs.html&filetype=&_UserReference=C0A804EF465069 D8A41132467E093F0EDE99. 
165. «Biomimicry: Secrets Hiding in Plain Sight» (Biomimikriya: ochiq manzarada yashiringan sirlar), NBL (New Bottom Line) 6, 22-son, 17 noyabr, 1997;  www.natlogic.com/resources/nbl/v06/n22.html
166. Janin M. Benius, Biomimicry: Innovation Inspired by Nature (Biomimikriya: tabiatdan ilhrm-lanib yaratilgan yangiliklar), (Nyu-York: William Morrow and Company, Inc. : 51998);  www.biomimicry.org/reviews_text.html
167. EdHant, «Biomimicry: Genius that Surrounds Us» (Biomimikriya: bizni o‘rab turgan buyuk donolik), Tidepool,  www.biomimicry.org/reviews_text.html
168. Robin Esner, «Biomimetics: Creating Materials from Nature’s Blueprints» (Biomimetika: tabiat modellaridan materiallar yaratish), The Scientist, 8 iyul, 1991;  www.the-scientist.com/yr1991/july/research_910708.html
169. Jim Robbins, «Engineers Ask Nature for Design Advice» (Muhandislar dizayn uchun tabiatdan maslahat so‘raydilar), New York Times, 11 dekabr, 2001. 


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.