background
logotype
image1 image2 image3

Atom energiyasi va parchalanish

Alloh don va urug‘larni yoruvchi (va undiruvchi)dir. O'likdan tirikni chiqaradi va (U) tiriqdan o‘likni chiqaruvchidir. Ana o‘sha Allohdir. Bas, qayoqqa og‘ib ketayapsiz? («An'om» surasi, 95-oyat)

Yuqoridagi oyatda keltirilgan «don» (al-habb) va «urug‘» (an-navaa) so‘zlari atomning bo‘linishini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. Darhaqiqat, «an-navaa» «yadro, markaz, atom yadrosi» degan lug‘aviy ma'nolorga ega. Binobarin, o‘likdan tirikni chiqarishning tasvirlanishi Alloh o‘lik energiyadan materiyani yaratadi deb ham tushunilishi mumkin. Tirikdan o‘likni chiqarish esa materiya (tirik)dan energiya (o‘lik)ning yuzaga kelishini anglatishi mumkin, chunki atom doimiy harakatda bo‘ladi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchvdir.) Buvday fikrning tug‘ilishiga sabab «al-hayy» so‘zi «tirik» ma'nosidan tashqari «faol, serharakat, g‘ayratli» degan ma'nolarni ham anglatishidir. Oyatda «o‘lik» deb tarjima qilingan «al-mayyit» so‘zi «tirik emaslik, jonsiz» degan ma'noni anglatishi bilan energiyani nazarda tutayotgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

 

Olimlar energiyani ish bajarish qobiliyati, deb ta'riflaydilar. Yer yuzi va koinotdagi barcha narsalarni tashkil etuvchi ashyo materiya bo‘lib, u mikroskop ostiga olib qaralganda harakatlanayotganligini ko‘rish mumkin bo‘lgan atomlar va molekulalardan iborat. XX asrning boshlarida Albert Eynshteyn (1955 yilda vafot etgan) materiyani energiyaga aylantirish mumkinligini va bu ikkisi atom darajasvda o‘zaro ichki bog‘langanligini nazariy jihatdan isbotladi.213 Bu yuqoridagi oyatda qayd etilganidek, ehtimol tirikdan o‘likni chiqarish yoki boshqacha qilib aytganda, atom darajasvda harakatda bo‘lgan materiyadan energiya olish demakdir. Jumladan, «chiqaradi» deb tarjima qilingan «yuxriju» so‘zi «dunyoga keltirmoq, taratmoq, tarqatmoq, chiqarmoq» degan (elektr to‘lqinli holatdagi kabi) ma'nolarga ham ega. Demak, bu oyatdagi jumlalar atomdan olinadigan energiya shaklini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchvdir.)

Olimlar hozirgi kunda atomni, uning yadrosini parchalash orqali bo‘la oladilar. Eynshteynning nazariyalaridan boshlanish nuqtasi sifatvda foydalanib, ular 1940 yilda yadrolarni parchalash (atom yadrosini bo‘lish jarayoni) orqali materiyadan energiya olishga muvaffaq bo‘ldilar. «An'om» surasining 95-oyatvda «yormoq» deb tarjima qilingan «faaliqu» so‘zi parchalashning lug‘aviy ma'no-sini - (atom yadrosini) bo‘lish jarayoniga ishora bo‘lishi mumkin. Bu jarayon sodir bo‘lganda juda katta miqdordagi energiya chiqa-riladi.

«An'om» surasining 95-oyatidagi so‘zlar ma'nolari jihatidan juda salmoqlidir. Bu oyatda ta'riflangan hodisalar bilan atom energiyasini olish uchun atomning yadrosini bo‘lish o‘rtasida juda yaqin o‘xshashlik mavjud. Shundan kelib chiqib, bu oyat faqatgina XX asr texnologiyasi yordamida amalga oshirish imkoni bo‘lgan yadro parchalanishini nazarda tutadi, deyish mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

________________

213. «Energy and Matter» (Energiya va materiya), Fundamentals of Physical Geography;  www.physicalgeography.net/fundamentals/6a.html 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.