background
logotype
image1 image2 image3

Allohning Qur’ondagi matematik mo’jizalari

 Qur'onning biz shu paytgacha ko‘rib chiqqan mo‘jizaviy xususiyatlaridan tashqari, «matematik mo‘jizalari» ham bordir. Qur'onning bunday ajoyib jihatiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bu mo‘jizalarga bir misol Qur'ondagi ba'zi so‘zlarning takroriyligidir. Ba'zi so‘zlar esa hayratlanarli tarzda bir xil miqdorda takrorlanadi. Quyida bunday so‘zlarning ro‘yxati va ularning Qur'onda takrorlanish soni keltirilgan.

«Yetti osmonlar» (sab'a samaavaat) xabari yetti marta takrorlangan. «Osmonlarning yaratilishi» (xolqas-samaavaat) ifodasi ham yetti marta takrorlangan.

«Kun» (yavm) so‘zi 365 marta birlik shaklda takrorlangan bo‘lsa, uning ko‘pligi va ikkilik shakli «kunlar» (ayyaam va yavmayn) birgalikda 30 marta takrorlangan. «Oy» (shahr) so‘zi esa 12 marta takrorlangan.

«O'simlik» (nabat) va «daraxt» (shajar) so‘zlarining takroriyligi bir xil - 26 tadandir.

«To‘lov yoki mukofot» (jazaa) 117 marta takrorlangan bo‘lsa, Qur'onning asosiy odoblaridan biri bo‘lgan «afv etish» (mag‘firoh) ifodasi bu raqamdan roppa-rosa 2 marta ko‘p, ya'ni 234 marta takrorlangandir.

«Ayt» (qul) so‘zini sanasak, uning 332 marta uchrashini ko‘ramiz. «Aytdilar» (qolu) so‘zini sanaydigan bo‘lsak, unga ham shuncha marta duch kelamiz.

«Dunyo» (dunyaa) va «Oxirat» (aaxiroh) so‘zlarining takrorlanishi ham bir xil - 115 martadandir.

Qur'onda «shayton» (shaytoon) so‘zi xuddi «farishtalar» (malaaikah) so‘zi kabi 88 marta ishlatilgan.

«Imon» (iimaan) va «kufr» (kufr) so‘zlari Qur'onda 25 martadan qo‘llanilgan.

«Jannat» (jannah) va «jahannam» (jahannam) so‘zlarining har biri 77 martadan takrorlangan.

«Zakot» (zakaah) so‘zi Qur'onda 32 marta takrorlangan, shuningdek, «barakot» (barokah) so‘zi ham.

«Shafqatlilar» (al-abroor) ifodasi 6 marta, «gunoh-korlar» (al-fujjaar) ifodasi esa uning yarmicha, ya'ni 3 marta ishlatilgan.

«Yoz-issiq» (sayf-harr) va «qish-sovuq» (shitaa-bard) so‘zlarining takrorlanish miqdori bir xil - 5 martadir.

«Sharob» (xamr) va «sarxupshik» (saqoro) so‘zlari Qur'onda bir xil miqdorda - 6 martadan takrorlangan.

«Aql» (‘aql) va «nur» (nuur) so‘zlarining uchrashi 49 martadandir.

«Til» (lisan) va «va'z-nasihat» (mav'iza) so‘zlarining har ikkalasi ham 25 martadan takrorlangan.

«Foyda» (naf) va «buzg‘unchilik» (fasad) so‘zlari 50 martadan uchraydi.

«Mukofot» (ajr) va «qilmish» (fa'il) so‘zlarining har biri 107 martadan takrorlangan.

«Muhabbat» (al-mahabbah) va «itoat» (at-taa'ah) ifodalarining takrorlanishi 83 martadandir.

«Taqdir» (masiir) va «abadiy» (abadan) so‘zlari Qur'onda bir xil miqdorda - 28 martadan uchraydi.

«Musibat» (al-musiibah) va «shukr» (ash-shukr) so‘zlari Qur'onda bir xil miqdorda - 75 martadan uchraydi.

«Quyosh» (shams) va «nur» (nuur) so‘zlarining har biri Qur'onda 33 martadan uchraydi. «Nur» so‘zi sanalganda faqatgina so‘zning sodda shakllari hisobga olindi.

«To‘g‘ri yo‘lga boshlash» (al-hudaa) va «shafqat» (ar-rohmah) ifodalari 79 martadan uchraydi.

«G'am» (dayqva «shodlanmoq» (tamaniyyaso‘zlarining har biri Qur'onda 13 martadan takrorlangan.

«Erkak» (rojul) va «ayol» (mar'a) so‘zlari teng miqdorda - 23 martadan ishlatilgan. «Erkak» va «ayol» so‘zlarining Qur'onda takrorlanish soni bo‘lgan 23, ayni zamonda inson embrionining shakllanishida tuxum va spermatozoiddagi xromosomalar soni hamdir. Inson xromosa-malarining jami soni 46 ta bo‘lib, ular ayol va erkakning tuxum va spermatozoididagi xromosomalar sonining yig‘indisidir.

«Xiyonat» (xiyaanah) so‘zi 16 marta takrorlangan, shuningdek, «qabih» (xobis) so‘zi ham.

«Inson» (insan) so‘zi 65 marta qo‘llanilgan: insonning yaratilish bosqichlariga ishoratlar soni ham aynan shuncha, ya'ni: tuproq 17 marta, nutfa 12 marta, embrion (alaq) 6 marta, muzg'o 3 marta, et (lahm) 12 marta, suyak (izham) 17 marta ishlatilgan.

«Solavaat» so‘zi Qur'onda besh marta uchraydi va Alloh insonlarga bir kunda 5 daf'a namoz (solat)o‘qishni amr etdi.

«Quruqlik» (barr, yabas) so‘zi Qur'onda 13 marta, «dengiz» (bahr) so‘zi esa 32 marta, ular jami bo‘lib 45 marta uchraydi. Agar quruqlikning Qur'onda ishorat etilishi sonini, ya'ni 13 ni 45 ga bo‘lsak, 28,888888888889% raqami chiqadi. Dengizlarning Qur'onda ishorat etilish soni bo‘lgan 32 ni 45 ga bo‘lganimizda esa, 71,111111111111% hosil bo‘ladi. G'ayrioddiy tarzda, bu raqam bugungi kunda quruqlik va dengizning Yerdagi aniq nisbatlarini aks ettiradi.252

________________

252. «Scientific Miracles» (Ilmiy mo‘‘jizalar); http://monak2.tripod.com/Peaceonline/id1.html


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.