background
logotype
image1 image2 image3

Qur'oni karimdan 33 duo

 بسم الله الرحمن الرحيم

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan

 وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ أُجِيبُ دَعْوَةَ الدَّاعِ إِذَا دَعَانِ فَلْيَسْتَجِيبُواْ لِي وَلْيُؤْمِنُواْ بِي لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ

Bandalarim Sizdan (ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarining duosini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da'vatimga) javob qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar. (Baqara surasi, 186-oyat).

 

 

رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا إِنَّكَ أَنتَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ

Parvardigoro, bizdan (ushbu qilgan amalimizni) o‘zing qabul ayla. Shubhasiz, sen eshitguvchi, bilguvchisan! (Baqara surasi, 127-oyat).[1]

 

رَبَّنَا وَاجْعَلْنَا مُسْلِمَيْنِ لَكَ وَمِن ذُرِّيَّتِنَا أُمَّةً مُّسْلِمَةً لَّكَ وَأَرِنَا مَنَاسِكَنَا وَتُبْ عَلَيْنَآ إِنَّكَ أَنتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ

Parvardigoro, bizni o‘zingga bo‘yinsunguvchilardan qilgin va zurriyotimizdan ham o‘zingga itoat qiladigan kishilar chiqargin. Va bizga (qiladigan) iboratlarimizni o‘rgatgin va tavba-tazarrularimizni qabul et! Shubhasiz, sen tavbalarni qabul qilguvchi, rahmlisan! (Baqara surasi, 128-oyat)

 

رَبَّنَا وَابْعَثْ فِيهِمْ رَسُولاً مِّنْهُمْ يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِكَ وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَيُزَكِّيهِمْ إِنَّكَ أَنتَ العَزِيزُ الحَكِيمُ

Parvardigoro, ularning orasiga o‘zlaridan bo‘lgan, ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, kitob va hikmatni (Qur'on va Hadisni) o‘rgatadigan va ularni poklaydigan bir payg‘ambarni yubor! Shubhasiz, sen qudrat va hikmat sohibisan! (Baqara surasi, 129-oyat)

 

رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ

Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgan, oxiratda ham yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin! (Baqara surasi, 201-oyat)

 

رَبَّنَا أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا وَانصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ

Parvardigoro, ustimizdan sabru toqat yog‘dirgil, qadamlarimizni sobit qil va O'zing bizni bu kofir qavm ustiga g‘olib qil! (Baqara surasi, 250-oyat)

 

رَبَّنَا لاَ تُؤَاخِذْنَا إِن نَّسِينَا أَوْ أَخْطَأْنَا

Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! (Baqara surasi, 286-oyat)

 

رَبَّنَا وَلاَ تَحْمِلْ عَلَيْنَا إِصْرًا كَمَا حَمَلْتَهُ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِنَا

Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama!(Baqara surasi, 286-oyat)

 

رَبَّنَا وَلاَ تُحَمِّلْنَا مَا لاَ طَاقَةَ لَنَا بِهِ وَاعْفُ عَنَّا وَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَآ أَنتَ مَوْلاَنَا فَانصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ

Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni afv et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O'zing xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga O'zing bizni g‘olib qil! (Baqara surasi, 286-oyat)

 

رَبَّنَا لاَ تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةً إِنَّكَ أَنتَ الْوَهَّابُ

Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin endi dillarimizni haq yo‘ldan og‘dirma va bizga O'z huzuringdan rahmat ato et! Albatta Sengina barcha yaxshiliklarni ato etguvchisan! (Oli-Imron surasi, 8-oyat)

 

رَبَّنَا إِنَّكَ جَامِعُ النَّاسِ لِيَوْمٍ لاَّ رَيْبَ فِيهِ إِنَّ اللّهَ لاَ يُخْلِفُ الْمِيعَادَ

Parvardigoro, albatta Sen odamlarni hech shak-shubhasiz keladigan bir KUNga to‘plaguvchisan. Albatta Alloh va'dasiga xilof qilmagay! (Oli-Imron surasi, 9-oyat)

 

رَبَّنَا آمَنَّا بِمَا أَنزَلَتْ وَاتَّبَعْنَا الرَّسُولَ فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِدِينَ

Parvardigoro, nozil qilgan narsangga ishondik, payg‘ambaringga ergashdik. Bas, bizni (O'zingning birligingga, payg‘ambaringning haqligiga) guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin! (Oli-Imron surasi, 53-oyat)

 

رَبَّنَا وَآتِنَا مَا وَعَدتَّنَا عَلَى رُسُلِكَ وَلاَ تُخْزِنَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِنَّكَ لاَ تُخْلِفُ الْمِيعَادَ

Parvardigoro, bizlarga payg‘ambarlaring orqali va'da qilgan narsalaringni (jannat, mag‘firat, visolingdan bahramand etish kabi nematlaringni) ato qil va bizlarni qiyomat kunida rasvo qilmagil! Albatta, Sen va'dangta xilof qilmagaysan! (Oli-Imron surasi, 194-oyat)

 

رَبَّنَا ظَلَمْنَا أَنفُسَنَا وَإِن لَّمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ

Parvardigoro, bizlar o‘z jonimizga jabr-zulm qildik. Agar bizlarni mag‘firat va rahm qilmasang, shubhasiz, ziyon ko‘rguvchilardan bo‘lib qolurmiz! (A'rof surasi, 23-oyat)

 

رَبَّنَا لاَ تَجْعَلْنَا مَعَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ

Parvardigoro, bizlarni bu zolim qavm bilan birga qilib qo‘ymagaysan! (A'rof surasi, 47-oyat)

 

رَبَّنَا افْتَحْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ قَوْمِنَا بِالْحَقِّ وَأَنتَ خَيْرُ الْفَاتِحِينَ

Parvardigoro, biz bilan qavmimiz o‘rtasida haq hukm qilgaysan. O'zing hukm qilguvchilarning yaxshirog‘idirsan! (A'rof surasi, 89-oyat)

 

رَبَّنَا أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَتَوَفَّنَا مُسْلِمِينَ

Parvardigoro, ustimizdan sabru toqatni yog‘dirgaysan va bizlarni faqat musulmon bo‘lgan holimizda o‘ldirgaysan! (A'rof surasi, 126-oyat)

 

رَبَّنَا لاَ تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِّلْقَوْمِ الظَّالِمِينَ  وَنَجِّنَا بِرَحْمَتِكَ مِنَ الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ

Parvardigoro, bizlarni bu zolim qavmga maftun - aldanuvchi qilib qo‘yma. Va O'zing rahm aylab bizlarni bu kofir qavmdan qutqar». (Yunus surasi, 85-86-oyatlar)

 

رَبَّنَا إِنَّكَ تَعْلَمُ مَا نُخْفِي وَمَا نُعْلِنُ وَمَا يَخْفَى عَلَى اللّهِ مِن شَيْءٍ فَي الأَرْضِ وَلاَ فِي السَّمَاء

Parvardigoro, albatta Sen bizlar yashirgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham bilursan, Alloh uchun yeru osmondagi biron narsa maxfiy emasdir. (Ibrohim surasi, 38-oyat)

 

رَبِّ اجْعَلْنِي مُقِيمَ الصَّلاَةِ وَمِن ذُرِّيَّتِي رَبَّنَا وَتَقَبَّلْ دُعَاء

Parvardigorim, meni va zurriyotimdan (bo‘lgan bolalarimni) namozni to‘kis ado etguvchi qilgil. Parvardigoro, duoimni qabul ayla. (Ibrohim surasi, 40-oyat)

 

رَبَّنَا اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ الْحِسَابُ

Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgil. (Ibrohim surasi, 41-oyat)

 

رَبَّنَا آتِنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةً وَهَيِّئْ لَنَا مِنْ أَمْرِنَا رَشَدًا

Parvardigoro, bizlarga o‘z huzuringdan rahmat - marhamat ato etgin va bizlarning ishimizni O'zing o‘nglagin! (Kahf surasi, 10-oyat)

 

رَبِّ أَن يَحْضُرُونِ  حَتَّى إِذَا جَاء أَحَدَهُمُ الْمَوْتُ قَالَ رَبِّ ارْجِعُونِ

Parvardigorim, men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni so‘rayman. Yana men Sendan (yo) Parvardigorim, ular mening huzurimga kelishlaridan panoh berishingni so‘rayman!(Mu'minun surasi, 97-98-oyatlar)

 

رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْهَا فَإِنْ عُدْنَا فَإِنَّا ظَالِمُونَ

Parvardigoro, bizlarni (jahannamdan hayoti dunyoga) chiqargin. Bas agar yana (tug‘yonga) qaytsak, u holda shak-shubhasiz (o‘z jonimizga) jabr qilguvchidirmiz! (Mu'minun surasi, 107-oyat)

 

رَبَّنَا آمَنَّا فَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَا وَأَنتَ خَيْرُ الرَّاحِمِينَ

Parvardigoro, (O'zingga) iymon keltirdik. Bas sen Bizlarni mag‘firat qilgin va bizlarga rahm ayla: Sen O'zing rahm qilguvchilarning yaxshirog‘idirsan! (Mu'minun surasi, 109-oyat)

 

رَبَّنَا اصْرِفْ عَنَّا عَذَابَ جَهَنَّمَ إِنَّ عَذَابَهَا كَانَ غَرَامًا

Parvardigoro, O'zing bizlardan jahannam azobini daf' qilgin. Darhaqiqat uning azobi ketmas - mangu (azobdir)! (Furqon surasi, 65-oyat)

 

رَبَّنَا هَبْ لَنَا مِنْ أَزْوَاجِنَا وَذُرِّيَّاتِنَا قُرَّةَ أَعْيُنٍ وَاجْعَلْنَا لِلْمُتَّقِينَ إِمَامًا

Parvardigoro, O'zing bizlarga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan shod-xurramlik hadya etgin va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin! (Furqon surasi, 74-oyat)

 

رَبَّنَا وَسِعْتَ كُلَّ شَيْءٍ رَّحْمَةً وَعِلْمًا فَاغْفِرْ لِلَّذِينَ تَابُوا وَاتَّبَعُوا سَبِيلَكَ وَقِهِمْ عَذَابَ الْجَحِيمِ

Parvardigoro, O'zing rahmat-mehribonlik va ilm jihatidan barcha narsadan kengdirsan. Bas tavba-tazarru' qilgan va Sening yo‘lingga ergashgan kishilarni O'zing mag‘firat qilgin va ularni do‘zax azobidan saqlagin. (G'ofir surasi, 7-oyat)

 

رَبَّنَا وَأَدْخِلْهُمْ جَنَّاتِ عَدْنٍ الَّتِي وَعَدتَّهُم وَمَن صَلَحَ مِنْ آبَائِهِمْ وَأَزْوَاجِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ إِنَّكَ أَنتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ وَقِهِمُ السَّيِّئَاتِ وَمَن تَقِ السَّيِّئَاتِ يَوْمَئِذٍ فَقَدْ رَحِمْتَهُ وَذَلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ

Parvardigoro, ularni ham, ularning ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih-mo‘min bo‘lgan kishilarni ham O'zing ularga va'da qilgan mangu jannatlarga dohil qilgin. Albatta Sening O'zinggina qudrat va hikmat sohibidirsan. O'zing ularni barcha yomonliklardan asragin. Kimni o‘sha Kundagi (qiyomatdagi) yomonliklardan asrasang, bas haqiqatan unga rahm-shafqat qilibsan. Mana shu buyuk baxtdir. (G'ofir surasi, 8-9-oyatlar)

 

رَبَّنَا اكْشِفْ عَنَّا الْعَذَابَ إِنَّا مُؤْمِنُونَ

Parvardigor, O'zing bizlardan bu azobni aritgin. Albatta bizlar iymon keltirguvchidirmiz! (Duxon surasi, 12-oyat)

 

رَبَّنَا اغْفِرْ لَنَا وَلِإِخْوَانِنَا الَّذِينَ سَبَقُونَا بِالْإِيمَانِ وَلَا تَجْعَلْ فِي قُلُوبِنَا غِلًّا لِّلَّذِينَ آمَنُوا رَبَّنَا إِنَّكَ رَؤُوفٌ رَّحِيمٌ

Parvardigoro, O'zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o‘tgan zotlarni mag‘firat qilgin va qalblarimizda iymon keltirgan zotlar uchun biron g‘illi-g‘ash qilmagan. Parvardigoro, albatta Sen mehribon va rahmlidirsan! (Hashr surasi, 10-oyat)

 

رَّبَّنَا عَلَيْكَ تَوَكَّلْنَا وَإِلَيْكَ أَنَبْنَا وَإِلَيْكَ الْمَصِيرُ

Parvardigoro, yolg‘iz O'zingga tavakkul qildik va O'zingga inobat-tavba qildik. Yolg‘iz Sengagina qaytishimiz bordir! (Mumtahana surasi, 4-oyat)

 

رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِّلَّذِينَ كَفَرُوا وَاغْفِرْ لَنَا رَبَّنَا إِنَّكَ أَنتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

Parvardigoro, bizlarni bu kofir bo‘lgan kimsalarga maftun-aldanguvchi qilib qo‘ymagin, bizlarni(ng gunoxlarimizni) mag‘firat qilgin. Parvardigoro, albatta Sen O'zing qudrat va hikmat sohibidirsan!(Mumtahana surasi, 5-oyat)

 

رَبَّنَا أَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا وَاغْفِرْ لَنَا إِنَّكَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

Parvardigoro, O'zing bizlarga nurimizni komil qilib bergin va bizlarni mag‘firat qilgin. Albatta Sen barcha narsaga qodirdirsan! (Tahrim surasi, 8-oyat)

AbdulAziz to'pladi. 

[1] Qur'oni karimning o'zbekcha ma'no tarjimasi Alouddin Mansurdan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.