Folbinlar doim aldashgan
Bir kuni bolalar bilan suhbatlashib o‘tirib, nima bo‘ldiyu fol va folbinlik haqida gap ochilib qoldi. Bir qiz mahallasida folbin ayol borligini, ikki-uch yildan beri fol ochib boshlaganini hayajon va hayrat bilan gapira ketdi. Qolganlar diqqat bilan uning hikoyasini tinglashdi. Men ham gapini bo‘lmay, oxirigacha eshitdim.
Keyin davradagilarga folbinlik qilish, fol ochirish mumkin emasligini, katta gunoh, bo‘lishini tushuntirdim. Hammalari mening gapimdan ajablanishdi. Chunki ular bu kabi amallarni ayni dindan deb o‘ylashar ekan. Keyin yana fol ochish Islomda qoralangan bema’ni ish ekanini bir karra uqtirdim. Shunda ham bolalarning hammasi fikrimni to‘la qabul qila olishmadi. Chunki ko‘plari folbinlarning yolg‘onchi ekaniga hanuz shubha qilishmoqda edi.
Hayolga tolaman. Faqat yoshlar emas, kap-katta, tuppa-tuzuk odamlar ham folbinlarga ishonishadi, fol ochirishadi, buning gunoh ekanini bilishmaydi yoki, aytsangiz ham, parvo qilishmaydi. Fol, issiq-sovuq, har xil irim-sirimlar musulmonlikda yo‘q, desangiz, hayron bo‘lishadi. Boshroqda aytilganidek, qaysi narsa dindanu, qaysisi dindan emas, bilishmaydi. Ha, yetmish yillik xudosiz tuzum xalqimizning diniy tushuncha va qadriyatlarini ostin-ustun qilib tashlagani shu o‘rinda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ko‘pimiz musulmonlikda buyurilgan ishlarga beporvo qaraymiz, qilma, degan taqiqlariga qarshi boramiz, yana kezi kelganda: "Biz ham musulmonmiz", deya kerilib qo‘yamiz. Allohga shukr, xudosiz tuzum barham topganiga to‘qqiz yil bo‘ldi. Lekin uning zaharli asoratlari odamlarimiz ongidan, dunyoqarashidan hali-xanuz chiqib ketadiganga o‘xshamaydi. So‘zimning bir isboti mazkur fol ochish, ochtirish, ularga ishonchning mavjudligi.
Endi folbinlikka ishonadigan, qaytarsangiz, "Folbinlarning ko‘p gaplari to‘g‘ri chiqadi-ku", deb e’tiroz qiladigan ba’zi kishilarga ikki-uch og‘iz so‘zimiz bor.
Kelinglar, hech qachon yolg‘on gapirmagan zotning bu borada nima deganlariga quloq tutaylik: Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, odamlar Rasulullohdan (s.a.v.) folbinlar haqida so‘rashadi. U janob (s.a.v.):
"Folbinlar haq emaslar", deydilar. Shunda odamlar ayni sizu bizni qiziqtirgan savolni berishadi: "Yo Rasululloh, ahyon-axyonda ularning gaplari to‘g‘ri chiqadi-ku?". Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bunga javoban: "Jin bir haq gapni eshitib, o‘g‘irlab oladi-da, uni o‘zining "odami" qulog‘iga quyadi. Ular esa, unga yuzdan ortiq yolg‘onni aralashtirib yuborishadi", deganlar (Buxoriy, Muslim rivoyati).
Bu o‘rinda hech qanday ajablanarli, g‘ayrioddiy hodisa yo‘q. Kofir yo osiy jinlar (jinlarning ham insonlar kabi mo‘mini, kofiri, taqvodori va osiyi bo‘ladi) osmonga chiqib, yashirinib, farishtalarning suhbatidan u-bu narsani eshitib oladilar-da, kelib folbinlarning qulog‘iga quyadilar. Ular esa, unga yuzdan ortiq yolg‘onni aralashtirib, go‘l, laqma odamlarni chuv tushirishadi. Folbinlikning butun mohiyati, siri shu, xolos.
Hazrati Ali (r.a.) ular haqida: "Folbin sehrgardir, sehrgar esa, kofirdir", deganlar.
Dinimizda fol ochish xarom ekan, fol ochtirish ham xarom ekani aytilgan.
Paygambarimiz (s.a.v.) deydilarki: "Kim bashoratchi-folbinning huzuriga borib, biror narsa haqida so‘rasa, uning qirq kechalik namozi qabul qilinmaydi" (Muslim, Ahmad rivoyati).
Imom Axmad Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilgan sahih hadisda esa, bunday deyiladi: "Kimda-kim bashoratchi yoki folbinning oldiga borib uning gapini tasdilasa, Muhammadga nozil qilingan narsalarga kofir bo‘libdi".
Bu dunyo imtihon dunyosi, imtihondan yaxshi o‘tishning bir yo‘li esa, hadislardan tushunilganidek, folchilarga ishonmaslik, garchi rost gapirayotgan bo‘lsalar-da, aytganlarini yolg‘onga chiqarishdir.
Abdurahmon Muhammad Rahim
“Hidoyat” jurnalining 2000 yil 7-sonidan olindi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.