background
logotype
image1 image2 image3

Biz Islomni bilamizmi viktorinasining IV bosqichi g'oliblari

Bismillahior rohmanir rohiym

Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!

Shukrki, bu yilgi "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 4-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi. Unda Rasululloh s.a.v. hayotlarini qamrab olgan Mu'ta g'azotidan Tabuk g'azotigacha bo'lgan voqealar qamrab olindi. Ushbu bosqichda 46 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi. So'nggi g'oliblarni aniqlashtiruvchi qo'shimcha turdan so'ng, faxrli birinchi o'rin bu yil Anisa (Gulnoza Saidova)ga nasib etdi. U kishidan atigi bitta javobga ortda qolgan o'tgan yilgi g'oliba Aziza Mannopova ikkinchi o'rinni egalladi.

Ikkinchi yilki 3-o'rinda Bahriddin Botirov mustahkam o'rnashib oldilar.

To'rtinchi va beshinchi o'rinlar Toshkent Islom universiteti talabalari Abdulaziz Toshmatov va Bahodir Ashurovlarga nasib etdi.

6-7-o'rinlarni aniqlashtirish uchun kechgan bahslarda Iroda Turdimatovaning qo'li baland keldi.Ummatiy_Muhammadiy (Anvarbek Mahmudov) 7-o'rinni egalladi.

Viktorinada eng ko'p savolni Nodirshoh yo'lladi. Eng yaxshi savol muallifi Abdulaziz Toshmatov bo'ldi.

  
Anvarbek Mahmudov | Abdulaziz Toshmatov | Nodirshoh


Viktorina g'oliblariga ushbu kitoblar taqdim etildi:
Tajvidli Qur'oni karim
Qur'oni karim ma'nolari tarjimasi (Tarjimon: Shayx Abdulaziz Mansur)
Sunani Termiziy (1-jild, Muallif: Imom at-Termiziy, tarjimon: Mirzo Kenjabek)
Usuli fiqh (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Hadis va hayot (13 ta mujalladi. Muallifi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Odoblar xazinasi 4 mujallad. Muallif: Imom al-Buxoriy. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Yaxshilik va silai rahm (2 mujallad. Muallif: Husayn Marvaziy. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Iymon (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Hadis va hayot, Ruhiy tarbiya turkumidan ba'zi audiodisklar (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Minhojul qosidiyn (Muallif: Imom Ahmad ibn Qudoma Maqdisiy)
Arabcha-o'zbekcha cho'ntak lug'ati (Mualliflar: E.Talabov, N.Atabayev)

Ishtirokchilar va natijalarning to’liq varianti shu yerda.
Barcha savollarga javoblar shu yerda.
Biz Islomni bilamizmi tanlovi arxivi shu yerda. 

G’oliblarni va barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz. Ularga, oila a’zolariga sihat-salomatlik, Allohning salomi, rahmati va mag’firatini tilaymiz.

Viktorinada qatnashgan, bir sahifa bo'lsa ham kitob o'qib o'zining bilimini oshirgan, to oxiriga qadar hayajon bilan har bir savolga javob berib, natijalarni kutgan barcha ishtirokchilardan Alloh rozi bo'lsin! Ikki dunyoda foydali ilm bersin!

www.ziyouz.com tahririyati


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.