background
logotype
image1 image2 image3

Biz islomni bilamizmi? viktorinasi - 4 bosqich

Bismillahior rohmanir rohiym
«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).

BIZ ISLOMNI BILAMIZMI? - 4 BOSQICH
 
"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi juda ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Ramazon hayiti munosabati bilan viktorinaning 4-bosqichini e'lon qildik. 
"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 4-bosqichi inshaalloh 2010 yil 10 sentabr, juma kunidan boshlanadi.

Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar haqida, shuningdek, Islom va iymon, aqida asoslari va dinimizni qamrab olgan asosiy masalalar haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi.

Tartib:
Har juma kuni sizga ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol beriladi. Savollarga 3-4 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 14 kun keyin e'lon qilinadi.

Hisob:
Sizning javoblaringiz hakamlar hay'ati tomidan tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
     - To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
     - Agar sizning tuzib yuborgan savolingiz ishtirok etsa, u holda sizga ham 5 ball qo'shiladi.
Ishtirokchilar reytingi 4-5 kunda berib boriladi.

Mulohazalar:
Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, tuzgan savollaringizni Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

4-bosqich. 1-tur: Mu'ta g'azoti (javoblar 24 sentabrgacha qabul qilinadi)

Ushbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman. G'oliblarga sovg'a ulashishda xomiylik qilmoqchi bo'lganlarni hamkorlikka chaqiramiz.

Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!
 
www.ziyouz.com tahririyati.

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.