background
logotype
image1 image2 image3

Biz Islomni bilamizmi? - G'oliblarni qutlaymiz!

Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!
Mana, Allohning karami va inoyati ila, "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovimizning 3-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi.

Tanlovning 3-bosqichi Qurbon hayiti munosabati bilan boshlanib, Payg'ambarimiz s.a.v. tug'ilgan, hijrat qilgan va vafot etgan Rabiul avval oyida nihoyasiga yetdi.  Unda Payg'ambar alayhissalomning siyratlari, Islom tarixi va fiqh mavzularida 200 ta savol berildi. Tanlovda 36 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.

Tanlovda ishtirok etgan, o'z savollarini yuborgan barcha ishtirokchilarga Allohning Rahmati yor bo'lishini, yuksak ilm martabasini tilaymiz. G'olib bo'lgan quyidagi ishtirokchilarga sovg'alar taqdim etildi:


1-o'rinni egallagan Aziza Mannopovaga Esdaliknoma"Kifoya" (3 mujallad. Muallif: Ubaydulloh ibn Mas'ud. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), Al-adab al-Mufrad (4 mujallad. Muallif: Imom al-Buxoriy. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Ruhiy tarbiya" (3 mujallad, Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Yaxshilik va silai rahm" (2 mujallad. Muallif: Husayn Marvaziy. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) kitoblari;

2-o'rinni egallagan Anisaga Esdaliknoma"Kifoya", "Yaxshilik va silai rahm", "Hadis va hayot: Anbiyolar qissasi" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) kitoblari;

3-o'rinni egallagan Bahriddin Botirovga Esdaliknoma, "Al-Adab al-Mufrad", "Ruhiy tarbiya"kitoblari;

4-o'rinni egallagan Zulayho Xonga Esdaliknoma, "Kifoya", "Hadis va hayot: Islom va iymon"(Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Hadis va hayot: Nubuvvat xonadoni xonimlari" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) kitoblari;

5-o'rinni egallagan Dilnoza Tohir qiziga Esdaliknoma, Al-Adab al-Mufrad", "Yaxshilik va silai rahm" kitoblari.

G’oliblarni va barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz. Ularga, oila a’zolariga sihat-salomatlik, Allohning salomi, rahmati va mag’firatini tilaymiz.

Ishtirokchilar va natijalarning to’liq varianti shu yerda.
Barcha savollarga javoblar, tanlov arxivi shu yerda. 

Mavludun-nabiy muborak bo'lsin! Barchamizga Rasululloh s.a.v. xulqlaridan xulqlanish, u zotning xos ummatlaridan bo'lish nasib etsin!

www.ziyouz.com tahririyati

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.