Yaxshilik qil, dengizga ot
Junayd Bag‘dodiy hazratlari dengiz sohilida kezar ekanlar, bir majusiy ko‘pgina yem-ozuqa olib dengizga, baliqlarga tashlardi. Buni ko‘rgan Junayd hazratlari:
— Nima qilganing bu? — dedilar.
— Savob umidida baliqlarga yem tashlayapman.
— Sen musulmon emassan-ku, qanaqa savob haqida gapiryapsan? Savobdan umid qilish uchun, avvalo Allohga iymon keltirishing kerak.
— Xo‘p mayli, unda ayt-chi, sen aytayotganing Alloh mening baliqlarga yem tashlayotganimni ko‘ryaptimi?
— Albatta, Uning ko‘rmaydigan, bilmaydigan narsasi yo‘qdir.
— Shu menga yetadi.
Oradan 4-5 yil o‘tdi. Junayd hazratlari Haj ibodati uchun Makkaga ketdilar. Ka’bani tavof qilib turar ekanlar, ro‘paralarida baliqlarga yem tashlagan majusiy ham tavof qilardi. Hazrati Junayd:
— Bu yerda seni nima ishing bor?
— U (Alloh) meni ko‘rdi.
— Qanday ko‘rdi?
— Sen ketganingdan so‘ng, ichimda bir yorug‘lik, nur porladi. Qarasam, hamma baliqlar og‘zini ochib, shahodat kalimasini aytyapti. Men ham baliqlarga qo‘shilib shahodat kalimasini aytdim. Sening Robbing meni ko‘rdi. U ko‘rgani uchun men shu yerdaman. Senga bir nasihatim bor: yaxshilik qil, dengizga ot — baliq bilar, baliq bilmasa — Xoliq bilar.
Turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.