background
logotype
image1 image2 image3

Xushu’ va xuzu’ xosiyati

Janglarning birida Hazrati Alining oyog'iga o‘q tegdi. O‘q oyoq suyagiga ham ancha botgani uchun chiqara olishmadi. Bir tabib chaqirdilar. Tabib Hazrati Aliga qarab shunday dedi:
— Bu o‘qni faqat hushdan ketkazuvchi dori bilan olsa bo‘ladi. Yo‘qsa, og'riqqa chidayolmaysiz.
Hazrati Ali aytdilar:
— Hushdan ketkazadigan doriga zarurat yo‘q. Bir oz sabr qilinglar, namoz vaqti kirsin. Men namoz o‘qiy boshlaganimda olib tashlaysiz.
Namoz vaqti kirdi. Hazrati Ali namozga turdilar. Tabib Hazrati Alining oyog'ini yorib, o‘qni chiqardi. Yarani bog‘lab qo‘ydi. Hazrati Ali namozlarini bitirib, tabibdan so‘radilar:
— O‘qni chiqardingizmi?
— Ha, chiqardim, — dedi tabib.
— Men hech narsa  sezganim yo‘q, — dedilar Hazrati Ali roziyAlloh i anqi.
Namozdagi xushu’-xuzu’ Hazrati Alini go‘yo boshqa olamga olib ketgandek edi. Shuning uchun ham vujudlaridagi og'riqni aslo sezmadilar.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.