background
logotype
image1 image2 image3

Xalifaning guvohligini qabul qilmagan imom

Imom Abu Yusuf bir da’voda xalifa Horun Ar-Rashid qo‘mondonlaridan birining guvohligini qabul qilmadi. Qo‘mondon bu xususda Imom Abu Yusuf ustidan xalifa Horun Ar-Rashidga arz qildi.

Xalifa sababini so‘raganda, imom: “Uning, men xalifaning quliman”, deganini eshitdim. Agar aytgani to‘g‘ri bo‘lsa, qul guvohlik qila olmaydi. Agar yolg‘on bo‘lsa, yolg‘onchining guvohligi qabul etilmaydi”, dedi.

Xalifa bu so‘zlarni eshitgach: “Yaxshi, men bir kishi haqida guvohlik bersam qabul qilasizmi?” dedi.

Imom Abu Yusuf: “Yo‘q” dedi. Xalifa xayratlanib sababini so‘radi.

Imom Abu Yusuf: “Chunki, sen xalqqa nisbatan kibrlisan. Mo‘minlar bilan birga namoz o‘qish uchun jamoatga kelmaysan”, dedi.

Xalifa bu nasihatlarni qabul etdi va shunga ko‘ra harakat qildi ...

Turkchadan Islom Abdulmajid tarjimasi


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.