background
logotype
image1 image2 image3

Umid so‘nmasin...

Jimjit xonada to‘rtta sham sekin-sekin gaplashishardi.

– Men murosaman, – so‘z boshladi birinchi sham. – Hammaga kerakman, biroq hech kim mening yonib turishim uchun harakat qilmayapti...

Shunday deya olovi tezlik bilan kamaydi, bir ozdan keyin butunlay so‘ndi.

– Men ishonchman, – dedi ikkinchisi. – Ammo kundan-kun keraksiz bo‘lib borayotgandekman. Shunday bo‘lgach, yonib turishimga zarurat yo‘q.

Esgan yengil shaboda ikkinchi shamni ham o‘chirdi. So‘nish oldidan uchinchi shamning so‘zlari quyidagicha bo‘ldi:

– Men sevgiman. Yonib turishga kuchim qolmadi. Odamlar meni chetga otishdi, ahamiyatimni anglab yetishmadi. Hatto eng yaqinlarini ham sevishni unutishdi.

Shu payt xonaga bir bola kirib keldi. Uch shamning o‘chib qolganini ko‘rdi va: «Nega so‘nib qoldingiz, siz doim yonib turishingiz kerak!» deya yig‘lay boshladi. Unga javoban to‘rtinchi shamning yoqimli ovozi eshitildi:

– Qo‘rqma, ko‘zyoshlaringni art. O‘chmagan ekanman, demak, bosh­qa shamlarni yana yoqa olamiz. Men - umidman!

“Irfon” taqvimining 2012 yil 3-sonidan olindi.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.