background
logotype
image1 image2 image3

"O‘zingga qattiq, qolganlarga yumshoq bo‘l"

Kamtar ekanligingni bilgan bo‘lsang, takabbur ekansan. Ibn Atoulloh Iskandariy

Kimdir seni tanqid qilsa yoki fikri senikiga to‘g‘ri kelmasa, qalbingda chumolidek nafrat tug‘iladi. Uni o‘sha zahoti ezib tashlamasang, u bora-bora ilonga, hattoki ajdarhoga aylanib ketishi mumkin. Jaloliddin Rumiy

Beparvo odamga maslahat beradigan odamning o‘zi maslahatga muhtojdir. Sa’diy Sheroziy

Ixlos bu yaratilgan maxluqotlarga qarashni unutib, doimo Xoliqning o‘ziga qarashdir. Abu Usmon

Dengizda behisob xazinalar bor, maqsading xavfsizlik bo‘lsa u qirg‘oqdadir. Shayx Sa’diy

Yoshlikda olingan ilm toshga o‘yilgan naqsh kabidir. Hasan al-Basriy

Ilm yod olingan narsa emas, ilm bu natijasi foyda beradigan bilimdir. Imom Shofeiy

Sening ilohiy sevgingga yetishib bildimki, yo‘qligimning o‘zi borligimdan ko‘ra ming chandon shirin (a’lo) ekan. Jaloliddin Rumiy

Qalbing sayqal berilgan oyna misolidir, uning sirtiga qo‘ngan changlarni artib tozalab turishing zarur. Chunki u ilohiy sirlar nurini aks ettirib turishga mo‘ljallangandir. Abu Homid al-G‘azzoliy

Mening talabim jannat emas, istagim Jamolingni ko‘rishdir. Ibn al-Farid

Sherigingning aybini aytishingdan oldin o‘z xatolaringni o‘ylab ko‘rgin. Ibn Abbos (r.a.)

Kimki rahnamosiz safarga chiqsa ikki kunlik masofani ikki yuz yilda bosib o‘tadi. Jaloliddin Rumiy

O‘zingga qattiq, qolganlarga yumshoq bo‘l. Imom Shofeiy

O‘z omadsizliklarimiz uchun boshqalarni ayblab yurishimiz — bu nafsimizning g‘alabasidir. Shayx Abdul Hakim Murod

Yo rabbim, bu dunyoda menga atalgan ne’matlaringni g‘animlarimga, u dunyoda atalganlarini do‘stlarimga ato qilgin. Menga yolg‘iz O‘zinggina kifoyadursan.  Robia al-Adaviya

Bomdod namoziga uyg‘onmaydigan bo‘lsang umuman uyg‘onmay qo‘yaqol. Hamza Yusuf

Doimiy davom etadigan go‘zallik — qalb go‘zalligidir. Jaloliddin Rumiy

Sen faqat tanam bor deb o‘ylaysan, tanangning ichida esa koinot-borliqdan ham kattaroq narsa bor. Imom Shofeiy

Hech qachon Uning zikrisiz yurmagin, zikr qilishing Ruh qushiga qanot va kuch-quvvat ato etadi. Jaloliddin Rumiy

Ingliz tilidan Sherzod Tog‘ayev tarjimasi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.