background
logotype
image1 image2 image3

Muoz ibn Jabalning o‘gitlari

Muhammad ibn Siriyndan rivoyat qilinadi:
“Bir odam Muoz ibn Jabalning, roziyallohu anhu, yoniga keldi. Muoz ibn Jabal mehmonlarini kuzatayotgan ekan. Kelgan odamga shunday dedi: “Senga ikki narsani tavsiya etaman. Shuni bilgin, dunyodagi ulushing seni albatta qidirib topadi. Sen undan ko‘ra oxiratdagi ulushingga muhtojroqsan. Binobarin, sen oxiratdagi ulushingni tanla. Qaerga borsang ham oxiratdagi ulushingni talab qil.
o'g'lim! Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi o‘qi! Yana bir bor o‘qiy olishingni o‘ylama. Shuni bilgin, mo‘min kishi biri bajargan va biri ortda qolgan ikki yaxshilik o‘rtasida o‘ladi. 
Ro‘za (nafl ro‘za) tut, biroq oralatib tut. Namoz (nafl namoz) o‘qi, biroq uyqu uchun ham vaqt ajrat. Rizqing uchun harakat qil, ammo rizq topaman deb to‘g‘rilikdan ayrilma va musulmon holda o‘lishga intil. Mazlumning badduosidan saqlan.
Kimda shu uch narsa bo‘lsa, Allohning Hazabiga uchraydi: noo‘rin (sababsiz) kulmoq, istaksiz uxlamoq va ochiqmay turib ovqat yemoq.
Ochlik va qiyinchilik fitnasi bilan imtihon qilindingiz, sabr etdingiz. Mo‘l-ko‘lchilik fitnasi bilan ham sinalursizlar. Men sizning ayollar fitnasiga uchishingizdan ko‘proq xavotirdaman. Ular oltin va kumush bilaguzuklar taqib, Shom va Yamanning yupqa, bezakvor ko‘ylaklarini kiyib, boyni charchatib qo‘yurlar, kambag'alni esa topolmagan narsalarini topishga majbur eturlar».


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.