background
logotype
image1 image2 image3

Tahajjudga uyg‘otgan kim edi?

Payg‘ambarimiz s.a.v.ning vahiy kotiblaridan, buyuk sahoba Muoviya r.a. tahajjudni hech kanda qilmas ekanlar. Bir kuni uxlab qolib, tahajjudni o‘qiy olmabdilar. Shu kuni tinmay yig‘lab, Allohga istig‘for aytibdilar. O‘sha kecha uyquda yotsalar, bir notanish kishi kelib uyg‘otibdi.

— Hazrat, turing, tahajjud vaqti bo‘ldi.

— Seni tanimadim, kimsan?

— Men Iblisman.

— Ie, sen doim namozdan qoldirarding. Nega endi uyg‘otib, tahajjudni o‘qi, deyapsan?

— Sen bir marta tahajjudni qoldirib, kuni bilan yig‘lab, Allohga istig‘for aytganing uchun u zot senga katta darajotlarni yozdi, ko‘p martalab tahajjud savobini berdi. Men uchun bundan ko‘ra, bir marta tahajjud o‘qib olganing afzalroq.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.