background
logotype
image1 image2 image3

Onamga so‘z berganman

Abdulqodir Jiyloniy hazratlari ilm olish maqsadida Bag‘dodga ketadigan bo‘ldi. Yo‘l oldidan onasi otasidan qolgan 80 dinor pulni kiyimining ichki tomoniga tikib berdi. O‘g‘lini kuzatarkan, to‘g‘ri bo‘l, hamisha rost gapir, deya uqtirdi.

Kichik Abdulqodir yo‘lda talonchilarga uchradi. Undan pulining yashirilgan joyini so‘rashganida, aytdi. Pul rostdan ham aytilgan joydan chiqqanda, talonchilarning boshlig‘i: «Nimaga pullaring qaerdaligini aytding?» – deya hayron bo‘lib so‘raganida, Abdulqodir: «Onamga yolg‘on gapirmaslikka va’da berganman», dedi.

Bu javobdan ta’sirlangan talonchilar boshlig‘i barcha odamlari bilan birga tavba qilib, hidoyat yo‘lini tutdi.

“Irfon” taqvimining 2010 yil, 4-sonidan olindi.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.