background
logotype
image1 image2 image3

Odamxo‘r daryo

Qays ibn Hajjojdan, roziyallohu anhu:
«Misr  musulmonlar tomonidan ishg'ol qilinganida Misr  xalqi  Amr ibn Osning oldiga keldilar. Amr ibn Os o‘shanda Misr voliyi bo‘lib, yaqinda egallangan Bu’na  shahrida turar edi. Unga:
— Ey amir, bizning Nil daryosi bilan bog‘liq bir odatimiz bor. O‘sha odat amalga  oshirilmasa, daryo suvi toshmaydi. Hozirgi oydan o‘n ikki kecha-kunduz o‘tgach, bir bokira qizni ota-onasidan sotib olamiz va qizga chiroyli liboslar kiydirib, javohirlar taqib, uni Nilga otamiz. Shundan keyingina Nilning suvi toshadi.  Bu vodiy tuproqlaridan yaxshi hosil olinishi uchun Nil toshishi kerak, — deyishdi.
Amr ibn Os:
— Islomiyatda bunday qilish mumkin emas. Islom dini oldin  mavjud bo‘lgan barcha yomon va Hayriinsoniy urf-odatlarni bekor qilgan, — dedi.
Amr ibn Os huzuriga kelgan hay’at u yerdan ketmay, Bu’nada qoldi. Nil esa toshish vaqti bo‘lganiga qaramay, hech toshmas edi. Katta qurHoqchilik boshlanay deb qoldi. Shunda Amr ibn Os vaziyatni Hazrati Umarga yozishga majbur bo‘ldi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu: “Sen to‘g‘ri yo‘l tutibsan, islomiyatda bunday narsa (botil ishonch)larga  yo‘l yo‘q. Senga yuborilayotgan bu xat orasida bir parcha qog'oz bor. Uni Nilga otgin”, deb javob yozdi.

***

Bu hikoya to‘la holda “Tayyidati Hoybiyya va daryolarning bo‘ysundirilishi” bahsida keladiki, uning oxiri quyidagicha: 
“Amr ibn Os qog'oz parchasini daryoga otdi. Ertasiga shanba kuni edi. Ertalab turganlarida Nilning suvi o‘n olti ziro’ (uzunlik o‘lchovi) ko‘tarilganini ko‘rdilar va o‘sha kundan boshlab, bu yomon odat Misr xalqi orasida bekor bo‘ldi”.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.