background
logotype
image1 image2 image3

Johil ayolning jannat bashorati

Hindistonda bir johil ayol bor edi. O‘layotgan payti hech kim tushunmaydigan tilda hadeb birnarsalar deyaveribdi. Uydagilari uning gaplariga tushunmay Mavlaviy degan bir olimni boshlab kelibdilar. Umrida arab tilida gapirmagan, hatto namoz o‘qimagan bu ayol, sof arab tilida «Mana bu ikki odam menga jannatga kiring!» deyaptilar dermish.
Mavlaviy ayolning gapidan hayratga tushib, uyidagilariga debdi:
— Bu ayol jannatning bashoratini beryapti. Jannatga ketyapman deyapti. Buning qanday amali bor edi?
— Bu ayol g‘irt beamal edi. Beamalligi tugul badamal edi. Yaramas ishlarni qilib o‘tgan edi.
— Yo‘q, yaxshilab o‘ylanglar. Buning Xudoga yoqqan bir yaxshi amali bo‘lganki, jannat bashorati berilyapti.
Surishtirib-surishtirib bilishibdiki, bu ayolning yagona yaxshi amali: azon aytilayotsa, o‘zi tushunmasa-da, ko‘pchilikka: «Jiminglar-jiminglar, azon aytilyapti!» derkan...

Xulosa: Alloh taoloning ismining ta’zimini qilgan odam hech qachon kam bo‘lmas ekan.

Izoh: Kitob musannifi aytadi: «Inson o‘lgandan so‘ng bu dunyo va qiyomat o‘rtasidagi barzax olamiga o‘tadi. Barzax olamiga o‘tishi bilan uning tili arab tiliga o‘zgarib ketadi. Shuning uchun ham qabrdagi savol-javob arab tilida bo‘ladi»...


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.