background
logotype
image1 image2 image3

Shahzoda Azizova

MAHSHAR TOMON KETMOQDAMAN

Yaxshi-yomon – bari taqdir,
Jannat-do’zax bari haqdir.
Kutmoqdadir bizni qabr,
Mahshar tomon ketmoqdaman.

O’tdi qancha bobolarim,
Ketdi ancha momolarim.
Ketur otam, onalarim,
Mahshar tomon ketmoqdaman.

Va lek bordirbil, haqiqat, 
Hisob-kitob bo’lur albat.
Allohdan deb umid, rahmat,
Mahshar tomon ketmoqdaman.

Asl madad Allohdandir,
Shafoatdir ul Rasuldan.
Adashtirma ushbu yo’ldan,
Mahshar tomon ketmoqdaman.

Shahzoda Azizova


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.