background
logotype
image1 image2 image3

Chustiy

BO’LMASIN DERMAN

Shirin suhbat aro so’zlarda ig’vo bo’lmasin derman,
Kishining sha’niga g’iybatlar also bo’lmasin deyman.

Asal garchi shirin, yaxshi davolar jumlasidandir,
Oshib Haddan shirinlik, aksi paydo bo’lmasin derman.

Kishi insof ila vijdon libosidan bo’lib mahrum,
Yomon fe’li bilan el ichra rasvo bo’lmasin derman.

Kishida ba’zi qilmish elni boshlar mojarolarga,
G’arazli kirdikor el boshiga g’acg’a bo’lmasin derman.

O’zidan boshqani inkor etar ba’zi kishilar bor,
Hayotda bu kabi xom, fikri bejo bo’lmasin derman.

Tug’ilgan bo’lsa inson naslidan poymol etib aslin,
Firibgar tulkiyu, shaytonga oshno bo’lmasin derman.

O’zing kimsan, so’zingni ko’pchilik ma’qullasin, Chustiy,
Xatoni tan olib qalbingda da’vo bo’lmasin derman.

Chustiy


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.